3. «Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
Ushbu qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida shahar yo‘lovchilar transporti faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirishdan iborat bo‘lib, qonun 1997-yil 25-aprelda kuchga kirgan hamda 27 ta moddadan iborat.
Qonunda Toshkent shahrida, viloyat va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarda, Shuningdek, shaharchalarda shahar yo‘lovchilar transporti subyektlariga nisbatan tatbiq etilishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida shahar yo‘lovchilar transporti sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinishi belgilab qo‘yilgan (2-modda).
Qonunda shahar transporti tushunchasiga ta’rif berilib, «Shahar yo‘lovchilar transporti deganda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatga olingan, shahar doirasida yo‘lovchilar hamda bagaj tashishga mo‘ljallangan avtomobil va elektr transporti tuShuniladi» deb ta’kidlangan hamda shahar yo‘lovchilar transporti ommaviy va xususiy mulk asosida ishlashi mumkinligi belgilangan (3,4-moddalar). Shahar yo‘lovchilar transporti jumlasiga avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metropoliten, yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilar kiradi. Idoralarga qarashli yo‘lovchilar transporti jumlasiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning o‘z xodimlarini muayyan yo‘nalish va harakat jadvali bo‘yicha mazkur korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan belgilangan tartibda yoxud tashish shartnomasi bo‘yicha tashish xizmatlari ko‘rsatuvchi avtobuslar va mikroavtobuslar kiradi (5,6-moddalar).
Qonunda yo‘lovchi tashish shartnomasi, yo‘lovchi tashishda tashuvchining vazifalari va majburiyatlari, yo‘lovchining huquq va majburiyatlari belgilab qo‘yilgan (7,8,23–25-moddalar).
Qonunda shahar yo‘lovchilar transporti faoliyatini litsenziyalash, soliq solish, kreditlash, moliyalash va narx belgilash, investitsiya, yagona ilmiy-texnika siyosatini amalga oshirish, Shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vositalar bilan Davlat tomonidan tartibga solinishi belgilab qo‘yilgan.
Shahar yo‘lovchilar transportining davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat organlari, Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi maxsus vakolat bergan shahar yo‘lovchilar transportini boshqarish organi tomonidan amalga oshiriladi (10-modda).
Qonunda shahar yo‘lovchilar transporti faoliyatini tartibga solish va boshqarish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari (11-modda), Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari hamda shahar yo‘lovchilar transportini
boshqarish organlarining vakolatlari (12,13-moddalar) belgilab berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |