1-amaliy
1-masala. Berilgan ikki kesmaning yig‘indisi va ayirmasini toping.
2-masala. Berilgan to‘g‘ri chiziqqa shu to‘g‘ri chiziqda yotgan nuqtadan perpendikulyar o‘tkazing.
3-masala. Berilgan to‘g‘ri chiziqqa undan tashqarida yotgan nuqtadan perpendikulyar o‘tkazing.
4-masala. Berilgan aylanaga shunday urinma o‘tkazingki, u berilgan to‘g‘ri chiziqqa parallel bo‘lsin.
5-masala. Gipotenuzasi va bir o‘tkir burchagi berilgan to‘g‘ri burchakli uchburchak yasang.
6-masala. Gipotenuzasi va bir kateti berilgan to‘g‘ri burchakli uchburchak yasang.
7-masala. Ikki tomoni va ulardan birining qarshisidagi burchagi berilgan uchburchak yasang.
2-amaliy
1-masala. Berilgan nur uchidan, uni davom ettirmay, perpendikulyar o‘tkazing.
2-masala. Berilgan nuqtadan berilgan aylanaga urinma o‘tkazing.
3-masala. Berilgan ikki aylanaga umumiy urinma o‘tkazing.
4-masala. Berilgan kesmani berilgan nisbatlarda uch bo‘lakka bo‘ling.
5-masala. Berilgan a, b, c kesmalarga proporsional to‘rtinchi kesma yasang, ya’ni shunday kesma topingki, u quyidagi proporsiyani qanoatlantirsin:
6-masala. Berilgan a va b kesmalarga o‘rta proporsional bo‘lgan uchinchi kesma yasang, ya’ni shunday x kesma topingki, u quyidagi uzluksiz proporsiyani qanoatlantirilsin:
7-masala. Berilgan kesmani berilgan ichki va tashqi nisbatda bo‘ling.
3-amaliy
1 – masala. Bir tomoni, unga yopishgan bir burchagi va shu burchakning bissektrisasi berilgan uchburchak yasang.
2 – masala. Asosiga tushirilgan balandlikning asosda xosil qilgan kesmalari va asosga tushirilgan medianasi bo‘yicha uchburchak yasang.
3 – masala. Asosga tushirilgan balandlik va shu balandlikning asosda hosil qilgan kesmalari bo‘yicha uchburchak yasang.
4 – masala. Asosi, unga tushurilgan balandligi va asoslaridagi burchaklardan biri bo‘yicha uchburchak yasang.
5 – masala (mustaqil). Asosi, unga tushirilgan balandligi va medianasi berilgan uchburchak yasang.
6 – masala. Asosiga tushirilgan balandligi, uchidagi burchagi va bir yon tomon bo‘yicha uchburchak yasang.
7 – masala. Ikki tomoni va ularning biriga o‘tkazilgan medianasi bo‘yicha uchburchak yasang.
8 – masala. Balandligi, uning asosda hosil qilgan kesmalaridan biri va shu kesmaga mos yon tomoniga o’tkazilgan medianasi berilgan uchburchak yasang.
4-amaliy
1-masala. To‘rtburchakning berilgan elementlaridan foydalanib yasang:
a) a, b,c,d va bir burchagi;
b) a, b, c, < B,
c) a, e,
d) a, b, f,
e) a, d, e, <(a,e), <(a,f)
2 – masala. Berilgan elementlaridan foydalanib trapetsiyani yasang.
a) a, c, d, < A
b) d, b,
3 – masala. Parallelogrammni berilgan elementlaridan foydalanib yasang.
f, d, < (f,d)
e, f, h
5 – amaliy mashg‘ulot. To‘g‘rilash metodidan foydalanib echiladigan masalalar
1 – masala. Bir kateti va qolgan ikki tomonining ayirmasi berilgan to‘g‘ri burchakli uchburchak yasang.
2 – masala. Asosi, unga yopishgan bir burchagi va qolgan ikki tomoniniing yig‘indisi berilgan uchburchak yasang.
3 – masala (mustaqil). Bir kateti va qolgan ikki tomonini yig‘indisi berilgan to‘g‘ri burchakli uchburchak yasang.
4 – masala. Asosi, uning qarshisidagi burchagi va qolgan ikki tomonini yig‘indisi berilgan uchburchak yasang.
5 – masala. Asosi, uning qarshisidagi burchagi va qolgan ikki tomonining ayirmasi berilgan uchburchak yasang.
6 – masala. Perimetri , balandligi va asosidagi bir burchagi berilgan uchburchak yasang.
Do'stlaringiz bilan baham: |