1. Unlilar orfoepiyasi
i unlisi:
1) bir , bitta , kir, tiq kabi bir bo‘g‘inli so‘zlarda, kishi, bilan, bilak, tila , firibgar kabi ikki bo‘g‘inli va ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarda qisqa aytiladi;
2) chuqur til orqa undoshlari q, g‘, x dan keyin kelganda , qisqa til orqa unlisi kabi talaffuz qilinadi: qish, qirg‘iz, qirmizi, og‘iz, g‘irrom, xira, axir kabi;
3) bino, ahil , do‘stlik, birja kabi so‘zlarda, shuningdek, y undoshdan oldin kelganda, cho‘ziq talaffuz qilinadi: ziyrak, tiyrak, biyron, tiyin kabi.
U unlisi:
1) kun, tun, buvi, buloq kabi so‘zlarda qisqa aytiladi;
2) maxsus, mag‘rur, masrur, urg‘u, yozuv kabi so‘zlarda, shuningdek,y undoshlaridan oldin kelganda , cho‘ziq talaffuz qilinadi: tuyg‘u, buyruq, uyg‘ur kabi;
3) tugun, tutun, tuzum, tushuncha, ustun kabi so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘inida qisqa i tarzida aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |