Tur Modifikatori
C++ da asosiy ma’lumot turlari (voiddan boshqa) bizning talabimizga mos ravishda o‘zgartirilishi mumkin.25
Signed, unsigned, long va boshqa kalit so‘zlaridanturlani aniqlashda foydalanish mumkin. C++ da ma’lumot turlarini tasvirlash mashinaga bog’iq bo‘ladi. 6.2-jadvalda 16-bitlk kompyuter uchun ma’lumot turlari va ularning o‘zgartirilganlari keltirilgan.
6.2-jadval. Ma’lumot turlari va ularning o‘zgartirilganlari
Tur
|
Chegarasi
|
Baytlar
|
Tasvirlanishi
|
Boshi
|
Oxiri
|
char
|
-128
|
127
|
1
|
belgili
|
signed char
|
- 128
|
127
|
1
|
belgili
|
unsigned char
|
0
|
255
|
1
|
belgili
|
int
|
- 32,768
|
32,767
|
2
|
butun sonlar
|
unsigned int
|
0
|
65,536
|
2
|
butun sonlar
|
long int
|
-2,147,483,648
|
2,147,483,647
|
4
|
butun sonlar
|
unsigned long int
|
0
|
4,294,967,295
|
4
|
butun sonlar
|
float
|
-3.4 e 38
|
3.4 e 38
|
4
|
kasrli sonlar
|
double
|
-1.7 e 308
|
1.7 e 308
|
8
|
kasrli sonlar
|
long double
|
-3.4 e 4932
|
3.4 e 4932
|
10
|
kasrli sonlar
|
Signed modifikator turi char va int ma’lumot turlariga mos keladi. Unda shu so‘z qatnashmaganda ham xuddi shu tur effektlari mavjud. Int va signed int turlari farqlanmaydi.
Unsigned modifikator turi char va int ma’lumot turlariga mos keladi. U ushbu ma’lumot turlarining faqatgina musbat qiymatlarini oladi. Unsigned modifikator turi o‘zgaruvchilar diapazonini oshirish va manfiy hosil bo‘lmaydiganlar, masalan, talabalar soni, sportdagi gollar yoki yutuqlar soni kabilarni tasvirlash maqsadida foydalaniladi.
Ba’zida unsigned qo‘shilish suzuvchi nuqtali turlarda imkoniyat berishi mumkin (unsigned double kabi). Shunday bo‘lsada, bu sizning dasturingizni sekinlashtiradi va odatda kuchsizlantiradi.
Long modifikator turi char, int va double ma’lumot turlariga mos keladi. U ham o‘zgaruvchilar qiymatlari diapazonini oshiradi.
Modifikatorlar turi birgalikda ishlatilishi ham mumkin. Quyidagi misollar sizga modifikatorlar turi haqida tushuncha berishi mumkin.
unsigned int no_of_students;
unsigned long int factorial;
long double x;26
Savollar va topshiriqlar
1. C++ da fundamental ma’lumotlar turlariga misollar yordamida qisqacha tushuncha yozing.
2. C++ da void ma’lumot turi ilovasi nima?
3. O‘zgarmas nima? C++ da o‘zgarmaslar turlarini kerakli misollar yordamida bayon qiling.
4. C++ da 'A' va "A" o‘rtasida qanday farq bor?
5. C++ da \n va \t simvolli o‘zgarmaslar ma’nosi nima?
6. Modifikator nima? Bitta misol ayting.
7. C++ fundamental ma’lumot turlari haqida izoh yozing. Yaroqli misollar keltiring.
8. C++ dao‘zgaruvchilarni e’lon qilish / lnitsializatsiya qilishni yaroqli misollar yordamida tavsiflab bering.
9. C++ da o‘zlashtirish ifodasining ma’nosi nima?
10. O‘zgaruvchilarni dinamik lnitsializatsiya qilish degani nima? Misollar keltiring.
11. Modifikator turi nima?
12. Quyidagi modifikator turlarini yaroqli misollar yordamida tushuntirib bering: signed, unsigned, long.27
13. C++ dasturida o‘zgaruvchini ixtiyoriy joyda e’lon qilish mumkin. Bu izohning ma’nosini tushuntirib bering.
14. C++ o‘zgaruvchilarini e’lon qilish qoidalarini tushuntiring. O‘zgaruvchi bilan bog’liq nechta qiymat bor?
15. Modifikator ma’lumot turlariga qanday ta’sir qiladi? Misollar keltiring.
Foydalanilgan adabiyot
J.B. Dixit. Fundamentals of computer programming and Information texnology. India. 2009 (202-213 betlar)
4-MAVZU.C++ TILIDA IFODALAR VA OPERATORLAR
Reja:
O‘zlashtirish operatori.
Munosabat operatorlari.
Taqqoslash amallari
C++ tilida ifodalar
Tayanch so‘z va iboralar: Dastur, ifodalar, operator, operand, arifmetik operatorlar, unar operator, inkrement va dekrement operatorlari.
Operatorlar
C++ tilida bir qancha operatorlar mavjud. Bu operatorlar turli kombinatsion ifoda almashtirishlarda foydalaniladi. Masalan, '-' belgisi ayirish operatori bo‘lib, operand deb ataluvchi ikkita ma’lumot birligining ayirmasini topadi. Operator bajariladigan amalni bildiruvchi simvolni aniqlaydi. Ustida operatorlar bajariladigan ma’lumot birliklari operandlar deyiladi.Ba’zi operatorlar amal bajarish uchun yagona operand yetarli bo‘lsa, qolganlari ikkita operandni talab qiladi. Operatorlar uchunamal bajarilish tartibiustunlik darajasideyiladi. Keling, C++ dagi mavjud operatorlarning eng tanish bo‘lganlarini qaraylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |