1. “Matematika” fanini sohaga yo‘naltirish imkoniyatlari. Amaliy mazmunli kasbga yo‘naltirilgan masalalarni yechish; Tayanch iboralar



Download 18,5 Kb.
Sana07.04.2022
Hajmi18,5 Kb.
#534135
Bog'liq
1-ma\'ruza


1-mavzu: “Matematikani kasbga yo’naltirib o’qitish” faninig predmeti maqsadi va vazifalari.
Reja:
1. “Matematika” fanini sohaga yo‘naltirish imkoniyatlari.
2. Amaliy mazmunli kasbga yo‘naltirilgan masalalarni yechish;
Tayanch iboralar: Jadval, sxema, grafik, turli modellar, maketlar, asboblar, ma’lumotnomalar va ularning elektron namunalari
O‘quv materialining har bir mavzusiga reja tuzishda shu mavzuga tegishli ishlab chiqarish ta’limi materialining hajmi va mazmuni qat’iy aniqlanishi, ishlab chiqarish ta’limi bilan matematikani o‘qitish orasidagi aloqalarning shakllarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Matematika o‘qitishni kasbga yo‘naltirishning eng samarali shakllari, quyidagilardir:
amaliy mazmunli kasbga yo‘naltirilgan masalalarni yechish;
matematik tushuncha va qonuniyatlarni ishlab chiqarish va texnik fan materiallari misolida tushuntirish;
matematik tushunchalarni mustahkamlash uchun o‘quvchilarga ma’lum bo‘lgan ishlab chiqarish va texnik materiallardan foydalanish;
matematika darslarida kasbiy fanlarda ham foydalaniladigan o‘quv-ko‘rgazmali qurollar (jadval, sxema, grafik, turli modellar, maketlar, asboblar, ma’lumotnomalar va ularning elektron namunalari) dan foydalanish;
o‘quvchilarning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy mazmun-dagi laboratoriya va amaliy ishlarni o‘tkazish;
matematikadan ishlab chiqarishga va fanlararo aloqalarga bog‘liq bo‘lgan kompleks vazifalarni bajarish;
ishlab chiqarish korxonalariga matematik va kompleks ekskursiyalar uyushtirish;
matematikaning ishlab chiqarishda, hayotda qo‘llanilishi haqida ma’ruza va suhbatlar tashkil etish;
matematikadan to‘garak ishlarini yo‘lga qo‘yish;
matematika xonasini jihozlashda o‘qitishning kasbiy yo‘naltirilganligini aks ettirish.
Kasbiy mazmunli masalalarni tuzishda masalalarda berilgan kattaliklarning son qiymatlarini sun’iy tanlash yaramaydi, bu kattaliklarning qiymatlari tabiiy, ya’ni ishlab chiqarish faoliyatidan olingan bo‘lishi kerak. Ba’zan o‘qituvchilar hisoblashlarni osonlashtirish maqsadida bu qiymatlarni yaxlitlab oladilar, bu esa mumkin emas, chunki ishlab chiqarishda barcha qiymatlar millimetrlarda o‘lchanadi.
Dastlab kasbiy ta’lim sohalarida matematikaning o‘rni haqidagi ba’zi fikrlarimizni keltirib o‘tamiz.
Ba’zan gumanitar yoki ijtimoiy soha vakillarining bizga matematik bilim kerakmikin, degan savoliga ro‘para kelamiz. Shu yerda Gyotening fikrini keltiramiz: “Fanda qancha matematika bo‘lsa, shuncha haqiqat bo‘ladi”.
Gumanitar fan vakili bo‘lmish psixologiyadan misol keltiramiz. Matematikada fikrlash – tadqiqot vositasidir, psixologiyada esa tadqiqot uchun – ham vosita, ham obyektdir. Tadqiqotlar natijasida sonli miqdorlar to‘planadi va ularni matematik tahlil etish zarur bo‘ladi.
Hozirda ko‘pchilikka ma’lum “gumanitar matematika” haqida ko‘plab fikrlarni keltirish mumkin.
Musiqa, arxitektura, rassomchilik va adabiyot singari san’at turlarining strukturaviy tuzilmalari ichki yagonaligini, ularga xos chuqur fundamental qonuniyatlarning matematika tilida deyarli bir xil ifodalanishini ko‘rsatish mumkin.
Adabiyotda matematikaning o‘rni haqida:
“Poeziyada ham geometriyadagi kabi ilhomlanish kerak.” (A.S. Pushkin)
Iqtisod va demografiyaga bog‘liq narsalar sonli ko‘rsatkichlar bilan ifoda etiladi. Bu esa matematikaning keng qo‘llanilishini talab etadi.
Murakkab tizimlarning tavsifi va o‘zaro aloqadorligini faqat so‘z bilan ta’riflash ularni tahlil etish, solishtirish va qo‘llashda qator muammolarni keltirib chiqaradi. Bu muammolarni matematik ifodalardan foydalanish yordamida yengib o‘tiladi.
Hozirga kelib iqtisodiy va moliyaviy matematika fani qaysidir ma’noda to‘la shakllandi, deyish mumkin.
Bular chiziqli tenglamalar, sistemalar va tengsizliklar sistemalari bo‘lishi mumkin. Natijada ishlab chiqarishni rejalashtirish masalasi paydo bo‘ladi.
Moliyaviy matematikaning ob’ekti – moliyaviy operatsiyalardir. U iqtisodiy kelishuvlar yoki bank – moliya operatsiyalari o‘rtasidagi funksional bog‘liqliklarning sonli tahlili va ular asosida moliyaviy masalalarni yechish metodikasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Hozirda fanning “sinergetika” deb atalmish yangi sohasi paydo bo‘ldi. Bu fan matematika va fizikaning chegarasidan chiqib iqtisod, psixologiya, sotsiologiya, filosofiya, meditsina va boshqa fanlar bilan bog‘lanib ketgan.
Sanoat, qurilish va transport sohalari uchun, umuman texnik yo‘nalishdagi mutaxassislar tayyorlashda umumkasbiy va maxsus fanlar matematik bilimga tayangan holda o‘qitiladi. Matematikaning ushbu sohalar bo‘yicha mutaxassis tayyorlashdagi roli beqiyosdir.
Loyihalash, smeta tuzish, mahsulot ishlab chiqarish yoki biror – bir ob’ekt qurish bilan bog‘liq ishlarda, turli xil texnologik jarayonlarda murakkab matematik hisob – kitoblar bajariladi.
Insoniyat oldida turgan energetika muammosi bo‘yicha natijalarga erishishda amaliy matematikaning qo‘llanilishi o‘ta muhimdir.
Sog‘liqni saqlash tizimi va farmakologiya bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda ximiya va biologiya fanlari tayanch hisoblanadi. Bu fanlarni chuqur o‘rganish esa matematik bilimlarsiz mumkin emas. Hozirgi kunda dolzarb bo‘lib turgan ekologik muammolar biologik jarayonlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Turlar va o‘simliklarning biologik populyasiyasi, suv va havoning ifloslanishi, tuproq sho‘rlanishi va boshqa ekologik muammolar matematik ekologiya, matematik biologiya fanlarida chuqur o‘rganilmoqda.
Ximik reaksiyalarni matematik hisoblarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Masalan, ximik kinetikada matematik modellashtirishning qo‘llanilishi ximik jarayonlarda eksperimental kuzatilmagan hodisalarni ilg‘ashga yordam beradi.
Qishloq xo‘jaligida dalalar va irrigatsiya shahobchalarini loyihalash, turli xil ekinlar ekiladigan erlarni o‘lchash, rejalashtirish, ularga ishlov berish, ekiladigan ekin turlarini aniqlash va ekish, parvarish qilish, hosilni yig‘ishtirib olish, texnika vositalaridan foydalanish jarayonlarida katta hajmdagi matematik hisoblar amalga oshiriladi. Bu hisob – kitoblarda arifmetika, algebra, matematik analiz va matematik statistika elementlaridan keng foydalaniladi.
Hozirda xususiy tadbirkorlikka keng imkoniyatlar berilganligi sababli, ayniqsa, xizmat ko‘rsatish sohasi tez rivojlanmoqda. Bunda umumiy ovqatlanish, servis xizmati (transport va maishiy sohalar), sport, turizm va atrof – muhit muhofazasi bo‘yicha ekolog mutaxassislar tayyorlashda ham matematik bilim asqotadi. Sababi oddiy moliyaviy hisob – kitobdan tortib to smeta harajatlari hamda istiqbol rivojlanish uchun biznes rejalar tuzishgacha bo‘lgan jarayon o‘ta aniq tipdagi matematik hisoblarni taqozo etadi.
Download 18,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish