1-maruza Tenzodatchiklar. Yarim o’tkazgichlarning elektrofizik parametrlariga deformasiyani ta’siri. Tenzorezistorlar p-n o’tish



Download 0,79 Mb.
bet4/10
Sana16.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#378041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-maruza Tenzodatchiklar. Yarim o’tkazgichlarning elektrofizik p

Magnitoelektrik tizimli asboblar.

Magnitoelektrik tizimli asboblar magnit maydoni bilan tokli o‘tkazgichning o‘zaro ta’sirlashuvi asosida ishlaydi. Ular asosan magnit zanjirini tashkil etuvchi qism va qo‘zg‘aluvchan g‘altakdan iborat. Magnit zanjir 1 doimiy magnitdan iborat. Uning qutblari oraligiga sim cho‘lg‘amli 2 ramka o‘rnatilgan. Ramka uchlari qarama-qarshi yo‘nalishdagi spirallar bilan erkin aylanish imkoniga ega bo‘lgan o‘qqa o‘rnatilgan. O‘qning bir uchiga strelka 3 o‘rnatilgan. Ramka cho‘lg‘amiga tok spirallar yordamida keltiriladi. Ramkadan tok o‘tganda uning magnit maydoni bilan doimiy magnit maydon o‘zaro ta’sirlashib ramkaning yelkalariga aylantiruvchi magnit yuzaga keladi va o‘tayotgan tokning kattaligiga qarab ramka tekisligi, binobarin strelka, tegishli burchakka buriladi. Magnitoelektrik tizimli asboblar fakat o‘zgarmas tok zanjiridagi tok va kuchlanishni o‘lchash uchun ishlatiladi. Ular yuqori aniqligi, sezgirligi, shkalasi bir tekisligi, energiya kam iste’mol qilishi (10-3 -10-5 Vt), qo‘zg‘aluvchi sistema tezda tinchlanishi va tashqi magnit maydonlarga sezgirligi kamligi sababli, ular voltmetr, milliampermetr, mikroampermetr sifatida, shuningdek universial ishlash asboblarida keng qo‘llaniladi.



2-rasm.


Ularning kamchiligi qimmatligi, ortiqcha yuklanishga sezgirligi va fakat o‘zgarmas tok zanjirlardagina o‘lchashga yarokliligi hisoblanadi.

Elektromagnit tizimli asboblar. Elektromagnit tizimli asboblarning ishlash prinsipi g‘altak orqali tok o‘tganda uning magnit maydoni ta’sirida ferromagnit o‘zakning harakatlanishiga asoslangan. G‘altak cho‘lg‘amidan tok o‘tganda magnit maydoni hosil bo‘lib, po‘lat o‘zak uning ichiga tortiladi. Cho‘lg‘amdagi tok kuchiga qarab o‘zak g‘altak ichiga oz yoki ko‘p tortiladi va asbobning shkalasidagi qiymatni ko‘rsatuvchi strelka maxkamlangan o‘qni ma’lum burchakka buradi.

Elektromagnit tizimli asboblar quyidagi afzalliklarga ega: a) qo‘zg‘aluvchan qismning burilish yo‘nalishi tokning yo‘nalishiga bog‘liq emas. Shu sababli bunday asboblar doimiy va o‘zgaruvchan tok zanjirlarida ishlatilishi mumkin. Ular tok kuchi va kuchlanishning effektiv qiymatini o‘lchaydi. b) Tuzilishi sodda, arzon. Kamchiliklari: shkalasi notekis, tashqi magnit maydon ta’siriga sezgir, katta quvvat iste’mol qiladi

Elektrodinamik tizimli asboblar. Elektrodinamik tizimli asboblarning ishlashi tokli o‘tkazgichlarning o‘zaro ta’sirlashuviga asoslangan. Ular bir-biriga kirgizilgan qo‘zg‘aluvchan ichki va qo‘zg‘almas tashqi g‘altaklardan iborat. Qo‘zg‘aluvchan g‘altak o‘qka joylashtirilgan bo‘lib o‘qning uchiga strelka va tok o‘tkazuvchi hamda aks ta’sir etuvchi moment hosil qiladigan prujina mahkamlangan. G‘altak uchlari elektr zanjirga ulanganda ulardan o‘tgan toklar hosil qilgan magnit maydonlari elektrodinamik kuchlarni vujudga keltiradi. Qo‘zg‘aluvchi g‘altak tekisligi tashqi g‘altak tekisligiga tik bo‘lgani tufayli ularning magnit maydonlar yo‘nalishi bir hil bo‘lmaguncha qo‘zg‘aluvchan g‘altak o‘z o‘qi atrofida buriladi va unga maxkamlangan strelka shkala bo‘ylab burilib, o‘lchanayotgan kattalikning tegishli qiymatini ko‘rsatadi. Tok uzilganda purjina qo‘zg‘aluvchi g‘altakni dastlabki holatiga kaytaradi. Agar g‘altaklardan bir hil tok o‘tadigan bo‘lsa, unda g‘altaklar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchi tok kuchining kvadratiga proporsional bo‘ladi. Shu sababli elektrodinamik asboblarning shkalasi notekis bo‘ladi. Asbob o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga ulanganda aylantiruvchi momentning yo‘nalishi o‘zgarmaydi, chunki ikkala g‘altakdagi tokning yo‘nalishi bir vaqtda o‘zgaradi. Shu sababli ular ham doimiy , ham o‘zgaruvchan tok zanjirlarida ishlatiladi. Elektrodinamik tizimli asboblar kuchlanish, tok kuchi va quvvatni o‘lchash uchun zarur asboblar shaklida chikariladi. Agar asbob kuchlanishni o‘lchash uchun ishlatilsa, qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas g‘altaklar ketma-ket ulanadi. Toklarni o‘lchash uchun (ampermetrlarda) g‘altaklar parallel ulanadi. Quvvatni o‘lchaydigan asboblarda (vattmetrda) qo‘zg‘almas g‘altak orqali nagruzka toki, qo‘zg‘aluvchan g‘altak orqali esa nagruzka kuchlanishiga proporsional bo‘lgan tok o‘tadi; bu nagruzka iste’mol qilayotgan quvvatga proporsional bo‘lgan aylantiruvchi moment hosil bo‘ladi.

Elektrodinamik asboblarning afzalliklari: a) O‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok zanjirida ishlay oladi, b) Kuchlanish, tok kuchi va quvvatni o‘lchash mumkin, v) Aniqligi yuqori aniqlikga ega, g) Vattmetrlarda shkalasi bir tekis. Kamchiliklariga katta quvvat isrof qilishi, tashqi magnit maydoniga sezgirligi va qimmatligi kiradi.

Ferrodinamik asboblar. Bu hil asboblarning ishlash prinsipi elektrodinamik tizimdagi asboblarning ishlash prinsiipiga asoslangan. Farki shundaki uning qo‘zg‘almas cho‘lg‘amlari po‘lat o‘zakli qilib yasaladi, bu esa asbobning magnit maydonini kuchaytiradi va tashqi maydonlarning ta’sirini bir muncha kamaytiradi. Bu asboblarda ham uning g‘altaklari bajaradigan vazifalarga qarab turli usulda ulanadi. Odatda, g‘altaklar ampermetrlarda parallel, voltmetrlarda ketma-ket, vattmetrlarda esa biri zanjirga ketma-ket, ikkinchisi esa parallel qilib ulanadi. Ularning aniqlik sinfi 1,0-1,5 bo‘ladi. Eektrodinamik asboblar, asosan shchit asboblari hisoblanadi.

Induksion tizimli asboblar. Elektr energiyasini o‘lchash uchun elektr hisoblagich(schotchik)lari ishlatiladi. O‘zgarmas tok zanjirlarida elektrodinamik schotchiklar va o‘zgaruvchan hamda uch fazali tok zanjirlarida induksion schotchiklar ko‘prok ishlatiladi. Induksion sistemadagi schotchikning ishlash prinsipi uyurma toklarning aylanuvchi magnit moydon bilan o‘zaro ta’siriga asoslangan. Bir fazali induksion schotchik ikkita elektromagnit, qo‘zg‘aluvchan aluminiy disk, reduktor, hisoblash mexanizmi va tormozlovchi magnitlardan iborat. Elektromagnitlarning birining g‘altagi iste’molchi bilan ketmaket, ikkinchisining g‘altagi esa parallel ulanadi. Ularning magnit maydoni erkin aylanuvchi aluminiy diskda uyurma tok hosil qiladi. Bu tok bilan g‘altaklarning magnit maydonlarining o‘zaro ta’siri diskda M aylantiruvchi moment hosil qiladi va disk aylanma harakatga keladi.


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish