8-Ma’ruza Qo’shimcha xizmat turlari,infrakommunikatsion xizmatlar Reja: Qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish turlari (QXT)
Infokommunikatsiya xizmatlarining xususiyatlari
Qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish turlari (QXT) Bazaviy xizmatlarni taqdim etish, qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish turlari bilan sodir bo‘ladi. Bu ulanish haqidagi axborotlarni olishfoydalanuvchining tonal xabar berish shuningdek ulanish konfiguratsiyasini o‘zgartirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
YAATning tarmoq fragmentida foydalanuvchilarga quyidagi qo‘shimcha xizmat ko‘rsatishlar amalga oshadi: chaqirilayotgan liniya identifikatsiyasi (CLIP); chaqirilayotgan liniya identifikatsiyasi man qilingan (CLIR); ulangan liniya identifikatsiyasini taqdim etish (COLP); javob mavjud bo‘lmaganda chaqiriq manzilini o‘zgartirish (Call Forwarding No Reply); band bo‘lganda chaqiriq manzilini o‘zgartirish (Call Forwarding Busy); shubxasiz chaqiriq manzilini o‘zgartirish (Call Forwarding Unconditional); badniyatli chaqiriq identifikatsiyasi (MOD);kutilayotgan chaqiriq/xabar identifikatsiyasi (Call/Message Waiting); chaqiriq tugashi (Call Completion); chaqiriqni to‘xtatish va tutib olish (Call Park/Pick-up); chaqiriqni ushlab qolish (Call Hold); foydalanuvchilarning berk guruxi (CUG); kengaytirishga ega bo‘lgan konferens-aloqa (CONF) va boshqalar.
Shuniyam aytish joizki, qo‘llaniladigan ulanish va terminal uskunaturiga, shuningdek Softswitch ro‘yxati imkoniyatlarigabog‘liq holda taqdim etiladigan xizmatlar algoritmlari farqlanishi mumkin. Hozirgi kunda ISDN tarmoqlari foydalanuvchilari uchun ancha spetsifikatsiya qilingani qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish turlari hisoblanadi. N.323 va SIP-protokollari asosidagi foydalanuvchi tarmoqlari uchun qo‘shimcha xizmat ko‘rsatishning bir qator spetsifikatsiyalari xalqaro tashkilotlarda ishlab chiqarilmoqda. Shuni aytish joizki, YAAT fragmenti u orqali o‘tadigan chaqiriqlar uchun, boshqa tarmoqlar uchun kerak bo‘lgan qo‘shimcha xizmat ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashi kerak.
Kirish xizmati. YAAT tarmoq fragmenti tomonidan qo‘llab quvvatlanuvchi kirish xizmatlari quyidagilar hisoblanadi: NGN fragmenti tomonidan kirish nuqtasi va avtorizatsiya protsedurasini qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘lgan kommutatsiyalanadigan ulanish bo‘yicha IP tarmog‘iga kirish xizmati (u, WWW, E-mail, FTP-ilovalarini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘llanilgani kabi IR-telefoniya tarmoqlariga kirish uchun ham qo‘llaniladi); NGN tarmoq fragmentida SSP funksiyasini qo‘llashga ega bo‘lgan axborotli aloqa tizimi (AAT) resurslariga kirish xizmati. Qo‘llaniladigan SSP minimum quyidagi xizmatlarini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashi kerak: tekin chaqiriq, teleovozga qo‘yish, qo‘shimcha haq to‘lash bilan chaqiriq, oldindan to‘langan karta bo‘yicha chaqiriq, YAAT fragmenti tomonidan kirish nuqtasi va kirish avtorizatsiyasini qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘lgan (tashqi resurslarga kirishda Service Node funksiyasi) axborot-ma’lumot resurslariga kirish xizmati.
Axborot-ma’lumot xizmatlari. Axborot-ma’lumotga, YAAT fragmenti element tomonidan axborotlarni taqdim etish xizmatlari kiradi. Xizmatlardan,axborot-ma’lumot resurslariga kirishning farqi, mazkur holatda taqdim etish YAAT fragmenti tarkibiga xizmatlar serverini ulash va Softswitch hamda ilovalar serveri orasida API-interfeyslarini qo‘llashga mo‘ljallangan.
VPN xizmatlari. YAAT fragmenti, virtual xususiy tarmoqlarning quyidagi turdagi xizmatlarini taqdim etishni qo‘llab-quvvatlashi mumkin: Softswitch tomonidan VPNning muhitli manzilini qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘lgan, kommutatsiyalanadigan ulanish asosidagi VPN virtual xususiy tarmoq. Bunday holda Softswitch ning vazifasi, VPN siyosatiga mos holda o‘rnatiladigan ulanish imkoniyatlari haqida echimni qabul qilishga ega bo‘lgan kirish/chiqish abonentlari raqamini taxlil qilish hisoblanadi. Ulanish o‘rnatilganligi haqidagi ijobiy echim qabul qilingandan keyin, YAAT fragmentida oddiy chaqiriq kabi qayta ishlanadi; Softswitch tomonidan manzilli axborotlarni qayta ishlashga ega bo‘lgan NGN fragmenti ichidagi doimiy ulanish asosidagi virtual xususiy tarmoq. Bunday holda virtual xususiy tarmoq uchun dastlab NGN fragmentida transport resursi zaxiralanadi.
VPN chaqiriqlariga xizmat ko‘rsatish, VPN transport resursi uchun ajratilgan doirada moslashuvchan kommutatorlarda amalga oshadi; virtual xususiy tarmoq, doimiy ulanish asosida Softswitch chaqiriqlarining signal ma’lumotlariniqayta ishlashsiz amalga oshiradi. Bunday holda VPN, transport resursi kabi NGN fragmentini qo‘llaydi. Chaqiriqqa tegishli bo‘lgan signal ma’lumotlarini qayta ishlash bilan, fragmentga tashqi bo‘lgan uskuna shug‘ullanadi.