2-mashq. Quyida berilgan gaplarda qanday xatolarga yo‘l qo‘yilganligini aniqlang.
1. Valentina Matviyenko chiqqan jurnallar qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketdi. 2. Oliygohda ta’lim olasanmi? 3. Futbol faqat erkaklar uchun emas, biz ayollar ham ishqibozmiz. 4. Hozirda korxonada 35 kishi ishlamoqda, ularning 15 nafarlari gretsiyalik mutaxassis. 5. Bolgariyaning Qoradengizidagi port shahri vokzalida boshqa turistlar qatori do‘stlar bizni ham iliq chehra bilan kutib oldilar.