Darslik bilan ishlash.391. Ko'p xonali sonni bir xonali songa yozma bo'lish uch xonali sonni bir xonali songa bo'lish kabi bajariladi. Uch xonali son bir xonali songa qanday bo'linganini tushuntiring. To'rt xonali son bir xonali songa qanday bo'linishini ko'rib chiqamiz:
Tushuntirish: 8 562 ni 3 ga bo'lish kerak.
Mingliklarni bo'lamiz:8 ming — birinchi to'liqsiz bo'linuvchi. 8 soni 3 ga bo'linadi. Demak, bo'linmada minglar, yuzlar, o'nlar va birlar, ya'ni 4 ta raqam bo'ladi. Har bir raqamning o'rniga nuqta qo'yib chiqish mumkin. Bo'lamiz: 8:3 = 2- bo'linmada shuncha ming bo'ladi. Ko'paytiramiz: 2-3 = 6-shuncha mingni bo'ldik. Ayiramiz: 8 - 6 = 2 - shuncha mingni bo'lmadik. Qoldiqni bo'luvchi bilan taqqoslaymiz: qoldiq (2) bo'luvchi (3) dan kichik. Demak, bo'lishni davom etti-rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |