34-вариант
1.Маърузада ўқитиш технологиясининг жараёнли тузилмаси
2.Инсон ва жамият ҳаётида маънавиятни намоён бўлиш хусусиятлари.
3.“ Мутахассисликка кириш” фанини ўқитишда замонавий технологиялардан фойдаланиш.
1).Ma’ruza o'quv jarayonining asosiy bo'g'ini, dars o'tishning asosiy shakllaridan biridir. Ma’ruza bilimni so'z bilan ifodalash, og'zaki bayon qilish ko'zda tutilgan, liajmining kattaligi, mantiqiy qurilishi, umumlashtnrnshning murakkabligi bilan ajralib turadi. Ma’ruza (arabcha, leksiya (lot. lectio) - o'qish) o'quv materiali, bi- ror masala, mavzu kabilarning mantiqiy izchil, ma’lum bir tizimga solingan bayonidir. Ma’ruzaga ikki nuqnai nazardan yondashish mumkin: 1) o'quv jarayonining tashkiliy shakli sifatida; 2) bilimni so'z bilan ifodalash, og'zaki bayon qilish metodi sifatida.
Ma’ruza boshqa og'zaki, so'z orqali ifodalanadigan metodlardan:
a)nisbatan qat’iy belgilangan tarkibi; b) o'quv materialini mantiqiy izchillikda bayon qilish; d) tasniflash, tariff berish, obrazli isbotlash; e) beriladigan axborotning serobligi; g) materialni yoritib berishming tizimliligi bilan ajralib turadi.
Ma’ruza o'quvchi-talabalar bilan muloqotda bo'lishning alohida shakli va uni boshqa hech qanday o'quv shakli bilan al- mashtirib bo'lmaydi. Ma’ruzaning oldiga qo'yiladigan maqsad har xil bo'lib, bu maqsad maksimal darajada amalga oshishi uchun, uning funksiyalariga ahamiyat berish кггак. Ma’ruza o'qitishning quyidagi qator funksiyalarini bajaradi:
1.Professional ta’lim berish va dunyoqarashni shakllantirish.
2.Talabalar diqqatini asosiy maqsadga yo'naltirish. Ma’ruzada talabalarning diqqat-e’tibori o'quv materialining asosiy mazmuni,qonun-qoidalari, ularning nazariy va kelgusidagi amaliyotda, mutaxassislik faoliyatida qanday o‘rin tutishi va ahamiyatiga, uni o'zlashtirish metodlariga qaratiladi.
2.Idrok, tafakkurni rivojlantiruvchi — tinglovchilarda bilma- ganini bilishga qiziqish uyg‘otadi. Mantiqiy fikrlash va o‘z fikrini asoslashga o‘rgatadi.
3.Bilim berish, o‘rganayotgan fan bo‘yicha axborot olish, olgan axboroti asosida xulosa chiqarish, umumlashtnrnshga o‘rgatish.
4.Metodologik - ma’ruza jarayonida tadqiqot metodlari taqqoslanadi, qiyoslanadi, ilmiy izlanish tamoyiliari aniqlanadi.
5.Talabalarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish. Ularni axloqiy, ma’naviy jihatdan barkamol bo'lishi, mehnatga munosabati, ijti- moiy-psixologik xislatlarini shakllantirish.
Ma’ruzada mavzuning asosiy savollari ketma-ketlik asosida yoritiladi. Albatta, ma’ruzaning metodik jihatdan yoritilishi, bayon etilishi qo'yilgan maqsad, o'rganilayotgan fanning, mavzuning o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq. Ma’ruza faqatgina iqtisodiy rivojlanish ning asosiy qonuniyatlarini ochib berish bilan cheklanishi kerak emas, fanning so'nggi yutuqlaridan foydalangan holda ilmning amaliyotda qanday ahamiyatga ega ekanligini, hayotda real muammolarni yechishdagi ahamiyatini, yechish yo'llarini ham ko'rsatishi kerak.
Ma’ruza qanday fandan o'qilishidan qat’i nazar, ilmiy xarakterga ega bo'lishi, turli nazariy yo'nalishlar, ilmiy maktablarning asosiy g'oyalarini talabalar ongiga yetkazishi va olgan bilimini ish- onchga aylantirishi kerak. Har qanday ma’ruzaning eng zarur sharti auditoriya bilan muloqotga kirishishdir. Ma’ruza o'qish, eng av- valo, unga tayyorlanishdan boshlanadi. Buning uchun birinchi navbatda, ma’ruza mavzusi bo'yicha adabiyotlar tanlash hamda ular bilan tanishib chiqish kerak.
Ma’ruzada. darsni uch bosqichga bo'Iish mumkin:
1.Kirish. Avvalgi ma’ruzada nimalar o'rganilgan, uning nati- jasi nimalar bilan bog'liq, bugungi darsga qanday maqsad qo'yilyapti? Awalo dars ilgarigi mavzu bilan bog'lanadi. Keyin yangi mavzu e’lon qilinadi. Ma’ruza rejasi, mustaqil o'qish uchun zarur asosiy va qo'shimcha adabiyotlar ro'yxati tavsiya etiladi
2.Asosiy bosqich. Bu bosqich ma’ruza rejasiga ko‘ra tanlangan dars o‘tish metodlarini qo‘Hagan holda o‘tkaziladi. Tinglovchilarga mo'ljallangan axborotlar yetkaziladi.
3.Yakuniy bosqich. Ma’ruzaga yakun yasaladi, qisqacha xulosa chiqariladi. Talabalar diqqati uchun mazkur mavzudagi eng asosiy tushuncha, e’tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar, hodis- alar ta’kidlanadi. Qo'yilgan maqsadga qay darajada erishildi, bu tahlil qilib, baholanadi. Bugungi ma’ruzada-bajarilgan ish kelgusi faoliyatda qanday muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatiladi.
2)Insoniyat yaratilibdiki u mukammallikka intilib keladi. Bunda ma'naviyatning, bilim va tarbiyaning o'rni beqiyosdir. Chunki inson bolasi bilim va tarbiya vositasida ulg'ayadi. Agar u bilim olmasa, yaxshi tarbiya topmasa hayotda o'z o'rnini topishi dargumon. Demak, olingan bilim va tarbiyaning inson ongida uyg'unlashib, uning turmush tarziga aylanishi inson ma'naviyatini yuzaga keltiradi. “Ma'naviyat deganda, avvalambor, odamni ruhan poklanishga, qalban ulg'ayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch,uning barcha qarashlarining mezonidir”deb ta'kidlagan edi I. A. Karimov. Shunday qilib, ma'naviyat (arabcha, ma'nolar majmuyi) kishilarning falsafiy, siyosiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmuyini tashkil etadi.Ma'naviyat deganda har qanday tabiiy, axloqiy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy bilimlarning inson tafakkurida mujassamlashuvi va bu bilimlarning ko'nikma, malaka va hayot tarzlariga aylanib ketishi tushuniladi. Yoki bo'lmasa, ma'naviyat — insonning ruhiyatini, o'z-o'zini anglashi, didi, farosati, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni, go'zallik bilan xunuklikni, vazminlik bilan johillikni ajrata bilish qobiliyati, aql-zakovati, maqsad va g'oyalarni qo'ya bilish, ularni amalga oshirish uchun harakat qilish va intilish salohiyatidir.
Ma'naviyat insonning ongi, tuyg'usi, hissiyoti, bilimi va e'tiqodida mujassamlashgan ruhiy sifat bo'lib, u shaxs kamoloti va barkamolligini belgilab beravchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Zero fuqarolari ma'naviy barkamol jamiyatgina ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuksak cho'qqilarga ko'tariladi. Ma'naviyati yuksak bo'lgan jamiyatda taraqqiyotning o'ziga xosligi yaqqol ko'rinadi. Yuksak ma'naviyatning belgisi shuki, unda bilim va ko'nikmalar insoniy qadriyatlar va insoniy axloq bilan uyg'unlashib ketadi.Afsuski, jamiyatda ma'naviy qashshoqlik ham mavjud. Agar jamiyatda ma'naviy qashshoqlik ustun tursa bunday jamiyat halokatga mahkumdir. Shu munosabat bilan I. A. Karimovning quyidagi so'zlariga e'tiboringizni qaratamiz: “Hozirgi zamondagi eng katta xavf — insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo'layotgan kurashlar ko'p narsani hal qiladi. Bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmaslik lozim”.Ma'naviyatga mazmun jihatdan yaqin keladigan ma 'rifat, madaniyat, axloq, tamaddun (sivilizatsiya) tushunchalari mavjud. Ma'naviyat ular orasida umumiyroq mazmun-mohiyatga ega. Garchi bu tushunchalarning har biri ma'naviyat iborasidan ozmi-ko'pmi farq qiladigan muayyan ma'noni anglatsa ham, kengroq nuqtayi nazardan qaraganda, ular ma'naviyat tushunchasi doirasiga kiradi.Inson va jamiyat ma'naviy hayotining rivojlanishida ijtimoiy va individual ongning roli kattadir. Chunki tabiat va jamiyatda yuz berayotgan turli-tuman o'zgarishlar ongda o'z aksini topadi. Kishilar o'z onglariga ta'sir etgan voqea-hodisalarga nisbatan o'z qarashlarini, fikrlarini ifodalaydilar. Ana shu ifodalash ijtimoiy va individual ong mahsuli sifatida namoyon bo'ladi.
Individual ong — muayyan guruh, elat va millatga mansub bo'lgan ayrim kishining ongi bo'lib, jamiyatdagi voqelik va real borliqning alohida olingan shaxsning ongida aks etishidir. ijtimoiy ong esa ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, millatlar, davlat yoki, umuman, jamiyatning ijtimoiy yoki tabiiy voqelik haqidagi umumiy qarashlarini ifodalaydi.Voqelikni aks ettirish darajasiga ko'ra, ijtimoiy ong kundalik-odatiy va nazariy ongga bo'linadi. Kundalik-odatiy ong hayotiy tajriba asosida vujudga kelgan oddiy xulosalar, qarashlar majmuyidan iborat bo'lib, kishilarning kundalik hayotidagi voqealarni aks ettiradi. Nazariy ong deganda nazariyotchilar, olimlar, mutafakkirlar ishlab chiqqan nazariy qarashlar va ilmiy bilimlar tizimi tushuniladi. Nazariy ong voqealar mohiyati va rivojlanish qonuniyatlarini aks ettirib, jamiyat taraqqiyoti bilan baravar bo'lishi ham, undan ilgarilab ketishi ham yoki ortda qolishi ham mumkin.Ijtimoiy ong sohalar (darajalar) va turlar (shakllar) bo'yicha tasniflanishi mumkin. Ijtimoiy ong shakllariga siyosiy ong, huquqiy ong, axloqiy ong, estetik ong, diniy ong, ilmiy ong va shu kabilar kiradi.
3)Hozirgi kunda “zamonaviy texnologiyalar” tushunchasi jamiyat hayotining turli sohalarida, ayniqsa, ta’lim-tarbiya sohasida keng qo‘llanilmoqda. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, yuqori mehnat unumdorligiga erishish, eksport salohiyatini rivojlantirish uchun qo‘llanilayotgan fan va texnika yutuqlari“zamonaviy texnologiyalar” tushunchasida o‘z ifodasini topmoqda.Milliy g‘oya targ‘ibotida, uni yoshlar ongi va qalbiga singdirish jarayonidaham eskirgan uslub va zerikarli va’zxonlikdan voz kechib, zamonaviy texnologiyalardan, ya’ni yangicha mahorat usullaridan foydalanish yuqori samara berishi shubhasiz.Uning ikki jihatini hisobga olish kerak bo‘ladi: birinchidan, fan va texnikaning turli sohalarida qo‘lga kiritilgan yutuqlari; ikkinchidan, milliy g‘oya targ‘ibotida ana shu ilmiy-texnik taraqqiyot mevalaridan mahorat bilan foydalanishning g‘oyaviy-mafkuraviy uslublaridagi yangiliklar, o‘zgarishlar.Demak, “Zamonaviy texnologik uslublar” tushunchasini milliy g‘oya targ‘ibotiga nisbatan quyidagicha ta’riflash mumkin: “milliy g‘oyani targ‘ib va tashviq etishda foydalaniladigan ilm-fan yutuqlari, eng so‘nggi natijalariga tayangan texnik vositalar hamda ulardan foydalanish mahoratidagi yangicha g‘oya, qarashlar, uslublar hamda innovatsion texnologiyalar majmui”.
Ularni quyidagi yo‘nalishlarda ifodalash mumkin:
Ta’lim va tarbiya sohasiga doir zamonaviy texnologik uslublar;
Fan va ilmiy muassasalarda qo‘llaniladigan zamonaviy texnologik uslublar;
Madaniyat va madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyatida qo‘llaniladigan zamonaviy texnologik o‘zgarishlar;
Adabiyot va san’at sohasidagi yangiliklar, ulardan foydalanishdagi texnologik uslublar;
Din sohasida zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanilayotganligi;
Jismoniy madaniyat va sport sohasidagi yangi texnologiyalar;
Urf-odat, marosim va bayramlarni yangicha asosda tashkil etilganligi;
Oila, mahalla, mehnat jamoalaridagi yangi yutuqlar, o‘zgarishlar;
OAV va jamoat birlashmalari faoliyatidagi yangi texnik va texnologik o‘zgarishlarni hisobga olish.
Zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanishni birinchi muhim sharti – ulardan tizimli foydalanish, o‘quv jarayonini rejalashtirish amaliyotida qo‘llashdir. Milliy g‘oya targ‘ibotida zamonaviy pedagogik interfaol usullardan foydalanish yuksak samaradorlikka erishish imkonini beradi.
Mavlonov Eldor
Milliy g'oya,manaviyat asoslari va huquq talimi 2-kurs talabasi
Do'stlaringiz bilan baham: |