Tayanch iboralar: zilzila oqibatlarini bartaraf etish, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlar, ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalari, vayrona uyumlarini ochish.
Fuqaro muhofazasi va FVDT tuzilamalari tabiiy xususityali favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan vaqtda kuch va vositalari favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va jabrlanganlarni qutqarish uchu sodir bo‘lgan hududlarga darhol etib boardilar.
Zilzila oqibatlarini bartaraf etish. Zilzila oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan avariya qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etishni va ularni bajarish muddatlarini favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududda joylashgan shahar (ob’ekt) muhofazasi boshlig‘i aniqlaydi.
Zilzila keltirgan zararni aniqlash, jabrlanganlarni qutqarish va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar hajmini aniqlash uchun maxsus razvedka (axborot yig‘ish)guruhlari tashkil etiladi.
Razvedkachilar quyidagilarni aniqlashlari shart:
-bino, inshoot, kommunal – energetika tizimlaridagi falokatlarning xususiyatlari va darajasini;
-vayronalar ostidagi odamlar qolgan joylarini topish, ularga zarari tegishi mumkin bo‘lgan xavfni bartaraf etish;
-vayrona uyumlari tagida qolgan odamlarni chiqarib olishning eng qulay joylarini topish;
-shikastlangan evakuatsiya qilish uchun yo‘l ochish tartiblarini o‘tkazish;
-suv manbalarining holatini, ularni xo‘jalik ishlarida ishlatish va ichish uchun yaroqliligini tekshirish;
-sharoitni va sharoitga ko‘ra bajariladigan ishlar ketma-ketligini aniqlash;
-mexanik vositalarni qo‘llash imkoniyatlarini aniqlash;
-zarur deb topilganda portlatish ishlarini qo‘llash imkoniyatini aniqlash.
Zilzila natijasida vayrona uyumlari ostida qolgan, qulab tushishi ehtimoli mavjud bo‘lgan hamda yonayotgan binolar va inshootlarda odamlarni qutqarish ishlari tezkorlik bilan amalga oshiriladi. Buning uchun ob’ektga FVDT tuzilmalari olib kelinadi.
Vayrona uyumlar tagida qolganlarni qidirib topish uchun qidiruv guruhlarini yuboradilar. Ular vayrona uyumlarining hududini, buzilgan binolar va inshootlarni sinchiklab o‘rganib chiqadilar. Vayrona uyumlari tagida odam borligi aniqlanganda, tezda vayrona uyumi ostida qolgan odam bilan suhbat yoki taqqillatish orqali aloqa o‘rnatiladi.
Vayrona uyumlarini ochish uchun zvenolar tashkil etiladi. Zvenolar tarkibidagi qutqaruvchilar soni 5 kishidan kam bo‘lmasligi kerak. Zveno a’zolarining hammasi yoppasiga yoki birvarakayiga ishlashadi. Ikki kishi vayrona uyumi tepasida, ikki kishi uyum bo‘laklarini boshqa erga tashlaydi. Zveno a’zolaridan bittasi kerak bo‘lgan holatlarda metall konstruksiyalarni maxsus asbob yordamida kesadi.
Vayrona uyumlari og‘ir yoki katta bo‘laklardan tashkil topgan hududlarni ochish maqsadida mexanizatsiyadan foydalaniladi. Ko‘p qavatli binolarning yuqorisida yoki buzilgan bino yoki inshootlardan odamlarni qutqarish, ularni vaqtinchalik evakuatsiya qilish uchun yo‘llarga yog‘ochdan ishlangan trapp yoki vaqtinchalik zinapoyalar o‘rnatiladi. Harakat xavfsizligi taminlash uchun yo‘lchaning bir tomondan arqon tortib qo‘yiladi. Qorong‘i vaqtda ishlaganda esa vaqtinchalik elektr yoritgich “lampalar” o‘rnatiladi. YUqori qavatlardan odamlarni deraza orqali evakuatsiya qilish mumkin. Odamlarni qutqarishda eng qulay yo‘l o‘t o‘chirish avtotransportidan foydalanishdir.
Suv toshqini, sel va er ko‘chkisi oqibatlarini bartaraf etish.
Suv toshqini (suv ostida qolish) xavfi paydo bo‘lganda, favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi qarori bilan boshqaruv punktlari tayyorgarlik holatiga keltirib qo‘yiladi. U erda mutasaddi rahbar xodimlarning kechayu-kunduz navbatchiligi tashkil etiladi, FVDT tizimlarining vazifalari aniqlanadi.
Suv toshqini xavfi paydo bo‘lganda:
-boshqa yoqqa o‘tkazib yuboradigan surma to‘siqlarni o‘rnatish;
-ishlab chiqarish ta’minoti tadbirlarini keng qo‘lash kompleksini o‘tkazish (o‘t o‘chirish zamonaviy vositalari, o‘t o‘chirish avtomat yo‘llari, hisoblangan suv debiti, maxsus tayyorgarlik ko‘rgan tuzilmalar va h.k. mavjudligi).
Ishlab chiqarish va xo‘jalik aloqalari ishonchliligini oshirish:
-favqulodda vaziyatda mol etkazib beruvchilar bilan ishlab chiqarish aloqalarini maksimal darajada kamaytirish;
-favqulodda rejimda rezervda barqaror mol etkazib beruvchilar bo‘lishiga erishish;
-ob’ekt ta’minotini rezervdagi avtonom manbalarga o‘tkazish imkoniyati bor tizimini ishlab chiqish;
-avariyada ta’minlash ko‘chma vositalarini ko‘paytirish;
-bitta sanoat zonasidagi boshqa ob’ektlar bilan kooperativ ta’minlanishni (elektr energiyasi, suv, gaz, par va h.k. narsalar ta’minotini) tashkil etish;
-rezervning avariya zahirasini yaratish;
-xom ashyo, materiallar muhofazada va bo‘lib-bo‘lib tarqatilib saqlanishini tashkil etish;
-kommunikatsiyalarni o‘rnini bosadigan qilish va halqa tarzida birlashtirish;
-toshqini xavfi bor hududlarda FVDT kuch va vositalarning holatini aniqlash, avariya-qutqaruv va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish;
-xavfli hududlardan aholini evakuatsiya qilishga ayyorgarlik ko‘rish va kerak deb topilganda aholini va moddiy boyliklarni xavfsiz joyga ko‘chish;
-suv toshqini xavfi bor hududlardagi korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarish jarayonini qisman yoki butunlay to‘xtatish;
-o‘zaro hamkorlik rejasiga binoan yordam berishga ajratilgan Qurolli Kuchlar bo‘linmalari bilan aloqa o‘rnatish va doimiy aloqada bo‘lish;
Qutqaruv ishlarini olib borishga rahbariyat tomonidan ajratilgan kuch va vositalar hamda tashkilotlarning suzuvchi vositalari jalb etiladi.
Suv bosgan hududlarda qutqaruv otryadlari, komanda hamda guruhlar katerlar, motorli qayiqlar va boshqa suzuvchi vositalar yordamida odamlarni qutqarish va evakuatsiya qilish ishlariga jalb etiladi. Qutqaruv ishlariga jalb etilgan tuzilmalar tarkibi odamlarni qutqarish borasidagi hatti-harakat qoidalarini va qutqarilganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni bilishlari kerak.
Suvda suzish vositalarida qutqaruv ishlariga jalb etilgan tuzilmalar qutqaruv vositalari bilan, shaxsiy tarkib esa qutqaruv nimchalari bilan ta’minlanadilar.
Suv bosgan hududlarda qutqaruv ishlarini olib borishda asosiy e’tibor suv ostida qolgan hududlardagi odamlarni qidirib topishga, ularni suvda suzish vositalariga yoki vertolyotga olish va xavfsiz joylarga olib chiqishga qaratiladi.
1998 yil yozida SHoximardonda bo‘lib o‘tgan halokat to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz. Havo haroratining birdaniga ko‘tarilib ketishi natijasida Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyati tog‘laridagi qorlarning erishi tezlashib ketdi. Buning oqibatida yilning 7 iyulidan 8 iyuliga o‘tar kechasi katga suv paydo bo‘ldi. Bu oqim SHoximardonsoyga qo‘shilib sig‘imini 200 m3/s ga ko‘paytirib yubordi va kuchli suv bosishi natijasida 52 xo‘jalik, 36 dam olish maskanlari, shu jumladan 4 bolalarni sog‘lomlashtirish maskanlari jiddiy zarar ko‘rdi. 8-9 iyul kunlari odamlarni SHohimardon qishlog‘idan ko‘chirish ishlari olib borildi. Bu muddat davomida 14200 kishi, shu jumladan 3150 nafar yosh bolalar xavfsiz joyga ko‘chirilgan. Ushbu ishlarni bajarish uchun 250 dan ortiq avtomobil texnikalari jalb qilindi. 1998 yilning 18 iyuligacha 104 nafar odamning jasadlari topildi, 68 ta har xil hayvonlarning tanalari topilib, ular belgilangan tartibda ko‘mib tashlangan.
Kuchli sel oqimi natijasida 15 km gaz o‘tgazgich quvirlari, 14 km. avtoyo‘l, 4 ta yirik avtomobil ko‘prigi, 3 km suv o‘tkazish tizimlari, 3 km elektr uzatish tarmoqlari yaroqsiz holatga kelgan, 200 dan ziyod mayda savdo nuqtalari butunlay vayron bo‘lgan.
Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha SHohimardon va Vodil qishlokdarida favqulodda vaziyatlar shtabi tashkil qilingan.
Avariya-qutqaruv ishlariga 1908 kishi va 438 dona texnika, shu jumladan 156 dona muhandislik texnikalari jalb qilingan. Ishni tashkil qilish uchun 320 tonna benzin, 513 tonna dizel yoqilg‘isi sarf qilingan.
Bunday halokat yuz berganda eng birinchi navbatda muhandislik texnikalari ishga solinishi kerak. CHunki birinchi vazifa odamlarni xavfsiz joylarga zudlik bilan ko‘chirish, jabrlanganlarga moddiy va tibbiy yordam ko‘rsatib, oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ta’minlash ishlarini olib borshidan iborat.
Razvedka ishlarining samarali olib borilishi, fuqaro muhofazasi organlari xodimlari favqulodda vaziyatlar sodir bo‘ishi mumkin bo‘lgan hududlarni tezlik bilan aniqlash, bashoratlari va oqibatlarni oldini olishlari zarur.
Suv bosgan hududga etib kelgan FVDT tuzilmalari shu zahotiyoq o‘z vazifalarini bajarishga kirishadilar. Vaziyat haqidagi muhim ahamiyatga ega bo‘lmagan ma’lumotlarning mavjudmasligi yoki ba’zi bir ikkinchi darajali masalalarning hal qilinmaganligi avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni boshlamaslikka sabab bo‘la olmaydi.
Sel oqimi bilan asosan oldindan olib borilgan kompleks tashkiliy-xo‘jalik, agrotexnik, meliorativ va gidrotexnik tadbirlarni amalga oshirish yordamida kurashish ko‘proq samara beradi. Sel kelishi xavfi bor hududlarda yashovchi aholi erlardan foydalanshda, o‘rmon daraxtlarini kesishda, uy hayvonlarini boqishda mutasaddi tashkilotlarning tavsiyalariga rioya qilishlari zarurdir.
Sel kelishi va er ko‘chkisi xavfi sodir bo‘lganda, aholi xavfli hududlardan xavfsiz joyga evakuatsiya qilinadi. Aholi bilan birgalikda moddiy boyliklar ham olib chiqiladi, qishloq xo‘jalik mollari esa xavfsiz joyga ko‘chiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |