1
Mavzu : O’zbekistonda turizmning rivojlanishi.
Reja :
Kirish .................................................................................................................3
1. Turizmtushunchasi vauningshakllanish tarixi...............................5
2. Turizmnirivojlantirishrejalarivadasturlariniishlabchiqish,
ularningbajarilishinita’minlash..................................................................7
3. Turizm faolliyatining davlat tomonidan tartibga solishning asosiy
maqsadlari. ........................................................................................13
4. O‘zbekistonRespublikasidaturizmnirivojlantirishningasosiyyo‘nalishlariv
axususiyatlari. ...........................................................16
Xulosa. ..............................................................................................................26
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. ...............................................................27
2
Kirish
O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasi jahon turistlik jarayonining
ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, ekspertlarning tahlilishuniko‘rsatmoqdaki,
keyingiyillardamamlakatturizmsohasidavlatinvestitsiyalarisizvadotatsiyalarisizmah
sulotlarvaxizmatlarishlabchiqarishhajminioshiribborayotganiqtisodiyottarmoqlarid
anbirigaaylanmoqda.
Shularni hisobga olib, turizmsohasi mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotini
rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etishini va u XXI asr jahon
xo‘jaligining ustuvor tarmoqlaridan biri ekanligini alohida ta’kidlash lozim.
O‘zbekiston zamonaviy turizmin dustriyasini rivojlantirish uchun barcha
zarur manbalarga ega. Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan Vatanimiz qulay tabiiy-
iqlim sharoitlariga, boytarixiy, madaniy merosga va ayni paytda ham ichki, ham
xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega.
Zamonaviy turistlik tashkilot va korxonalar bugungi kunda yangi axborot
tizimlari, kompyuter texnologiyalaridan foydalanuvchi texnika bilan ta’minlangan
yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga ega.
Hozirgi davrda mamlakatni iqtisodiy modernizatsiyalash bosqichida turizm
vamehmondo‘stlik industriyasi sohasidagi yechimini kutib turgan masalalar
qatorida, turizm industriyasi mehnat bozorida ishlovchi xodimlarga qo‘yiladigan
malakaviy talablarga javob bera oladigan kadrlarni tayyorlash dolzarb masala
bo‘lib turibdi.
Shularni hisobga olib, O‘zbekiston RespublikasiVazirlar Mahkamasi
tomonidan «Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tashkil etish to‘g‘risida» gi
qaroriga asosan Samarqand iqtisodiyot va servis institutida turizmning ustuvor
yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash belgilandi. Hozirgi
paytda ushbu o‘quv dargohda «Turizm marketingi», «Turizm menejmenti»,
«Turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirish», «Servis (turizm va mehmonxona
xo‘jaligi)» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Bundan tashqari,
Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining «Xalqaro turizm» fakulteti va qator
turizm kasb-hunar kollejlari bu ishga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
3
Keyingi yillarda respublikamizda turizm infratuzilmasini zamon talabiga
moslashtirish maqsadida ko‘pgina ishlar qilinmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston
RespublikasiPrezidentining 1995-yil 2-iyundagi «Buyuk Ipak yo‘li» ni qayta
tiklashda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada
xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi Farmoni
bu ishni yuksak darajaga ko‘tarish muammolarini hal qilishda o‘z o‘rniga ega
bo‘ldi. Farmon g‘oyat muhim xalqaro turizm yo‘nalishi «Buyuk Ipak yo‘li» ni
qayta tiklash, bunga xorijiy sarmoyadorlarni keng jalb etish, shuningdek,
zamonaviy turizm siyosatini vujudga keltirishga asosiy maqsadini qaratdi.