10. 300 ml eritmada 168 mg KOH bo’lsa, ushbu eritmaning pH qiymati pOH qiymatidan necha marta katta?
A) 1 B) 6 C) 2,5 D) 13
11. 50 g 17,1% li Ba(OH)2 eritmasiga 20% li HNO3 eritmasidan qo’shib to’la neytrallandi. Eritma 0℃ gacha sovutildi. Ba(NO3)2 ning 0℃ da 100 g suvga nisbatan eruvchanligi 5 g bo’lsa, hosil bo’lgan cho’kma massasini (g) toping.
A) 10,45 B) 36,8 C) 9,63 D) 7,85
12.Yopiq idishda gazsimon fosgen quyidagi reaksiya tenglamasi bo’yicha parchalanadi:COCl2 → CO + Cl2. Fosgenning dastlabki konsentrasiyasi 0,1 mol/l bo’lib 8 sekunddan keyin uning konsentrasiyasi 0,02 mol/l ga teng bo’ldi. Fosgenning o’rtacha parchalanish tezligini (mol/l∙sek) toping.
A) 0,02 B) 0,005 C) 0,01 D) 0,03
13. 2CO + O2 ↔ 2CO2 muvozanat holatida CO, O2 va CO2 miqdorlari mos ravishda 1; 2 va 3 mol. CO va O2 ning dastlabki miqdorlarini toping.
A) 5 mol CO; 4,5 mol O2 B) 4 mol CO; 3,5 mol O2
C) 3 mol CO; 4 mol O2 D) 2 mol CO; 1,5 mol O2
14. Muvozanatdagi sistemada NO konsentrasiyasining oshirilishi (a) va boshqa holatda katalizator kiritilishi (b) sistema muvozanatini qanday o’zgartiradi: 2NO + O2 ↔ 2NO2?
A) a-chapga; b-o’ngga B) a-chapga; b-chapga C) a-o’ngga; b-chapga
D) a-o’ngga; b-o’zgartirmaydi
15. Quyidagi reaksiya redoxning qaysi turiga kiradi:
Cl2 + KOH → KCl + KClO3 + H2O?
A) molekulalararo B) sinproporsiya
C) dismutasiya D) ichki molekulyar
16. Sulfat kislota eritmasi elektroliz qilinganda katodda 2,24 litr (n.sh.) H2 ajraldi. Anodda ajralgan kislorod hajmini (n.sh.) aniqlang.
A) 1,12 B) 5,6 C) 2,8 D) 2,24
17. Cl2 va Br2 dan iborat 16,5 g aralashma mo’l miqdor KBr eritmasi orqali o’tkazildi. Eritma bug’latilganda, quruq qoldiq massasi dastlabki eritmadagi KBr massasidan 4,45 g ga kam bo’ldi. Eritmadan brom to’la chiqib ketgan bo’lsa, dastlabki aralashmadagi bromning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 60,4 B) 78,5 C) 46,2 D) 85,3
18. CO va CO2 gazlari aralashmasida uglerodning massa ulushi 36%. Aralashmaning vodorodga nisbatan zichligini toping.
A) 22 B) 18 C) 16,65 D) 12,32
19. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasida 6,4 g ionlari 1,2 mol elektron uzatdi. Oksidlanish mahsulotini ko’rsating.
A) H2SO3 B) S C) SO3 D) SO
20. Fosfat va difosfat kislota aralashmasi bo’lgan eritma teng ikki qismga ajratildi. Birinchi qism KHCO3 bilan neytrallandi. Ikkinchi qism qizidirilib keyin KHCO3 bilan neytrallandi. Ikkinchi qismni neytrallash uchun sarflangan KHCO3 miqdori birinchi qismni neytrallashga sarflangan KHCO3 miqdoridan 1,2 marta ko’p bo’ldi. Qizidirilishda difosfat kislota gidrolizlanib to’la fosfat kislotaga aylangan bo’lsa, boshlang’ich eritma tarkibidagi H3PO4 va H4P2O7 miqdoriy (mol) nisbatini aniqlang.
A) 2 : 1 B) 1 : 3 C) 4 : 1 D) 2 : 3
21. Titan metallini Kroll jarayoni yordamida olish mumkin. Bunda titan (IV) oksid xlor oqimida koks bilan qizdiriladi. Natijada TiCl4 va CO2 hosil bo’ladi. Keyingi bosqichda TiCl4 suyuqlantirilgan magniy bilan Ti va MgCl2 hosil qilib qaytariladi. Tarkibida 95% TiO2 bo’lgan 100 tonna rudadan qanday massada (tonna) titan olish mumkin? Birinchi bosqich-90%, ikkinchi bosqich esa 85% unum bilan borgan.
A) 54,8 B) 23,6 C) 43,6 D) 36,8
22. ZnCl2 eritmasi inert elektrodlar bilan elektroliz qilinganda anodda 2,64 litr (n.sh.) xlor ajraldi. Katodda ajralgan Zn ni mo’l miqdor xlorid kislotada eritildi. Bunda 2,24 litr (n.sh.) H2 ajraldi. H2 va Cl2 ning hosil bo’lish unimlari 100% dan bo’lsa, Zn ning hosil bo’lish unumini (%) toping.
A) 75 B) 85 C) 90 D) 100
23. 13,9 g FeSO4∙H2O 86,1 g suvda eritilganda olingan eritmada FeSO4 ning massa ulushi 0,076 ga teng bo’ldi. Kristallogidratdagi qiymatini toping.
A) 5 B) 6 C) 7 D) 8
24. 7,2 g alkan 14,2 g xlor bilan ta’sirlashib dixloralkan hosil qildi. Alkan formulasini toping.
A) C2H6 B) C3H8 C) C4H10 D) C5H12
25. 14,4 g propan va etendan iborat aralashma vodorod ,bilan ta’sirlashuvidan 14,8 g alkanlar aralashmasi hosil bo’ldi. Boshlang’ich aralashmadagi etenning hajmiy ulushini (%) aniqlang.
A) 40 B) 30 C) 50 D) 60
26. 1 hajm gazsimon alkin yondirilishidan 2 hajm CO2 va 1 hajm suv bug’i hosil bo’ldi. Alkinni toping.
A) asetilen B) metilasetilen C) dimetilasetilen D) metiletilsetilen
27. 12,4 g etilenglikolning mo’l miqdor Na bilan ta’sirlashuvidan hosil bo’lgan gaz CO bilan ta’sirlashdi. Hosil bo’lgan spirt massasini (g) toping.
A) 1,6 B) 4,8 C) 5,6 D) 3,2
28. AB2O birikma tarkibida kislorodning massa ulushi 53,33%, AB4O birikma birkmaning kislorodga nisbatan zichligi 1 ga teng. AB2O birikma birikma molekulasidagi elektronlar sonini toping.
A) 16 B) 14 C) 20 D) 24
Do'stlaringiz bilan baham: |