Olmoshlarning tuzilish turlari
1. Sodda olmoshlar barcha olmoshlar guruhida mavjud: men, shu, o‘z, kim, hamma, hech, birov.
2. Qo‘shma olmoshlar faqat ko‘rsatish, belgilash, bo‘lishsizlik olmoshlari guruhida mavjud: ana shu, har kim, hech nima.
3. Juft olmoshlar faqat kishilik, ko‘rsatish olmoshlari guruhida bor: sizu biz, u-bu.
4. Takroriy olmoshlar ko‘rsatish, o‘zlik, so‘roq, belgilash olmoshlariga tegishlidir: shu-shu, o‘z-o‘zini, kim-kim, barcha-barchasi.
Boshqa turkumga oid so‘zlarning olmoshlarga ko‘chishi
Quyidagi turkumlarga tegishli ayrim so‘zlar olmoshga ko‘chadi:
ot: odam, kishi, inson, narsa, ish;
sifat: ba’zi, boshqa, ayrim, tubandagi, quyidagi;
son: bir. Umuman olganda, bir, har, hech so‘zlari bilan keladigan ko‘pgina so‘zlar olmoshga ko‘chishi mumkin: hech narsa, bir narsa, har yerda.
Do'stlaringiz bilan baham: |