1-ma’ruza. Sintetik suyuqlik yoqilg‘isini ishlab chiqarish texnologiyasi



Download 6,79 Mb.
bet90/100
Sana26.01.2022
Hajmi6,79 Mb.
#411065
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   100
Bog'liq
Cинтетик суюқликни олиш бўйича

Nazorat savollari:

1.”SHо‘rtanneftgaz” MCHJda neftli yо‘ldosh gazlardan foydalanish ketma-ketligi?

2. ”SHо‘rtanneftgaz” MCHJdagi konlarda yо‘ldosh va mash’ala gazlarini utilizatsiya qilish orqali suyuq uglevodorodlarni olish ketma-ketligi haqida ma’lumot bering?

3.NYGni utilizatsiya qilishning muammolari tо‘g‘risida tushincha bering?

4.Konlarda turbodedanterdan foydalanib NYGni past haroratda ajratib olish texnologiyasini izohlab bering?

5.Yо‘ldosh gazni seolit yordamida ajratib olish texnologiyasini izohlab bering?

6.NYGdan sintez gazini olish konversiyasi haqida ma’lumot bering?
Xulosa:

Yо‘ldosh neft gazlaridan foydalanish va utilizatsiya qilish holati bugungi kunda hech kimni qoniqtirmaydi. Atmosfera muhitini har xil gaz chiqindilari bilan ifloslanishini oldini olish bо‘yicha tejamkor texnologiyalarni va zamonaviy texnikalarni ishlab chiqish zarurdir.



Neft qazib oluvchi korxonalarda neftning tarkibidagi yо‘ldosh gazlarni tо‘liq utilizatsiya qilishning imkoniyati mavjud emas. Bunday holat mavjud bо‘lgan texnologiyalarning narxining balandligi hamda ular tadbiq qilinganda sarflangan xarajatlarni qoplamasligi bilan bog‘liqdir. Shuning uchun о‘z navbatida atrof muhitni ifloslantirishga hamda atmosferaga chiqariladigan tashlanmalarni belgilangan meyoridan oshib ketishiga va har xil kasalliklarni kо‘payishiga yо‘l qо‘yib bо‘lmaydi.

Bugungi kunda neftning tarkibidan ajralib chiqadigan va mash’ala orqali atmosferaga yoqib yuboriladigan gazlardan samarali foydalanish yoki qayta ishlash asosida elektr energiyasi ishlab chiqarish, issiqlik manbalarini tashkil etish va hakoza maqsadlarda foydalanishning imkoniyati mavjud. Bu muammo bilan yetakchilikni Rossiya davlati qо‘ldan bermay kelmoqda. Atmosfera havosini ifloslanishi Rossiya davlatidan respublikamiz teritoriyasiga atmosfera havosi orqali kо‘chmaydi va ifloslantirmaydi deb hech kim kafolat bera olmaydi.

Zamonaviy holda holatni tahlil qiladigan bо‘lsak, NYG yoqish degani tо‘g‘ridan – tо‘g‘ri qimmatli uglevodorod xomashyosini yо‘qotish degandir, chunki bu gazkimyo sanoati bilan chambarchas bog‘langandir. NYGni yoqish degani neftqazib olinadigan tumanda atrof muhit holatini yomonlashtiradi va insoniyatning sog‘lom yashashi uchun qо‘rqinchli xavfni keltirib chiqaradi. U umumplanetar jarayonlarni rivojlantiradi va iqlimiy muhitga zararli ta’sir kо‘rsatadi.

Bu muammoni yechimini topish va subyektda umumiqtisodiy masalalarni boshqarish har bir davlat boshqaruviga yuklanadi. Hozirgi holatda NYGdan foydalanishda muammolarning yechimini topishda katta kapital xarajatlarni va barqaror bozorga chiqish qator yangi investitsion loyihalarni ishlab chiqarishga qо‘shishni talab qilmoqda. Bunday masalalarni yechimini topishda va atmosferaga yoqiladigan bir qator konlarimizdagi mash’ala gazlarni utilizatsiya qilish masalasi bо‘yicha “Shо‘rtanneftgaz” MChJ va “Muboraknaftgaz” MChJ korxonalariga jahon banki tomonidan investitsiyalar kiritilgan bо‘lib, bugungi kunda ish jarayoni olib borilmoqda. Shunga bog‘liq holda muhim masalalarni maqsadga muvofiq yechimini topishda NYGlaridan samarali foydalanish uchun yangi imkoniyatlardan foydalanish zaruriy holat hisoblanadi: xalqaro amaliyotda qо‘llaniladigan Kiot bayonnomasidagi rivojlantirish mexanizmining ramkasi tartiblarini qо‘llash; NYGdan foydalanishning juda kо‘p variantlari ya’ni elektr tarmoqlarida samarali foydalanish masalalari ishlangandir.

NYGdan samarali foydalanish bо‘yicha davlat darajasida kо‘pgina qarorlar chiqarilgan bо‘lib uni bajarish hamda utilizatsiya qilishni 95% ga yetkazish zarur hisoblanadi.

Hozirgi kunda “Shо‘rtanneftgaz” MChJga konlarni birlashtirish orqali kuniga 1,2 mln.metr kub gaz utilizatsiya qilinmoqda va maqsadli foydalanilmoqda. Bu kо‘rsatgich “Muborakneftgaz” MChJ 2,6 – 2,7 mln. m3 ni tashkil qilmoqda. Bundan ham yuqori kо‘rsatgichga erishilganda bir tomondan iqtisodiy samara erishilsa, ikkinchi tomondan atmosfera havosining ifloslanishini oldi olinadi.

Neftning tarkibida yengil uglevodorodlar mavjud bо‘ladi, undan samarali foydalanishda bu fraksiyalarning yо‘qotilishini bartaraf qilish yо‘llarini о‘rganishda xorijiy davlatlarda va respublikamizda olib borilayotgan ishlarni о‘rganish hamda tahlil qilish bо‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Uglevodorodlarni sintez qilish va belgilangan jarayon asosida keng gammali qimmat bо‘lgan sintetik materiallarni olishning bir qator ilmiy va amaliy muammolarni muvaffaqiyatli yechish masalalari sо‘nggi о‘n yillikda Respublikamizning “Shо‘rtanneftgaz” MChJ va “Muborakneftgaz” MChJ korxonalarining konlarida jadal о‘rganilmoqda. Neftkimyo sanoatining jadal rivojlanishi bilan bog‘liq holda mustahkam tejamkor xom-ashyo bazasini yaratishda neft va gazdagi yengil uglevodorodlarning yо‘qotilishini oldini olish va tiklash muhim masalalardan hisoblanishi kо‘rib chiqilgan.

Birinchi о‘rinda bu masalani xalq xо‘jaligi uchun iqtisodiy mohiyatini kо‘rib chiqish zarur hisoblanadi. Ishlab chiqarishda chiqindilarning yо‘qotilishi texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarishning о‘sishi bilan bog‘liqdir. Sanoatda organik sintez qilish paydo bо‘lishigacha neft va gazni qayta ishlashda ajralib chiqadigan yengil uglevodorodlar kerakmas deb hisoblangan, ikkilamchi mahsulotlar yoqib yо‘qotilgan. Sanoatning rivojlanishi bilan bunday “tashlanmalar” maqsadli mahsulotlarni olishda qimmat baho xom-ashyo hisoblangan va umumiy ishlab chiqarish xarajatlari keskin kamaytirilgan.

Gaz uzatmalar orqali gaz tashiladigan bо‘lsa, gaz uzatmaning ish rejimiga mos keladigan bosimda va haroratda suv va uglevodorodlar suyuqlikka aylantirilmaydigan bosimda haydaladi. Gazni kompleks tayyorlash qurilmasi (GKTQ) nam gazning tarkibidan suyuqlik tomchilarini va mexanik aralashmalarni ajratib olish uchun mо‘ljallangan bо‘ladi va quritish talab qilingan shudring nuktasigacha olib borilish texnologiyasi о‘rganilgan.

Neftli yо‘ldosh gazning tarkibidagi bug‘simon uglevodorodlarning aralashmasi va uglevodorodlarsiz komponentlar qatlamdan qazib olingan neftlarni separatsiya qilish jarayonida ajralib chiqadi. Yо‘ldosh neft gaz qayta ishlash hamda bir qismi quduq gaz uyumiga qatlam bosimini ushlab turish yoki qatlamdagi yog‘li gazlarni olib chiqish jarayoni (Kо‘kdumaloq konida shunday jarayon qо‘llaniladi), magistral gaz uzatmalarning tizimiga berish, gazli benzin, yengil uglevodorodlarning keng fraksiyasini va maishiy talablar uchun suyultirilgan gaz olishda foydalanish mumkinligi kon sharoitida о‘rganilgan.

Bosimi past bо‘lgan gaz konlardan gazni yig‘ish va foydalanishga qaytadan tiklash uchun quvurlar, quvurlarning armaturalari, ikki pog‘onali kompressor stansiyasi hamda elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun GTS-larni qurish talab qilinadi.

Muborak guruhi konlarida neft va gaz uyumlari yagona tizimda birgalikda ishlatiladi. Quduqlarning kо‘p qismidan mahsulotlar yopiq germetik tizim orqali yig‘iladi. Yо‘ldosh gazlarni utilizatsiya qilish uchun Janubiy Kemachi NGKKda siquv kompressor stansiyasi (SKS) qurildi. Atrof muhitga qо‘shimcha ifloslantiruvchi moddalarni kondagi mavjud obyektlardan chiqarilishi doimiy ravishda hisobga olinadi.



Yangi texnologiyalarni qо‘llash asosida yо‘ldosh neft gazmahsuloti tarkibidan eng sо‘nggi xom ashyoni ajratib olib, undan gaz turbinali elektr stansiyalarida elektr energiyasini olishda yoqilg‘i sifatida foydalanish mumkin.

Asosiy istiqbolli yо‘nalish kichik gabaritli qurilmalardan foydalanish yо‘ldosh neft gazlarini utilizatsiya qilish orqali mash’alalarni uchirish gazsimon metan yoqilg‘isini, barqaror gaz benzinini va propan-butan fraksiyasining suyuq aralashmasini tо‘gridan-tо‘g‘ri olishni imkoniyati mavjud.

Talab qilinganda majmua qо‘shimcha gazni fraksiyalarga ajratish uchun qо‘shimcha bloklar о‘rnatiladi va natijada texnik propan, izo-butan fraksiyasi, normal butan va boshqa mahsulotlari olinadi. Yо‘ldosh neft gazini zamonaviy texnologiyalar asosida utilizatsiya qilish asosida konlarda yо‘ldosh neft gazidan tо‘liq foydalanishni imkoniyati mavjud, qо‘shimcha elektr energiya, issiqlik va uglerodli gaz mator yoqilg‘isini va suyultirilgan uglevodorod gazini olish mumkin.

“GTL” jarayonlarini istiqbolli rivojlantirish va ishlab chiqarishga tadbiq qilish bо‘yicha quyidagi xulosalarni berish mumkin.

2012-2020 yillar davrida neft qazib olish kо‘rsatgichini pasayishi hamda bir vaqtda motor yoqilg‘isiga bо‘lgan talabning oshishi; ekologik muammo masalalarini yechimini topish uchun motor yoqilg‘isiga nisbatan talabning qattiq qо‘yilishi; uzoqda joylashgan qiyin boriladigan tabiiy gaz konlarida, transport infratuzilmasidan holi bо‘lgan va iste’mol tumanidan uzoqdagi joylarda ishlatish; “GTL” texnologiyadan foydalanish mumkin bо‘lgan kam debitli va past bosimli tabiiy gaz konlarida kichik tonnajli korxonalarni joylashtirish; о‘zi orqali xom neftni katta miqdorda olib chiqib ketadigan konlarda yо‘ldosh neft gazini utilizatsiya qilish iste’moli sifatida foydalanish mumkin.

Sо‘nggi yillarda “xom” mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasida о‘zgarishlar sodir bо‘lgan. Buning asosiy sababi, jahondagi iqtisodiy krizisga bog‘liq bо‘lib, neft qazib olishning Yaqin Sharq davlatlarida qisqarishi, uning bahosining yuqoriligi, iqtisodiy depressiya va yoqilg‘i neftga bо‘lgan talabning kamayganligidir. Shu bilan birgalikda transport yoqilg‘isiga bо‘lgan talabning oshganligi: avtomobil benziniga, aviatsiya kerosiniga va dizel mator yoqilg‘isiga. Hozirgi davrga kelib “yengil neftga” bо‘lgan talabning oshganligi sababli, distillyatorlarning chiqishini kuchaytirish orqali yengil fraksiyalarni olish va yoqilg‘i neftga bо‘lgan ishlab chiqarishni kamaytirish va uning о‘rniga sintetik suyuqlik yoqilg‘isini ishlab chiqarishni oshirish masalasi о‘rtaga qо‘yilgan. Suyultirilgan neft gazni olish nuqtasidan qaraydigan bо‘lsak, yengil kreking jarayonida past qaynaydigan gazlarni (propan va butanni) chiqishini kuchaytiradi, kam tо‘yingan mahsulot hisoblanadi, tarkibida katta miqdordagi propilen va butilenlar bо‘ladi.



Download 6,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish