6. Boshqa tavsiyalar. Ko‘p variantli modellar tuziladi va ulardan eng
maqsadga muvofiqlari tanlab olinadi.
9
7. Rejani bajarish va nazorat qilish. Rejaning so‘nggi varianti haqqoniy va
bajarish mumkin bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan rejani amalga oshirish modellari
ishlab chiqiladi.
Rejani amalga oshirish bo‘yicha ishlar davomida uni bajarish muddatlari va
bo‘limlari bo‘yicha nazorat qilinadi. Bu yo‘l qo‘yilgan chekinishlarni aniqlash va
ularni bartaraf qilish bo‘yicha tezkor choralar qabul qilishga imkon beradi.
Rejalar va dasturlarni ishlab chiqishda birinchi navbatda ratsional
rejalashtirish tamoyillarini qo‘llash zarur. Ular biror-bir ekologik yoki ijtimoiy
muammolarsiz katta iqtisodiy foyda olishga imkon beradi. Bunda kompleks
yondashuvga alohida e’tibor qaratish zarur. U iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy va
madaniy jihatlarning mutanosibligini nazarda tutadi va barcha bosqichlarda
turizmning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi.
Kompleks rejalar va tavsiyalar ko‘plab o‘zaro bog‘langan, har xil
elementlarni o‘z ichiga olishi zarur. Ulardan asosiylari quyidagilardir:
- turizmni rivojlantirishning iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, madaniy va boshqa
maqsadlari hamda yo‘nalishlari;
- umumiy bazaviy tahlil – mamlakat, mintaqa haqida tarixiy ma’lumotlar olish,
ularning qisqacha geografik tavsifi, tabiiy halokatlarga moyilligi (vulqonlar,
zilzilalar, bo‘ronlar va h.k.) iqlimiy sharoitlar, atrof-muhitning sifati, mintaqani
umumiy rivojlantirish rejalari va dasturlari hamda ularning turizmga ta’siri,
demografik, madaniy
modellar, iqtisodiyotdagi mavjud
sektorlarning
modellarini rivojlantirish tendensiyalari (aholining daromadlari, uning bandligi
va b.);
- infrastruktura jihatidan tahlil va tavsiyalar – mintaqa yoki mamlakatga turli
transport vositalari bilan kirish, o‘tkazish potensiali va turistlar uchun
qulayliklar;
turistlik
zonalardagi
kanalizatsiya,
telekommunikatsiya;
infrastrukturani takomillashtirish bo‘yicha mavjud va amalga oshirilayotgan
rejalar va dasturlar; turizmning rivojlanishini to‘xtatib qo‘yadigan infrastruktura
omillari, infrastrukturani takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar;
10
- turistik diqqatga sazovor joylar, ularni yaxshilash bo‘yicha faoliyat turlari –
mavjud potensial diqqatga sazovor joylarni tadqiq etish va ularni toifalarga
bo‘lgan holda (tabiiy, madaniy va boshq.) ro‘yxatini tayyorlash;
- diqqatga sazovor joylardan foydalanish nuqtai nazaridan ularni baholash; ularni
saqlab qolish bo‘yicha tavsiyalar va chora-tadbirlar; sezilarli ijobiy va salbiy
omillar (siyosiy beqarorlik, tabiiy halokatlar, jinoyatchilik va boshqa.);
- mavjud va rejalashtirilayotgan turistlik ob’ektlar va xizmatlarni baholash va
ularni yaxshilash – turlar va sayohatlar tashkil qilish, joylashtirish vositalari,
restoranlar, banklar, valyuta almashtirish punktlari, magazinlar bo‘yicha
tavsiyalar;
- turizmning tavsiya qilinadigan hajmlari va shakllari – mamlakat yoki mintaqa
(tuman) doirasida turistlik o‘tkazish potensiallarini turistlarning qoniqqanligini
hisobga olgan holda aniqlash, turizmning eng maqsadga muvofiq shakllari,
hajmlari va ko‘lamini asoslab berish;
- bozorni tahlil qilish va bashorat qilish – umumjahon, xalqaro, mintaqaviy va
mahalliy modellar; turistlik kelishlarning modeli va tendensiyalari; mazkur
mamlakat yoki mintaqaga kelayotgan turistlarning umumiy harakteristikasi;
raqobatlashayotgan turistlik ob’ektlarning ta’siri; turistlik diqqatga sazovor
joylardan, ob’ektlardan va xizmatlardan mahalliy aholining foydalanishi; bozor
maqsadlariga erishish uchun joylashtirish vositalarini bashorat qilish;
- tavsiya qilinadigan turizmni rivojlantirish va strukturaviy reja – iqtisodiy,
ekologik va ijtimoiy-madaniy omillarni qamrab oladigan strategik ko‘rsatma;
turistlik diqqatga sazovor joylarning tiplari va joylashishi; turizmni
rivojlantirish tumanlari (turistlik zonalar) va transport aloqalari; muddatlar
bo‘yicha qurilish bosqichlari; turistlik-ekskursiya marshrutlarini ko‘rsatgan
holda turlarning modellari va dasturlari;
- iqtisodiy tahlil va tavsiyalar – turistlik harajatlarning mavjud va bashorat
qilinayotgan hajmi va turlari; turizmning mamlakat (mintaqa) iqtisodiyotiga
bashorat qilinayotgan ta’siri, xorijiy valyutadagi daromadlar; tushgan
daromadlar; aholining bandligi; davlat daromadlariga qo‘shilgan ulush;
11
turizmning mahalliy, mintaqaviy va milliy darajadagi iqtisodiy foydasini
kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar;
- ekologik jihatlar va tavsiyalar – turizm bilan bog‘liq mavjud ekologik
muammolar va ularni yumshatish bo‘yicha tavsiyalar; kelgusida ekologik salbiy
oqibatlarni bartaraf etish va ijobiy ta’sirlarni kuchaytirish, turistlik
tumanlarning umumiy ekologik sifatini kuchaytirish, atrof-muhitni saqlash,
ekologik merosni asrash sohasidagi siyosat va dasturlarning zarur
yo‘nalishlarini tanlab olish bo‘yicha chora-tadbirlar; aniq turistlik loyihalarning
ekologik ta’sirini baholash;
- ijtimoiy-madaniy jihatlar va tavsiyalar – turizm keltirib chiqargan ijobiy va
salbiy ijtimoiy-madaniy ta’sirlar; salbiy ta’sirlarni yengillashtirish va
ijobiylarini kuchaytirish; turizmga nisbatan ma’rifat dasturlari, turistlarga
mahalliy madaniy an’analar va xulq-atvor qoidalarini tushuntirish to‘g‘risidagi
axborot beruvchi materiallar; mahalliy aholining turizmning barcha jihatlarida
ishtirok etishi;
- institutsional jihatlar va tavsiyalar – davlat, tijorat va xususiy tuzilmalarning
turizm sohasidagi o‘zaro hamkorligini baholash, turizmni samarali boshqarish
va davlat idoralari, davlat sektori va xususiy sektor o‘rtasida faoliyatni
muvofiqlashtirish uchun mavjud tuzilmalarga o‘zgartirish kiritish yoki
yangilarini tuzish; turizm sohasida amaldagi qonun-qoidalarga baho berish,
amaldagi tavsiyalarga o‘zgartirishlar kiritish yoki yangilarini qabul qilish;
turizm sektoriga investitsiyalar keltirish uchun moliyaviy va inson resurslarini
baholash; ta’lim va kasbiy tayyorgarlik dasturlari va boshqalar.
Rejalashtirish jarayonining muhim qirrasi strategiya va reja tavsiyalarini
amalga oshirish uslublarini aniqlash hisoblanadi. Buning uchun avvaldan uni
bajarish yo‘llari va usullarini ishlab chiqish zarur. Keyingi paytlarda maxsus
tushuntiruvchi hujjatlar tobora keng tarqalmoqda. U rejani amalga oshirishdagi
izchillik bo‘yicha rahbariy ko‘rsatma hisoblanadi.
Loyihani tegishli darajada (hukumat, mintaqaviy va mahalliy hoqimiyat
organlari, firma) har tomonlama ko‘rib chiqqach va kelishib olingach, rejaning
12
so‘nggi varianti qabul qilinadi va uning moliyaviy asosi tashkil qilinadi. U
bajarilishi davomida o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Rejani amalga oshirishning uzviy tarkibiy qismi uning quyidagi yo‘nalishlar
bo‘yicha bajarilishini nazorat qilib borish hisoblanadi: turistlik kelishuvlar soni va
xususiyati; turistlarning qoniqqanlik darajasi; turizmning ham umumiy, ham
alohida aniq loyihalarga nisbatan iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy-madaniy ta’siri.
Rejadagi tadbirlarni bajarish muddatlariga qat’iy amal qilish muhim
ahamiyatga ega. Bunda matematik uslublar va kompyuter texnikasidan foydalanish
maqsadga muvofiq. Uzluksiz boshqarish haqida hech qachon yoddan chiqarmaslik
kerak. U quyidagilarni qamrab oladi:
-
bozorlardagi o‘zgarayotgan tendensiyalarga va mahsulotlarning evolyutsiyasiga
moslashish;
-
ob’ektlar va xizmatlarning sifatini qo‘llab-quvvatlash va oshirish;
- ijtimoiy va geografik jihatdan turizmning foydasini doimiy ravishda oshirib
borish;
- muammolar yuzaga kelishi bilan ularni hal qilib borish va h.k.
Shunday qilib, turizmning barqaror rivojlanishi uchun rejalarda ishlab
chiqilgan tadbirlarni aniq bajarish va ushbu jarayonni samarali boshqarish talab
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |