200-mashq. Gaplarni o‘qing. Kishilik olmoshlarining qaysi kelishik shaklida qo‘llanganini va gapdagi vazifasini ayting; o‘zakda ro‘y bergan o‘zgarishlarni izohlang.
Namuna: Men o‘z Vatanimni qattiq sevaman. Men- bosh kelishik, ega vazifasida qo‘llangan,
1. “Nazirqul endi faqat sizning o‘g‘lingiz emas, mening ham o‘g‘lim”, — dedi domla. (N. S.) 2. Mendan ham o‘zg‘ir, CHaqqonmi odam? Eslolmas buni Bo‘ronboy dadam. (Q. H.) 3. Men o‘z Vatanimni qattiq sevaman. (Yu. Semyonov.) 4. Uning yuzlarida, dudoqlarida... bir tabassum yonadi. (O.) 5. CHakalakzor ko‘chadan o‘tib olish mening uchun naqadar qo‘rqinchli ekanini bir bilsangiz edi! (N. S.) 6. Bilmadim, men sening oldingda gunohkormanmi yo sen mening oldimda gunohkorsanmi? (S. Ahm.) 7. Sizdan iltimos, odamlar bilan juda ehtiyot bo‘lib muomala qiling. (J. Abd.)
Do'stlaringiz bilan baham: |