FONOLOGIYA
Fonologiya haqida umumiy ma’lumot
Fonologiya so`zi tarjima qilinganda “tovush haqidagi ta’limot” degan ma’noni bildiradi (phone – tovush, logos - ta’limot). “Fonologiya, - deb yozadi Jorj Yul, - aslida tildagi nutq tovushlari tizimi va modellarini tavsiflashdir”.28
Phonology is essentially the description of the systems and patterns of speech sounds in a language.
Bu bo`limda tovushlarning so`z va qo`shimchalar ma’nolarini farqlashdagi roli bayon qilinadi. Agar fonetika bo`limida tovushlarning fiziologik-akustik xususiyatlari tekshirilsa, fonologiyada, ta’bir joiz bo`lsa, tovushning ijtimoiy mohiyati o`rganiladi. Fonetika va fonologiyaning o`zaro munosabatiga kelsak, ikkinchisi birinchisining yuqori bosqichidir, ya’ni fonetika nutqqa daxldor bo`lsa, fonologiya tilga taxldordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |