1-ma’ruza: xo‘jalik hisobining mohiyati, boshqaruv tizimidagi ahamiyati va buxgalteriya hisobining umumiy tavsifi reja


Buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakli



Download 0,83 Mb.
bet51/63
Sana23.03.2022
Hajmi0,83 Mb.
#506807
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   63
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi bo\'yicha ma\'ruza materiallari

Buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakli. Mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatishning oddiy texnologik jarayoniga ega va xo‘jalik muomalalari kam miqdorda sodir bo‘ladigan kichik biznes subyektlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vaziriligi №20 «Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan hisobni soddalashtirib yuritish va hisobotlarni tuzish tartibi to‘g‘risida» Buxgalteriya hisobi milliy standartini (BHMS) qabul qilingan.
Buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shaklini tashkil etish har bir kichik biznes subyekti tomonidan, «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schotlar rejasi» (№21 BHMSning 1-ilovasi) asosida ishlab chiqiladigan soddalashtirilgan (ishchi) schotlar rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunday schotlar rejasi xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalarini buxgalterlik hisob registrlarida asosiyschotlar bo‘yicha olib borishni ta’minlaydi va shu asosda buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining aniqligi ustidan nazorat qilinadi.
Soddalashtirilgan (ishchi) schotlar rejasidagi ayrim schotlar, o‘z vazifalari bilan birga bu rejaga kiritilmagan schotlarning funksiyalarini ham bajarishi nazarda tutilgan.
Soddalashtirilgan (ishchi) schotlar rejasida taklif qilingan schotlar guruhi fermer xo‘jaligining moliyaviy holati to‘g‘risidagi buxgalteriya balansini tuzish qoidalariga muvofiq, uning mablag‘lari va mablag‘lar manbalarining miqdori hamda xo‘jalik faoliyati xususiyatidan kelib chiqqan holda tuziladi,
Kichik tadbirkorlik subyekti davlatro‘yxatidan o‘tib, bankda schot ochib; soliq, sug‘urta, nafaqa fondi, bandlik xizmati va boshqa tegishli davlat organlari va nodavlat tashkilotlaridan ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng faoliyat boshlaydi. Bunda avvalo, mavjud mablag‘lari va mablag‘lar manbalarini umumlashtirib dastlabki balans tuziladi.
Soddalashtirilgan buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan shakli, agar kichik tadbirkorlik subyektlarida mahsulot ishlab chiqarish yoki ish bajarish bilan shug‘ullanilmasa tashkil etiladi. Bunda quyidagi hisob qaydnoma foydalaniladi:

  • asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga olish qaydnomasi;

  • moliyaviy investitsiyalarnihisobga olish qaydnomasi;

  • kapital quyilmalarni hisobga olish qaydnomasi;

  • tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish qaydnomasi;

  • boquvdagi va o‘stirishdagi hayvonlarni hisobga olish qaydnomasi;

  • xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi;

  • boshqa debitorlik qarzlarni hisobga olish qaydnomasi;

  • pul mablag‘larini hisobga olish qaydnomasi;

  • mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi;

  • hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi;

  • mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi;

  • boshqa majburiyatlarni hisobga olish qaydnomasi;

  • xususiy kapitalni hisobga olish qaydnomasi;

  • hisobot davri xarajat(sarf)larini hisobga olish qaydnomasi;

  • dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi;

  • chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi;

  • yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va xizmatlarini hisobga olish qaydnomasi;

  • sof foyda (zarar) ni hisoblash qaydnomasi;

  • xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Jamlanma qaydnomasi.

Yuqorida sanab o‘tilgan qaydnomalarning har biri, qoidaga ko‘ra buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan schotlarning bittasi bo‘yicha muomalalarni hisobga olish uchun qo‘llaniladi.
Buxgalteriya hisobning soddalashtirilgan shaklini qo‘llash sharoitida, xo‘jalik muomalasi shaxmat yozuvi ko‘rinishida bir marta yoziladigan jurnal-orderdan farqli bo‘lib, har bir xo‘jalik muomalasi ikkita usul bilan rasmiylashtiriladi: bittaqaydnomada – schotning debeti bo‘yicha yozuv, kreditlanuvchi schotni ko‘rsatgan holda («korrespondensiyalanuvchi schot» grafasida), boshqasida esa korrespondensiyalanuvchi schotning krediti bo‘yicha bir vaqtning o‘zida debetlanuvchi schotni ko‘rsatilgan holda.
Ushbu qaydnomalarning jami umumlashtiruvchi shaxmat qaydnomasini jamlanma qaydnomasi to‘ldirishuchun asos bo‘lib, unda tegishli qaydnomada ko‘rsatilgan har bir schotning debeti va krediti bo‘yicha yozuvlar aks ettiriladi. Umumlashtiruvchi shaxmat qaydnomasining mazmuni gorizont bo‘yicha qaydnomalarning nomerlarini ularning o‘sib borish tartibida, vertikal bo‘yicha esa schotlar raqamlarining o‘sib borish tartibi va nomlaridan iborat. Yozuvlar qaydnomalardan tegishli schotlar bo‘yicha kredit oborotlarini «Korrespondensiyalanuvchi schot» grafasi bo‘yicha ushbu oborotlarni tegishli schotlarning debetiga tarqatib yozish (raznoska) yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Shaxmat qaydnomasi qo‘llaniladigan schotlar bo‘yicha oylik umumlashtiruvchi registr hisoblanadi va nazorat ahamiyatiga ega. U nafaqat joriy oy uchun axborotlarni umumlashtirish maqsadida, balki buxgalteriya hisobi schotlari bo‘yicha amalga oshirilgan yozuvlarning to‘g‘riligini o‘zaro tekshirish uchunham xizmat qiladi. Xususan, bu tarqatib yozish vaqtida aniqlanib, uning natijasida har bir schot bo‘yicha jamlangan debet summasi mazkur schot bo‘yicha tegishli qaydnomada aks ettirilgan debet oboroti summasiga teng bo‘lishi lozim. Har bir schotning debeti bo‘yicha aniqlangan jami summalar qo‘shiladi. Aniqlangan natija schotlarning krediti bo‘yicha umumiy oborotlar summasiga teng bo‘lishi lozim. Har bir schot bo‘yicha debet va kredit oborotlari oborot qaydnomasiga o‘tkazilib, unda har bir schot bo‘yicha hisobot davridan keyingi oyning birinchi sanasiga qoldiq chiqariladi



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish