1-Ma’ruza. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari


Materiallar tarkibi, strukturasi va xossalarining



Download 38 Kb.
bet2/2
Sana23.05.2022
Hajmi38 Kb.
#607358
1   2
Bog'liq
1-Ma’ruza. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari

1.2. Materiallar tarkibi, strukturasi va xossalarining
mutanosibligi
Qurilish materiallarining xossalari ularning tarkibiga va tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Materiallarning kimyoviy, mineral va fazaviy
tarkiblarini tekshirmasdan, ular asosida tayyorlangan buyum va
konstruksiyalarni muayyan muhitda ishlatishga tavsiya etilmaydi.
Materiallarning kimyoviy tarkibi elementlar va oksidlar orqali
ifodalanib, ular xossalarining mustahkamligini, korroziya muhiti
va olovga bardoshliligini, suvga munosabati kabilarni belgilaydi.
Material tarkibida kimyoviy elementlar va oksidlar erkin holda
bo‘lmasdan o‘zaro minerallarga birikkan bo‘ladi.
Materiallarning mineral tarkibi ularning qanday minerallardan
qancha miqdorda tashkil topganligini bildiradi. Giltuproq, ohaktosh,
gips toshi va sh.k. larning mineral tarkibi ulardan olingan keramik
materiallar havoyi va mineral bog‘lovchilarning mustahkamligini
va turli muhitlarga chidamliligini belgilaydi.
Materiallarning fazaviy tarkibi qattiq, suyuq va gazsimon holatda
bo‘lib, ularni muayyan shaklda ushlab turuvchi, devorlar hosil
qiluvchi (karkas) qattiq fazadan, devorlar orasida hosil bo‘lgan
g‘ovaklar ichidagi suvdan, havodan yoki suv-havo aralashmasidan
iborat bo‘lishi mumkin. Masalan, material g‘ovaklarida suvning
muzlashi pirovardida uning buzilishiga olib kelishi mumkin; yopiq
g‘ovaklardagi havo materialga issiq-sovuqdan, tovushdan
izolatsiyalovchi xususiyat beradi.
Material strukturasini uch darajada tushunish zarur – molekular-ion (nanostruktura), mikrostruktura va makrostruktura.
Molekular-ion (nanostruktura) darajasi materiallarning element,
oksid, mineral, oligomer, polimer va sh.k. kimyoviy moddalardan
hosil bo‘lishini belgilaydi. Materiallarni bu darajada o‘rganish
differensial-termik, rentgenfazaviy, elektron mikroskopik, infraqizil
spektroskopik va sh.k.lar bilan amalga oshiriladi.
7
Mikrostruktura materialning tuzilishi va undagi g‘ovaklarning
o‘ta kichikligini (1-2·10–7 sm gacha) bildiruvchi ko‘rsatkich.
Materialda mikrog‘ovaklar buyumning kirishishi natijasida hosil
bo‘ladi va ular o‘zaro tutash yoki tomonlari berk bo‘lishi mumkin.
Mikrostruktura (sement, gips, bitum, polimer), kukun to‘ldiruvchi
(qum kukuni, andezit) mineral yoki polimer qo‘shimchalar, suv
va boshqa komponentlardan iborat majmuadir. Mikrostruktura
xossalariga bog‘lovchining aktivligi, dispersligi, mikrog‘ovakligi, o‘ta
mayda to‘ldiruvchilarning yuza tabiati katta ta’sir etadi.
Makrostruktura materiallarning tuzilishi va undagi g‘ovaklar
yirik, ko‘zga ko‘rinadigan holatdagi ko‘rsatkich bo‘lib, u mikrostruktura, mayda-yirik to‘ldirgichlar va boshqa to‘ldiruvchi yoki
armaturalovchi komponentlar majmuasidan iboratdir. Makrostruktura kompozitli, yacheykali, mayda g‘ovakli, tolasimon, qatlamli,
donador shakllarda bo‘lishi mumkin.
Mayda g‘ovakli materiallarga suv yoki yonuvchi qo‘shilmalar
aralashtirilib, kuydirilgan keramika, ko‘pik plastmassa kiradi.
Yacheyka strukturali buyumlarga gazbeton, ko‘pik beton, ko‘pik
plastmassa va sh.k. lar kiradi.
Qatlamli strukturaga o‘rama, listli, taxtasimon, qatlamli to‘ldiruvchi asosidagi plastmassalar (tekstolit, shishaplast) kiradi.
Donali struktura beton, qorishma, polimerbeton va sh.k.lar
uchun mayda va yirik to‘ldiruvchilar (qum, chaqiqtosh) kiradi.
Òolali struktura yog‘och, shisha va mineral tolali materiallarga
xosdir. Ularning xossalari (mustahkamligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi)
tolalari bo‘ylab va ko‘ndalang yo‘nalishlarda turlicha bo‘ladi.
Materiallarning tuzilishi kristall, amorf va kristall-amorf holda
bo‘ladi. Kristall tuzilishdagi materiallar yuqori mustahkamlikka,
turli muhitlarga chidamlilikka ega. Odatda, ko‘pchilik materiallar
amorfdan kristall tuzilishga o‘tadi. Bir material ham kristall (kvars),
ham amorf tuzilishda bo‘lishi mumkin. Materialning tuzilish
holatiga qarab bu materiallarning kimyoviy birikishlarida ishtirok
etishi turli tezlikda va sharoitda bo‘lishi mumkin. Kristall tuzilishdagi
materiallar o‘zgarmas bosimda muayyan erish haroratiga ega bo‘ladi.
Kristall panjarani neytral atomlar, ionlar va molekulalar hosil qiladi.
Murakkab kristallar (kalsit, dala shpati) kovalent va ion bog‘lanishlarda bo‘lganliklari sababli ularning xossalari turlichadir.
8
Shishaplast ....................... 2000
Ko‘pik polimer (minora)..5–20
Qarag‘ay yog‘ochi.......400–600
Mineral paxta..............200–400
Po‘lat..................................7850
Qurilish materiallarining asosiy jins hosil qiluvchi minerallari –
silikatlar murakkab tuzilishga ega bo‘lib, tetraedrlardan tuzilgan
va hajmiy panjara tuzilishiga ega. Shu sababli silikatlar noorganik
polimerlar deyilishi ham mumkin.
Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish