1-ma’ruza: Umumiy psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi, sohalari va tadqiqot metodlari



Download 150,5 Kb.
bet2/8
Sana06.06.2022
Hajmi150,5 Kb.
#640407
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-ma\'ruza Umumiy psixologiya

Psixologiyaning predmeti aniq bir shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli ichki kechinmalari, xulq-atvori va faoliyatlarining o’ziga xos tarzda ong tomonidan aks ettirilishidir, deb ta’riflash mumkin.
Psixologiyaning ob’ekti bo’lib nafaqat odamlar, insonlar balki oliy rivojlanishga ega hayvonlar ham xizmat qiladi, ularning psixik hayotini psixologiyaning tarmoqlaridan zoopsixologiya o’rganadi. Biroq an’anaviy ravishda psixologiyaning asosiy ob’ekti insondir. Unda,


Psixologiyaning obyekti sifatida - bir inson yoki aniq bir shaxs emas balki turli ijtimoy guruhlar, omma va boshqa insonlarning uyushma shakllari xizmat qiladi (1-sxema).
Shu tariqa, inson psixologiyasining predmeti bo’lib, insonlarning turli hayot va faoliyati bosqichlarida hamda har xil sharoitlarda individual va guruhiy psixikaning namoyon bo’lishi, rivojlanishi, shakllanishi, faoliyat hamda yuzaga kelish qonuniyati, ayrim psixik fenomenlar va mexanizmlaridir.


Psixologiya tabiiy va ijtimoiy-ilmiy fan sifatida
Kishi psixikasining paydo bo’lishi va rivojlanishi eng murakkab muammolardan biri bo’lib, tabiat qonunlarining mohiyatini tushunib yetishga harakat qiladigan tadqiqotchilarni bu muammo hamma vaqt qiziqtirib kelgan. Materialistik yo’nalishdagi olimlar psixikaning paydo bo’lishini materiyaning uzoq davom etgan rivojlanishining natijasi deb izohlashadi. Ular materiyaning tabiatini tadqiq qilisharkan, harakat materiyaning hayot kechirish usuli, uning tarkiban o’ziga xos ajralmas xususiyati ekanligi uchun ham materiya harakatining turli xil shakllarini o’rganadilar.
O’tgan ajdodlarimiz psixologiya muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo’nalishda, ma’lum kontseptsiya asosida o’rgangan bo’lsalar ham, albatta, o’z asarlarida psixik holatlarning aks etishi, namoyon bo’lishi, rivojlanishi va o’zgarishlari to’g’risida qimmatli fikrlar bildirishgan.
Bular 4 xil manbada uchraydi:
1) xalq ijodiyotida-rivoyatlar, maqollar, matallar va masallar;
2) maxsus ijodkor kishilar o’git-nasihat va hikoyatlarida;
3) qomusiy, O’rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazariy qarashlarida;
4) turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullarida, ya’ni ilmiy-badiiy asarlarda.
Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi qarashlari «Ideal shahar aholisining fikrlari», «Masalalar mohiyati», «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Jism va aksidentsiyalarning shakllariga qarab bo’linishi», «SHarhlardan», «Hikmat ma’nolari», «Aql ma’nolari to’g’risida» kabi qator asarlarida bayon etilgan. Abu Rayhon Beruniy o’zining «O’tmish yodgorliklari» kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma’lumotlarni keltiradi.
Ibn Sinoning 5 tomlik «Tib qonunlari» asarida organizmning tuzilishi, undagi nervlar va nerv yo’llari, fiziologik jarayonlar bilan bog’liq psixik jarayonlar haqida ancha muhim ma’lumotlar bor. Uning «Odob haqida» risolasi ham inson shaxsini shakllantirish to’g’risidagi jiddiy asardir.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asaridagi bosh masalalardan biri komil insonni tarbiyalashdir.
Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», «Xiradnomai Iskandariy», «Tuhfatul ahror», «Silsilatuz zaxob» va boshqa asarlarida ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, kasb-hunar o’rganish, yaxshi xislatlar va odoblilik haqidagi fikrlar ifodalangan.
Davoniy o’zining «Axloqi Jaloliy» nomli asarida insoniy fazilatlarni to’rtga bo’ladi va bular donolik, adolat, shijoat va iffatdir.
Alisher Navoiyning “Xazoin-ul maoniy”, «Mahbub-ul qulub» va boshqa asarlarida yetuk, barkamol insonning axloqi, ma’naviyati, odamlarga munosabati, iste’dodi va qobiliyati to’g’risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu psixologik kategoriyalar ijtimoiy adolat qaror topishi uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan. SHuningdek, Navoiy asarlarida shaxsning kamol topishida ota-onaning roli, ayollarning iffatliligi, insonlarning kamtarligi masalalari alohida o’rin egallaydi.
Rossiyada psixologik qarashlar namunalari SHarq va G’arb madaniyati ta’sirida inson ruhiyati bilan bog’liq qator og’zaki va yozma, amaliy va ilmiy asarlarda paydo bo’la boshladi. (Qarang: E.G’oziev. Psixologiya, - T.: “O’qituvchi”, 1994 y. 33-35 betlar).
Psixika haqidagi qarashlar ma’lum vaqt (salkam 5 asr) kun tartibidan olib qo’yildi va XIX asr oxiri va XX asr boshlarida g’arbiy Yevropa mamlakatlarida va AQSHda yana turli munozaralarga sabab bo’la boshladi. (I.M.Pavlov, N.E.Ribakov, K.N.Kornilov, P.P.Blonskiy, A.S.Vigoskiy - Rossiya, U.Djems, S.Xoll - AQSH va boshqalar).
Jonsiz, noorganik materiyadan tortib to eng oliy va murakkab materiya hisoblanmish kishi miyasiga qadar barcha materiya moddiy olamning yalpi xususiyati - in’ikos etish xususiyatiga, ya’ni taasurotga javob qaytarish qobiliyatiga egadir.
Jonsiz tabiatda harakat jism va moddalarning mexanik, fizikaviy yoki kimyoviy ta’siri tarzida yuz berishi mumkin. Noorganik tabiatdagi harakatning oddiy misollariga e’tibor qiling: dengizdagi qoya suvning ta’siriga muayyan qarshilik ko’rsatadi - to’lqinlar qoyaga urilib qaytadi, lekin qoyaning o’zi ham sekin-asta yemirila boshlaydi; quyosh nuri suv yuzasiga kelib urilgach, sinib qaytadi; elektr razryadlari natijasida ozon molekulalari hosil bo’ladi.
Jonli materiyaga in’ikosning biologik shakllari xos bo’lib, jonli materiyaning ma’lum bir bosqichida esa in’ikosning yangi shakli sifatidagi psixika paydo bo’ladi.
Materiya harakatining biologik shakli - hayot-tabiat rivojlanishining sifat jihatidan yangi bosqichidir. O’lik materiyadan tirik materiyaga o’tishni izohlaydigan qator gipotezalar mavjud. Ulardan biri A.I.Oparinga tegishli bo’lib, unga ko’ra organik moddalar - atomlari turli shakllardagi azotning, kislorodning, vodorodning, fosfor va oltingugurtning atomlari bilan bog’langan modda uglerod negizida hosil bo’lgan birikmalarning paydo bo’lishi jonli materiya paydo bo’lishining zarur sharti hisoblanadi.
Oparinning gipotezasiga ko’ra taxminan 2 mlrd yil ilgari atmosferada erkin kislorod ajralib chiqib, organik moddalarda fotoximiyaviy reaktsiyaning va fotosintezning yuz berishiga olib keladi. Organik birikmalarning rivojlanishi jarayonida uglerodning juda ham murakkab birikmalari - benihoya katta molekulalar paydo bo’ladi. Bu molekulalar muhit bilan doimiy modda almashinuvi bo’lib turishini taqozo qiladi. Bir-biri bilan qo’shilib kattalashuvi, yoki maydalashib ko’payib turishi mumkin deb taxmin qilinadi. Bu o’ta katta molekulalar koaservatlar deb atala boshlangan. Jarayon yana takrorlanadi: o’sish, parchalanish va hokazo.
Hozirgi tirik organizmning ehtimoldan uzoq bo’lmagan prototiplari-koaservatlarda bo’lgani kabi har qanday jonli materiyada in’ikos jonsiz tabiatdagi in’ikosga qaraganda sifat jihatidan yangi shakl kasb etadi. U faqat tashqi taasurotning kuchi va xarakteriga emas, balki organizmning ichki holatiga ham bog’liq bo’ladi. Har qanday jonli organizm barcha tashqi qo’zg’atuvchilarga nisbatan tanlangan holda «Faol» munosabatda bo’ladi va bu bilan jonli materiyaning sifat jihatidan yangi xususiyatini - o’z-o’zini tartibga solish xususiyatini namoyon qiladi.



Download 150,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish