O‘xshatish oboroti shaklidagi ajratilgan hollar. –day, -dek qo‘shimchasini olib kelgan so‘zlar ham kengayib ajratilishi mumkin. Masalan: Bu zavodda, hamma zavodlardagidek, oshxonada ilg‘orlar stoli alohida. (A.Qahhor).
Ko‘makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan hollar. Ko‘makchili qurilma shaklidagi hollar kesimdan uzoqda kelib, o‘zlariga oid so‘zlar bilan kengayib, gapning boshqa bo‘laklaridan ajratilishi mumkin. Bunda qurilma qarshi, singari, kabi, tufayli, yarasha, holda kabi ko‘makchilar bilan shakllanadi. Masalan: Nozik, oppoq bilagini daraxtga cho‘zgan holda, qorayib pishgan shotutdan og‘ziga tashlar ekan, tebrandi. (H.G‘ulom).
Ko‘makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan hollar turli holatni, o‘xshatishni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |