4. Ramziy belgilarga (simvollarga) asoslangan grafemalar ilm-fan (shu jumladan, tilshunoslikda ham) sohasida qo`llanadigan maxsus belgilar tizimi: 1) matematik faniga oid ramziy belgilar - √ (ildiz), - (ayiruv), + (qo‘shuv), x (ko‘paytiruv), : (bo‘luv), x (iks), (katta), < (kichik) va boshqalar; b) astronomiyaga oid ramziy belgilar - ʘ (Quyosh), ♂ (Mars), ♀ (Venera), ђ (Saturn) va boshqalar; d) tilshunoslikka oid ramziy belgilar - < > (o`tish belgisi), // (ajratish belgisi), : - fonemaning cho`ziqlik belgisi; e) moliyaga oid ramziy belgilar – $ (dollar), € (yevro), £(funt sterling).
Kompyuterning yozuv vositasi sifatida qo`llanishi natijasida juda ko`p miqdordagi ramziy belgilar yozuv tizimiga kirib keldi. Bu compyuter bilan ishlaydigan har bir insonga tanishdir, shuning uchun ularning barchasini keltirishga hojat yo`q deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |