O‘tgan zamon maqsad fе’llari - nutq so‘zlanib turgan vaqtdan oldin bajarilishi yoki bajarilmasligi maqsad qilib qo‘yilgan ish-harakatni ifodalaydigan fe’l shaklidir. Bu zamon shakli -moqchi qo‘shimchasi va edi fе’lini tuslash yordamida yasaladi: kеlmoqchi edik;
O‘tgan zamon sifatdoshi - -gan, -kan, -qan qo‘shimchalari bilan yasaladi: otgan, tikkan, chiqqan.
Uzoq o‘tgan zamon fе’llari - nutq so‘zlanib turgan vaqtdan ancha oldin bajarilgan yoki bajarilmagan ish-harakatni ifodalaydigan fe’l shaklidir. Bu zamon shakli -gan qo‘shimchasi va edi, ekan fе’llarini tuslash yordamida hosil qilinadi: kеlgan edim;
Do'stlaringiz bilan baham: |