Modul tuzilishi. S-12 tizimda terminalsiz modullar ham bor. Bunday modullar qo‘shimcha boshqaruv uskunalar yoki qo‘shimcha boshqaruv elementlari (ASE) deyiladi va terminal interfeysi orqali raqamli kommutatsion maydonga ulanadi. ASE tizimning qolgan boshqaruv uskunalari uchun yordam berish vazifasini bajaradi. Ular tarifikatsiyani tahlil qilishadi, kanallar resurslarini taqsimlaydi, statistikaga qayta ishlov beradi va boshqalar. Terminal boshqaruv elementi, TSE ikkita pechatli platada tashkil topgan. Bittasida (RVA) protsessor va xotira, boshqasida terminal interfeysining (TERA) pechatli platasi joylashgan. Hozirgi vaqtda aralash pechatli plata — protsessor — xotira-terminal interfeys (MSIA) ishlab chiqilgan. Protsessor (mikroprotsessor Intel-8086) boshqaruv elementining asosiy qismi bo‘lib, bajaradigan jarayonlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan taktli chastota, shu platada joylashgan taktli generator yordamida generatsiya qilinadi. Protsessor platasi shikastlangan
joylarni aniqlashini ta’minlaydi va ularni korreksiya qiluvchi vositalariga ega. Bundan tashqari, taymerni nazorat qilish va xotirani himoya qilishni ham bajaradi. SE boshqaruv elementining dastur ta’minoti xotirada saqlanadi. Xotira 256 Kbaytli dinamikli TXQ mikrosxemalardan tuzilgan. Xotira 1 Mbayt axborotni saqlash uchun mo‘ljallangan. Xotira bloki yagona xatolarni aniqlaydi. Xotiraga murojaat qilish uchun protsessor yuqori tezlikdagi HSB shinasi ishlatiladi. Bu shina terminal interfeysni boshqarish uchun ishlatiladi. Terminal sxemani boshqarish uchun past tezlikdagi LCD shinasi ishlatiladi. Terminal interfeys TI terminal va raqamli kommutatsiya maydoni orasidagi interfeys bo‘lib hisoblanadi. U boshqaruv elementining kommutatsiya maydoni IKM trakti kanallariga kirishni ta’minlaydi.
Terminal interfeys TERA platasida joylashgan. TI ishini bajarish uchun juft qabul qilib uzatuvchi portlarga ega. Juft port terminal bilan va ikki juft port esa raqamli kommutatsiya maydoni bilan aloqa qilish uchun xizmat qiladi. Boshqaruvning bitta qabul qiluvchi porti (port controller — poco) takt impulslarini, ovozli
signallarni va joriy vaqtdagi signallarni taqsimlash tizimi bilan ulangan. Ikkita qabul qiluvchi va ikkita uzatuvchi portlar mikrosxema QUAP turida bajarilgan. Hamma port multiðleksli shina TDM (Time Division Multiðlex) bilan bog‘langan. Boshqaruv portini bog‘lovchi trakt orqali har biri o‘zining vaqtli kanalidan tonal signallar uzatiladi. Har bir TDM shinasi orqali kiruvchi kanal istalgan chiquvchi kanal bilan ulanishi mumkin. Bu har qanday tonal signalini, istalgan chiquvchi kanalga boshqaruv protsessori boshchiligida kerakli port va kanallari yordamida kommutatsiya yo‘li bilan uzatishga imkon beradi. Bu shina orqali axborotni terminal va kommutatsiya maydoni orasida uzatish mumkin. Terminal interfeys tarkibida (packet RAM 2/4 Kbayt) hajmli paketli OXQ bor. TSE protsessori bu xotiradagi xabarlar paketini qabul qilish va uzatish uchun ishlatiladi.