Taqsimlangan boshqarish usuli. Bunda BQ boshqariladigan obyektlarga taqsimlangan va konstruktiv, ular bilan birlashtirilgan. Ular bilan birgalikda maxsus funksional modullarni hosil qiladi. Bu modullar yordamida kerakli sig‘imli boshqarish majmuasi
yaratiladi. O‘zaro bog‘langan boshqarish qurilmalar (mikroprotsessorlar) orasida tizim interfeysi ishlatiladi. Tizim interfeysi turi BQ soniga va ular orasidagi uzatiladigan axborot hajmiga bog‘liq bo‘ladi. BQ soni ko‘p bo‘lmagan holda va har bir juft BQ orasida uzatiladigan axborot hajmi yetarlicha katta bo‘lganda tizim interfeysi to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa tarzida tashkil qilinadi. Bu BQlari maxsus kanallar bilan bog‘lanadi. Maxsus kanallar bu BQning xotira qurilmasiga to‘g‘ri ulash imkoniyatiga ega. Bu usulda bir necha juft BQ orasida bir vaqtga axborot almashinuvi bajariladi. BQ soni 2—3 tadan oshsa, ya’ni bir necha o‘ntalikni tashkil qilsa, juft BQ orasidagi axborot uzatish hajmi kamayadi. Birinchi usulda BQni bog‘lash tejamli emas va bu aloqani tashkil qilish qiyin. Bu holda BQsi orasidagi aloqa umumiy shina yordamida tashkil qilinadi. Umumiy shinaga hamma BQlari ulanadi. BQ — bu umumiy shina navbatma-navbat kerakli axborotni uzatish uchun ishlatiladi. Umumiy shinadan xohlagan vaqtda faqat bitta juft BQ orasida axborot uzatiladi. Umumiy shinaga ulanish ketma-ketligini tashkil qilish uchun umumiy shina (USH) boshqarish maxsus bloki (USHBB) ishlatiladi.
4-Maruza
Boshqaruv tizimlarini qiyosiy tahlil qilish
Reja:
RKTda boshqaruv tizimlarini
Raqamli kommutatsiyalash tizimining kommutatsiya maydonini uzilishi
Kommutatsiya maydon (KM) telefon stansiyalari va tugunlarining asosiy elementlaridan bo‘lib, ulash qurilmalari majmuasidan iborat. Kommutatsiya maydoni yordamida uning kirish va chiqish liniyalari orasida aloqa trakti o‘rnatiladi.
Kommutatsiya maydoni telefon stansiyalari va tugunlari hamda ulardagi boshqarish qurilmasi tuzilishini belgilab beradi. U, N kirish va M chiqish liniyalari (kanallari) bilan aniqlanadigan hajmi (sig‘imi), liniyalarning (kanallarning) taqsimlanish usuli, uni qurish uchun ishlatilgan kommutatsiya uskunasi, kirish va chiqish liniyalari orasidagi bo‘sh liniyalarni izlash tartibi, ichki tuzilishi (zvenolar va bosqichlar soni), o‘tkazuvchanlik qobiliyati va aloqani yo‘qotish ko‘rsatkichlari bo‘yicha tabaqalanadi. Masalan, kanallarni fazo, vaqt yoki boshqa bir yoki bir necha taqsimlash usuli bo‘yicha kommutatsiya maydonini qurish mumkin. Eng ko‘p tarqalgani fazo, vaqt va shu ikki usulning birgalikda qo‘llanishi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |