7.3 –Gazni qayta ishlashda blok – modulli jamlanmani jamlash variantlari
Quyidagi rasmda PBAsini qayta ishlash qurilmasining tartibli sxemasi (elektr-energiya, avtomobil yoqilg‘isi, quduq tubi zonasiga ishlov berish, qatlam bosimini saqlab turish) keltirilgan.
Plazmo-kimyoviy 25-30 t/kun
Kon ehtiyojlari uchun
Gaz –turbinali elektrostansiyasi
Qatlamga haydash
Mahsulot uchun xomashyo
Magistral jarayon uchun quvur uzatma 9 000 T/G
PBAsini qayta ishlash bо‘yicha tartibli sxema
7.4 - rasm. Gazni sintetik neftga qayta ishlashning blok-modulli jamlanmasi
Plazma-kimyoviy reaktor qurilmasi uchun energiyani gazturbinali elektrstansiyasi yetkazib beradi, qayta ishlashga mо‘ljallangan, 90% gaz iste’mol qiladi. Bunday holdagi plazma-kimyoviy texnologiya past debitli konlarda yо‘ldosh gazlarni qayta ishlashda qо‘llaniladi va kondan tashqarida olingan birikmalarni tashishni qiyin muommolarini bartaraf qiladi.
Shunday qilib, bugungi kunda NYGni qayta ishlash asosida olinadigan yuqori likvidga ega bо‘lgan suyuq mahsulotlarni olishda qо‘llaniladigan yangi texnologiyalarni qо‘llashga zaruriyat mavjuddir. Kimyoviy jarayonlarning ilmiy asoslari yaratilgan va ilmiy-tadqiqot ishlarini bosqichlari tugallangan.
Xulosa
Yо‘ldosh neft gazlarini hisobiga global isish, kislota qoldiqlarini, iqlimning о‘zgarishi va parnik effektining kuchayishi sodir bо‘lmoqda.
О‘zbekistonda bir yil davomida 60 mlrd.m3 gaz qazib olinayotganligini etiborga olganimizda, shundan 58,4 % ichki ehtiyoj uchun, 6,5% yer osti omborlariga, 12,5% saykling jarayoniga va 22,5% eksportga jо‘natiladi. Agarda umumiy qazib olinadigan gazning 3% mash’ala orqali atmosferaga chiqarib yuborilganda, katta kо‘rsatgichni tashkil qiladi.
Agarda 1000 m3 yо‘ldosh neft gazi yoqilganda atmosferaga 3 tonna uglerod gazini olib chiqishini hisobga oladigan bо‘lsak, 1,5 mlrd.m3 gaz yoqib yuborilganda 4,5 mln.t uglerod kislotasi atmosferaga chiqarib yuboriladi.
О‘zbekiston Respublikasida 1999 yilda 12 oktabrda Kiota bayonnomasi ratifikatsiya qilingan va shunga asosan 2005 yil 16 fevraldan kuchga kirgan. Kiot bayonnomasi bо‘yicha chiqindi gazlarning 6 ta turi nazorat qilinadi: uglerod ikki oksidi ( ), metan ( ), azot oksidi (N2O), perfuglevodorodlar (PFU), gidroftoruglevodorodlar (SF2)[7].
Shunga asosan “Shо‘rtanneftgaz” MChJda Shimoliy Shо‘rtan, G‘armiston, Qumchuq va Shakarbuloq konlari bir blokka biriktirilgan. Yо‘ldosh gazlarni utilizatsiya qilish bо‘yicha loyihasi tuzilgan va katta hajmdagi ishlar amalga oshirilgan.
Назорат саволлари:
1.Ўзбекистон Республикасида табиий газни тармоқлар бўйича тақсимланиш кўрсатгичларини изоҳлаб беринг?
2. Республикамиз Киот шартномасига қачон имзо чеккан?
3.Қазоғистон Республикасида НЙГларни қайта ишлаш бўйича қандай ишлар амалга оширилмоқда?
4.Нефтли йўлдош газларни утилизация қилиш технологияси ҳақида маълумот беринг?
5. Нефтли йўлдош газларни утилизация қилиш программаси тўғрисида маълумот беринг?
6. Нефтли йўлдош газларни утилизация қилиш асосида қиммат хомашё ишлаб чиқариш технологияси ҳақида маълумот беринг?
Do'stlaringiz bilan baham: |