3. Laboratoriya ishlarini bajarish. Har bir laboratoriya ishini bajarish quyidagi sxema asosida olib boriladi:
3.1. Ushbu qo’llanmada berilgan laboratoriya ishining tafsiloti diqqat bilan o’qib, chiqiladi va puxta o’zlashtiriladi.
3.2. Laboratoriya ishlarini bajarish uchun kerak bo’ladigan asbob-uskunalar bilan tanishgandan so’ng qo’llanmaga muvofiq asboblarni o’rnatish yoki qurilmani yig’ishga kirishiladi. Ba’zida ishlar tayyor qurilmada bajariladi.
3.3. Kuzatish va o’lchash ishlari bajariladi. Ishning bu qismi juda ma’suliyatli bo’lib, uni bajarishda, ushbu qo’llanma ko’rsatmalariga qat’iy amal qilish kerak. Barcha o’lchash natijalari har bir ish uchun ko’rsatilgan jadvalga yoziladi.
3.4. O’lchash natijalari ishlab chiqiladi, ya’ni o’lchanayotgan kattaliklar ishchi formulalar yordamida topiladi va uning nisbiy xatoligi foiz hisobida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |