1-mavzu: amir temur va temuriylar davlatstrreplA: XIV -asr o’rtalarida Movarounnahrdagi siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy hayot



Download 23,02 Kb.
bet1/2
Sana20.07.2022
Hajmi23,02 Kb.
#831586
  1   2
Bog'liq
1 MAVZU


1-MAVZU: AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVLATI
R E J A:
1. XIV -asr o’rtalarida Movarounnahrdagi siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy hayot
2. Sarbadorlar harakati.
3. Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi.

1340—1360 yillar fitna-fasod, o’zaro feodal kurash ba ulusda siyosiy tarqoqlikning kuchaygan davri bo’ldi. XIV asrning 50-yillari oxirida Chig’atoy ulusining har ikkala qismi mayda boshqarub tizimlariga bo’linib ketdi. Ulusning G’arbiy ko’smida hokimiyatni asosan turkiy qabila boshliklari egalladi. Masalan, Kesh viloyati amir Sayfiddin Xoja barlos, Xo’jand viloyati Boyazid jaloyir, Balx viloyati amir Kdzaton nabirasi amir Xusayn qo’lida bo’lgan. u bilan birgalikda ayrim hududlarda maxalliy zodagonlarning ham xokimyati kuchayib bormoqda edi. Chunonchi, Buxoro-da— sarmoyador sadrlar, Termiz ba uning atrofida — sayyidlar, Xutgalonda — Kayxusrob xonadoni, Xorazm-da esa sufiylar sulolasi hukmronligi shundan shaxr-dat beradi. Tarkibiga Chig’atoy ulusining sharqiy hudud-lari kirgan Mug’ulistonda x;am mana shunday feodal tarqoqlikning yuz berganligi ko’zga tashlanadi.


Movarounnahrda avj olib ketgan ijtimoiy-siyosiy tarqoqlik, mug’ul va turk xonlari, amirlari o’rtasidagi o’zaro nizolar ba besamar kurashlar o’lka hayotiga chuqur salbiy tasir o’tkazdi, uning o’zil-kesil saqlash, maxalliy xukmdorlarning o’zboshimcha xatti-xarakatlarini jilovlash, yurtni mug’ullar istibdodi-dan xalos qilish, uni mustaqil taraqqiyot yo’lidan olib borishdan iborat birdan-bir tarixiy bazifa kundalang bo’lib turardi. Uni muvaffaqshtli uddalash ulug bobomiz Amir Temurga nasib etdi.
Amir Temur 1336 yilda Kesh (shaxrisabz) shahri yaqinida joylashgan Xo’jailg’or qishlog’ida, barlos Tarag’ay xonadonida dunyoga kyeladi. Temur yoshligidan yaxshi tahlim ba tarbiya oladi. shu boisdan “Temur savodsiz bo’lgan” dyegan uydirmalar xaqiqatga to’g’ri kelmaydi.
Temur o’smirlik yoshidayoq Qur’onni yod olgan. Uni ulamolar imtixon qilishib, qubbai xotirasiga tasonnolar aytishgan. U 12 yoshga to’lganda u: “bolalarcha o’yinlardan orlanadigan bo’ldim ba baqtimni o’zimga tyengqur o’s’irinlar bilan o’tkazishga xarakat qildim” dyeydi.
Temur 16-18 yoshida qilichbozlik, nayzabozlik ba shikor qilish sanatini moxirona egallaydi ba 20 yoshida esa abjir chavondoz bo’lib yetishadi.
Bo’lajak Soxibqiron 16 yoshigacha faqat diniy emas, balki dunyobiy fanlar- tarih falsafa, gyeografiya, xisob ba boshqa ilimlardan ham xabardor bo’lgan.
Riboyatlarga ko’ra Tarag’ay o’zining etiqod qo’ygan ‘iri Shamsuddin kulolga o’g’lini olib borib unga ham ‘ir bo’lishga qo’l oldiradi. Temur Shamsuddin kulol xo’zuriga borganida u bo’lg’usi Soxibqironga yettita non ba bir qism xolvani berib: “mana shu yettita nonni yegin, shunda sen yerning yetti iqlimiga, butun dunyoga xokim bo’lasan” deydi “men nonlarni extiyot qildim; bu menga Alloh ato etgan barokotning boshlanishi edi” deydi Temur.
Uning otasi Amir Tarag’ay «To’rg’ay» ba amakisi Amir Xoja Barlos qabila biylari ba yirik mulkdor amirlaridan edi. Temur yoshlik chog’laridanoq xarbiy ishga nixoyatda qiziqardi. U tyezda moxir suboriy ba qaxramon jangchi sifatida butun Qashqadaryo bodisida shuxrat qozanadi. Uning atrofida barlos qabilasidan chiqgan jangchi yoshlar to’’lana boshlaydi. Temur qo’l ostidagi nabkarlari bilan ayrim amirlarga xizmat qiladi, janglarda chiniqadi.
1360 ba 1361 yillarda Mo’ng’uliston xoni Tug’luq Temur Mobaraunnaxrdagi og’ir siyosiy baziyatdan foydalanib, uni bo’ysundirishga xarakat qiladi. U xyech qanday qarshiliksiz Qashqadaryo vodiysiga bostirib kiradi. O’sha baqtlarda Qashqadaryo viloyatining xokimi Amir Xoji barlos dushmanga qarshi kurashish o’rniga Xurosonga qochadi.
Temur amakisining viloyatini qo’ldan byermaslik maqsadida Tug’luq Temur xizmatiga o’tib, kesh viloyatiga amir bo’lib tayinlanishga muboffaq bo’ladi. Mo’ng’uliston xoni o’g’li Ilyosxo’jani Mobaraunnaxrning xokimi qilib yuboradi. Ammo Temur unga xizmat qilishni istamaydi. U Mobaraunnahr amirlaridan Xusayn bilan ittifoq to’zadi. Temur Xusayinning singlisi O’ljaoy Turkon Og’oga uylangach, ularning ittifoqi qarindoshlik aloqalari tufayli yanada mustaxkamlanadi. Temur avval boshboshtoq amirlarga qarshi ichki, so’ngra esa mung’ullarga qarshi kurash olib boradi.
(1336 — 1405) 1404-yilning kech ko’zida Amir Temur 200 ming kishilik qo'shin bilan Xitoy tomon yurish boshlaydi. shu yil qish erta tushgan edi. Amir Temur qo'shini Sirdaryo bo'yidagi qadimiy shahar — 0'trorga yetib borganida sovuq avjiga chiqadi. Amir Temur shu yerda zotiljam kasaliga chalinib, 18 fevral kuni vafot o’tdi. Insoniyat tarixida o'chmas iz qoldirgan buyuk sarkarda, umrining asosiy qismini jang-u jadallarda o’tkazgan, Xitoy chegarasidan Qora dengiz sohillarigacha, Sirdaryo bo'yidan hind okeani sohillarigacha bo'Igan hududda ulkan im’eriya tashkil etgan Amir Temurning hayoti shu zaylda ‘oyoniga yetadi.
9-aprelda Kesh (shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilg'or qishlog'ida yashovchi Chig'atoy ulusining beklaridan bo'lgan Amir Tarag'au oilasida o’g’il tug'iladi. Amir Tarag'au chaqaloqni shayx shamsuddin Kulol ho’zuriga olib boradi. Bu paytda shayx Qur'on o'qib o'tirgan ekan. Suralardan birida "taymur" so'zi uchraydi va shayx go'dakning nomini Temur qo'yishni buyuradi. Yosh Temur bolalikdan sog'lom, baquvvat, dovyurak bo'lib o'sgan, o’tdi yurishni yaxshi ko’rgan. Maxsus muravbiylar nazorati ostida yoshlikdan chavandozlik, ovchilik, kamondan o'q o’zish, qilichbozlik singari harbiy mashq va o'yinlar bilan mashg'ul bo'lgan. Temur tabiatan og'ir, bosiq, teran fikrli, idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson bo'lgan. U o'z atrofiga sadoqatli odamlarni to’play olish, ularni boshqara olish qobiliyatiga ega bo'lgan. Amir Temur o'zining ilk harbiy faoliyatini qo'l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan, ulaming o zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko'rsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan. U voyaga yetib, o'lkaning ijtimoiy va siyosiy hayotida ishtirok eta boshlagan paytda mo'g’ullar im’eriyasining to'rt ulusidan biri bo'lgan Chig'atoy ulusi bekliklarga bo'linib ketib, ular o'rtasida o'zaro urushlar avj olgan edi. Xalq esa urushlardan charchab, butun Movarounnahrning yagona davlatga birlashishini, unda tinch, yaratuvchilik mehnati bilan shug'ullanishni orzu qilib yashardi.
1342-yilda Chig'atoy xonligi taxtiga o'tirgan Qozonxon qattiqqo'Iligi bilan qo'l ostidagi mansabdorlarni va xalqning ko’pchiligini o'ziga qarshi qilib qo'ygandi. 1346-yildagi urushda Qozonxon o'ldirildi. Mo'g'uliston hukmdori To'g'luq Temurxon qo'shini 1359-yilda Xojand yaqinida Sirdaryoni kechib o'tib, Sirdaryo va Amudaryo o'rtasidagi yerlarni katta qarshiliksiz bosib oldi. Bu qo'shindan qo'rqqan amaldorlarning bir tsz’’ Xuroson va Afg'onistonga qochib yashirindi; boshqa bir qismi qarshilik ko'rsatish befoyda deb hisoblab, dushmanga o’tdi o’tdi. Temur bu voqeadan sal avval otasidan ayrilgan, vatandoshlari oldida hali obro'- e'tibor topib ulgurmagandi. shu bois vaqtincha tashqi itoatkorlik uo'lini tutdi va To'g'luq Temuming ishonchini qozonib, uning o’n ming kishilik qo'shiniga boshliq bo'lib oldi. shu zaylda o'z yerlari va ittifoqdoshlari yerlarini talanishdan saqlab qoldi. To'g'luq Temur shundan keyin o'z xonligiga qaytib, o'rniga o'g'li Ilyosxo'jani qoldirdi. Biroq Temur Ilyosxo’ja bilan kelishib ishlolmadi. Ilyosxo'ja Temurdan shikoyat qilib, aftidan, otasiga murojaat qilgan. To'g'luq Temur Amir Temurni o'ldirish haqida buyruq bergan. Bu buyruq tasodifan Temurning qo'liga tushib qolgan. Bu paytda Temurning tarafdorlari oz edi, ular bilan mo'g'ullarga qarshi kurashib bo'lmasdi. shundan keyin Temur o'ziga sadoqatli 60 navkar bilan Amudaryoning so'l tomoniga qochib o'tib, Badaxshon tog'lari orasiga yashirinmoqchi bo'ladi. shunda Temurni hurmat qiladigan bir darvesh unga Xorazm cho'llariga ketib, qo'zg'olon uchun qulay ‘ayt kelishini kutishni maslahat beradi. Xorazmga borayotgan Temurga Ilyosxo janing muxolifi, Chingizxon avlodidan bo'lgan Balx viloyati hukmdori Amir husayn uncha ko'r bo'lmagan a'yonlari bilan qo'shiladi. shundan keyin Temur Xorazm cho'llarida ancha vaqt sarson-sargardon bo'lib yurgach, mo'g'ullarni yurtdan quvish uchun qo'shin to’plash umidida Xurosonga uo'l oladi. Navkarlari safi 2000 nafarga yetganda Temur Ilyosxo'janing 100 ming kishilik qo'shiniga qarshi kurash boshlashga qaror qildi. Kuchlar nisbatidagi farq katta edi, albatta. Ammo g'ayrioddiy harbiy san'ati cha mardligi Temurga muntazam muvaffaqiyat keltirdi va u 1369- 70-yillarda mo'g'ullarni Movarounnahrdan quvib chiqarishga muvaffaq bo’ldi. Amir Temur bu g'alabaga o'z ittifoqchisi Amir husayn bilan birgalikda erishadi. Amir Temur Amir husaynning jiyan singlisi O'ljaoy Turkon Og'oga uylangan, o'rtadagi ittifoq qarindoshlik i’lari bilan ham mustahkamlangan edi. Biroq Movarounnahr mo'g'ullardan ozod bo'lgach, bu ittifoqqa Amir husaynning insofsizligi va g'ayirligi sababli ‘utur yetadi. Bu orada O’ljoy Turkon Og'o ham vafot o’tdi. Amir husayn Amir Temurdan ayrilib, o'z qo'shinlari bilan Balxga joylashib oladi. Amir Temur Balxga yurish qilib, shaharni qamal qiladi va uni egallaydi. Amir husayn o'z noiblari tomonidan ushlanib, o'ldiriladi.
shu voqeadan so'ng Balxda qo'shin boshliqlarining qurultoyi chaqirilib, Temur o'z ‘iri Said Barakaning duoyi fotihasidan so'ng Movarounnahrning annn deb ye'lon qilinadi.
Temur mamlakatni siyosiy, iqtisodiy, harbiy jihatdan mustahkamlashga harakat qiladi. Bu paytda Movarounnahrga shimolda Oltin 0'rda xavf solib turardi. Temur 0'rusxonning tazyiqidan qochib o z ho’zuriga yordam so'rav kelgan Oq 0'rda xonzodalaridan To'xtamishga bir necha bor yordam beradi. U avval Oq 0'rdani, keyin Oltin 0'rdani egallab, kuchli xonlik to’zib olgach, Temurning yaxshiligini unutadi va Movarounnahrga tahdid sola boshlaydi. shundan keyin Temur qisman Oltin 0'rda tasarrufida bo'lgan Xorazmga bir necha marta yurish qilib, uni xonlik sifatida tugatib, Movarounnahr- ga qo'shib oladi. Keyin To'xtamish qo'shinlariga qarshi yurish boshlaydi. Temur qo'shinlari bilan To'xtamish qo'shinlari o'rtasida 1389, 1391 va 1394 — 1395-yillarda to'qnashuv bo'ladi. So'nggi ikki jang Samara va Chistopol shaharlari oralig'ida joylashgan Qunduzcha (Kondurcha) degan joyda, ikkinchisi shimoliy Kavkazda — Terek daryosi vodiysida sodir bo'ladi va Temur qo'shinlari g'alabasi bilan tugaydi. shunday qilib, Amir Temur mo'g'ul im’eriyasining asosini yemirib, rus knyazliklari va sharqiy Yevropa xalqlari mo'g'ullar asoratidan xalos bo'lishlariga uo'I ochib berdi. Yirik rus olimi A. Y. Yakubovskiy: "Temurning To'xtamish ustidan qozongan bu g'alabasi nafaqat 0'rta Osiyo va sharqiy Yevropa, balki Rusiya uchun ham katta ahamiyatga molik bo'ldi", — deb yozgan.
Amir Temurning hayoti va faoliyatini shartli ravishda ikki davrga bo'lish mumkin. Birinchi davrida (1366 — 1385) Movarounnahrni mo'g'ullar istilosidan ozod qilib, o'lkada yagona markazlashgan davlat to’zgan, o'zaro urushlarga barham bergan. Ikkinchi davrida (1386 — 1405) boshqa mamlakatlarga yurish qilib, tarixga "uch yillik", "besh yillik", "yetti yillik urushlar" nomi bilan kirgan urushlarni amalga oshirgan. Bu urushlar shubhasiz tajovo’zkorlik tusida edi, shafqatsizlik bilan olib borilgan, har ikki tomondan ko'r qurbonlar bo'lgan. Lekin bu urushlarning har biri o'z davri uchun ma'lum bir o'rinli sabab bilan boshlangan. Elchilar orqali muloqot, mo’zokaralar foyda bermagan sharoitdagina qurol ishga solingan. Masalan, jahon tarixining buyuk hodisasi bo'lgan Anqara jangini olaylik. Amir Temur turk sultoni Boyazidga qarshi urush boshlashdan avval u bilan ancha vaqt yozishma olib borgan. Turk sultoni maishiy bo’zuq, shariatga xilof ish qilib, musulmon bo'lmagan ayol (serb malikasi Malaya Oliver)ga uylanib, bundan tashqari ichkilikka berilib ketib, o'zidan ko’pgina ruhoniylarni bezdirgan odam. Temur undan muqaddas shaharlar Makka va Madinaga boradigan kar- vonlarni talash bilan shug'ullangan qaroqchilar boshlig'i, Turkiyadan panoh topgan Qora Yusufni berishni talab qilgan. Boyazid esa Temurning xotinlarini haqoratlovchi javob xati qaytargan. shundan keyin Temur turk sultoni qo'shinlariga qarshi urush boshlashga qaror qilgan va unda zafar qozongan. Bu g'alaba ko’pgina xalqlarni Turkiyaning mustamlakasi bo'lish xavfidan qutqarib, butun Yevropa yengil nafas oldi. Yevropada Temur davlatiga qiziqish, u bilan diplomatik va iqtisodiy aloqalar o'rnatishga intilish kuchaydi. Samarqandga xorijdan ko’plab elchilar kela boshladilar. shulardan biri Is’aniya qiroli Genrix III ning elchisi Ryui Gonzales de Klavixodir. U Samarqandda 1404-yilda bo'lib, Temur bilan bir necha marta uchrashgan, suhbatlashgan, u haqdagi hikoyalarni tinglagan. Samarqand bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining mo'l-ko'lligi, arzonligini, mamlakat poytaxti va Kesh (shahrisabz) shahrida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining ko'lami va sur'atini ko'rib hayajonga tushgan. Amir Temur qaysi yurtni istilo qilsa, o'sha yurtning eng yaxshi hunarmandlari va olimlarini Samarqandga olib kye1ib, ularning bilim va tajribasidan yurtni obodonlashtirishda foydalangan. Mo'g'ullar bosqini natijasida vayron bo'Igan Samarqand shahri Temur hukmronligi davrida eski Afrosiyobdan janubroqda butunlay yangidan qad ko'tarib, atrofi devor bilan o'raldi. shaharda Ko'ksaroy, Jome masjidini, Bibixonim madrasasini, shohi Zindadagi bir qator maqbaralarni, Samarqand atrofida Bog'i Chinor, Bog'i shamol, Bog'i Dilkusho, Bog'i Nav, Bog'i Behisht deb nomlangan bog'lar va saroylarni bunyod o’tdi. Ko’paK va Zarafshon daryolari orqali o'tgan uo'liar va ko’priklar, Amudaryo va Sirdaryo ustida ko’priklar, Toshkent atrofida kanallar, shaharlararo karvon uo'llarida ravotlar, karvonsaroylar qurdirdi. Bundan tashqari Temur Tabrizda masjid, sherozda saroy, Bag'dodda madrasa, Turkistonda Ahmad Yassaviy qabri ustida maqbara qurdirgan.
Amir Temur mamlakatda amalga oshirgan bunyodkorlik ishlarini ham o'z saltanati kuch-qudratini ko'z-ko'z qilishning bir vositasi deb bilgan. Ehtimol, shuning uchun bo'lsa kerak, o'zi obod qildirgan shahrisabzdagi mashhur Oqsaroyning ‘eshtoqidagi naqshlar orasiga "Agar bizning kuch- quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarimizga boq", degan xitobnoma yozdirgan.
Amir Temur o'z davrining hukmdori bo'lgan murakkab tarixiy siymodir. U bekliklar, uluslar o'rtasida o'zaro urushlar avjiga chiqqan, xalq tinchlikni, ijtimoiy adolatni orzu qilgan zamonda osib voyaga yetdi. Bundan tashqari uning qalbida islomiy aqidalarga katta hurmat va ehtirom bor edi. Unda osmonda Olloh bitta bo'lganidek, yer yuzida ham bitta podsho bo'lsa, g'ayridinlar islomga kirgazilsa, olam tinch, turmush farovon bo'ladi, degan bir tasavvur bo'lgan. Amir Temur ikki til egasi bo'lgan — turkiy va fors tillarida yaxshi so'zlashgan. Dunyoga buyuk lashkarboshi va davlat arbobi sifatida tanilgan bu inson kitob o'qitib tinglashni, olimlar bilan suhbatlashishni, shohmot o'ynashni yaxshi ko’rgan. U o'z qo'shinlari bilan olib borgan janglar tajribasi hozir jahonning barcha harbiy akademiyalarida o'rganiladi.
Amir Temur tarixiy shaxs sifatida o’zoq vaqt qoralanib kelindi. Faqat 0'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingina buyuk bobomizning hayoti va faoliyati haqqoniy bahosini olib, qadr-qimmati joyiga qo'yildi. Amir Temurning 660 yillik yubileyi respublikamizda zo'r tantana bilan nishonlandi. shu munosabat bilan Toshkentda Temuriylar tarixi davlat mo’zeyi ochildi. Toshkentda, Samarqandda va shahrisabzda unga haykallar o'rnatildi. Ko’plab ko'chalar, xiyobonlar, maydonlar uning nomi bilan atala boshladi. "Amir Temur" ordeni ta'sis etildi. Buyuk sarkarda va davlat arbobi, uning ajdodlari hayoti va faoliyatiga bag'ishlab kitoblar nashr etildi, kinofilmlar ishlandi. 



Download 23,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish