Masalan, xlor –ionlarni aniqlash uchun, AgCl –kumush xloridi hosil qilinadi.
Cho`kmadagi analitning massa ulushi ma`lum, ko`rib chiqilayotgan misolda xlorid
(bunda M
r
– nisbiy molekulyar massa). Shunday qilib, hosil qilingan cho`kmadagi
xlor – ionlar miqdorini hisoblab topish oson. Biroq ko`pchilik uslublar nisbiydir,
ya`ni konsentratsiyasi ma`lum bo`lgan eritma uchun hosil qilingan ma`lumotlar
bilan natijalar taqqoslanishini talab etadi. Masalan, titrimetrik tahlilda analitni
reagent bilan bo`lgan reaksiyasining stexiometriyasi bilimidan foydalaniladi.
Xlorid kislota natriy gidroksid bilan 1:1nisbatga quyidagi tenglamaga ko`ra
reaksiyaga kirishadi.
HCl + NaOH → NaCl + H
2
O
Ushbu reaksiyani to`liq kechishi uchun zarur bo`lgan natriy gidroksid
eritmasining xajmini o`lchash mumkin. Gar eritmadagi natriy gidroksidining
molyar konsentratsiyasi ma`lum bo`lsa, namunaga qo`shilgan NaOH ni (mol. dagi)
miqdorini hisoblab topish mumkin (konsentratsiyani hajmga bo`lgan ko`paytmasi
kabi). Shuningdek namunadagi HCl ning (mol. dagi) miqdorini bilish mumkin.
Ammo buning uchun birinchi navbatda reagentning (natriy gidroksid) aniq ma`lum
bo`lgan konsentratsiyadagi eritmasini tayyorlab olinishi zarur. Shunday qilib,
titrimetrik uslub nisbiy hisoblanadi.
Asboblarga oid tahlil usullarining ko`plari shuningdek nisbiy hisoblanadi.
asbob namunaning qaysidir fizik xossalari bilan shartlanuvchi analitik signalni
qayd etadi. Masalan, spektrofotometrlar yorug`lik manbaining elektromagnit
nurlanishning namuna eritmasi tomonidan yutiluvchi ulushini o`lchaydi. Bu
kattalikni konsentratsiyasi bilan taqqoslash orqali nisbat berilishi mumkin. Boshqa
so`z bilan aytganda, tahlilning asboblarga oid uslublarida taqqoslash namunalari
yordamida graduirovka qilish talab etiladi.
Analitik signal aniqlanuvchi komponentning konsentratsiyasi bilan
bog`langan
bo`lishi
mumkin.
Graduirovka
analitning
ma`lum
bo`lgan
konsentratsiyadagi eritmalari seriyasini tayyorlashdan iborat (qoidaga ko`ra keyin
ularni tahlil qilinuvchi namunani ishlashdagidek xuddi shunday ishlovga duchor
etiladi), ularning har qaysisi uchun analitik signalni analitning konsentratsiyasiga
bog`liq holda analitik signalni o`lchash va graduirovka egri chizig`ini qurishdan
iborat. Ushbu bog`liqlik yordamida signalning kattaligi bo`yicha analitni nomalum
bo`lgan miqdori aniqlanadi. Zamonaviy asboblar kompyuterlar orqali boshqarilgan
holda, bu operatsiyani avtomatik tarzda o`tkazilishiga imkon beradi va
konsentratsiya qiymati ko`rinishidagi tugal natijani beradi.
Analitik signalning kattaligiga namunaning matritsasi tarkibi ta`sir
ko`rsatadi. Shu kabi holatlarda namunaning matritsaga oid effektlarini bartaraf
etish uchun graduirofkani standart qo`shimchalar uslubi bo`yicha amalga
oshirilishi lozim. Bunda namuna eritmasining alohida porsiyalariga analitning
standart eritmasining ma`lum miqdori qo`shiladi, va qo`shimcha bilan shartlangan
signalning ortishi o`lchanadi. Qo`shimchalar qo`shish uslubidan foydalanishga
standart eritma analit joylashgan muhitda joylashadi. Graduirovkaning ushbu usuli
alohida tahlil uslublarini ko`rib chiqilishida batafsilroq muhokama qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: