1-Mavzu: Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari, bolalar kitobxonligi” mavzusida amaliy mashg`ulot


Navoiyning odob-axloq haqidagi asarlari qaysilar?



Download 38,86 Kb.
bet7/8
Sana29.05.2022
Hajmi38,86 Kb.
#618746
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-amaliy

Navoiyning odob-axloq haqidagi asarlari qaysilar?

“Hayrat ul-abror” asarining bir necha boblari odob-axloq va taʼlim-tarbiya masalasiga bagʻishlangan. Navoiy bu dostonning oltinchi maqolotida odob va kamtarlikni ulugʻlab, taʼlim-tarbiyaga doir qimmatli fikr-mulohazalarini bayon qilish bilan birga, takabbur va odobsiz kishilarni qattiq qoralaydi. Shoir dostonning bu maqolotida bola tarbiyasi, uni oʻstirish, oʻqitish va balogʻatga yetkazish hamda bu borada ota-onalarning vazifalari haqida batafsil fikr yuritadi. Shoir yoshlarni ota-onaning xizmatini bajarishga, ularni hurmat qilishga, ularga nisbatan hamisha mehr-muhabbatli boʻlishga chaqiradi, ota-onani oy va quyosh deb taʼriflaydi:


Boshni fido ayla ato qoshigʻa,
Jismni qil sadqa ano boshigʻa…
Tun-kunungga aylagali nurposh,
Birisin oy angla, birisin quyosh…
Dostonning sakkizinchi maqolotida Navoiy yolgʻizlikka nisbatan koʻpchilik – jamoatni ulugʻlab, kishilarning bir-birlari bilan ahil, doʻst boʻlishlarini istaydi:
…Yoʻq hunari yolgʻuz esa, oʻz ishi,
Qayda kishi sonida yolgʻuz kishi?
Fard[1] kishi davrda topmas navo,
Yolgʻuz ovuchdin[2] kim etmish sado?…
“Hayrat ul-abror”ning oʻninchi maqoloti rostgoʻylik, halollik va toʻgʻrilikka bagʻishlangan. Navoiy unda kishilarni rostgoʻy va toʻgʻri boʻlishga chaqiradi, yolgʻonchilik va egrilikning zararli oqibatlarini keskin fosh etadi. Shoir yolgʻon soʻzlashning yomon oqibatini “Sher bilan Durroj” masalida ovchining tuzogʻiga tushgan Durroj timsolida hikoya qiladi.
Dostonning oʻn birinchi maqolotida Navoiy ilm-fanga, ilm ahliga yuksak baho beradi. Kishilarni ilm olishga, olimlarni izzathurmat qilishga chaqiradi. Shu bilan birga, shoir oʻsha davrda mehnatkash va musofir talabalarning ilm olish yoʻlida chekkan mashaqqatlaridan, ilm-fan egalarining muhtojlikda yashaganlaridan afsus-nadomatlar chekadi.
Navoiy ilmdan amalda foydalanish zarurligini taʼkidlaydi:
Ilm, Navoiy, senga maqsud bil,
Endiki ilm oʻldi amal aylagil.
Navoiy yaramas odat va xulq-atvorlarni shafqatsiz qoralashi, oliyjanob insoniy fazilatlarni qadrlashi, bolalarni oʻqish, oʻrganish va yuksak odobli, aʼlo xulqli boʻlishga chaqirishi katta ahamiyatga ega boʻlib, bolalar adabiyotining shakllanishida juda muhimdir. Uning bir qator axloqiy-taʼlimiy qarashlari hozirgi kunda ham oʻz qadr-qimmatini saqlab kelmoqda.
“Farhod va Shirin” dostonida shoir chin sevgi va vafo, doʻstlik va sadoqat, mehnat va ijodkorlik, vatanparvarlik hamda qahramonlik gʻoyalarini tarannum etadi. Doston yoshlar va bolalarga atab yozilmagan, lekin asarning koʻpgina boblari bolalar va yoshlar hayotiga, ularning tarbiyasiga bagʻishlangandir. Shoir dostonda Farhodning bolalik chogʻlaridanoq ilm-hunarga, mehnatga boʻlgan muhabbatini zoʻr mahorat va chuqur samimiyat bilan tasvirlagan. Bu Navoiyning bola tarbiyasiga va uning bilim olishiga katta eʼtibor bilan qaraganligini koʻrsatadi.
Farhod yoshlik chogʻidanoq juda aqlli, zehnli bola boʻlib oʻsadi. U maktabda zoʻr havas va qunt bilan oʻqiydi. Tabiiyot, matematika, mantiq kabi fanlarni tez orada oʻrganib oladi. Yosh Farhodning ilmga boʻlgan havas va muhabbatini sezgan ota-onasi unga bilim berishni munosib koʻrdi. Jahonning mashhur olimlari Farhodga turfa fanlardan saboq oʻqitardi. Natijada eng murakkab va pinhoniy ilmlar unga oʻz sir-asrorini toʻliq namoyon etadi. U qunt va chidam bilan oʻqib, bilimdon va zukko inson boʻlib yetishadi. Shoir Farhod hayotini bunday jonli lavhalarda tasvirlash orqali bolalar tarbiyasiga alohida eʼtibor berishga chaqiradi, ularni yoshligidan boshlab oʻqitish zarurligini, bunda ota-onaning vazifasi nihoyatda katta ekanligini, bolalarga ilm oʻrgatish muhimligini taʼkidlaydi.
Farhod qaysi fanni oʻqimasin, uni darrov tushunib oluvchi qobiliyat egasi sifatida tasvirlanadi:
Agar bir qatla koʻrdi bir saboqni,
Yana ochmoq yoʻq erdi ul varaqni.
Ne soʻznikim, oʻqib koʻngliga yozib,
Dema koʻngliki, jahon lavhiga qozib.
U davrda bolalar chuqur, yodaki oʻqitilar edi. Bolalar oʻzlari yodlagan narsalarining maʼnosiga tushunmas ham edilar. Shunday bir vaqtda Navoiy bolalarni ilm-fanga qunt qilish, oʻqilgan narsaning maʼno-mazmunini tushunib olishga undar edi:
Oʻqib oʻtmak, uqib oʻtmak shiori,
Qolib yonida, safha-safha bori…
Farhodning qunt qilib, maʼnosini tushunib oʻqishi natijasida koʻp ilmlarni egallaganligi taʼkidlanadi:
Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm,
Bilib tahqiqini kasb etmagan ilm.
Shu tariqa Navoiy bolalarni ilmni puxta egallashga chaqirib, buyuk pedagog hamda murabbiy sifatida ularni tarbiyalash va oʻstirish yoʻllarini koʻrsatadi.
Bundan tashqari, dostonda Farhod jismoniy tomondan chiniqqan yigit sifatida tasvirlanadi. U suvda suzish, chavandozlik va qilichbozlik sirlarini mehr bilan oʻrganadi. Alisher Navoiy yoshligidan boshlab ilmga berilgan, jismoniy jihatdan chiniqqan Farhodni har tomonlama mukammal, maʼnaviy, jismoniy goʻzal, yetuk yigit timsolida beradi. Shuningdek, Navoiy Farhodni mehnat va hunarga katta havasli, sartaroshlik, rassomlik va naqqoshlik hunarlarini ham mukammal egallab olgan yigit sifatida ulugʻlaydi.
Ilm va hunarni egallagan, jismoniy jihatdan chiniqqan, mehnatsevar Farhod kamtarin, mazlumlarga gʻamxoʻr, sofdil, mard va oliyjanob, jasur inson boʻlib yetishadi.
Farhod boshchiligida va uning bevosita fidokorona mehnati natijasida katta kanal (“Hayot daryosi”) va hovuz (“Najot dengizi”) qaziladi. Navoiy Farhodni suvsiz yerlarga suv chiqargan qahramon, mehnat sohasida moʻjizalar koʻrsatgan bahodir yigit sifatida taʼriflaydi. U ilm va hunarni omma manfaati uchun xizmat ettirish lozim deb hisoblaydi. Farhod Shirinni qidirib, Armanistonga borganda, arman yurtida togʻda kanal qazish uchun qiynalib ishlayotgan kishilarni koʻradi va:
Hunarni asrabon netkumdir oxir,
Olib tufroqqamu ketkumdir oxir! –
deya, oʻz bilimi, hunar va gʻayratini ishga soladi, kanal qazuvchilar mashaqqatini yengillashtiradi va xalq oʻrtasida katta shuhrat qozonadi.
Bu qahramonning muhim xislatlari undagi qahramonlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik va doʻstlik tuygʻularidir. Farhod elyurtining obodonligi uchun kurashadi hamda insonlarga ofat keltiruvchi dushmanlarga qarshi jang qilib, ularni mardona yengadi.
Bundan tashqari, Navoiy Farhod, Shirin va Shopur imsolari orqali xalqlar doʻstligi gʻoyasini ilgari suradi. Farhodning arman qizi Shirinni sevishi va eronlik Shopur bilan doʻstlashuvi xalqlar doʻstligi gʻoyasining yorqin namunasidir.
Navoiy Farhodning jasoratini badiiy tasvir etar ekan, uning mamlakat obodonligi va tinchligi, xalqlar farovonligi va ilm bobida qilgan xizmatlarini chuqur mazmunli misralarda uygʻunlashtiradi:
Ki to olam, binosi boʻldi bunyod,
Bu yangligʻ qilmadi ish odamizod.
Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida ilgari surilgan yuksak insoniy xislatlar, insonparvarlik gʻoyalari yosh kitobxonlar maʼnaviyatiga ham chuqur taʼsir etadi, ularni xalq, vatan uchun kerakli inson boʻlib yetishishlariga xizmat qiladi.
Buyuk shoir bolalarning oʻqishi va tarbiyasiga doir fikrlarini “Layli va Majnun” dostonida ham ilgari surgan. Yangi maktablar bino qilish gʻoyalarini targʻib qilgan Navoiy maktablarda oʻgʻil bolalar bilan bir qatorda qizlarning ham oʻqishlarini orzu qiladi.
Alisher Navoiy oʻzining Farhod, Qays, Iskandar va boshqa ijobiy obrazlarida tarbiyalanish, taʼlim olish borasida bosib oʻtgan yoʻlini, kamolotga yetish bosqichlarini tasvirlab, bolaning voyaga yetishida tarbiyaning katta kuch-qudratga ega ekanligini alohida uqtiradi.
Shoirning 1500yilda yaratgan “Mahbub ul-qulub” (Koʻngillarning sevgani) asari ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-taʼlimiy qarashlari bayon etilgani bilan qiziqarlidir.
Navoiy bu asarida sabr, qanoat, kamtarinlik (Muqbil va Mudbir), vafo, hayo, karam (muruvvat), saxovat, himmat, oliyjanoblik, mardlik, hilm (muloyim tabiatlilik), doʻstlik, ilmga amal qilish, shirinsoʻzlik, rostgoʻylik kabi fazilatlarni ulugʻlaydi, aksincha, baxillik, badfeʼllik, hasadgoʻylik, chaqimchilik, xasislik, yolgʻonchilik, tamagirlik, nodonlik (bilimsizlik), takabburlik, mayxoʻrlik (badmastlik), badnafslik (ochkoʻzlik) kabi yomon illatlarni qattiq qoralaydi: “Chin so ‘z – mo ‘tabar, yaxshi so ‘z – muxtasar. Ko ‘p so ‘zlovchi – zeriktiruvchi. Kishi aybini gapiruvchi – o ‘ziga yomonlik sogʻinuvchi (birovlarning aybini izlashdan koʻra, odam oʻz ayblarini topib, ulardan qutulishi oqillikdir, demoqchi boʻladi shoir). Agar so ‘z go ‘zallik ziynati bilan bezalmasa ham, unga chinlik bezagi yetarlidir! Yolgʻonchining gapi qanchalik chiroyli boʻlsa, shunchalik qabihdir. Aqlli odam yolgʻon gapirmas, ammo barcha rost gaplarni aytaverish ham toʻgʻri emas”.
Navoiy xushmuomala, ochiq yuzli odamlarni maqtaydi: “Ochiq yuzidan xaloyiqqa xursandlik, chuchuk so ‘zidan el-yurtga xurramlik. Tilini tiyolgan odam – donishmand, oqil. So ‘ziga erk bergan (koʻp vaysagan) odam – beandisha va pastkash. Yolgʻonchi Haq oldida gunohkor, xalq oldida sharmanda. Tilga ixtiyorsiz – elga eʼtiborsiz”.
“Mahbub ul-qulub” 3 qismdan iborat. Kitobning 1qismi “Halollik ahvoli va afoli va ahvolining kayfiyatida”, yaʼni kishilarning feʼl-atvori va gap-soʻzlarining ahamiyati haqida boʻlib, bunda Navoiy donishmand va murabbiy, ulkan madaniyat arbobi sifatida ilm-fan, sanʼat va adabiyotning ahamiyatini targʻib qiladi, malakali, iqtidorli oʻqituvchilarni, olimlarni, shoirlarni, sanʼatkorlarni maqtaydi, ularni hurmat qilishga va qadrlashga chaqiradi. Oʻqish ham, oʻqitish ham ogʻir va masʼuliyatli ish, u qunt, havas va mehnat talab qiladi, deb uqtiradi Navoiy. Bu oʻrinda u murabbiylarning halol xizmatlarini alohida taʼkidlaydi.
Haq yoʻlinda kim senga bir harf oʻqutmish ranj ila,
Aylamak boʻlmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Kitobning 2-qismi, asosan, axloqiy masalalarga bagʻishlangan. Bu bobda yaxshi fazilat va yomon xislatlar tahlil qilinadi. Toʻgʻrirogʻi, insonda boʻlishi kerak boʻlgan odob-axloq haqida gap boradi. Masalan, qanoatni olaylik. Navoiy qanoatli odamlarni sevadi, ularga havasi keladi. Kimki qanoatli boʻlsa, unday odamni el sevishini, eʼzozlashini taʼkidlaydi. Mutafakkir qanoatni bir buloqqa – chashmaga oʻxshatadi. Negaki buloq suvini qancha olgan bilan qurimaydi, u bir xazinadirki, undagi boylik sochilgan bilan kamaymaydi. U bir ekinzorki, urugʻi izzat va shavkat hosilini beradi. U bir daraxtki, unda qaram boʻlmaslik va hurmat mevasi bordir. Bu bobda sabr, tavoze haqida ham koʻp ibratli gaplar aytiladi.

4.Gulxaniyning tarjimai holi haqida nimalarni bilasiz?


Isyonkor kuychi Gulxaniy XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida yashab ijod etgan va bu davr oʻzbek adabiyotida oʻziga xos oʻrinda turadigan yozuvchidir. Uning asl ism-sharifi Muhammad Sharif boʻlib, Gulxaniy esa uning adabiy taxallusidir. Taxminlarga koʻra, u XVIII asrning 70yillari hozirgi Xoʻjand viloyatining Darvoza qishlogʻida dunyoga keladi.
Boʻlajak yozuvchining bolaligi oʻzi olamga kelgan togʻ qishlogʻida oʻtadi. Bu yerda ozmi-koʻpmi oʻqib, savod chiqaradi, adabiyotga boʻlgan havasi ortadi. Sheʼriyatga oid koʻplab asarlar oʻqiydi, xalq ogʻzaki ijodini berilib oʻrganadi va asta-sekin sheʼriy mashqlari boshlanadi. U oʻz ilmini oshirish maqsadida avval Namangan, soʻngra Fargʻonaga keladi, qiziqchiligi, hozirjavobligi va hajviy sheʼrlari bilan kishilar oʻrtasida tanila boshlaydi. Ayniqsa, gʻariblik turkumidagi ruboiy va toʻrtliklari bilan el ogʻziga tushadi. Shoir keyinchalik Qoʻqonga keladi va qiyinchilik bilan kun kechiradi. U oʻzbekcha sheʼrlariga Gulxaniy, tojikcha sheʼrlariga Jurvat deb taxallus qoʻyadi.
Gulxaniy bir necha yil Qoʻqon xoni Olimxon saroyida navkar boʻlib xizmat qilgan, janglarda qahramonlik koʻrsatgan boʻlsada, ammo ochlik, yupunlik, muhtojlik uning hamrohi boʻlib qolaveradi.
Gulxaniyning “Ber menga” radifli sheʼri uning navkarlik davrida yozilgan asaridir. Gʻazal och qolgan kishining oʻz xoʻjayinidan non soʻrashi bilan boshlanib, lirik qahramon – navkarning qalb alamlari soʻnggi baytlarda izchil ochila boradi.
Bu gʻazalga chuqurroq nazar tashlansa, unda faqat yakka, ochlikdan tinkasi qurigan ayrim shaxs haqida gapirilmay, balki katta ijtimoiy masala – Olimxonning navkarlari orasidagi ichki hayot sharoiti haqida gap boradi. Gʻazalda lirik qahramonning qiyafasi umumlashma timsol darajasiga koʻtarilgan, chunki Olimxon navkarlaridan faqat Gulxaniy xon iltifotiga sazovor boʻlolmadi, degan qarorga kelish yanglishdir. Demak, lirik qahramon – navkar oʻz boshidan kechirganlarini bayon qilish asosida Olimxonning navkarlarga muruvvatsizligi va qoʻshindagi tartibsizlikni fosh qiladi. Oʻz huquqini yoqlash bilan boshqa navkarlarni ham ana shunday ish koʻrishga daʼvat etadi:
Hazratim, ochlikdan oʻldim, yegani non ber menga,
Kofir oʻlgʻayman agar desamki, bahmon ber menga.
Mosh-u bugʻdoy-u guruch berkim, shular menga kerak,
Hech aytmasman aqiq-u laʼl-u marjon ber menga.
Egnima yopiq berib, qornimni toʻygʻiz non bilan,
Senga bilo kim demasman din-u iymon ber menga.
Navkaring ochlikdan oʻlsa, nega hayfing kelmagay,
Ey tabibi hoziqim, dori-yu darmon ber menga.
Non-u toʻn ber, benavolik dardidan qutqar meni,
Men qachon aytdimki, Qorun ganjidek qon ber menga…
Gulxaniyni er yigitlar toʻpidan kamsitmagil,
Foʻta ber, ot ber, toʻn-u chakmon ber menga.
Xalq zolim deb atagan Olimxondan keyin Qoʻqon taxtiga chiqqan Umarxon hukmronligi davrida ham Gulxaniy turmushida hech qanday oʻzgarish boʻlmadi.
Gulxaniy avval adashib, turmushim yaxshi boʻlarmikan, qornim nonga toʻyarmikan, degan oʻy-umidlar bilan Umarxon saroyidagi maddoh shoirlar guruhiga qoʻshiladi. Xonni maqtab qasida va gʻazallar yozadi. Qasidalarida Umarxonni koʻklarga koʻtarib maqtaydi, xonga unda boʻlmagan yaxshi xislatlarni taqadi, uni fuqaroparvar, adolatparvar, zulm va haqsizlikka xotima beruvchi kishi qilib tasvirlaydi va bu bilan xonni ana shunday ijobiy xislatlar egasi boʻlishga daʼvat etadi. Ammo Umarxon saroyidagi fisq-fujurlar, munofiqliklar, xon va uni oʻrab olgan arkoni davlat tayanchlari tomonidan xalq boshiga keltirilgan qora kunlar Gulxaniydek hassos shoirning saroy ahliga boʻlgan munosobatini oʻzgartirib yubordi: endi u baʼzan ixtiyoriy ravishda va baʼzan payrovlik qilib shohni taʼriflashdan chekinadigan boʻldi, oʻz eʼtirozlarini bildira boshladi.

5.«Zarbulmasal»dan kutilgan maqsad nima?


“Zarbulmasal” xalq ertaklari taxlitida yozilgan mukammal mazmunli oʻtkir hajviy asardir. Gulxaniy oʻzining bu asarida xalqning mazmundor maqollari, hikmatli soʻzlari va qochirimlaridan mohirlik bilan foydalandi. U hukmdorlar va ularning laganbardorlarini, saroy ahlining yaramas kirdikorlarini majoz yoʻli bilan oʻtkir hajv ostiga oladi. Chunki u mehnatkash xalqning ogʻir, mashaqqatli hayotini oʻz koʻzi bilan koʻrdi, saroy bazmlari, keti uzilmas mayparastliklar xalqni talash hisobiga boʻlishini payqadi va bunday salbiy ishlar uning koʻzini ochdi. Natijada unda saroy ahliga nisbatan nafrat hissi tobora oshib bordi. Ammo shoir, sharoitga koʻra, hukmron doiralardan noroziligini va nafratini ochiq-oydin ifodalay olmas edi. Shuning uchun majoziy shakldagi “Zarbulmasal” asarini yozishga kirishdi. Asarda shoirning maqsadi, hayotga, uni oʻrab olgan muhitga, hokim tabaqalarga boʻlgan munosobati toʻgʻridan toʻgʻri ifoda etilmay, balki hayvonlar, qushlar va shunga oʻxshash majoziy obrazlarning tasviri orqali ifodalandi. Shoir shu zaylda oʻzi yashagan zamon uchun aniq voqea-hodisalarni, ularga oʻzining munosabatini, qarashlarini tasvirladi.
Muallif oʻz masallarida majoziy qiyofalar orqali oʻsha davrdagi hukmron sinf vakillarini fosh qiladi, mamlakatga xarobalik, xalqqa qashshoqlik keltirgan oʻzaro urushlarga qarshi ommaning noroziligini ifodalaydi.
Gulxaniy oʻz zamonida sodir boʻlgan talon-tarojlik, xalqni qiynash, ortiqcha soliqlar solish kabi voqealarni ochiqdan ochiq yoza olmas edi. U buni faqat ertak yoʻli bilan amalga oshirish mumkin ekanligini tushunardi. Shuning uchun Yapaloqqush va Boyoʻgʻli bir-biriga quda boʻlishi voqeasini keltiradi. Bu ikki quda toʻy bahonasi bilan mamlakatni xonavayron qiladi. Yozuvchi Koʻrqush, Hudhud, Kulonkirsulton, Shoʻranul, Malik shohim va Kordonlarning bir-birilariga aytgan masallari, hikoyalari orqali asarning gʻoyaviy mazmunini ochadi.
Yapaloqqush va Boyoʻgʻli yuqori tabaqa vakillari. Ularning xatti-harakatlari ochkoʻz va qonxoʻr boʻri, aldamchi va shayton tulkilarga oʻxshaydi. Bularning oʻy-fikrlari, yurish-turishlari, shumlik, shahar va qishloqlarning vayron boʻlishi ular uchun bayramdir.
Gulxaniy “Maymun bilan Najjor” masalida hunar va hunar ahlini ulugʻladi, qoʻlingdan kelmaydigan ishga aslo urinib kulgi boʻlma, koʻr-koʻrona birovga taqlid qilib falokatga yoʻliqma, degan fikrni maymun qismati orqali koʻrsatadi.
Najjor juda aqlli va mohir hunarmand sifatida tasvirlanadi. U ijtimoiy-foydali mehnat bilan shugʻullanishni har narsadan yuqori qoʻyadi. Gulxaniy Najjor va uning mehnatini, duradgorlik mahoratini katta muhabbat bilan tasvirlar ekan, hattoki maymun ham mehnatga muhabbat bilan qaraydi, hunarga va hunar egasiga uning havasi keladi, degan fikrni olgʻa suradi.
Mehnatkash xalqning ogʻir hayoti, huquqsizligi va nochorligi, bir soʻz bilan aytganda ayanchli qismati “Tuya bilan boʻtaloq”da oʻziga xos badiiy taʼsirli qilib beriladi.
Gulxaniyning tasvirlashicha, tuya hayotda ezilgan, tutqun, erk-ixtiyorsiz, ogʻir mehnat bandasi hamda qul qismatiga mahkum etilgan mehnatkashlarning majoziy timsolidir. Boʻtaloq esa ona sutiga ham toʻyolmay, ogʻir mashaqqatli hayot kechirgan, ochyalangʻochlikda, muhtojlikda yashagan erksiz mehnatkash bolalarning timsolidir.
Gulxaniyning “Toshbaqa va Chayon” masalida bir-biriga zid va qarama-qarshi ikki timsol berilgan: Toshbaqa – aqlli, farosatli, safarlarda koʻp yurib, ancha tajriba orttirgan, insofli, sodiq va qadrdon doʻst timsoli. U oʻz hamrohi Chayonning suvdan oʻta olmasligini bilgach, unga yordam qoʻlini choʻzadi. Lekin Toshbaqa Chayonning xiyonatini – “sen bilmaysanmi Chayonning muddaosi xoh doʻstning koʻksiga, xoh dushmanning orqasiga boʻlsin nish urishdir” degan javobini eshitgach, uni halok qiladi. Gulxaniy bu masali orqali Chayonga oʻxshagan odamlar bilan doʻst va hamroh boʻlmaslikka, kishi oʻzini va taqdirini oʻshanday kishilarga topshirib qoʻymaslikka chaqiradi.
Chayon butun umri boʻyi birovlarga yomonlik qilgan, ularga ziyon-zahmat yetkazgan, yaxshilikni bilmaydigan, yaxshilikka yomonlik qaytaradigan, xiyonatkor toifalarning ramziy qiyofasidir.
Gulxaniy shu zaylda hozirgi zamon oʻzbek bolalar adabiyotining maydonga kelishida barakali hissa qoʻshgan qalamkashdir.

Download 38,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish