O'quvchi javobi: 10 so'm
III. Yangi mavzu bayoni.Darslik bilan ishlash.Amaliy:
458. Daftaringizda shunday ikkita to'g'ri to'rtburchak chizingki, ikkinchisining yuzi birinchisining yuzidan katta bo'lsin.
459. Shaklning yuzini topish uchun paletkadan foydalaniladi. U kvadrat santimetrlarga bo'lingan shaffof plastinka. Rasmda paletka shakl ustiga qo'yilgan. Shaklning yuzini topish uchun birinchi navbatda shu shaklda nechta to'liq kvadrat santimetrlar joylashganini aniqlaymiz. Ular 25 ta. Keyin to'liq bo'lmagan kvadrat santimetrlarni sanaymiz. Ular 18 ta. Shu sonni 2 ga bo'lamiz. Taxminan 9 ta to'liq kvadrat chiqdi. Demak, bu shaklning yuzi quyidagicha bo'ladi:
25 + 9 = 34.
Javob: shaklning yuzi 34 sm2 ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |