Lyuminestsent (yoki flyuorestsent) mikroskopda ko'rish. Lyuminestsentsiyada qator moddalarning atomlari (molekulalari) qisqa to'lqinli nurlanish yutar ekan, u qo'zg’algan holatga keladi. Ularning qo'zg’algan holatdan normal holatga o'tishi esa yorug’likni katta to'lqin uzunligida tarqatib yuborish hisobiga bo'ladi. Binobarin, preparat unga nur ta'sir qilish vaqtida hosil bo'lgan energiya hisobiga nurlanadi, ya'ni flyuorestsentsiyalanadi.
Ultrabinafsha nurli mikroskopda ko'rish. Bu mikroskop linzalari kvarsdan yasalgan bo'lib, u faqat ultrabinafsha nurlarini o'tkazadi. Bu mikroskopda kvartsdan yasalgan buyum oynasi va qoplagich oynachalar ishlatiladi. Ultrabinafsha nurli mikroskopda ko'rish hujayrani chuqurroq o'rganishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |