3. Timsollarni tanib olishning rivojlanish bosqichlari
Timsollarni tanish muammosi uzoq vaqt davomida amaliy matematika, va undan
keyin informatika sohasidagi mutaxassislarning e’tiborida boʻldi. Jumladan, R. Fisher
tomonidan XX asrning 30-yillarida bajarilgan ishlar timsollarni tanish nazariyasi va
amaliyotining bir boʻlimi sifatida diskriminantli tahlilning shakllanishiga olib keldi. 13
yildan ziyod tadbiqlarida Baysli qaror qabul qilish (Neyman, Pirson [1]), sinflash
masalasiga ajratuvchi funksiyalarni qoʻllash (Fisher [2]), gipotezalarni tekshirish
masalalarini yechish (Vald [3]) kabi ishlar paydo boʻldi. 26-yillarda A.N.Kolmogorov
va A.Ya.Xinchin tomonidan ikkita taqsimotning aralashma (qorishma)sini boʻlish
toʻgʻrisidagi masala qoʻyildi [4]. 50-yillarda shaxs miyasini modellashtirishning
birinchi neyrotarmoqli tanish modeli (Rozenblatt perseptroni [6]) yaratildi.
Timsollarni tanish sohasiga oid ilk salohiyatli ish “Timsollarni tanish” 1959 yilda
axborotlar nazariyasi asoschisi A.A.Xarkevich [5] tomonidan yaratilgan.
50-60-yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlar asosida statistik yechimlar
nazariyasi paydo boʻldi [4]. Buning natijasida yangi timsollarni berilgan sinflarning
birortasiga qarashliligini aniqlovchi algoritmlar ishlab chiqildi. Bu esa rejali ilmiy
izlanishlar olib borish va amaliy ishlanmalar yaratishning boshlanishiga olib keldi.
Kibernetika sohasida qurilmalarni yaratishning nazariy asoslari va amaliy tadbiqlarini,
va undan keyin esa obyektlarni, hodisalarni va jarayonlarni ATlar bilan bogʻliq boʻlgan
yangi ilmiy yoʻnalish shakllandi. Yangi ilmiy yoʻnalish “Timsollarni tanish” nomini
oldi [4].
60-yillarning oxirida tanish masalalarini yechishning statistik, perseptronli va
ajratuvchi funksiyalar modellari ishlab chiqildi va batafsil tadqiq qilindi. Olingan
natijalar va navbatdagi tadqiqotlar [2-4, 6, 7-10, 11, 12, 13, 14, 15, , 16, 17] ishlarda
keltirilgan.
Keyinchalik timsollarni tanish nazariyasining matematik apparati quyida
keltirilganlar hisobiga kengaydi:
- amaliy matematika boʻlimlari;
- axborotlar nazariyasi;
- mantiqiy algebra usullari;
- matematik programmalashtirish;
- sistemotexnika.
70-yillarning oʻrtalariga kelib timsollarni tanish mustaqil ilmiy yoʻnalish sifatida
shakllandi va timsollarni tanishning normal matematik nazariyasini yaratish
imkoniyati paydo boʻldi [1, 2, 4, 9, 10, 18, 12, 13, 19, 20, 17, 21].
Timsollarni tanish va sinflashning ilmiy yoʻnalish sifatida yaratilishi va
shakllanishi uchun chet elda F.Rozenblatt, R.Gonsales, U.Grenander, R.Duda, P.Xart,
G.Sebestian, Dj.Tu, E.Patrik, K.Fukunaga, K.Fu va boshqalar. Sobiq ittifoqda,
keyinchalik esa MDX davlatlarida timsollarni tanish va sinflash nazariyasining
rivojlanishini V.M.Glushkov, V.S.Mixalevich, V.S.Pugachev, N.P.Buslenko,
Ya.Z.Sipkin, G.P.Tartakovskiy, V.G.Repin, L.A.Rastrigin, A.L.Gorelik, V. A.
6
Skripnik, S. A.Ayvazyan, M.A.Ayzerman, E.M.Braverman, M.M.Bongard (potensial
funksiyalar usuli [2]), V.N.Vapnik, A.Ya.Chervonenkis (statistik tanish nazariyasi,
«Umumlashgan portret» usuli [7]), A.G.Ivaxnenko (argumentlarni guruhlab hisobga
olish usuli [14]), N.G. Zagoruyko (taksonomiya algoritmlari va bilimlarni tahlil qilish
[13]), G.S. Lbov ( tanishning mantiqiy usullari va bogʻlanishlarni izlash [15]),
V.I.Vasilyev(chekli qisqartirish usuli [22-26]), Yu.I.Juravlev, M.M.Kamilov
(baholarni hisoblash algoritmlari [18,12]), Sh.X.Fozilov, R.T.Abdukarimov (qismiy
pretsedentlik algoritmlar [27]), A.X.Nishanov va boshqalarning ishlari bilan
bogʻlashadi. 13-yillarning boshida akademik Yu.I.Juravlev tomonidan tanishning
testli algoritmi [27] ishlab chiqildi. Keyinchalik ushbu algoritm bazasida Yu.I.Juravlev
va shogirdlari tomonidan baholarni hisoblash algoritmlari yaratildi [12,18], undan
keyin algebraik tanish nazariyasi [28] kiritildi va ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Bu
yoʻnalishda K.V. Rudakov [30], Z.L. Matrosov [31]), V.V. Ryazanov [32],
Ye.V.Dyukova [33]), O.V. Senko [34], V.I. Donskoy [35]) va MDX davlatlari hamda
va chet el olimlari tomonidan fundamental natijalar olindi.
Rossiya va chet elda ma’lumotlarni tahlil va bashorat qilishning dasturiy
tizimlarini yaratish boʻyicha ishlar olib borilmoqda [4]. Avvalom bor, bu
ma’lumotlarni qayta ishlash va vizuallashtirish paketlari (SPSS, STADIA,
STATGRAPHICS, STATISTICA, SYSTAT, Olimp: Stat Ekspert Prof., Forecast
Expert, va boshqalar) yaratilgan boʻlib, ularning asosini matematik statistikaning turli
boʻlimlari usullari – statik gipotezalarni tekshirish, regressiyali tahlil, dispersiyali
tahlil, vaqtli qatorlar tahlili va boshqalar tashkil etadi.
Rossiyada РАСПОЗНАВАНИЕ dasturiy tizimi ishlab chiqilgan boʻlib, undagi
dasturlar bibliotekasi chiziqli, mantiqli, statistik, neyrotoʻrlar, bashoratlashning gibrid
usullari, bashoratlash usullari, sinflash va pretsedentlardan bilimlarni olish, hamda
bashoratlash va sinflashning uyushgan usullari bilan ta’minlangan [4].
РАСПОЗНАВАНИЕ tizimi tarkibiga kiruvchi dasturiy paketlar (ПАРК, ОБРАЗ,
DISARO, LOREG va TaxonSearch) koʻplab amaliy masalalarni yechishda
qoʻllanilgan va amaliyotga tadbiq etilgan [4].
Biznes va va moliya sohasida:
kvartiralarning narxini baholash, kreditli
kartochkalarni nazorat qilishda, harakatdagi timsollarni tanishda.
Tibbiyotda va sogʻliqni saqlash sohasida:
aholini yoshi boʻyicha klasterlashda,
koʻkrak rakini tanishda, insultga tashxis qoʻyish, yurak tomirlariga tashxis qoʻyish,
sariq kasalligini bashoratlash, qandli diabet kasalligini bashoratlash.
Texnik tashxis qoʻyish sohasida:
dvigatellarning yaroqli yoki yaroqsizligini
aniqlashda, texnik qurilmalarning holatini nazorat qilishda.
Qishloq xoʻjaligi sohasida:
ekin maydonlarining holatini aniqlashda, mevalarni
oʻlchoviga qarab taxlashda.
Geologiya sohasida:
kam uchraydigan metallar va neft qazilmalarini tanish,
foydali qazilmalarining holatini aniqlash.
Tasvirlarni qayta ishlash sohasida:
qoʻlyozma raqamlarni, harflarni va
simvollarni tanish, shaxs imzolarini tanish, biometrik belgilar – barmoq izlari, qoʻl,
yuz, quloq, koʻz tasvirlari tanish, tasvirlar ketma-ketligida dinamikani segmentlash va
tanish.
Timsollarni tanish masalasi ikkita bosqichdan iborat:
7
- tanish qulay boʻlishi uchun boshlangʻich ma’lumotlarni almashtirish;
- tanish masalasi (timsolning aniq bir sinfga qarashliligini koʻrsatish).
Do'stlaringiz bilan baham: |