1-ma’ruza. Sintetik suyuqlik yoqilg‘isini ishlab chiqarish texnologiyasi


“Muborakneftgaz” MCHJ qarashli past bosimli konlarda gazlarni utilizatsiya qilish



Download 6,79 Mb.
bet74/100
Sana26.01.2022
Hajmi6,79 Mb.
#411065
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   100
Bog'liq
Cинтетик суюқликни олиш бўйича

8.3. “Muborakneftgaz” MCHJ qarashli past bosimli konlarda gazlarni utilizatsiya qilish

Neft va gaz tarmoqlarida meyoriy ekologik muhitni ta’minlash hamda tabiiy gazni neftli yо‘ldosh gazlarni va gazlarni degazatsiyasi bо‘yicha utilizatsiya qilish tadbirlari rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda neft konlarida quduqlardan mahsulotlarni yig‘ishda va neftgazkondensat aralashmasini tayyorlash jarayonida maxsus ajratish qurilmalarida neftning tarkibidan gazlar ajratiladi va kondensatlar gazsizlantiriladi hamda gaztransport tizimiga berishning imkoniyati yо‘qligi tufayli past bosimga ega bо‘lganligi uchun mash’alalarda yoqib atmosferaga chiqariladi.

Kruk, G‘arbiy Kruk, Janubiy Kemachi, Shimoliy О‘rtabuloq va Umid neftgazkondensat konlari “Muborakneftgaz” MChJ konlarining guruhiga kiradi hamda Buxoro va Qashqadaryo viloyati territoriyasida joylashgan. Bu guruhga kiruvchi konlarning tarkibiga neftgazkondensat konlari (NGKK), gazkondensat konlari (GKK) va neft konlari (NK) mansubdir.

Muborak guruhi konlarida neft va gaz uyumlari yagona tizimda birgalik ishlatiladi. Quduqlarning kо‘p qismidan mahsulotlar yopiq germetik tizim orqali yig‘iladi. Yо‘ldosh gazlarni utilizatsiya qilish uchun Janubiy Kemachi NGKKda siquv kompressor stansiyasi (SKS) qurilmoqda. Atrof muhitga qо‘shimcha ifloslantiruvchi moddalarni kondagi mavjud obyektlardan chiqarilishi doimiy ravishda hisobga olinadi.

Ma’lumki, yaqin vaqtda Janubiy Kemachi konidan uyumning neftli qismi ishlatilgan va harakatdagi neft quduqlaridan mahsulot ikkita avtomatik guruhli о‘lchov qurilmalari orqali (AGО‘Q) yig‘iladi. 2004 yilda Janubiy Kemachi konida sanoat sinov ishlatish (SSI) uchun gazni kompleks tayyorlash qurilmasi (GKTQ) qurilgan. SSI davridagi aniqlashtirilgan, kon ma’lumotlari olingan va bu ma’lumotlar asosida qatlamdagi rezervuardan uglevodorodlarni maksimal qazib olishni ta’minlash uchun sanoat ishlab chiqarishi loyihalangan.

Neft va gaz uyumlari birgalikda ishlatilganda qazib oluvchi quduqlarning hamma mahsuloti (gaz suyuqlik aralashmasi -GSA) tо‘g‘ridan –tо‘g‘ri GKTQga kelib tо‘planadi. U yerdan gazneftkondensat va suvli aralashma neftni tayyorlash qurilmasiga (NTQ) beriladi, u yerda kompleks tayyorlanadi va GSAsi ikkita tarkibiy qismga ajratiladi: gazga va suyuq uglevodorodlarga, qatlam suvi va erigan gazlarga. Quduqlarga ulangan KBN (kirish bloki nitkasi)-1,2,3,4,5 lar yordamida gazni yig‘ish nurli tizim orqali amalga oshiriladi va kollektor yordamida tashilib GKTQsiga beriladi. Neftgazkondensat aralashmasi drossel-effektdan foydalanib PHAQ (past haroratli ajratish qurilmasida) tayyorlanadi.

Gidrat hosil bо‘lishida ingibitor sifatida dietilenglikol (DEG) qо‘llaniladi. GKTQsining bir yilik imkoniyati 3.0x109 m3/yilga teng. Tozalangan va quritilgan gaz (KSt05786726-04:2003 muvofiq) о‘lchash tuguni orqali biriktiruvchi Janubiy Kemachi-О‘rtabuloq gazuzatmasiga beriladi va u yerdan О‘rtabuloq-MGQIZ gazuzatmasiga tashiladi.

Janubiy Kemachi konida quyidagi neftkon jihozlari majmuasi о‘rnatilgan: quduqlar, AGО‘Q, neftuzatmalari, rezervuarlar, nasoslar va mash’ala jihozlari, GKTQ, NTQ va boshqalar. Bu inshootlardan chiqqan chiqindilar atrof muhitga antropogen ta’sir kо‘rsatadi.



Kruk va G‘arbiy Kruk konining mash’ala gazlari umumiy oqim bilan Janubiy Kemachi konidagi SKSsining biriktiruvchi gazuzatma-kollektori orqali yо‘naltiriladi va u yerga Shimoliy О‘rtabuloq va Umid konlaridan ham gaz kirib keladi. Mash’ala gazlarini sarfini о‘lchash uchun har bir kondan birlashtiruvchi gazuzatma-kollektoriga chiqishida о‘lchov tugunlari о‘rnatilgan. Kruk koni bilan NTQsi, AGО‘Q [44] 1,2,3,4,5,6 dan mash’ala gazini oladi va G‘arbiy Kruk koni gazi bilan birgalikda Janubiy Kemachi konidagi SSK siga yо‘naltiriladi. SSK siga Shimoliy О‘rtabuloqning AGО‘Q-1,2,3dan gaz KBN-2 orqali gaz ham kirib keladi. Gidravlik hisoblarga muvofiq 530x6 mm diametrli gazuzatmasining bosim 0,1 MPa va oxirgi uchidagi harorat 340S ga teng bо‘ladi hamda uzunligi 5,0 km.ga teng.


Download 6,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish