1-Mavzu: Arab xalifaligiva Islom madaniyati tarixi fani predmeti, maqsad va vazifalari2 soat


O‘qitishning kompyuter, informatsion va boshqa yangi texnologiyalarini



Download 489,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana03.02.2022
Hajmi489,41 Kb.
#427282
1   2   3   4   5
Bog'liq
1- mavzu Arab halifaligi

O‘qitishning kompyuter, informatsion va boshqa yangi texnologiyalarini 
qo‘llash. 
Mazkur fanni o‘rganish o‘qitishning an’anaviy va ilg‘or uslublarini, jumladan, 
ekspress so‘rovlar, test so‘rovlari, dasturiy o‘qitish, davra suxbatlarini o‘tkazish, 
kollokviumlar, muammoli o‘qitish, texnik vositalarni qo‘llash va boshqa 
usullardan foydalanish orqali amalga oshiriladi. 
 
«
Arab xalifaligi va Islom madaniyati tarixi
» 
fanining mazmun – mohiyati
Arablar VII asrning birinchi yarmida, ya’ni ular tarix sahnasiga istilochilar 
sifatida chiqqan paytlarida ijtimoiy va madaniy jihatdan g‘oyat turli-tuman xalq 
edi; ularning ko‘pchiligi o‘z chorvalari bilan Arabiston sahrosi va vohalari atrofida 
ko‘chib yurar edi. Arablar shunday sinfiy jamiyatda yashar edilarki, bunda 
quldorlik munosabatlari bilan bir qatorda feodal ekspluatatsiyasining dastlabki 
alomatlari ham paydo bo‘lgan edi. Lekin badaviylarning (ko‘chmanchi 
arablarning) asosiy qismi hali ham erkin hayot kechirardi. Arablar o‘rtasida 
urug‘chilik-qabilachilik munosabatlari hali barham topmagan edi, bu cho‘l 
ko‘chmanchilarining ijtimoiy turmushida kuchli iz qoldirgan edi. 
Mamlakat alohida-alohida voqalarda joylashgan markaz shaharlarga 
suyanuvchi bir qancha mayda siyosiy bo‘laklarga bo‘lingan edi. Arab jamiyatidagi 
xo‘jalik taraqqiyotining etakchi markazlari bo‘lmish dehqonchilik vohalarining 
aholisi o‘sha vaqtda quldorlik jamiyatining tez buzila borishi jarayoni bilan birga 
tarkib topa boshlagan feodalizmning ilk bosqichida edi. 
VII asr arab qabilalari o‘rtasidagi qattiq urush-janjallardan so‘ng kichkinagina 
Madina shahri barcha arab qabilalarini siyosiy jihatdan birlashtirgan yangi markaz 
bo‘lib qoladi. Islom bu harakatning mafkurasiga aylanadi. Madinalik hukmron 
guruhlar tezlik bilan o‘z atroflariga ko‘chmanchi qabilalarning jangovar 
yo‘lboshchilarini to‘plashga va kuchlarni qo‘shni shahar va vohalarga qarshi 
yo‘llab, ular ustidan birin-ketin g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldilar. Ko‘proq 
o‘lja olishga intiluvchi bu yo‘lboshchilar o‘z qo‘l ostidagi ko‘chmanchilar 
ommasiga arzimas hadyalar berib, ularni ham o‘lja olishga qiziqtirib qo‘yardilar. 
Arablar Suriya, Falastin va Eronni tezlik bilan bosib oladilar. 651 yilda ular 
boy va madaniy shahar bo‘lgan Marvga etib keladilar va uni urushsiz 
bo‘ysundiradilar. Arablarning bunday g‘alaba qozonishlariga sabab ularning kuchi 
emas, balki arablar tomonidan bosib olingan mamlakatlarning harbiy jihatdan 
zaifligi va tarqoqligi edi. 
Arablarning O‘rta Osiyoga qilgan dastlabki yurishlari talonchilik xarakterida 
edi. O‘sha davrda Buxoro, So‘g‘d, O‘rta osiyoning boshqa joylarida ham yagona 
hokimlik yo‘q edi. O‘rta Osiyoni, xususan Movarounnahrni istilo qilishda 
Qutaybaning yurishlari katta rol o‘ynadi. Arablar bosib olgan hududlarda islom 
dinini yoyishga harakat qilganlar. VIII-IX asrlarda Movarounnahr va Xuroson 
Arab xalifalari tomonidan boshqarildi. Arablar tomonidan O‘rta Osiyoni bosib 
olishi istilochilik yurishlarining oqibati bo‘lsa-da, bu erda boshlang‘ich davrda 
zo‘rlik va ta’qib bilan, keyinchalik esa ixtiyoriy ravishda islom dinining yoyilishi 
Markaziy Osiyoga dunyo dinlaridan biri bo‘lmish islomning tarqalishiga, uning 
asosida o‘ziga xos musulmon renessansining vujudga kelishiga sabab ham bo‘ldi. 


Bugungi kunda Movarounnahr va Xurosonda arablar hukmronligi mana shu ikki 
jihatdan talqin vat adqiq etilmoqda. 
SHuning uchun ham bugungi kunda Arab xalifaligi davri tarixini o‘rganish 
muhim ahamiyat kasb etadi. SHo‘rolar davrida yaratilgan bu davrga oid 
adabiyotlarda mustabid tuzumning marksizm-leninizm mafkurasidan kelib chiqib 
baho berilgan edi. Endi esa islom dinining rolini hisobga olgan holda bu davr 
tarixini yangicha yondashuv asosida yoritib berish dolzarb muammolardan biriga 
aylandi. 
. Avvalo shuni aytish kerakki, arablarning Movarounnahrni bosib olishi, 
arablarga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar o‘rta asr muarrixlari asarlarida yoritib 
berilgan. Jumladan, Balazuriy, Narshaxiy, Abu Abdullo Xorazmiy, Tabariylar 
Arab xalifaligining Movarounnahrda yuritgan siyosatlarini, olib borgan istilolari, 
islom dinini targ‘ib etish bilan bog‘liq voqea-hodisalarni yoritib berganlar.
1
Arablar, Arab xalifaligi haqida umumiy ma’lumotlar V.A.Belyaev
2
asarida 
keltirilgan. Unda arablar haqida umumiy ma’lumot berilib, Arabistonda islom 
dinining paydo bo‘lishi, dastlabki arab xalifalari, ularning istilochilik yurishlari va 
tarixi har tomonlama tariflab berilgan. Arablar tomonidan Movarounnahrning 
bosib olinishi, xalifalar tomonidan tayinlangan noiblarning bu erda yuritgan 
siyosati, iqtisodiy hayot O‘zbekiston tarixiga bag‘ishlangan qator darslik va o‘quv 
qo‘llanmalarida ochib berilgan.
3
Arablar istilosiga qarshi ko‘tarilgan xalq 
qo‘zg‘olonlariga 
A.YU.YAkubovskiyning 
«Muqanna 
qo‘zg‘oloni», 
T.K.Qodirovaning «Dehqonlar harakati tarixidan…»
4
asarlari bag‘ishlangan. 
Biz hozir globallashuv jarayonini boshimizdan kechirmoqdamiz. Bundan 20 
yil avvalgi “g‘arb - sharq”, “shimol - janub”, “kapitalistik – sotsialistik lager” kabi 
tushunchalar ahamiyatini yo‘qotdi. Xudo bir bo‘lgani kabi olam ham bir. 
Arabchada globallashuv so‘zi – “avlama”, aynan «olam»dan olingan. SHunday 
ekan, juda ko‘p qotib qolgan aqidalar, stereotiplardan voz kechishga to‘g‘ri keladi. 
Xo‘sh, shunday vaziyatda biz qanday yo‘l tutishimiz kerak? Avvalam bor, 
bizning yurtimiz doimo an’anaviy diniy bag‘rikenglik o‘lkasi bo‘lib kelgan. Ming 
yildan ortiq davr davomida ulamolarimiz ham hukamolarimiz ham izchillik bilan 
«ahli sunna va jamoa»ni himoya qilib kelishgan. Buning natijasi o‘laroq 
mintaqamizda bag‘rikeng va ma’rifiy islom shakllangan Arabiston deganda biz 
beixtiyor islom dini bilan bog‘liq narsalar, yoki, aksincha, islom deganda 
Arabiston haqida o‘ylaymiz. Bunga sabab - yaqin paytlargacha Arabistonga oid 
jamiki adabiyotda arablarning tarixi islom vujudga kelgan vaqtdan boshlanar, 
undan oldingi davrga esa ikkinchi darajali narsa deb qaralardi. Sovet tarix fanida 
70 yildan ortiq davr ichida islom dinining genezisi (kelib chiqishi) xususida na 
metodologik yondashish nuqtai nazaridan va na mavjud ma’lumotlardan 
1
Наршахий. Бухоро тарихи. Т.:Фан, 1966; Табари. История пророков и царей. / Уч.записки ИВ АН СССР. 
Т.XVI. 1958. С. 441-513; 
www.vostlit.narod.ru//Балазури
. Табари.Абу Абдаллах Хорезми.
2
Беляев В.А. Арабы, ислам и арабский халифат в раннее средневековье. – М.:Наука, 1965.
3
Ызбекистон тарихи. –Т.:Университет, 1999; Ызбекистон тарихи.- Т.:Янги аср авлоди, 2003; Каримов Ш., 
Шамсутдинов Р. Ватан тарихи.- Т., 1997 ва б.
4
Якубовский А.Ю. Восстание Муканны – движение людей в «белых одеждах». // СВ.1948. Т.5. С. 35-54. 
Кадырова Т.К. Из истории крестьянских движений в Мавераннахре и Хорасане в VIII- начале IX в. – 
Т.:1965. 


foydalanish uslubi jihatidan hozirgi zamon fani talablariga javob beradigan 
yagona, har tomonlama maqbul fikrga kelinmadi. «Aybni» 20-30, 50-60 va hatto 
80-yillarda yuzaga kelgan noto‘g‘ri nazariyalarga ag‘darib qo‘ya qolish mumkin. 
Lekin bu kamlik qiladi.Asosiy «ayb» tarixning barcha bosqichlari ideologizatsiya 
qilinganida edi.
Islom dinining genezisi hususida so‘z yuritish uchun oldindan (apriori)
o‘sha davr arab jamiyatiga muayyan formatsion «libos» (ibtidoiy jamoa tuzumi, 
quldorlik yoki feodalizm) kiydirish, so‘ng bu jamiyatni «rastalarga joylab» tahlil 
qilish talab qilinardi. Vaholanki, Arabiston xalqi VII asrda islom vujudga 
kelmasdan oldin bir necha ming yillik tarixiy yo‘lni bosib o‘tdiki, islom shuning 
mahsuli edi. 
Gap shundaki, yarim orolning turli rayonlari, aytaylik, janubi, shimoli va 
sahroviy qismi alohida-alohida o‘rganilgan; ko‘p hollarda har bir tadqiqotchi o‘zi 
erishgan xulosalarni pirovard natijada islom dinining asosiy omillari sifatida 
ko‘rsatishga uringan. SHuning uchun ham islom «savdo -kapitalistik», 
«ko‘chmanchi - chorvadorlik» yoki «dehqonchilik» zaminida vujudga keldi, degan 
o‘ndan ortiq fikrlar bildirilgan. Bu fikrlarning birontasi ilmiy jamoatchilikni 
qoniqtirmayapti. Bizningcha, Arabiston yarim orolining ayrim qismlari bir-biridan 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti jihatidan qanchalik farq qilmasin, VI asr oxiri - VII 
asr boshida ular o‘rtasida sotsiopsixologik umumiylik, mushtaraklik yoki 
unifikatsiyalashuv jarayoni yuz berdiki, Muhammad (s.a.v) faoliyati tufayli atigi 
10 yil ichida asrlar davomida tarqoq bo‘lib kelgan o‘lkalarni birlashtirish mumkin 
bo‘ldi.
XXI asr bo‘sag‘asida islom dinini o‘zlariga «niqob» qilib olgan ba’zi 
xalqaro ekstremistik tashkilotlar «oltin asr» - ilk islom davri qonun-qoidalarini 
jamiyat va davlat qurilishining «ideal namunasi» yoki «nazariy asosi» sifatida 
qabul qilish da’vosi bilan jahon afkor ommasini chalg‘itishga urinayotgan bugungi 
paytda «Johiliya» (Qadimgi Arabiston) va umuman islom tarixini ilmiy asosda, 
ob’ektiv o‘rganish eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoldi. 
Sovet tarixchiligida islom dini Makka jamiyatida hukm surgan krizis 
natijasida vujudga kelgan, deb uqtirilardi. Kitobning Makka tarixiga oid qismida 
muallif, aksincha, o‘sha davrda shahar gullab-yashnab turgani, shahardagi savdo 
aristokratiyasi Arabiston yarim oroli bo‘ylab o‘z gegemonligini o‘rnatganini 
tasdiqlovchi ko‘plab dalillar keltiradi.

Download 489,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish