1-ma’ruza. Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish asoslari


Boshqarish tizimlari taraqqiyoti evolyutsiyasi



Download 114,63 Kb.
bet2/2
Sana17.07.2022
Hajmi114,63 Kb.
#816955
1   2
Bog'liq
1-ma’ruza. Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish asoslari

Boshqarish tizimlari taraqqiyoti evolyutsiyasi.

Keyinchalik TMN nomini olgan arxitekturani yaratishga bo’lgan birinchi urinishlar telekommunikatsiya sohasidagi revolyutsion o’zgarishlar shiddatli tusga kirmasdan ancha oldin boshlangan edi. Intelektual uzatuvchi terminallarni (transmission terminals) ekspluatatsiyalash va ularni boshqarish jarayonlarining bir xilda bo’lishini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan masalalar 1982-yildayoq munozara qilingan. TMN konsepsiyasi birinchi bor 4 yildan keyin, Torontoda TMN EG (injenerlar guruhi) majlisida taklif etilgan. 1988-yili telegrafiya va telefoniya bo’yicha xalqaro maslaxat qo’mitasi (CCITT) “TMN tamoyillari” M.3010 tavsiyanomasini nashrdan chiqardi. Birinchi marta “Moviy kitob” tarkibida M.30 raqami bilan paydo bo’lgan bu tavsiyanomalar aloqa tarmoqlarini boshqarishning turli aspektlarini meyorlashtiruvchi ko’p sonli spetsifikatsiyalar oilasiga asos soldi.


Keyingi 4 yil jadal izlanishlar, qidirish hamda aloqa tarmoqlarini boshqarishni tashkil qilishga bo’lgan turli qarash va yechimlar muhokamasiga boy bo’ldi. Bu faoliyat natijalari 1992-yili telekommunikatsiya hamjamiyatiga taqdim etildi, shunda Xalqaro elektraloqa uyushmasining (ITU-T) TMNga aloqador asosiy hujjatlarining katta qismi dunyo yuzini ko’rdi. Ularning tarkibi hozirda ham yangi nashr va qo’shimchalar orqali rivojlantirilmoqda. Bundan tashqari, 90-yillar o’rtalarida ITU-T TMN tarmoqlarining faoliyati va amalga oshirilishi masalalariga oid xususiy savollarga to’xtalib o’tuvchi qator qo’shimcha standartlar chiqardi.



  1. Elektraloqa tarmoqlari va boshqaruv tizimlarining o’zaro faoliyati, o’zaro faoliyat masalalari

Tugunlar va liniyalar yig’indisini tashkil qiluvchi aloqa tarmoqlari xabarlarni elektr signallari shaklida xabar manbaidan qabul qiluvchiga o’tkazish (transportirovka)lashga mo’ljallangan. Aloqa xizmatlarini ko’rsatish uchun optimal qurilgan aloqa tarmoqlari hamda kerakli qurilmalarga ega bo’lish kamlik qiladi. Bundan tashqari aloqa tarmog’i ustidan yordamchi xizmat, tizimlar va qurilmalarni yaratish zarur, ular foydalanuvchilarning so’rovlari o’sgan vaqtda uning apparaturaning butun xizmat muddati davomida tashqi me’yordan og’diruvchi ta’sirlarga qaramay barqaror faoliyat yuritishini ta’minlaydi.


Texnik ekspluatatsiya, raqamlashtirish, tarifikatsiya, xizmatlar uchun hisob-kitob, va boshqa tizimlar shunday qurilmalarga kiradi. Tizimlarning to’liq ro’yxati aloqa tarmog’ining aniq turiga bog’liq bo’ladi (birlamchi, ikkilamchi va h.k.). Shunday tizimlar yig’indisi elektraloqa tarmog’ini qo’llab-quvvatlab, uning faoliyat ko’rsatishini hamda foydalanuvchilar talablarini qondirish uchun ko’rsatkichlarning zarur darajasini ta’minlaydi. Sanab o’tilgan “qo’llab-quvvatlash tizimlari” uzluksiz, teskari aloqali yopiq zanjirda aloqa tarmog’i bilan maxsus interfeyslar orqali hamkorlik qiluvchi boshqarish tizimi atamasi bilan umumlashtiriladi. Interfeys aloqa tarmog’i, texnik ekspluatatsiya tizimi hamda boshqarish tizimining texnik vositalarini moslashtiruvchi qurilmani (dasturiy-apparat vositasi) tashkil etadi.
Umumlashtirsak, elektraloqa tarmog’ini o’zaro nazorat va boshqaruvchi axborot oqimlari bilan bog’langan, tashqi ta’sirlarga beriluvchi, boshqaruv obyekti (BO) hamda boshqarish tizimidan (BT) iborat bo’lgan kibernetik tizim sifatida qarash mumkin. Bunda tarmoqqa nisbatan tashqi bo’lgan ta’sirlarga yuqori tashkilotlardan (boshqaruvning yuqori sathlaridan) keluvchi direktiva va rejalarni, foydalanuvchilardan tushuvchi xabarlar yetkazib berish va boshqa xizmatlarni ko’rsatilishi haqidagi talablarni, qolaversa, turli manfiy ta’sirlar, alohida elementlarning rad etishlari (nosozlik), jarayon borishining buzilishini kiritish mumkin. 1.1-rasmda boshqarish tizimida yuz beruvchi jarayonlarni aks ettiruvchi aloqa tarmog’ini boshqarish tizimi modeli keltirilgan.
Kirishni nazorat qilish deganda ОП? ning aloqa tarmog’i bilan o’zaro faoliyati uchun o’rnatiluvchi parametrlar (sifat ko’rsatkichlari, yetkazib berish tezligi va h.k.), chiqish nazorati deganda esa shu parametrlarni o’lchash tushuniladi.
“Aloqa” sohasida tarmoqlar rivojlanishi natijasida boshqaruvning ahamiyati ortadi. Agar avvallari boshqaruv texnik xizmat ko’rsatish kabi texnik ekspluatatsiyaning bir qismi sifatida qaralgan bo’lsa, hozirda boshqaruv o’z ichiga texnik ekspluatatsiyani olgan ancha keng tushuncha sifatida qaralmoqda. Bunday yondashuvda texnik ekspluatatsiyani aloqa tarmog’ida texnik xizmat ko’rsatish vositalari orqali boshqaruv tizimi qabul qilgan buyruq hamda yechimlarni ijro etuvchi va buning natijasi haqida xabar beruvchi boshqaruv tizimining bajaruvchi tashkil etuvchisi sifatida qarash mumkin. Boshqachasiga aytganda boshqarish tizimida ikki asosiy qismni ajratish mumkin – qaror qabul qiluvchi tizim hamda qarorlarni ijro etuvchi qism. Qiyoslasak, birinchisi bu – tizimning miyasi, operatsion tizim shaklida amalga oshiriluvchi intelektual asos. Ikkinchisi, tirik organizmlar bilan o’xshshligini hisobga olsak, - tizimning tayanch-harakatlanish mexanizmi, texnik ekspluatatsiyaning dasturiy-texnik vositalari sifatida amalga oshiriladi.

ИИ – axborot manbai;
ОП – oxirgi punkt;
ПИ – axborot iste’molchisi.
1.1-rasm. Aloqa tarmog’ini boshqarish tizimi modeli
Nazorat savollari:
1. Telekommunikatsiya tarmog’ining vazifasi?
2. Elektraloqa tarmog’ini boshqarish tizimiga ta’rif bering
3. Tekelommunikatsiya tarmoqlari arxitekturasi.
4.Telekommunikatsiya tarmog’ini tashkillashtirishning o’ziga xosliklari va rivojlanish tendensiyasi.
Download 114,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish