Fanning vazifasi
bo„lajak informatika o„qituvchisi o„sib kelayotgan
avlodning umum ta‟lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida
o„qitiladigan informatika va axborot texnologiyalarini o„qitishning zamonaviy
usullari fanlarining ahamiyatini, uning mazmunini ajratish tamoyillarini,
shuningdek, informatika fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushunishdan
iboratdir.
Predmetlararo bog‘lanish.
“Ta‟limda zamonaviy texnologiyalar” fani turli
sohalarni asosini tashkil etuvchi bir qator fan sohalariga tayanadi. Turli xil
mutaxassisliklar uchun (ijtimoiy -gumanitar, tabiiy va h.k.) bazis vazifasini
o„tovchi fanlar bilan uzviy bog„liqdir.
Fanning
mutaxassis
tayyorlashdagi
o‘rni.
“Ta‟limda zamonaviy
texnologiyalar” fani bo„lajak informatika o„qituvchilarining umumiy o„rta ta‟lim
maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida o„qitiladigan mutaxassilik
fanlarini o„qitishda muhim o„rin tutib, fanlarning nazariy va metodik ta‟minotini
bilishi va ularni o„quvchilarga yetkazib berishini ko„zda tutadi. Umumiy o„rta
ta‟lim maktablari, akademik lisey va kasb – hunar kollejlarda «Informatika»
yo„nalishidagi fanlarni o„qitish uchun kadrlarni tayyorlab beradi.
Fan bo‟yicha talabalarning bilim, ko‟nikma va malakalariga qo‟yiladigan
talablar. «Ta‟limda zamonaviy texnologiyalar» o„quv fanini o„zlashtirish
jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- informatika, axborot texnologiyalari va ularni o„qitish metodikasi haqida
tushunchalar, informatika o„qituvchilarining roli, informatika kursining pedagogik
funksiyalari; informatikaning texnik va dasturiy vositalarining mohiyati va
didaktik imkoniyatlari, informatika va axborot texnologiyalarini o„qitishning
tuzilmasi va mazmuni; davlat ta‟lim standartlari, informatika va axborot
texnologiyalarini o„qitishda uzviylik va uzluksizlik, umumiy o„rta ta‟lim
maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarda informatika va axborot
texnolgiyalarini o„qitishning maqsadi va vazifalari; axborot tizimlari va
texnologiyalarini o„qish-tarbiya jarayonida nima maqsadida va qanday qo„llash
mumkinligi, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari va ularning o„quv-tarbiya
jarayoniga qo„llashni bilishi kerak;
- Ta‟limda zamonaviy texnologiyalardan o„quv va metodik adabiyotlar
tahlili, informatika va axborot texnologiyalari bo„yicha dasturiy ta‟minotini
qo„llash; informatika va axborot texnologiyalari bo„yicha o„quv jarayonini
rejalashtirish, asosiy didaktik prinsiplarini informatikada qo„llash, informatikani
o„qitishda har xil tashkiliy shakllaridan, usullardan, vositalardan foydalanish,
informatikadan o„quvchilarini bilimini nazorat qilish, baholash usullaridan
foylanish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion metodikalar va
interfaol usullarni informatika o„qitishida qo„llash; informatika va axborot
texnologiyalari xonasida mashg„ulotlar o„tkazish, informatikadan sinfdan tashqari
ishlarini olib borish, informatika o„qitishda Internet saytlaridan foydalanish
bo„yicha yetarli ko„nikmalarga ega bo„lishlari kerak;
- bo„lajak informatika o„qituvchisi yangi axborot texnologiyasini egallagan,
zamonaviy pedagogik dasturiy vositalarni chuqur o„rgangan, jamiyatni,
shunungdek, ta‟limni axborotlashtirilayotgan sharoitda ishlash uslublarini
egallagan va ularni o„quv jarayonida foydalana olish malakalariga ega bo„lish
kerak.
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi
«Ta‟limda zamonaviy texnologiyalar» fani umumkasbiy fanlarining asosiy
fanlaridan biri hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish o„quv rejasida rejalashtirilgan
«Informatika» yo„nalishidagi hamda «Pedagogika», «Psixologiya», «Pedagogik
texnologiyalar» fanlarining nazariy va amaliy xulosalariga tayanadi.
Fanni о‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Fanning o„qitilishida yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan unumli
foydalanish ko„zda tutiladi. Nazariy ma‟lumotlar amaliyot va ko„rgazmalilik bilan
mustahkamlangandagina, chuqur bilimga ega bo„lish mumkin. Shuning uchun
dasturda amaliy-laboratoriya ishlariga katta e‟tibor qaratilgan.
Talabalarning “Ta‟limda zamonaviy texnologiyalar” o„quv fanini
o„zlashtirishlari uchun o„qitishning ilg„or va zamonaviy usullaridan foydalanish,
yangi axborot-kommunikasiya va pedagogik texnologiyalarini tadbiq qilish muhim
ahamiyatga egadir.
Fanni o„qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo„llashda ta‟lim
jarayonini optimallashtirish uchun omil bo„ladigan pedagogik texnologiyalardan
“Fikrlar hujumi”, “Klaster” metodi, “Bumerang”, “Skorobey”, “Tarozi”,
“Elpig„ich” texnologiyasi va boshqalardan foydalaniladi.
Fanni o„zlashtirishda darslik, o„quv va uslubiy qo„llanmalar, elektron
materiallar, tarqatma materiallar, virtual kartochkalar foydalaniladi. Nazariy
ma‟lumotlar amaliyot va ko„rgazmalilik bilan mustahkamlashi kerak. Amaliy-
laboratoriya ishlari kompyuter yordamida o„tkaziladi.
"Keysli" yondashuvni foydalanish ma‟ruza materiallarini oddiy bayon
qilishga qaraganda anchagina ustuliklarga ega.
Keyslarning usutunligi nazariyani va amaliyotni optimal birlashtirish
imkonitidan iborat bo„lib, o„quvchilarni bilim olishga o„rgatishda yetarlicha muhim
hisoblanadi. Keys-uslubini o„quv-tarbiya jaryonida foydalanish turli-tuman axborot
manbalari bilan ishlash ko„nikmalarini rivojlantirishga imkoniyat beradi. Keysda
bayon qilingan muammoni yechish jarayoni – bilish faoliyatining jamoaviy
tabiatiga ega bo„lishni ko„zda tutadigan ijodiy bilish jarayonidir. Uslub
o„quvchilarning fanda ma‟lum bo„lgan bilimlarni ishlab chiqish bo„yicha ijodiy
faoliyatining imitatsiyasini ta‟minlaydi. Bu uslubni, shuningdek, yangi bilimlar
olishda ham qo„llash mumkin. Ko„pgina xorijiy davlatlarda keys-uslubi nafaqat
pedagogik uslub sifatida, balki tadqiqot uslubi sifatida ham foydalaniladi) [8].
Keys o„quvchilarni faollashtiradi va ularni haqiqiy vaziyat oldida «birga bir»
qoldirib, tahlil qilish va kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirgan holda amaliy
ishlar qilishga imkoniyat beradi.
Axborot texnologiyalarini o„rganishda keyslarni foydalanish obyektni
tekshirishni tashkil qilishga o„rganish, kirish va chiqish hujjalari bilan ishlash,
tushunish, yaratish, tahlil qilish va ularni qayta ishlashni bilish, shuningdek,
strukturalanmagan axborotlar bilan ishlash – uni izlash, tekshirish, rasmiylashtirish
va saqlash imkoniyatini beradi. O„quvchilarda o„zlarining amaliy faoliyatida
to„qnashadigan axborot texnologiyalari sohasidagi amallar va protseduralarni
amalga oshirish zarur ko„nikmalarni rivojlanadi.
Bunday yondashuvda o„quvchilar haqiqiy vaziyatlarni va predmetni
o„rganishda muhim ko„rsatmalarni yuqoriroq darajada tushunish qobiliyatiga ega
bo„ladilar. Haqiqatda predmet tilini o„rganish haqiqiy hayotga moslashtiriladi.
Lekin axborot texnologiyalarining keskin rivojlanishi bilan muammoli vaziyatlar
o„zgaradi va keyslarni doimiy ravishda yangilab turish lozim.
Keys texnologiyasini o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟lim muassasalarining o„quv-
tarbiya jarayonida foydalanishning yutuqlari:
Tabiiy ravishda o„quvchilarning ishlash templarini maqbuliga erishiladi.
O„qitishning darajali tabaqalashtirilishiga osongina erishiladi.
Telekommunikatsiya vositalaridan foydalanib, darsni uzoqlashtirilgan manba
materiallari bilan ta‟minlash mumkin.
Keys bilan ishlash o„quv o„yin tabiatini oladi va ko„pchilik o„quvchilarda
o„quv faoliyatining motivatsiyasi kuchayadi.
Mashq vazifalarining miqdori ko„payadi.
Shunday qilib, keys-uslub informatika darslarida o„quvchilarni axborot
obyektlariga qiziqishini rivojlantirish, informatikani o„rganishga motivatsiyasini
kuchaytirish, axborotlarni tashkil etish va taqdim etish, axborotli obyekt yaratish,
axborot uzatish va kommunikatsiya, ijtimoyilashtirishni rivojlantirishning axborot-
kommunikatsion-texnologik ko„nikmalarini shakllantirish masalalarini yechishga
imkoniyat beradi.
Keys – uslubi endilikda faqat o„quv-tarbiya jarayonida foydalanish bilan
chegaralanmay, balki juda faol ravishda ilmiy-tadqiqot uslubiyoti sifatida ham
foydalanila boshlandi.
Keys texnologiyasining barcha ustunliklariga qaramay, ularni o„quv tarbiya
jarayonida foydalanish barcha muammolarni hal qilmaydi va u ta‟lim-tarbiya
jarayonining almashtirib bo„lmaydigan vositalari qatoridan joy olmasligi lozim.
Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanilganda har bir mashg„ulotning
maqsadini, vazifalarini, material tabiatini, o„quvchilarning imkoniyatlarini hisobga
olmoq zarur.
Keys texnologiyasidan foydalanishning kamchiliklari:
Ushbu texnologiyaning keys yaratishdagi qiyinchiligi. Nazariy qismni ham,
amaliy qismini ham tanlashga ko„p vaqt ketishi. Ta‟lim muassasalarida
foydalanilayotgan mavjud keyslar ichida predmet va o„quvchilarning
xususiyatlarini hisobga olmagan, real daliliy va uslubiy xatolarga ega bo„lgan
sifatsiz keyslarning ko„pligi. Ana‟naviy darslarda u yoki bu materiallarni tuzatish,
uni osonlashtirish, boshqa usulda yechish imkoniyatlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |