6. 160 g SO3 dan 90% unum bilan qanday massada sulfat kislota olish mumkin?
A) 108,(8) g B) 217,(7) g C) 196 g D) 176,4 g
7. CuCl2 va BaCl2 bo’lgan aralashma suvda eritildi. Eritma orqali mo’l miqdor H2S gazi o’tkazildi. Natijada 9,6 g cho’kma hosil bo’ldi. Keyin eritmaga mo’l miqdor Na2SO4 eritmasidan qo’shildi. Natijada 23,3 g cho’kma hosil bo’ldi. Dastlabki aralashmadagi BaCl2 ning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 60,6 B) 44,2 C) 89,3 D) 16,8
8. M energetik pog’onasining p orbitallarida 3 ta elektron bo’lgan element atomida nechta valent elektron bor?
A) 3 ta B) 5 ta C) 2 ta D) 7 ta
9. 50 g 5,3% li Na2CO3 eritmasini tayyorlash uchun qanday massalarda (g) CO2, 20% li NaOH eritmasi va suv kerak? Javoblarda faqat suvning massasini ko’rsating.
A) 44,5 B) 25,6 C) 38,9 D) 78,3
10. Qanday massadagi (g) asetonni (zichligi 0,9 g/ml) 70 ml suvda eritilganda uning hajmiy ulushi 40% bo’lgan eritmasi hosil bo’ladi? Hajm o’zgarishi inobatga olinmasin.
A) 25,2 B) 36,8 C) 12,8 D) 44,3
11. 0℃ da 100 g suvda 80 g vodorod xlorid eriydi. 0℃ da to’yingan 360 g eritma 50℃ gacha qizdirilib 250 g eritma olindi. 50℃ da vodorod xloridning eruvchanligini (g) toping.
A) 110 B) 150 C) 50 D) 25
12. AlCl3 va Na2S eritmalari aralashtirlishidan sodir bo’ladigan jarayonning qisqa ionli tenglamasidagi ionlar koeffisiyentleri yig’indisini toping.
A) 26 B) 16 C) 5 D) 21
13. Reaksiya 50℃ da 15 sekund, 20℃ da 2 minut davom etsa, reaksiyaning temperatura koeffisiyentini toping.
A) 3 B) 4 C) 2,5 D) 2
14. Muvozanatdagi sistemada bosimning oshirilishi (a) yoki boshqa holatda temperaturaning pasaytirilishi (b) sistema muvozanatini qanday o’zgartiradi:
N2 + 3H2 ↔ 2NH3 ∆H
A) a-o’ngga; b-o’ngga B) a-o’ngga; b-chapga
C) a-chapga; b-o’ngga D) a-o’zgartirmaydi; b-o’ngga
15. Berilgan reaksiyalarning nechtasi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari hisoblanadi:
Na2CO3 + 2HCl → 2NaCl + H2O + CO2;
Cl2 + H2O → HClO + HCl;
2NaOH + CuCl2 → 2NaCl + Cu(OH)2;
CaCO3 + CO2 + H2O → Ca(HCO3)2;
2NaNO3 → 2NaNO2 + O2;
NH4NO2 → N2 + 2H2O;
3HNO2 → HNO3 + 2NO + H2O;
Na2O + H2SO4 → Na2SO4 + H2O?
A) 3 B) 4 C) 5 D) 6
16. Platina (II) nitratning suvli eritmasi tuz to’la parchalangunga qadar elektroliz qilindi. Bunda 1,12 litr (n.sh.) kislorod ajraldi. Elektrolizdan keyingi eritma massasi 80 g bo’ldi. Olingan eritmadagi HNO3 ning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 16 B) 12,6 C) 15,75 D) 18,4
17. Tarkibida 5% yod tutmagan qo’shimchasi bo’lgan 10 g texnik KI dan I2 ni olish uchun 20℃ va 140 kPa da o’lchangan necha litr xlor kerak bo’ladi?
A) 0,50 B) 0,40 C) 0,25 D) 0,8
18. 2 litr 0,2 N li Ba(OH)2 eritmasini tayyorlash uchun qanday massada (g) Ba(OH)2∙8H2O kristallogidrati kerak?
A) 63 B) 126 C) 31,5 D) 34,2
Do'stlaringiz bilan baham: |