Davlatning vazifasiga NYGdan foydalanish variantlarini tanlash bо‘yicha ishlangan protseraduralarni aniq iqtisodiy va boshqa shartlardan kelib chiqqan holda qabul qilish;
NYGni resurslari va davlatning gaz ta’minoti tizimida uni qayta ishlashning joyini aniqlash;
NYG yetkazib berishni nediskriminatsion va mahsulotlarni bozorga qayta ishlashni sharoitlarini yaratish;
muvozanatli baho siyosatini yaratish;
boyliklardan foydalanishni litsenziyali huquqiy meyorini va iqtisodiy stimullashgan о‘lchovini о‘lchovchi NYGdan foydalanishni majburiy sotish va monitoring jarayonini yaratish.
Kо‘pgina xorijiy davlatlar kabi davlatimiz yer osti va usti boyliklarini boshqaruvchisi va iqtisodiy jihatdan subyektni bosh boshqaruv rolini о‘ynaydi.
8.2. Neftning tarkibidagi yо‘ldosh gazlarni yoqish muammolari (NTYG)
Neftning tarkibidan ajralib chiqadigan yо‘ldosh gazlarni yoqish bugungi kunda iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy yо‘qotilishlar va tavakalchilik hamda umumjahoniy an’anaviy sharoitlarda kam uglerodli va samarali energiya rivojlantirish yо‘liga о‘tish sabablarga muvofiq neftgaz sektorining asosiy muammolaridan biri hisoblanadi.
Jahon Bankining ma’lumotlariga muvofiq Rossiya davlati mash’alaga yoqiladigan NYG yoqish kо‘rsatgichi bо‘yicha birinchi о‘rinda turadi. Bu muamolar respublikamizda ham atrof muhitni ifloslanishini oldini olish hamda О‘zbekiston Respublikasini halqora kо‘rsatgichdagi imidjini yaxshilash bо‘yicha dolzarb muammolaridan hisoblanadi.
Toshkentda «Uzbekneftegaz» Milliy xolding kompaniyasi, О‘zbekistondagi Jahon bankining vakilligi bilan neftning tarkibidagi yо‘ldosh gazlarni yoqishni qisqartirishning Global sherikligi asosida Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarining “Neftning tarkibidagi gazni utilizatsiya qilish va neftgaz tarmog‘ida Toza rivojlanish mexanizmi ” loyihasini amalga oshirish bо‘yicha regional anjuman bо‘lib о‘tdi.
О‘zbekistonda neftning tarkibidagi yо‘ldosh gazlarni utilizatsiya qilishni 40 % dan 95 % gacha oshirish masalasi kо‘rib chiqildi.
«Uzbekneftegaz» Milliy xolding kompaniyasi 2015 yilning oxirigacha neftning tarkibidagi yо‘ldosh gazlarni utilizatsiya qilishni 95% gacha yetkazish maqsadida umumiy qiymati 150 mln. AQSH dollari bо‘lgan loyihani amalga oshirish belgilangan. NTYG larni utilizatsiya qilishning tо‘rtta loyihasini amalga oshirish natijasida 2015 yilda 40% о‘rniga 95% amalga oshiriladi.
Xuddi shu kabi muammolar RF davlatining № 7 ot 8 yanvar 2009 yildagi qarorida ham belgilangan bо‘lib, NTYGlarni mash’ala orqali maqsadli yoqishning kо‘rsatgichi 2012 yil 1 yanvargacha oshmasligi belgilab qо‘yilgan ya’ni NTYGlardan samarali foydalanish va uni amalga oshirish imkoniyatlarini qidirishda neft kompaniyalarining oldiga mas’uliyati vazifalar yuklatilgan ///.
Shu maqsadda kompaniyalar, davlatlar va jamoatchilik tomonidan NEYGdan maqsadli foydalanishga yо‘naltirilgan kompleks choralarni amalga oshirish belgilab qо‘yilgan 2009 yildan boshlab yovvoyi tabiatni qо‘riqlash Jahon fonda yuqorida kо‘rsatib о‘tilgan qarorlarni amalga oshirish va uni ta’minlash bо‘yicha davlatlarda aksiyalar о‘tkazib kelmoqda.
Neftning tarkibidagi yо‘ldosh gazlardan foydalanish muammosi bо‘yicha jiddiy e’tiborni yо‘qligi hamda barqaror terminologiya ham ishlab chiqilmagan edi. Rossiyadagi meyoriy – huquqiy bazalarda neftning tarkibidagi yо‘ldosh gazni “neftli gaz”, “yо‘ldosh gaz”, “neftli yо‘ldosh gaz” atab kelishgan. Hozirgi vaqtda “neftli yо‘ldosh gaz” deb atalmoqda.
Neftning tarkibidagi yо‘ldosh gazlarni yoqishdagi dolzarb muammolar kо‘pgina omillar orqali aniqlanadi. Respublikamizda NYGlarni qazib olish va yoqishning haqiqiy hajmi ma’lum bо‘lib, har yili atmosferaga 1,8 mlrd. metr kubni tashkil qiladi. Bu kо‘rsatgich juda katta hisoblanadi chunki uni utilizatsiya qilib qayta ishlaydigan bо‘lsak olinadigan xomashyo miqdori juda о‘lkan kо‘rsatgichni tashkil qilishi aniq.
8.3-rasm. Muammoning dolzarbligini aniqlaydigan omillar
Masalan Rossiya davlatida NYGlarni qazib olish va yoqish kо‘rsatgichlari aniq emas, chunki metodik bazalarning takomillashmaganligi, kо‘pgina neft kompaniyalarida hisoblash asboblarning о‘rnatilmaganligi, hisobiy usullar yordamida tо‘g‘ri о‘lchashlardan foydalanilganligidir. Rossiya Federal majlisida 2007 yilda bu kо‘rsatgich 20 mlrd.m3 belgilangan. AQSH davlatidagi okeanlarni boshqarishning Milliy kompaniyasining yо‘ldosh orqali kuzatish ma’lumotlariga asosan Jahon bankining vakilligi Rossiyada NYG larni yoqish hajmini 40,2 mlrd m3)ni tashkil etganligini kо‘rsatgan. Dunyoda 2009 yilda mash’ala orqali yо‘qotilgan gazning hajm 35% ga yaqin bо‘lib 138 mlrd m3 gaz yoqib yuborilgan.
Kosmik yо‘ldosh apparatlar orqali mash’ala orqali yoqiladigan gazlarning hajmigina emas, ularning atmosferadagi har xil birikmali konsentratsiyalarini ham о‘lchash mumkin. NYGlar yoqilganda hamma tashlanmalarning umumiy miqdorini ham о‘rnatish va uning asosida atmosferaga chiqarib yuborilgan NYG hisoblash mumkin.
Rivojlangan davlatlarda NYGlarni yoqishi natijasida atrof muhitga ta’sir etishni kamaytirishiga qaramasdan hokimiyat organlari neft qazib oluvchi tashkilotlar konsensusga erishgan bо‘lib, keltirgan zarar iqtisodiy jihatdan qoplanadi. Kanadaning Alberta viloyati asosiy neft qazib oluvchi region hisoblanadi. Davlat bilan neft qazib oluvchi kompaniya bilan NYG larni yoqish muammoasi bо‘yicha о‘n yil davomida shartnomalar imzolangan. Natijada energetika va kommunal xо‘jalik bilan Agenstvo tashkil qilingan bо‘lib, u bilan NYGlarni yoqish talablari bajarilmaganda aniq quduqlarda qazib olishni tо‘xtatiladi. Albertada NYGlarni yoqish chegaralanganligiga qaramasdan yangi konlarni о‘zlashtirish masalasi harakatda bо‘ladi. Agarda qazib olinadigan mahsulotning tarkibida oltingugurt miqdori kо‘p bо‘lganda NYGlarni yoqish uchun ruxsatnoma olinadi. Shuning uchun Albertada davlat boqaruv organlarining harakati tufayli NYGlardan foydalanish 2006 yilda 96,7% gacha о‘sgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |