1-ma’ruza: PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING UMUMIY TA’RIFI VA ASOSIY TUSHUNCHALARI
O‘qish, o‘qitish – inson faoliyatining boshqa sohalari singari ijtimoiy foydali faoliyatdir. Iqtisodiy tizimlar nima ishlab chiqarayotgani bilangina emas, balki qanday ishlab chiqarayotgani va qanaqa mehnat qurollari yordamida ishlab chiqarayotganligi bilan biri ikkinchisidan farq qiladi, degan g‘oya o‘qish-o‘qitish faoliyatiga ham taalluqlidir.
Pedagogika fanida ta’lim usullari rivojlanishiga shu nuqtayi nazardan qarab, uni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: 1. Muallim «o‘z qo‘l kuchi» bilan o‘qitish bosqichi, ya’ni o‘quvchi uchun axborot manbayi – o‘qituvchining o‘zi bo‘ladigan jarayon. 2. O‘quv kitoblari, darsliklar yaratilgan va keng qo‘llanilgan bosqich. 3. Audio-vizual vositalar qo‘llanilgan bosqich. 4. O‘qitishni boshqarishda oddiy avtomatlashtirish vositalarini qo‘llash bosqichi. 5. O‘qitishni zamonaviy AKTlari vositasida boshqarishning avtomatlashtirilgan bosqichi.
Insoniyatning rivojlanish davrlari almashganda PT butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki PT keyingi davrlarga assotsiatsiya orqali fikran bog‘lanadi, yangi sifatlar, xususiyatlarga ega bo‘lib, kuchayadi va boyiydi. Ushbu jarayon borgan sari tezlashib boradi. Kishilik tarixida 1-bosqich uzoq muddat davom etgan. Unda o‘qituvchi o‘z kuchiga, o‘z bilim va mahoratiga asoslanib ish bajargan. Keyinchalik dunyoviy va diniy mazmundagi qo‘lyozma kitoblar yaratildi, lekin o‘quvchi ularning mazmunini o‘qituvchi faoliyati vositasida o‘zlashtiradi. 2-bosqich, ya’ni qog‘oz va o‘quv kitoblari davri hali nihoyasiga yetkazilgani yo‘q, darsliklar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyasi esa hamon mukammal emas. Lekin o‘qitishning 1-,2-,3-bosqichlariga xos ta’lim vositalari maktablarga jadal kirib bormoqda. O‘quv adabiyotlarini joriy etish qarama-qarshiliklar kurashi natijasida sodir bo‘lgan. Keyingi davrlarda ham ta’lim sohasidagi jiddiy o‘zgarishlar kurashsiz amalga oshmagan, bunday o‘zgarishlar oson kechmagan. Bugungi kunda ham 1-bosqich texnologiyasi ruhida shakllangan ayrim pedagoglarda keyingi davrlarda vujudga kelgan o‘quv vositalarini o‘zlashtirib olishga, ta’lim-tarbiya jarayonini shu asosda tashkil etishga intilish sust darajada. 1-bosqich o‘quv vositalari o‘qituvchidan ko‘p mehnat talab etadi va o‘quvchining bilim, tayyorgarlik darajasi yuqori bo‘lmaydi. Bu pedagogik bosqichlarning har birida ta’lim metodlari takomillashtirila borganligi tufayli o‘qituvchi mehnatining samarasi ortib, zamonaviy texnologiyani qo‘llaydiganlar safi kengaya borgan.
PTning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: 1. Pedagogik muloqot texnologiyasi. Uning vazifalari:
– shaxsni tanish, axborot almashish; - kelgusi pedagogik muloqotni modellashtirish va tahlil etish;
– muloqotdan olinadigan tasavvurlar;
– muloqot yuzasidan fikrlash va fikr almashish;
– pedagogik muloqotni tashkil etishning texnikasi va texnologiyasi ;
– ishga ijodiy yondashish va boshqalar.
2. Pedagogik talab texnologiyasi:
– «pedagogik talab» tushunchasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari;
– xulq-atvor va ijtimoiy-madaniy qoidalarning namoyon bo‘lishi;
– o‘quvchi-talabaga bo‘lgan hurmat va talab;
– pedagogik talabning psixologik tamoyillari va mezonlari.
3. Baholash texnologiyasi:
– xatti-harakatlardan olingan taassurot, voqelikni, obyekt va subyektni qabul qilish;
– baho berish usullarini tanlash, o‘qituvchi (pedagog)ning o‘z imkoniyatini tahlil etishi va ta’sir samaradorligini oshirishi);
– pedagogik baholash texnologiyasi.
4. Axborotning ta’sir ko‘rsatish texnologiyasi:
– nutqiy-axborot berish, «ratsional axborot berish» tushunchalari,
demonstratsiyali va ko‘rgazmali vositalar-axborot olish vositalaridan biri sifatida;
– nutqiy ta’sir etish, suhbat, hamkorlik, tezis, argument, ko‘rgazmalar va obrazlar;
– nutqiy ta’sir etish texnologiyasi;
– demonstratsiyali va ko‘rgazmali vositalar, etik, iqtisodiy, estetik, gigiyenik materiallar;
– qabul qilishning fziologik va psixologik xususiyatlarini demonstratsiya qilish texnologiyasi.
5. Pedagogik vaziyatlarni yaratish va uni yechish texnologiyasi:
– pedagogik konflikt tushunchasi:
– konflikt PT elementi sifatida;
– konflikt subyektlari orasidagi qarama-qarshiliklar, bo‘sh va mazmunli konflikt;
– holat tahlili (voqeani aniqlash);
– konflikt;
– konfliktning xilma-xilligi (norozilik, qarshi chiqish);
– konfliktni yechish shakllari (yumor, hazil, mutoyiba).
Zamonaviy PTning qo‘shimcha elementlari: 1. Psixologik muhit yaratish texnologiyasi. 2. Guruh faoliyatini tashkil etish texnologiyasi. 3. Muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz holatlarni tashkil etish texnologiyasi. 4. O‘quvchining xatti-harakatiga pedagogik reaksiya qilish texnologiyasi. 5. Xulqi va odobi yomon o‘quvchi-talabalar bilan ishlash texnologiyasi. 6. Etik himoya texnologiyasi. 7. Muammoli vaziyatlar yaratish texnologiyasi. 8. Pedagogik vosita texnologiyasi. 9. Pedagogik improvizatsiya texnologiyasi.
PT atamasiga har bir didakt olim o‘z nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Hali bu tushunchaga to‘liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflar ichida eng maqsadga muvofig‘i YUNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi.
PT – ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining inson salohiyati va texnik resurslarni qo‘llash, ularning o‘zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir (umumiy ta’rif). Texnologiya deganda, subyekt tomonidan obyektga ko‘rsatilgan ta’sir natijasida subyektda sifat o‘zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, obyektga yo‘naltirilgan aniq maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi. PT amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan ma’lum pedagogik tizimning loyihasi hisoblanadi. PT – ta’lim texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi PT, zamonaviy PT, axborot texnologiyasi, yangi tajriba, ta’lim-tarbiya metodlari tushunchalarini qamrab oladi. Demak, PT didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu sohadagi maqsadga erishish yo‘li bo‘lib hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga imkoniyatlar yetarli darajada. ZPTni pedagogika fanining alohida tarmog‘i sifatida yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga yo‘naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. ZPT bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi. Avvalo, zamonaviy PT nimani anglatadi? 1. ZPT o‘quv-tarbiya jarayoni uchun loyihalanadi va belgilangan maqsadni yechishga qaratiladi. Har bir jamiyat shaxsni shakllantirish maqsadini aniq belgilab beradi va shunga mos holda ma’lum bir pedagogik tizim mavjud bo‘ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o‘z ta’sirini o‘tkazadi va ta’lim-tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. Maqsadi esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini o‘z navbatida yangilash zaruratini keltirib chiqaradi. 2. Bugungi kunda fan-texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib boryapti, yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Sifat o‘zgarishlari shundan dalolat beradiki, endilikda yangi metodikalarni talab etadigan va ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o‘zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizual, audial vositalar ham mavjud bo‘lib, ular ZPTlarni real voqelikka aylantirdi.
ZPT mohiyat-e’tibori jihatidan boshqa texnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o‘z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga egadir. Biroq ZPT inson ongi bilan bog‘liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo‘lmagan PJni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va axborotli texnologiyalardan ajralib turadi. Uning o‘ziga xos xususiyati – tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganidir. ZPT boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an’anaviy o‘quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta’sir ko‘rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirish tarixiy voqelik va jarayondir. Axborotlashtirish bu jarayondagi inqilobiy burilish va uning muhim bosqichidir. Oddiy til bilan aytganda, ta’lim tizimida axborot texnologiyasi – bu «o‘quvchi yoki talaba – kompyuter» o‘rtasidagi muloqotdir. Axborotli texnologiya PTning tarkibiy qismi bo‘lib, u ta’lim jarayonida texnik vositalarning mukammallashgan zamonaviy turi sifatida qo‘llana boshlandi. AT insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo‘lgan. Hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, «sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sar・anadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ortiq bo‘ldi, ya’ni AT barcha mavjud texnologiyalar va xususan, yangi texnologiyalar orasida yetakchi o‘rin egallamoqda. ATning rivojlanishida aqliy mehnat vositalarining o‘zgarishi bilan bog‘liq ikkita axborot inqilobi hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatdi. Birinchi inqilob kitob bosishning paydo bo‘lishi bilan ro‘y berdi va telefon, telegraf, radioning ixtiro qilinishi bilan chuqurlashdi. Ikkinchi inqilob elektron-hisoblash mashinalari (EHM)ning paydo bo‘lishi va tez tarqalishi, EHM lokal tarmoqlarining yaratilishi, axborot resurslarini boshqarish tizimlarining tashkil etilishi bilan bog‘liqdir. Shu bois yaqin kelajakda respublikamizdagi mavjud barcha o‘quv yurtlarini dasturli mashinalar bilan yetarli darajada ta’minlash muammosi paydo bo‘ldi. Shundagina axborotli texnologiya asosida talabalarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyati tug‘iladi va u o‘qituvchining yaqin ko‘makdoshiga aylanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoniga ZPTlarni qo‘llash avvalo pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirishni talab etadi. Chunki bularni amalga oshirmay turib qo‘llangan har qanday PT kutilgan samarani bermaydi. Bu ikki jarayon asosidagi PT avtoritar texnologiyaga qarama-qarshi bo‘lib, PJda hamkorlik, g‘amxo‘rlik, ta’lim oluvchilar shaxsini hurmat qilish va e’zozlash orqali shaxsning tahsil olishi, ijod bilan shug‘ullanishi va o‘zini o‘zi rivojlantirishiga qulay ijtimoiy va psixologik muhit yaratadi. Mazkur jarayonda talaba o‘z o‘quv faoliyatining subyekt sanaladi va pedagog bilan hamkorlikda yagona ta’lim jarayonining subyekt - ta’lim-tarbiya vazifalarini hal etadi. Umuman, PT o‘quv jarayoni va uning ishtirokchilari bilan bog‘liq barcha maqsadli sa’y-harakatlar yig‘indisini anglatishi lozim.
Hozirgi kunda uning mavjud ta’riflari juda ko‘p va xilma-xildir:
1. Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar va yo‘llar yig‘indisi (Izohli lug‘at).
2. Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o‘zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig‘indisi (V.M.Shepel).
3. PT – o‘qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo‘llari tarbiyaviy vositalarning maxsus yig‘indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi; u PJning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachyov).
4. PT – o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan, o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir (V.P.Bespalko).
5. PT – ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti (I.P.Volkov).
6. Ta’lim texnologiyasi – didaktik tizimning tarkibiy jarayonli qismi (M.Choshanov).
7. PT – o‘quv jarayonining o‘quvchilar va o‘qituvchi uchun so‘zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha hamma detallari o‘ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V.M.Monaxov).
8. PT – texnika resurslari, odamlar va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli metodi bo‘lib, ta’limni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuchdir (YUNESKO).
9. PT – pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan barcha shaxsiy, uskunali va metodologik vositalarning tizimli yig‘indisini va ularni amal qilish tartibini bildiradi (M.V.Klarin).
10. PT, bu – so‘zsiz rioya qilish evaziga eng yuqori natijani kafolatlaydigan ko‘rsatmalar emas, balki qonuniyatlar bo‘lib, ularning amaliy ahamiyatidan iborat (V.Y.Pityukov).
11. PT – bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, PJni muayyan bir tizimga keltirishdir (T.Sakomoto).
12. PTning mohiyati didaktik maqsad, talab etilgan o‘zlashtirish darajasiga erishishdan iborat bo‘lib, uni tatbiq etishni hisobga olgan holda ta’lim jarayonini ilgaridan loyihalashtirishda namoyon bo‘ladi (U.Nishonaliyev).
13. PT – bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchi (talaba)larga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayonidir (N.Sayidahmedov).
14. PT – bu jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, shaxsning oldindan belgilangan sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tizim sifatida qarab, uni tashkil etuvchilar, ya’ni o‘qituvchi (pedagog)ning o‘qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga ma’lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko‘rsatilgan ta’sirini va ta’lim natijasini nazorat jarayonida baholab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir (B.G‘.Ziyomuhamedov).
15. PT – bu obyektiv, moddiy jarayon. Agar biz o‘quv-tarbiya jarayonidan uning obyektiv, moddiy (substansiyalik) jihatini ajrata olsak, shunda biz texnologiyaga, eng kamida, uning tafsilotiga ega bo‘lamiz (V.K. Dyachenko).
16. PT – bu o‘qitishga o‘ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko‘chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi (B.L.Farberman).
17. PT – turli mualli・ar (manbalar)ning barcha ta’ri・ari mazmunini o‘zida mujassam etuvchi umumlashtirishdan iborat (G.K. Selevko).
“Texnologiya” tushunchasi keng ma’noda insonning barcha antropogen faoliyati natijasida mahsulot yaratilishi jarayonlarini qamrab oladi. Texnika va texnologiya, sanoat va transport, mashinasozlik va aviatsiya, kimyo va metallurgiya, tibbiyot va farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik, umuman, yaratuvchanlik va ijodkorlik mehnati va metod, usul, vosita hamda jarayonlar majmuasini ifodalash uchun shu kungacha cheklanmagan miqyosda foydalanib kelinayotgan ushbu atamaning mazmun va mohiyati keng ko‘lamga ega bo‘lib qoldi. PJlar uchun tatbiq qilinuvchi texnologiyaning an’anaviy va noan’anaviy, tarixiy, mumtoz, yangi va zamonaviy turlari farq qilinmoqda. Asosiy maqsad – shaxsning ta’lim va tarbiyasi hamda uning aqlan va jismonan rivojlanishi bilan bog‘liq kasbiy faoliyat ekanligini nazarda tutsak, qanday nomlanishidan qat’iy nazar, PT komil inson tushunchasiga mazmunan singib ketishi lozim.
Перейти к основному содержанию
Eguru
Innovatsion pedagogik texnologiyalar
Личный кабинет
Мои курсы
Bakalavriat
Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti
5140600 – Geografiya
3-kurs (sirtqi) [5140600]
Innovatsion pedagogik texnologiyalar
2-ma'ruza: Tabiiyot va geografiyani o'qitishda xorijiy tajriba
2-ma'ruza: Tabiiyot va geografiyani o'qitishda xorijiy tajriba
2-ma'ruza: Tabiiyot va geografiyani o'qitishda xorijiy tajriba
2-маъруза: ТАБИИЁТ ВА ГЕОГРАФИЯ ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШДА ХОРИЖИЙ ТАЖРИБA
1. Хорижда табииёт ва география таълими
2. Хорижий таълим муассасаларининг тажрибаси
3. Rivojlangan xorij mamlakatlarida geografiyani o‘qitishning zamonaviy usullari
Хорижда табииёт ва география таълими
Кейинги ўн йилликларда география ўқитувчиларини тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш тизими анча юқори поғонага кўтарилди. Ҳозирги кунда география таълими жаҳоннинг кўпгина мамлакатларида 3 та йўналишда олиб борилмоқда.
1. Барча ўқувчилар учун ягона ўқув режаси ва дастури асосида (Шарқий Европа ва собиқ СССР ўрнида вужудга келган) давлатлардир
2. Бир неча асосий фанлар қаторида айрим курсларни факултатив тарзида ўрганиш (АҚШ, Буюк Британия, Канада, Европанинг кўпчилик мамлакатларида)
З. Барча ўқувчилар учун ўрганиш мажбурий бўлган фанлар қаторида қўшимча факултатив машғулотлар (Филиппин, Франция, Япония ва кўпчилик мамлакатларда) ўтказиш.
Биринчи гуруҳга кирувчи мамлакатларда география таълими асосан табиий ва иқтисодий география курсларидан ташкил топган. Шаҳар ва қишлоқ жойлардаги барча мактабларда ягона ўқув режаси асосида ўтказилади.
Иккинчи гуруҳ мамлакатларида география билимлари махсус фанлар тарзида эмас, балки интеграция (бирикма) тарзида бўлиб, бошқа фанлар, курслар таркибига қўшилиб кетган. Бунда географияни чуқур ўрганишни хоҳловчилар махсус факултатив машғулотлар орқалигина ўз билимларини оширишлари мумкин. Шу туфайли ҳам бу гуруҳдаги давлатларда география таълими бўйича ягона давлат режаси йўқ, ҳар бир ўқитувчи мактаб жойлашган шароит нуқтаи назаридан келиб чиқиб, ўқув программасини тузиш мумкин. Масалан; АҚШда 1700 дан ортиқ округ мавжуд бўлиб, уларнинг барчасида ўзига хос бўлган географик таълим мавжуд ва бир - бирига ўхшамайдиган программалар бўйича иш юритилади.
Учинчи гуруҳ мамлакатларида география мажбурий ўрганиладиган фанлар қаторига кирмайди ва уни факултатив машғулотлар орқали ўрганиш асосий ўринни эгаллайди. Умуман олганда Европа ва Американинг ривожланган мамлакатларида барча ўқувчилар учун мажбурий бўлган фанлар қаторида, хилма-хил мураккабликдаги факултатив курслар тури кенг тарқалган.
Жаҳон тажрибасида 3 босқичли таълим тизими асосий ҳисобланади, яъни: бошланғич мактаб 1 - 4 синф, ўрта босқич 5 – 9 синф: юқори босқич 10 - 12 синф.
Ҳар бир босқичда география таълими ўзига хос мақсадга эга. Масалан, биринчи босқич мактабларида география таълимининг асосий мақсади атроф муҳитни ўрганиш. Иккинчи босқичда ўз мамлакатининг хўжалик ҳаётини ўрганиш, зарур касблар ҳақида маълумотлар олиш, таълимий кўникма ва малакаларини шакллантиришдан иборат. Учинчи босқичдаги мактабларда инсониятнинг глобал муаммоларини ва жаҳон хўжалигини ўрганишдан иборат. Жаҳон тажрибасида география ўқитишнинг аҳволи муҳим эмас. Шу туфайли уни ўқувчиларга ўргатиш бўйича 2 фикр (йўналиш) тарафдорлари бор. Бириичи йўналиш тарафдорларининг фикри ўқув режаларида географияни мустақил фан сифатида мунтазам ўқитишни амалга ошириш бўлса, иккинчи йўналиш тарафдорлари географияни бошқа ўқув фанлари билан интеграция (бирикма) тарзида қўшиб ўқитишни исботлаб беришга уринадилар. Ўқув фанларини бириктириш борасида АҚШ жаҳонда етакчи бўлиб, 40 - 50 йиллардаги таълим ислоҳотида кўпгина фанлар қатори география мажбурий ўрганиладиган фанлар қаторидан чиқариб ташланди ва тарих, жамиятшунослик билан бирлаштирилди. Географияни бундай ўқитиш ўқувчиларга талай қийинчиликларни туғдирди. Натижада география таълимининг сифати жуда пасайиб ўқувчилар зарур кўникма ва малакага эга бўлмай қолдилар. Масалан, Мичиган университетининг география факултетида ўқитиш учун ариза берган 400 ўқувчининг ярми географияни фақат бошланғич синфларда ўқиганлари маълум бўлди. Шу туфайли ҳам ҳозирги кунда АҚШ да географияни мустақил фан сифатида тиклаш учун кураш кетяпти. Жаҳоннинг кўпгина мамлакатларида фанларни ўрганиш ихтиёрий бўлиб, ўқувчилар хоҳиш истаклари остида амалга оширилади. Бу группага кирувчи мамлакатларда мажбурий фанлар сони 7 - 8 тадан ошмайди. Масалан, Финландия ва Шветцияда фин ва швед тили, иқтисод ва сотциология, биология, кимё, инглиз тили, дин ва спорт мажбурий фан ҳисобланади. Фин мамлакатларида 9 йиллик мажбурий таълимдан кейин синфсиз гимназиялар кенг тарқалган. Бундай гимназияларда ўқувчи ёки ўқувчилар гуруҳи ўзига йиллик ўқув режаси тузади. Бундай гимназияларда ўқув режалари курс раҳбарлари ва маъмурият томонидан тасдиқланади. Гимназияда ўқув йили 6 даврга бўлинади. Ҳар бир давр 6 ҳафтадан иборат бўлиб, курслар 32 соатдан ташкил топади. Ҳар бир курсдан биттадан фан кунига бир соатдан ўқилади. Гимназист кунига 4-7 соат ўқийди. Спорт
дарслари машғулотдан кейин ўтказилади. Ҳар давр якунида ўқувчилар билими баҳоланади. Агар ўқувчи қониқарсиз баҳо олса, у шу курсни қайтадан танлайди. Деярли кўпчилик мамлакатларда география таълими тизими давлатнинг ижтимоий - сиёсий ва иқтисодий тизими билан боғлиқ. Табиий ва иқтисодий географияни ўрганиш асос қилиб олинган собиқ СССР ва Шарқий Европа мамлакатларида табиат ва хўжаликнинг ривожланиш қонуниятлари, жамият ва табиат ўртасидаги муносабатлар, атроф - муҳит муаммолари география таълимининг асосини ташкил қилади. Ривожланган капиталистик мамлакатларда география таълимининг мазмуни сифат жиҳатидан юқори бўлиб, ўқувчилар маълум кўникмаларни шакллантиришга қаратилган. Бу давлатларда география таълими кўпроқ муаммоларни, турли назария ва қонунларни, категорияларни ўрганишга бағишланган бўлиб, ўқувчиларга ўзлаштиришда бирмунча қийинчиликлар туғдиради.
Ривожланган ғарб мамлакатлари география таълимида таълимнинг руҳий жабҳалари асосий ўринни эгаллаган. Ўқувчи руҳияти, уни билиш фаолиятини ўрганиш катта эътибор берилади. География таълими тадқиқотлари психологлар иштирокисиз деярли амалга оширилмайди. География таълимида турли матнлар, ўйинлар, имитация кенг қўлланилади. Масалан, ўқувчи бирор компания президенти сифатида фикрлайди, иш юритади, бирор муаммони ҳал қилади, ўзи хулосалар чиқаради. Умуман бунда таълимнинг асосий мақсади ўқувчиларни келгуси ҳаётга, яъни ишбилармонликка тайёрлашдан иборат. Турли мамлакатлардаги географиядан ўқув дарсликлари ва қўлланмаларини таҳлил қилиш шуни кўрсатдики, уларда битта курсни ўқиш учун бир неча қўлланма чиқарилади. Кўпчилик ҳолларда улар маълумотларга бой бўлиб, ахборот хусусиятига эга. Бундай қўлланмаларда матн 20-40 фоизни, тасвир 20 фоизни, статистика 20 фоизни, савол ва топшириқлар 20 фоизни ташкил қилади.
Китобдаги тасвирлар ниҳоятда сифатли. Қуйи синфлар қўлланмаларида эса деярли харита йўқ, улар ўрнини харита схемалар эгаллаган. Текстда рақамли сонлар деярли учрамайди, мавжудлари ҳам таққослаш характерига эга бўлиб, улар энг паст, энг юқори, энг кичик, энг баланд, энг узун каби тарзларда берилган.
Мавзу ёки бўлимдан кейин қўйиладиган саволлар ва топшириқлар мавзу мазмунини акс эттирмаслиги ҳам мумкин. Қўйиладиган саволларнинг аксарияти муаммоли топшириқлар, дискуссия саволлари, амалий ўйинлар тарзида берилган. Ўқувчилар учун чиқарилган география дарсликларида компютерлар билан ишлаш учун махсус саволлар, қизиқарли топшириқлар, математик статистика усуллари, турли ўйинлар, тестлар тарзида географик билимларни эгаллашга кенг ўрин берилган. Ўқувчилар уларни мустақил бажариш жараёнида тадқиқотчи ролини ўйнайдилар. Демак, география дарслиги капиталистик мамлакатлар география таълими методикасида энг
етакчи ўринни эгаллайди. Англия география таълими кучли томонлари қўйидагилардан иборат: Таълимнинг назарий томонларини кучайтириш, яъни унда ҳозирги замон географик тадқиқот методларини кўпроқ ўргатиш.
География талими жараёнида психологик-педагогик тадқиқот методларидан унумли фойдаланиш, ўқувчиларни гипотезалар тузишга ўргатиш. Дарсликда турли мазмундаги экспериментлар уюштириш, яъни тасаввур, тушунча ва турли хил қарашларни шакллантириш методларига кенг ўрин берилган, бирор усулни синаш, таълимни уюштириш шакллари анча заиф. Ўрганилаётган муаммони муаллиф фикри асосида ва унга қарши асосда ўрганиш.
5-8 синфларда географияга ҳафтада 2 соат вақт ажратилган. Бу синфларда асосий Европа ва Европадан ташқари мамлакатлар географияси ўрганилади. Топография на картография асослари бўйича ҳам билимлар берилади. Ўқитувчилар диққатига бир неча вариантдаги дарсликлар тавсия этилади. «Мамлакатлар ва халқлари», «Ер ва инсон», «Янги география», «Ер билими» ва ҳоказо. 9—10 синфларда география мустақил фан сифатида ўрганилмайди деса ҳам бўлади. Айрим «Ерлардагина» қизиқувчи ўқувчилар билан Европа ва Германия географияси чуқур ўрганилади. Бу курсларда мамлакатлар иқтисоди, сиёсий ва давлат тузумига оид билимлар етакчи ўринни эгаллайди. Кейинги пайтларда география, тарих, социология, иқтисод билимлари биргаликда бирлашган курслар орқали ўқитишга эътибор кучаймоқда. Геманияда (11— 13 синфлар) айрим жойлардагина география қисман мустақил фан сифатида ўқитилади. Баъзи географик билимлар бирлашган курслар туркумидаги фанларда ҳам берилади. Юқори синфларда география фанларида мужассам муаммоларни ўрганишга кўпроқ эътибор берилади. Масалан, «Инсониятнинг кўпайиши», «Очарчилик муаммолари», «Транспорт муаммоси», «Саноат марказларида инсон ҳаёти», «Саноат экономикаси» ва ҳоказо.
Франция мактабларида география таълими бирмунча яхши йўлга қўйилган. География ўқитишнинг мақсади ва вазифалари жуда аниқ белгилаб қўйилган.
Франция география программаси икки босқичли мактабларга мўлжалланган эди. Шуниси қизиққи Францияда синфлар тескари ҳисоб билан юритилади. 1 – босқич мактаб 6,5,4,3 (ўқувчилар ёши 11-15 гача). Олий маълумот олиш фақат лицейларда амалга оширилади. 2 – босқич, 2,1 ва битирувчи (15 - 17 ёш) синфлардан иборат: география талими 6 - синфдан бошланади, бунда «умумий география ва Африка материги» ўрганилади. 5 - синфда Америка, Осиё, Австралия, Антарктида, 4 - синфда Европа (Франциядан ташқари), 3 - синфда Франция географияси ўқитилади. Лицейда ўқишни давом эттириш 2,1 ва битирувчи синфларга тўғри келади.
2 - синфда география программаси коллежда олган (6 — 5 — 4 — 3) билим ва кўникмалар чуқурлаштирилади. Лицейнинг 1- синфида Франция географияси бўйича ўқувчилар 2 – босқич мактабида олган билимларни чуқурлаштирилади. Битирувчи синфларда тўртта йирик давлат – АҚШ, Россия, Хитой, Япония географияси чуқур
ўрганилади. Франция география дарсликларининг устун томони шундаки, улар муаммоли қилиб ёзилган. Барча муаммолар «инсон - табиат» мазмунидан келиб чиқади. Финландия мактабларида ҳам география талими ўзига хос хусусиятга эга бўлиб, география ўқитилиши ривожланган капиталистик мамлакатларга қараганда бирмунча юқори поғонада туради. Таълим икки босқичдан иборат: 1 – босқич 9 йиллик мажбурий умумтаълим мактабларида халқ мактаби, 2 – босқич гимназиялардан иборат. Биринчи босқич мактабда география таълими 3 - синфдан бошланади ва 9 - синфда тугайди, 3 - 4 синфларда ўз мамлакати ва қўшни шимолий давлатларнинг табиати ва хўжалигига оид маълумотлар берилади. Гимназиянинг биринчи йилида география мажбурий фан сифатида ўрганилади, бошқа синфларда эса ўқувчилар хоҳишига кўра махсус курс сифатида ўрганиши мумкин. Финландияда ўқув режаси тез - тез алмашиниб туради.
Венгрия мактабларида география таълими 7 йил давом қилади. 4 йил асосий (5 - 8 синф) ва 3 йил (9 – 10 - 11 синф гимназияда). Дарслар ҳафтада 2 соат. География таълими жараёнида 65 % вақт янги мавзуни баён қилишга, 3% экскурсияларга, 29 % амалий машғулотларга ажратилади. Кейинги пайтларда Венгрия гимназияларида географияга ажратилган соатлар камайтирилиши кузатилмоқда.
Ривожланаётган мамлакатларда халқ маорифига кейинги йилларда катта эътибор берилмоқда. Масалан, Осиёнинг кўпгина мамлакатларида 1985 йилгача халқ таълими учун ажратилган маблағ 20 баробардан ортиқ ўсди. Айниқса, Малайзия, Саудия Арабистон, Иордания, Сингапур, Жанубий Корея, Таиланд, Сурия, Ҳиндистон, Покистон, Туркия каби малакатларда халқ маорифи ривожланиши анча юқори бўлди. Осиёдаги кўпчилик мамлакатларда болалар 5 - 7 ёшдан бошлаб мактабга бора бошлайдилар. Бангладеш, Бирма, Ливан, Покистон, Шри-Ланкада мактабга 5 ёшдан борадилар. Осиёдаги кўпчилик мамлакатларда мажбурий талим 5 йилдан 10 йилгача, ўрта мактабда ўқишни давом эттириш эса 4 йилдан 8 йилгача. География учун программалари кўпчилик давлатларда бир хил бўлиб, мамлакатнинг табиий ва иқтисодий географиясини ўрганишга бағишланади. Кейинги пайтларда ривожланаётган мамлакатларда ўқув программалари география дарсликлари мамлакат халқ хўжалиги эҳтиёжларини эътиборга олган ҳолда тузилмоқда ва яратилмоқда. Чет эл давлатлари география таълимида эпг кўп қўлланиладиган усуллар қуйидагилар ҳисобланади. АҚШ, Буюк Британия, Янги Зеландия, ғарбий Европа давлатларида эвристик суҳбат методи кенг тарқалган. Бунда асосий эътибор ўқувчиларни кўпроқ мустақил билим олишга, кичик тадқиқотлар қилишга ўргатишдан иборат. Картиналар, турли хил ҳужжатлар, воситалар асосида муаммолар саволлар ўқувчилар диққатига ҳавола этилади. Тарқатма карточкалар усулида турли чизмалар жадваллар, хариталар турлича хатоликларга йўл қўйиб тузилади ва тарқатилади, ўқувчилар йўл қўйилган ўша хатоларни мустақил топишлари талаб қилинади. Турли хил мисол ва масалалар ечиш ҳам ўқувчиларнинг дарсга бўлган қизиқишларини ошириш туфайли улардан кенг қўлланилади, ўқувчиларда ишбилармонлик, уддабуронлик хислатларини шакллантириш учун хам кўпроқ мисол ва масалалардан фойдаланилади. Тайёр маҳсулотни қаерларда сотиш, транспорт харажатларини аниқлаш, меҳнат ресурсларидан унумли фойдаланиш кабилар
мисол ва масалалар ечишсиз амалга ошмайди. Матнлар, яъни жавоблар тўғри нотўғри тарзда аралаштириб борилиши шулардан тўғриларини рақамлар билан белгилаб ажратиш кенг тарқалган усуллардан ҳисобланади.
Статистик манбалар билан ишлаш, картографик қўлланмалардан фойдаланиш, математик моделлаштириш кенг тарқалган ўқитиш усуллари ҳисобланади. Айниқса дискуссия, тортишувлар капиталистик мамлакатлар география таълимида кенг тарқалган.
Хорижий таълим муассасаларининг тажрибаси
Олий ўқув юртларида кадрлар тайёрлаш, таълим тизимини ислоҳ қилишнинг жаҳонда тан олинган, тажрибада исботланган 4 та модели мавжуд. Булар АҚШ, Франция, Германия ва Япония мамлакатларининг моделларидир. Улар, гарчи, умумий қоида ва йўналишлар бўйича бир-бирига яқин бўлса-да, лекин мавжуд мамлакатларнинг ҳозирги иқтисодий, ижтимоий-сиёсий ҳолати, миллий хусусиятлари ҳамда фуқароларнинг яшаш шароитидан келиб чиқиб, фарқ қилади. Масалан, Япония таълим тизимида «Оила» омилига катта эътибор берилган. Америка ёки Францияда эса маҳаллий шароитдан келиб чиққан ҳолда пуллик мактаблар жорий этилган. Лекин айрим мамлакатларда ўзини оқлаган ва самара берган моделларни ўзга давлатлар учун тўғридан-тўғри қўллаб ёки
татбиқ этиб бўлмайди. Шунинг учун ҳам ривожланган мамлакатлар тажрибалари чуқур ўрганилиб, миллий ҳамда Ўзбекистон республикасига хос бўлган хусусиятлар, шароитлар инобатга олинган ҳолда кадрлар тайёрлаш тизимининг янги модели ишлаб чиқилди. Кадрлар тайёрлаш миллий моделининг асосий таркибий қисмлари: шахс, давлат ва жамият, узлуксиз таълим, фан ва ишлаб чиқариш тизимлари яхлит маърифий-тарбиявий, ижтимоий-маънавий иерархияси (ҳукмронлиги)нинг узвий муштараклигидан ташкил топган.
АҚШ фуқаролари Конституцияни, Америка давлатчилигининг асослари ва демократик тамойилларни муқаддас деб биладилар ва бу туйғуни ёшлар онгига сингдириш ҳақида тинимсиз қайғурадилар. Ёшларда эркин яшашга иштиёқ, мустақилликни қадрлаш туйғуси шакллантирилади. Ҳар бир америкалик болалигиданоқ кимгадир ва нимагадир орқа қилишга эмас, балки ўз кучига таянишга ўргатилади. Ҳар бир америкаликда келажакка ишонч уйғотилади. Худди ана шу «Америка орзуси» кишиларни янги мақсадлар сари рағбатлантиради, янги ғояларни амалга оширишга шавқ уйғотади. Умуман, демократия қоидалари ва эркинлик Америка мафкурасининг пойдеворини ташкил этади. Бундай тарбия натижасида фақат ўз кучига ишониш, руҳий озодлик ва мустақил фикрлаш каби хислатлар америкаликларнинг қон-қонига сингиб кетган.
Американинг юқори мактабларида шундай ўқитувчилар борки, улар коллежларнинг биринчи курсларида ўқитиладиган маълум фанлардан дарс беришлари ҳамда имтиҳон олишлари шарт. Америка мактабларида битириш имтиҳонлари йўқ. Олий ўқув юртларига кириш учун биздагидек кириш имтиҳонлари олинмайди. Бироқ ҳар бир абитуриент олий ўқув юртига кириш учун математика ва инглиз тилидан синов (тест) топширади. Бундай тестлар Америкада ҳар йили 3—4 марта ўтказилади. Синов саволлари китоб шаклида ҳар йили чоп этилади. Уларда мингга яқин машқлар, масалалар ва уларнинг ечимлари кўрсатилади. Ўқувчилар бу китобни олиб, кириш синовларига тайёрланади.
Америкада талабалар математика ва инглиз тилидан кириш синовларини 10-12 синфларда ўқиб юрган вақтларида, ўзларига қулай пайтда топшира оладилар. Булардан ташқари мураккаблаштирилган синов ҳам бор. Бу синовни олий мактабларга кираётган барча талабалар ҳам топширишлари шарт эмас. Мабодо бирор талаба шу мураккаблаштирилган синовларни топшириб университетга кирса, у талабага махсус стипендия берилади. Американинг энг катта бойлиги — бу ақл. Ақл бу мамлакатда қадрланади, ақлли талабалар алоҳида тақдирланади. Ақлли, аълочи талабалар ўқув юртларининг фахри саналгани сабабли ҳам, уларга турли йўллар билан ёрдам бериш, стипендиялар тайинлаш орқали уларни ўқув юртларида сақлашга ҳаракат қиладилар. Ўзи танлаган соҳада ютуқларга эришаётган талабалар рўйхати ҳар йили алоҳида китобда нашр этилиб турилади. Бундан мақсад мазкур соҳа билан қизиқувчи компанияларнинг эътиборини бўлажак олимларга қаратишдир.
Юқорида санаб ўтилган синовларнинг натижалари ва юқори синфларда барча фанлардан олган баҳоларининг ўртача миқдори талабани университетга қабул қилиш ёки қилмаслик учун асос ҳисобланади. Америка коллежлари икки йиллик ва тўрт йиллик бўлади. Икки йиллик коллежларни битирган талаба олий таълим поғонасидаги энг бирламчи даражага эга бўлади. Тўрт йиллик коллежларни тугатган талабалар бакалавр даражасини олиб, олий маълумотнинг биринчи поғонасига эришадилар. Тўрт йиллик коллежлар бизнинг тўрт йиллик институт ва айрим университетларга мос келади. Америка университетлари таркибига икки ва тўрт йиллик коллежлар, илмий-тадқиқот марказлари ҳамда иккинчи босқич олий маълумот берувчи ўқув юртлари киради. Иккинчи босқич олий маълумот берувчи ўқув юртлари миллий таълим тизимимизнинг магистратура босқичига тўғри келади. Бу ўқув юртига кириш учун икки фандан имтиҳон топширилиши шарт. Ўқишни муваффақиятли битирган талаба магистрлик даражасини олади. Магистрлик илмий даражасини олган талаба докторантурага кириши мумкин. Америкада докторантурага кириш учун фақат мутахассисликдан жиддий имтиҳон топширилади. Имтиҳон комиссияси таркибида талабанинг бўлажак илмий раҳбари ҳам иштирок этади. Ўқишни муваффақиятли битириб, диссертация ёқлаган талаба докторлик илмий даражасини олади. Ижтимоий фанлардан докторлик диссертацияси ёқлаган талабаларнинг ҳаммасига «фалсафа доктори» илмий унвони берилади. Шарқнинг энг илғор мамлакатларидан бири Японияда фуқарони, ёшларни тарбиялашнинг энг самарали ва таъсирчан усулидан фойдаланилади. Бундай тарбиянинг асосий маскани сифатида мактаб танланган. Чунки мактабда бола билим олишдан ташқари шахс сифатида ҳам шаклланади. Кунчиқар мамлакатда фуқаро тарбияси «ахлоқий тарбия» тизими доирасида амалга оширилади. Расмий ҳужжатларда «ахлоқий тарбия» тизими қуйидагича номланади: 1) «характерни шакллантиришга йўналтирилган таълим»; 2) «давлат учун мақбул ахлоқий сифатларни тарбиялашга қаратилган фаолият»; 3) «фуқаролик ахлоқи асосларини тарбиялаш». Аслида, бу тизим миллатни тарбиялаш тизими вазифасини ўтайди. Ундан қудратли ғоявий таъсир воситаси сифатида ҳам фойдаланилади. Кўпчилик олимларнинг фикрича, айнан «ахлоқий тарбия» тизими Япония мамлакати иқтисодий равнақининг ғоявий асосини ташкил этади. Чунки бу тизим ишлаб чиқаришда маънавий салоҳиятдан унумли фойдаланишга йўналтирилган. Япония олий таълим муассасаларига катта ўрта мактабни ёки 12 йиллик оддий мактабни тугатган ўқувчилар қабул қилинади. У ерда 460 та университет бўлиб, 95 таси давлат тасарруфида, 34 таси муниципал, 331 таси хусусий, 1-тоифадаги университетларда ҳар бир ўқитувчига 8 нафар, 2-тоифали университетларда эса 20 тадан талаба тўғри келади. Университетларга қабул қилиш икки босқичга бўлинади: 1-босқичи турар жойда ўтказилади: бунинг учун япон, эски япон тили, математика, физика, кимё, жамиятшунослик, тарих бўйича тест синовларидан ўтадилар. Бу синовлардан ўтган ўқувчилар университетларга йўлланма оладилар ва яна синовдан ўтадилар. Хусусий университетларга эса тўғридан-тўғри тест топширилади. Бир қатор хусусий университетлар ўзининг узлуксиз шохобчасига эса (боғчадан бошлаб ҳамма босқичларни қамраб олади). Университетдан талабаларни ҳайдаб юбориш мумкин эмас. Лекин ўқиш муддатини чўзиш мумкин (4 йиллик ўқиш 5-6 йилгача чўзилиб кетиши мумкин).
Коллежлар:
1-кичик коллеж;
2-техник коллеж
3-махсус коллежларга бўлинади.
Уни битирган талабалар бакалавр дипломини олади ва университетнинг 3 ёки 4 курсларига қабул қилинади. Хитой Халқ Республикаси таълим тизими ҳам тажриба ўрганишга лойиқ ўзига хос жиҳатларга эга. Хитой кадимдан шаркдаги йирик давлатлардан бири бўлган. Кадимги Хитойда педагогик фикрлар, таълимотларнинг пайдо бўлиши эрамиздан аввалги 2 минг йиллик ўрталарига тўғри келади ва улар асосан конфуцийлик, даоцизм, Ян Чжу таълимотларида ўз ифодасини топган. Олий таълим (Higher education) муассасалари – университет, коллежлар ва бошқалар ўз эгаллаган мавқеига кўра бир неча турларга бўлинади. Бу муасссасаларга таълим олиш учун хужжат топширишда битирув имтиҳонларида олинган баллар миқдори катта аҳамиятга эга. Ҳар бир тўпланган балл миқдори маълум турдаги олийгоҳга ҳужжат топшириш имконини беради. Мамлакат аҳолисининг орасида ёшлар салмоғининг юқорилиги, ўқиш истагида келган хорижий талабалар миқдорининг йилдан-йилга ортиб бораётганлиги натижасида бир ўрин учун 200-300 атрофида талабгор мавжуд бўлади. Кириш имтиҳонлари йўналишига қараб етти фан бўича ўтказилади. Бошқа таълим турларидан фарқли равишда олий таълимда пуллик тўлов ҳам жорий этилган. Иқтидорли талабалар бепул таълим олиш имкониятига эгадирлар. Шу билан бирга талаба ишлайдиган корхоналар ҳам пул ўтказиш йўли билан тўлов ишларини амалга ошириши мумкин. ХХР олий таълим тизими университетлар, коллежлар ва профессионал олий мактаблардан ташкил топган. Мазкур ўқув юртлари фан, техника ва маданиятни ривожлантириш ҳамда жаҳон таълим тизимида рақобатбардош илмий марказларга айланишни ўз олдиларига мақсад қилиб қўйганлар. Асосий эътибор сиёсий, иқтисодий ва ҳуқуқий соҳаларга қаратилган бўлиб, шулар билан бирга молия, машинасозлик, электроника, компютер технологиялари каби соҳалар ривожи учун аҳамиятли бўлган кадрлар тайёрлашга кучли эътибор берилади.
Хитой олийгоҳлари политехник ва бирон маълум техник йўналишга эгалиги билан ажралиб туради. Политехник йўналишдаги университетлар табиий ва техник соҳа вакилларини тайёрлаб берсалар, маълум йўналишдаги техник университетлар аниқ бирон техник касб вакилларини ўқитадилар. Бу ерда 2 мингдан ортиқ коллежлар, университетлар ва профессионал олий мактаблар мавжуд бўлиб, 9 млн.дан ортиқ талабалар таҳсил оладилар. Улардан 5,5 млн. бакалавриат таълим тизими талабалари ҳисобланадилар. 450 мингдан ортиқ магистрант ва докторантлар мавжуд. Бундан ташқари университетлар таркибида 100 та илмий тадқиқот лабораториялари ва 36 та давлат мухандислик марказлари ҳам мавжуд.
Хитой олийгоҳларига хорижий талабалар 1950 йиллардан бошлаб қабул қилина бошланган. Ҳозирда мамлакатнинг 31 провинциясидаги 360 та олийгоҳ хорижий талабалар қабул қилиш хуқуқига эга. Ушбу ўқув масканларида 175 давлатдан 78 мингдан ортиқ хорижий давлат талабалари таҳсил оладилар. Пекин (4 минг) ва Фудань (3 минг) университетларида энг кўп хорижлик талабалар таҳсил оладилар. Уларнинг 80%ни турли Осиё давлатлари вакиллари ташкил қиладилар.
ХХР олий таълим тизими бир неча босқичлардан ташкил топган.Маълум соҳага йўналтирилган ўқув юртлари ишлаб чиқаришнинг бирон соҳаси учун ихтисослашган мутахассислар, сўнгги икки босқич аспирантура бўлимига бириктирилган ҳолда ишлаб чиқаришдан ажралган ёки ажралмаган равишда юқори илмий даражали ходимларни тайёрлайдилар. Франция таълимида болаларнинг гўдаклик чоғиданоқ мактабда ўқитиш учун тайёр ҳолда олиб келиш ғоят муҳим масала ҳисобланади. Францияда бошланғич таълим мактабларига 6 ёшдан 11 ёшгача бўлган болалар жалб
қилинадилар. Ўқувчилар 11 ёшда бошланғич мактабни тугаллаб ўрта мактабга ўтадилар. Ўрта таълим эса коллежлар ва лицейларда амалга оширилади. Ўрта таълим икки босқичда берилади. Биринчи босқични (11 ёшдан 15 ёшгача) тугатгач, ўқувчилар касбий йўналишлари бўйича гувоҳнома оладилар. Иккинчи босқичда 15-18 ёшгача бўлган болалар таълим оладилар. Улар уч йил ўқиб бакалавр унвони ва дипломи учун имтиҳон топширадилар. Ана шунда диплом олган ўқувчиларгина олий ўқув юртларга қабул қилиниш ҳуқуқига эга бўладилар. Францияда талабалар педагогика, политехника институти, олий маъмурий мактабларга кириш учунгина имтиҳон топширадилар. Бундан ташқари шу касбга мойиллиги ҳам алоҳида синаб кўрилади. Бошқа олийгоҳларга ва университетларга эса бакалавр дипломи бўлган ёшлар имтиҳонсиз қабул қилинаверади. Олий таълим университетларда уч туркумда амалга оширилади.
Биринчи туркум: умумий бўлиб, ўқиш муддати икки йил давом этади.
Иккинчи туркум: ўқиш бир йил давом этади. Талабалар уни магистр даражаси билан якунлайди.
Учинчи туркум: ўқиш 1—2 йил давом этади. Бу циклда:
- бирон бир предметни чуқурлаштириб ўрганилганлиги ҳақида диплом 1 йил;
- ихтисослаштирилган олий маълумот тўғрисида диплом 1-йил;
- учинчи туркум докторлик диссертацияси 1—2 йил;
- давлат докторлик диссертацияси бирон-бир соҳани мукаммал ўрганиб диссертация ёзиш каби ҳужжатлар олиш мумкин.
Францияда олий маълумот ва ихтисос берувчи олий технологик институтлар мингдан ортиқ. Улар одатда саноат, маиший хизмат кўрсатиш, информатика мутахассисликларига ихтисослашган. Ўқиш муддати 2 йил бўлиб, саккиз ҳафталик ишлаб чиқариш амалиётини ҳам кўзда тутади.
Сиртқи таълим шохобчалари жуда кенг бўлиб, у 500 турдаги ўрта, олий профессионал маълумот беришни тавсия эта олади. Францияда мактаб раҳбарлиги лавозимига эришмоқ учун таълимга раҳбарлик қилишдан сабоқ берувчи махсус марказларда ўқийдилар. Бундай марказларда улар раҳбарлик қилиш, мактаб иқтисодиётини бошқариш, таълимдаги юридик масалалар, қонунчилик, ота-оналар билан ишлаш, маданий оқартув ишларини ташкил этиш, жамоада яхши психологик муҳитни барпо этиш каби жиҳатларни ўрганади. Ўқишни якунлагач, суҳбатдан, тест имтиҳонларидан ўтадилар. Директор дарс бермайди. Унинг иш фаолиятини икки йил давомида диққат билан кузатиб борилади. Шу икки йил давомида мактаб директори талантли ташкилотчи, етук раҳбар сифатида фаолият кўрсата олмаса, у бу лавозимидан олиб ташланади. Мактаб ўқувчиларига қўйилган талаб Францияда ўта юқори. Айниқса, бошланғич мактабларда ўқитувчи ўз касбини устаси, ажойиб нотиқ, санъаткор, мусиқачи, спортчи, ташкилотчи, намунали хулқ-атвор эгаси бўлмоғи лозим. Ўқитувчилар ўз назарий-услубий малакаларини оширишга аҳамият берадилар. Малака ошириш курсларидан ўтиш учун аниқ муддат белгилаб қўйилмаган. Ўқитувчилар ўз ихтиёрлари билан тест марказларида имтиҳон топширадилар.
Шу имтиҳонлар даврида ўқитувчи фаолиятида айрим нуқсонлар сезилиб, малака оширишга эҳтиёж аниқланса, ўз вақти ва маблағлари ҳисобига малака оширилади.
Австралия, АҚШ, Буюк Британия, Нидерландия, Малайзия, Янги Зелландия, Швеция каби жаҳон давлатларининг 200 дан ортиқ олий таълим муассасаларида география йўналиши бўйича олий маълумот ҳақида диплом ва гувохнома, қайта тайёрлов бўйича гувохнома, магистратура ҳамда докторантура босқичлари бўйича дипломларга эга бўлиш мумкин. Ўқиш давомида алоҳида минтақалар географияси (Ўзбекистон таълим тизимидаги ―Материклар ва океанлар табиий географияси), картографик ва геодезик фанлар туркумига кирувчи бир қатор фанлар ҳамда катта соатлар ҳажмига эга бўлган иқтисодий географик фанлар бўйича таълим берилади. Хорижий олий таълим муассасаларида географик билимлар бир қатор йўналишлар доирасида ҳам ўрганилади. EuroAsia Consulting – Канаданинг таълим соҳасидаги компанияси бўлиб, собиқ Иттифоқ, жумладан Марказий Осиё, Хитой ва Туркия мамлакатларидан Канаданинг нуфузли университет ва коллежларига талабаларни ўқишга қабул қилиш билан шуғулланади. У томонидан таклиф қилинаётган университетлар дастурлари ўрганиб чиқилганда бир қатор ўзига хосликларга эгалигини кўриш мумкин. Конкордия, Роял Роудс, Симон Фрайзер, Томсон Риверс, Канада Вест Университетларининг гуманитар ва табиий фанлар, табиатни муҳофаза қилиш соҳасида табиий фанлар, атроф муҳит, табиий ресурсларни бошқариш факултетларида география фанлари ўқитилади.
Факултетларда талабаларнинг турли эҳтиёжларига жавоб берадиган 100 тадан кўпроқ инновацион дастурлари тақдим этилган. Шу билан бирга Симон Фрайзер Университетида ўқишнинг ўзига хос томони бу турли факултетларнинг дастурларидан ўз дастурни мустақил тузиш имкониятидир. Томсон Риверс университети олий таълимдан кейинги янги дастурларни таклиф этади. Ушбу дастурлар олий иқтисодий маълумотга эга бўлган ва янада тор ихтисосликни эгаллашни истаганлар учун мос келади. Канада Вест Университетида таҳсил олиш интерфаол тарзда унча катта бўлмаган синфларда бўлиб ўтади. Материалларни ўзлаштириш шахсий ёндошувга асосланган – ўқитувчилар алоҳида талабалар ёки гуруҳларнинг эҳтиёжларига тез жавоб берадилар. Шу билан бирга янги талабаларни қабул қилишнинг мосланувчан жадвали февраль, май, июль, сентябрь ва ноябрь) ҳам ўзига хос жиҳат саналади. Бакалаврлар учун мўлжалланган дастурлар орасида ер - атроф муҳит - география - геология йўналиши мавжуд. Аъло баҳолар ва IELTS юқори ўтиш баллари (6,5 ва ундан юқори) билан кирувчи биринчи курс талабалари учун 6000 доллар миқдорида стипендия назарда тутилган.
Перейти к основному содержанию
Eguru
Innovatsion pedagogik texnologiyalar
Личный кабинет
Мои курсы
Bakalavriat
Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti
5140600 – Geografiya
3-kurs (sirtqi) [5140600]
Innovatsion pedagogik texnologiyalar
3-ma'ruza: Ta'limda kompetensiyaviy yondoshuvni amaliyotga joriy etish - innovatsion texnologiya sifatida
3-ma'ruza: Ta'limda kompetensiyaviy yondoshuvni amaliyotga joriy etish - innovatsion texnologiya sifatida
3-ma'ruza: Ta'limda kompetensiyaviy yondoshuvni amaliyotga joriy etish - innovatsion texnologiya sifatida
3-маъруза: ТАЪЛИМДА КОМПЕТЕНЦИЯВИЙ ЁНДАШУВНИ АМАЛИЁТГА ЖОРИЙ ЭТИШ – ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯ СИФАТИДА
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Халқ таълими вазирлиги ва Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими марказининг 2013 йил 4 июндаги “Умумтаълим фанлари бўйича узлуксиз таълимнинг Давлат таълим стандартлари ва ўқув дастурларини ишлаб чиқиш тўғрисида”ги қўшма қарорига асосан умумий ўрта, ўрта махсус, касб-ҳунар таълим муассасаларида ўқитиладиган география фани бўйича амалиётчи ўқитувчилар, методистлар ва етакчи олимлар томонидан ўқувчиларда компетенцияларни шакллантиришга йўналтирилган Давлат таълим стандарти ва ўқув дастурларининг лойиҳаси ишлаб чиқилди.
Дунёнинг ривожланган давлатлари ҳамда мамлакатимизда яратилган чет тиллардан узлуксиз таълим тизими стандартлари ва ўқув дастурларини ишлаб чиқиш тажрибасидан келиб чиқиб, табииёт ва география ўқув предмети бўйича бошланғич таълимдан бошлаб, академик лицей ва касб-ҳунар коллежини битиргунга қадар ўрганиладиган билимлар (тушунчалар, қоидалар, қонунлар, таърифлар) ўқувчиларнинг ёш ва психофизиологик хусусиятларидан келиб чиққан ҳолда даражаланган тизим ишлаб чиқилди. Бунда, А1 даража 1-4-синфлар, А2 даража 5-9-синфлар, В1даража ўрта махсус касб-ҳунар таълимининг 1-курслари учун белгиланди.
Бундан ташқари, таълимда ҳар бир ўқув фанини ўзлаштириш жараёнида ўқувчиларда, шу фаннинг ўзига хослиги, мазмунидан келиб чиққан ҳолда, табииёт ва география фанига тегишли хусусий компетенциялар ҳам шакллантирилади.
Компетенция - фан бўйича эгаллаган назарий билим, амалий кўникма ва малакаларини кундалик ҳаётида дуч келадиган амалий ва назарий масалаларни ечишда фойдаланиб, амалиётда қўлай олишидир.
Компетентлилик (лот: competens – лаёқатли, қобилияти бор) шахс билим, кўникма ва тажрибаларининг унинг ижтимоий-профессионал мавқеи ва ўзига тегишли вазифаларни бажариш, муаммолар ҳал қилишга етарлилиги ҳамда ҳақиқий мослик даражаси. Компитентлилик таркибига соф касбий билим, кўникма ва малакалардан ташқари, ташаббускорлик, ҳамкорлик, гуруҳда ишлаш лаёқати, коммуникатив қобилияти, реал баҳолай олиш, мантиқий фикрлаш, ахборотни саралаш ва фойдалана олиш хусусиятлари ҳам киради. Демак, ҳар бир ўқитувчи география фанидан таълим бериш жараёнида ўқувчиларда компетентлилик ёндошувини шакллантиришимиз лозим бўлади.
Компетентлик ёндошув деганда нимани тушунамиз?
Таълимда компетенциявий ёндошув дейилганда, ўқувчиларнинг шахсий, касбий ва ижтимоий ҳаётларида учрайдиган вазиятларда эгаллаган турли типдаги малакаларини самарали равишда қўллашга ўргатиш тушунилади.
Таълим муассасасида умумтаълим фанлари бўйича ўқувчиларнинг билим, кўникма ва малакаларга эга бўлишлари билан биргаликда, ўз фикрини бошқаларга тушунтира олиш, бошқаларни тинглаб уларни тушуна олиш, баҳсга киришиш, кундалик ҳаётда муваффақиятларга эришиш учун ўқувчи ушбу ахборотларни излаб топиши, таҳлил қилиш, билим, кўникма ва малакалардан кундалик ҳаётларида учрайдиган муаммоларни ҳал этишда фойдалана олишларини шакллантириш зарур.
Ижодий гуруҳ томонидан ўқувчиларда компетенцияларни шакллантиришга йўналтирилган ДТС ва ўқув дастурлари лойиҳаси 2013-2014 ўқув йилида Республика миқёсида танлаб олинган ҳудудларда тажриба тадқиқот ишлари олиб борилди.
Ўқув йили давомида тажриба-тадқиқот майдонларидан, экспериментатор ўқитувчиларнинг ҳисоботлари олиниб, берилган таклифларга асосан фанларга оид хусусий компетенцияларга тузатишлар киритилиб борилди.
Шу даврда инсон жамиятда ўз ўрнини эгаллаши, мавжуд муаммоларнинг ечимини ҳал этиши учун қуйидаги таянч компетенцияларни ҳам шакллантириш кўзда тутилди. Жумладан,
Таянч компетенциялар:
1. Коммуникатив компетенция
ü жамиятда ўзаро мулоқотга киришиш учун она тили ва бирорта хорижий тилни мукаммал ўзлаштириш ҳамда мулоқотда самарали фойдалана олиш;
ü ўз фикрини оғзаки ва ёзма тарзда аниқ ва тушунарли баён қила олиш, мавзудан келиб чиқиб саволларни мантиқан тўғри қўя олиш ва жавоб бериш;
ü ижтимоий мослашувчанлик, ўзаро мулоқотда муомала маданиятига амал қилиш, жамоавий ҳамкорликда ишлай олиш;
ü мулоқотда суҳбатдош фикрини ҳурмат қилган ҳолда ўз позициясини ҳимоя қила билиш, уни ишонтира билиш;
ü турли зиддиятли вазиятларда ўз эҳтиросларини бошқариш, муаммо ва келишмовчиликларни ҳал этишда зарур (конструктив) бўлган қарорларни қабул қила олиш.
2. Ахборот билан ишлаш компетенцияси
ü мавжуд ахборот манбаларидан (интернет, телевизор, радио (аудио-видео ёзув), телефон, компьютер, электрон почта ва бошқ.) фойдалана олиш;
ü медиа воситалардан зарур бўлган ахборотларни излаб топа олиш, саралаш, қайта ишлаш, узатиш, сақлаш, хавфсизлигини таъминлаш ва фойдаланишда медиа-маданиятга риоя қилиш;
ü маълумотлар базасини ярата олиш, асосийларини танлай олиш ва уларни таҳлил қила билиш;
ü кундалик фаолиятда учрайдиган ҳужжатлар билан ишлай олиш (оддий табрикномалар ёза олиш, анкеталарни тўлдириш, меҳмонхона рўйхатида ўзи тўғрисидаги маълумотларни қайд эта олиши ва бошқ ).
3.Шахс сифатида ўз-ўзини ривожлантириш компетенцияси
ü шахс сифатида доимий равишда ўз-ўзини ривожлантириш, жисмоний, маънавий, руҳий ва интеллектуал камолотга интилиш;
ü ҳаёт давомида ўқиб-ўрганиш, билим, тажрибани мустақил равишда мунтазам ошириб бориш;
ü ўз ҳатти-ҳаракатини адекват баҳолаш, ўзини назорат қила билиш, ҳалоллик, тўғрилик каби сифатларга эга бўлиш;
ü ўқиб-ўрганганлари ва ҳаёт тажрибасидан фойдаланган ҳолда кундалик турмушда учрайдиган муаммоларни ҳал эта олиш.
4. Ижтимоий фаол фуқаролик компетенцияси
ü Жамиятда бўлаётган воқеа, ҳодиса ва жараёнларга дахлдорликни ҳис этиш ва фаол иштирок этиш;
ü ўзининг фуқаролик бурч ва ҳуқуқларини билиши, унга риоя қилиш (яъни харидор, сайловчи, мижоз, ишлаб чиқарувчи сифатида фаолият юрита олиш);
ü меҳнат ва фуқаролик муносабатларида муомала, иқтисодий, ҳуқуқий маданиятга эга бўлиш;
ü касбий мавқеининг ўсишига интилиш билан жамият ва оиласи манфаатлари учун хизмат қилиш, ёрдамга муҳтожларга саховатли бўлиш.
5. Миллий ва умуммаданий компетенциялар
ü Ватанга садоқатли, инсонларга меҳр-оқибатли ҳамда умуминсоний ва миллий қадриятларга эътиқодли бўлиш;
ü бадиий ва санъат асарларини тушуниш, таъсирлана олиш;
ü ораста кийиниш, юриш-туришда маданий меъёрларга ва соғлом турмуш тарзига амал қилиш;
ü умумбашарий аҳамиятга эга бўлган қадриятларни (урф одатлар, маросимлар, миллий-маданий анъаналар ва.ҳ.к.) билиш, унга ҳурмат билан муносабатда бўлиш;
ü ўзгаларга нисбатан меҳр-мурувват, сахийлик, ўзгаларнинг дунёқараши, диний эътиқоди, миллий ва этник ҳусусиятлари, анъана ва маросимларини ҳурмат қилиш;
ü халқининг тарихий, маънавий ва маданий меросини авайлаб асраш, жамиятда ўрнатилган одоб-ахлоқ қоидаларига риоя қилиш.
6. Математик саводхонлик, фан ва техника янгиликларидан хабардор бўлиш ҳамда фойдаланиш компетенцияси
ü аниқ ҳисоб-китобларга асосланган ҳолда шахсий, оилавий, касбий ва иктисодий режаларини туза олиш;
ü шахсий, ижтимоий ва иқтисодий муносабатларда хисоб-китоб билан иш юритиш;
ü кундалик фаолиятда турли формула, модел, чизма, график ва диаграммаларни ўқий олиш ва фойдаланиш;
ü инсон меҳнатини енгиллаштирадиган, меҳнат унумдорлигини оширадиган ва қулай шарт-шароитга олиб келадиган фан ва техника янгиликларидан хабардор бўлиш ҳамда фойдалана олиш.
Дарсларда ахборотларни мустақил равишда излаш, улардан фойдаланиш бўйича компетенцияларни шакллантиришда дарсликдан, турли газета, журнал, қўшимча адабиётлар, луғатлар, интернет ресурсларидан фойдаланишни, ўқиб-ўрганганлари ва ҳаёт тажрибасидан фойдаланган ҳолда кундалик турмушда учрайдиган муаммоларни ҳал эта олишни, ўзининг фуқаролик ҳуқуқларини билишни, Ватанга садоқатли, инсонларга меҳр-оқибатли ҳамда умуминсоний ва миллий қадриятларга эътиқодли бўлишни, аниқ ҳисоб-китобларга асосланган ҳолда шахсий, оилавий, касбий ва иктисодий режаларини туза олишни ўргатиш керак.
2017-2018 ўқув йилининг биринчи ярим йиллигида фан хусусиятидан келиб чиқиб, география фанига оид компетенциялар 4 тага ажратилди. Тажриба-тадқиқот жараёнида экспериментатор ўқитувчиларнинг фикр-мулоҳазалари, ўқувчиларнинг психофизиологик хусусиятлари эътиборга олиниб, фанга оид компетенциялар мазмунан таҳлил қилиниб чиқилди ва ўқув предметига тегишли хусусий компетенциялар шакллантирилди.
Жумладан,
1.Табиий, ижтимоий-иқтисодий жараён ва ҳодисаларни кузатиш, англаш, тушуниш ва тушунтира олиш;
2. Географик объектлар, жой номларини тўғри қўллай олиш;
3. Глобус, географик атлас ва хариталардан амалиётда фойдалана олиш;
4. Табиатни муҳофаза қилиш ва экологик маданият.
Қуйида хусусий компетенцияларга биттадан мавзулар бўйича мисол келтирилди.
Ø Табиий жараён ва ҳодисаларни кузатиш, тушиниш ва тушунтириш:
Ернинг ўз ўқи ва Қуёш атрофида айланиши ва уларнниг оқибатларини, йил фасллари, кун ва туннинг алмашиниш сабабларини, Ер қимирлаш, вулқонлар, тоғларнинг ҳосил бўлиши, ташқи жараёнлар таъсирида рельефнинг ўзгариши, тоғ жинсларининг пайдо бўлиши, об-ҳавонинг ўзгариши, шамоллар, ёғинлар, атмосферада рўй берадиган табиий жараён ва ҳодисаларнинг ҳолати ва ўзгаришини (ҳаво ҳароратини, ёғинларни, шамол йўналиши), атмосфера ҳавосининг ифлосланиши, организмларнинг Ер қобиқларига таъсирини, тупроқнинг ҳосил бўлиши ва ўзгариши, ландшафтларнинг ҳосил бўлиш ва ўзгариши, дарёлар ва кўлларнинг ифлосланиши, жамият ва табиат ўртасидаги ўзаро алоқалар, инсон фаолияти таъсирида ландшафтларнниг ўзгаришини, кузатиш, тушуниш ва тушунтира олиш.
Масалан: 7-синфда “Ўзбекистон ички сувлари ва сув бойликлари” мавзулари берилган. Мазкур мавзуни ўрганиш давомида ўқувчилар ўзлари яшайдиган ҳудудидан оқиб ўтувчи дарё, канал, анҳорнинг сув миқдоридаги ўзгаришларни кузатадилар, яъни қайси даврда уларда сувнинг тўлиб ёки камайиб оқиши, дарёнинг оқим йўналиши ва характерига рельефнинг таъсирини ўрганадилар, ўлчов лентаси ёрдамида канал ва анҳорнинг кенглигини ва лот (учига юк боғланган ингичка арқон) ёрдамида уларнинг чуқурлигини, секундомер ва сузгич пўкаклар ёрдамида оқим тезлигини ўлчаш ишларини мустақил бажарадилар. Шу билан бирга сув ҳавзаларини ифлослантирмаслик учун алоҳида тушунчаларга эга бўладилар. Бунда ўқувчиларда табиий жараён ва ҳодисаларни кузатиш, тушуниш ва тушунтириш, экологик маданият, географик билимларни амалиётда қўллай олиш каби фанга оид хусусий компетенциялар билан бирга, математик саводхонлик ва коммуникативлик (географик ўлчов бирликларини ўқиш ва ёзиш, гапириб бериш) компетенциялари шакллантирилади.
Шу билан бирга ўқувчилар физика, математика фанларидан олган билимларига таяниб сув (дарё, канал) нинг оқим тезлигини улар тезлик формуласидан фойдаланиб аниқлаб топадилар. Натижада Физика фанига оид «Физик катталикларни ўлчаш ва аниқлаш”, секундомердан фойдаланишда эса “Физик билимлар ва асбоблардан амалиётда фойдалана олиш” компетенциялари шаклланади.
Ø Иқтисодий ва ижтимоий жараёнларни кузатиш, тушиниш ва тушунтириш
Хўжалик тармоқлари, ишлаб чиқариш кучларини жойлаштиришнинг хусусиятларини, табиий бойликларнинг миллий иқтисодиётдаги аҳамиятини, давлат, шаҳар, ўзи яшайдиган (туман (шаҳар), қишлоқ) жой, аҳоли ва инсон омили, аҳолининг табиий кўпайиши, давлатлар ва ҳудудлар мисолида миграцион жараёнларни (аҳолининг ташқи ва ички миграцияси), Ер юзидаги халқлар, уларнинг маданияти ва турмуш тарзидаги хусусиятларини, туризм ва рекреация марказлари, давлатлар ўртасидаги халқаро иқтисодий алоқаларни кузатиш, тушиниш ва тушунтира олиш.
8- синфда “Аҳоли ва инсон омили” мавзусида ўқувчилар ўзлари яшайдиган ҳудудда аҳолининг бир жойдан иккинчи жойга кўчишини яни аҳолининг мамлакатдан ташқарига, мамлкат ичкарисида (районлар ўртасида ёки қишлоқ жойлардан шаҳарларга) кўчиб кетишини кузатиб, Орол денгизи ҳудуди аҳолисининг экологик ҳолат таъсирида бир жойдан иккинчи жойга кетиши, аҳолининг қишлоқ жойлардан шаҳарларга келиб ишлаб чиқариш соҳаларида фаолият кўрсатишлари натижасида иқтисодий ва ижтимоий жараёнларни тушуниб етиб, тушунтириб берадилар ва аҳолинниг миграция ҳисобига механик кўпайишини аниқлайдилар. Мавзу юзасидан ўқувчиларда иқтисодий ва ижтимоий жараёнларни кузатиш, тушуниш ва тушунтириш, экологик маданият, ахборот ва математик саводхонлик, географик билимларни амалиётда қўллай олиш компетенциялари шакллантирилади.
Шу билан мавзуни ўрганиш жараёнида ўқувчиларнинг иқтисодий билим асослари, МИҒ ва маънавият асосларидан олган билимлари асосида аҳолининг меҳнатда бандлиги, турмуш тарзи, маънавий етуклиги ҳам муҳим аҳамият касб этши ўргатилиб фанлараро компетенциялар шакллантирилади.
Ø Табиатни муҳофаза қилиш ва экологик маданият:
Инсон ҳаёти, турмуш тарзи, хўжалик фаолиятига табиий шароитнинг таъсирини; атроф - муҳитнинг ифлосланишида табиий ва антропоген омилларнинг таъсирини, озон қатламининг юпқалашувини, маданий ва суний ландшафтларнинг ҳосил бўлишини, табиий ва сунъий омиллар таъсирида вужудга келадиган – зилзила, вулқон, сел, сурилма, нураш, эрозия каби жараёнларни, маҳаллий, минтақавий, умумсайёравий экологик муаммоларни вужудга келишини, хавфли табиат ҳодисаларининг (қурғоқчиллик, қора совуқлар, сел келиши, сув тошқинлари) инсон ҳаётига хаф солаётганлигини англаб етиш ва хаф чораларини кўра олиш. Инсонларда экологик онгни шакллантириш, бутун борлиқни асраб-авайлаш ҳиссини ва она табиатга меҳир ўйғотиш.
7- синф “Ўзбекистоннинг сув бойликларидан фойдаланиш ва уларни муҳофаза қилиш мавзусида инсон ҳаёти, турмуш тарзи, хўжалик фаолиятида айниқса дарёлар сувининг аҳамияти катта эканлиги сўнги йилларда аҳолинниг сув бойликларидан кўр-кўрона фойдаланиш, турли чиқиндиларнинг ташланиши натижасида сувларнинг ифлосланиши ва ундаги тирик организмларнинг нобуд бўлаётгани ва турли мақсадларда келиб чиқаётган экологик муаммолар ушбу муаммоларни ҳал қилишда ўқувчиларни ботаника, зоология фанларидан олган билимларига таяниб ўз ҳиссаларини қўшиши билан экологик муаммоларни олдини олиш орқали уларда экологик маданият, географик билимларни амалиётда қўллай олиш компетенциялари шакллантирилади.
Шу билан мавзуни ўрганиш жараёнида ўқувчиларнинг ботаника, зоология фанларидан олган билимлари асосида аҳолининг сув ҳавзаларини тоза тутуши, ундаги тирик организмларни муҳофаза қилиш, атроф –муҳит тозалигига эътибор қаратишлари ҳар биримизнниг бурчимиз эканлиги ўргатилиб фанлараро компетенциялар шакллантирилади.
Ø Глобус, географик атлас ва хариталардан амалиётда фойдалана олиш:
Географик атлас ва хариталар ёрдамида шаҳарлар орасидаги масофани, уларнниг географик ўрнини, координаталарини, табиий хариталардан тоғларнинг баландлигини, денгиз ва океанларнинг чуқурлигини аниқлаш. Тупроқ ва ўсимлик хариталаридан Ер юзида қандай тупроқ ва ўсимлик турлари тарқалганлигини, тупроқнинг шўрланганлик даражасини ва сабабларини, иқтисодий хариталардан саноат тармоқларинниг жойлашувини, аҳолинниг иқтисодиёт тармоқларида бандлигини аниқлаш ва таҳлил қилиш. Шунингдек, хариталардан илмий тадқиқот ишларида фойдаланиш.
7- синф “Географик хариталардан фойдаланиш” мавзусида ўқувчилар олган билим кўникмаларига таяйниб, географик атлас ва хариталар ёрдамида давлатлар, шаҳарлар туманлар орасидаги ер юзидаги ҳақиқий масофани (масштаб асосида), уларнниг географик ўрнини, координаталарини, табиий хариталардан тоғларнинг баландлигини, денгиз ва океанларнинг чуқурлигини аниқлаб топадилар. Тупроқ ва ўсимлик хариталаридан ўзлари яшайдиган ҳудудларда қандай тупроқ ва ўсимлик турлари тарқалганлигини, тупроқ унумдорлиги, шўрланганлик даражасини ва сабабларини таҳлил қилиш орқали ўқувчиларда табиий жараён ва ҳодисаларни кузатиш, тушиниш ва тушунтириш, атлас ва хариталардан фойдалана олиш, географик билимларни амалиётда қўллай олиш компетенциялари шакллантирилади. Шунингдек ўқувчиларда математика, ботаника, зоология фанларидан олган билимларига таяниб берилган объектларни масштаб асосида аниқлаб топишда математик билимларни амалиётда қўллаш компетенцияси ва адилар ва ўзилари яшайдиган ҳудуддаги тупроқ, ўсимлик ва ҳайвонат оламининг тарқалиши уларнинг табиий шароитга мослашуви ҳақида тўлиқ тасаввурга эга бўлишда биологиядан олган билимларини амалиётда қўллаш компетенциялари шакллантирилади.
Шу билан бирга ўқувчилар математика фанидан олган билимларига таяниб географик майдончада термометр ёрдамида ҳароратни, барометр ёрдамида ҳаво босимини ўлчаб аниқлаб ўртача ҳарорат ва босимни ҳисоблаб топадилар.
Перейти к основному содержанию
Eguru
Innovatsion pedagogik texnologiyalar
Личный кабинет
Мои курсы
Bakalavriat
Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti
5140600 – Geografiya
3-kurs (sirtqi) [5140600]
Innovatsion pedagogik texnologiyalar
5-ma’ruza: TABIIY GEOGRAFIYA BOSHLANG’ICH KURSINI O’QITISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH
5-ma’ruza: TABIIY GEOGRAFIYA BOSHLANG’ICH KURSINI O’QITISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH
5-ma’ruza: TABIIY GEOGRAFIYA BOSHLANG’ICH KURSINI O’QITISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH
5-ma’ruza: TABIIY GEOGRAFIYA BOSHLANG’ICH KURSINI O’QITISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH
DARSLARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR:
Dars turli shakllarda o‘tilsada, uning mazmuni uchun umumiy holatda quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. O‘qituvchi darsning mavzusi asosida maqsadni aniq belgilashi shart.
2. Har bir dars ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadga ega bo‘lishi lozim.
3. Dars jarayonida o‘quvchilarni yakka holda yoki guruhlarda ishlatish talab etiladi.
4. O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda mavzudan kelib chiqib metod tanlanadi.
5. O‘qituvchi o‘tiladigan mavzuni dars davomida o‘quvchilar tomonidan to‘liq o‘zlashtirib olinishini ta'minlaydi.
6. Darsda sanitariya-gigiena talablariga rioya etiladi.
Dars qismlarining maqsad va vazifalari:
• dars bosqichlari maqsadi va vazifalarining to‘g‘ri tanlanganligi;
• dars bosqichlariga qo‘yilagan maqsad va vazifalariga o‘qitish metodlarining mosligi;
• ta'lim berish jarayonida tarbiyaviy vazifalarning amalga oshirilishi;
• mazmunni ifodalashda undagi odob-ahloq tomonlarini yoritishga o‘quvchilarni jalb qilinishi;
• dars jarayonida qo‘llaniladigan metod va vosita usullarining xilma-xilligi;
• mavzudagi voqelik va hodisalarni tashxis etishda muammoli vaziyatning to‘g‘ri qo‘yilishi;
• o‘quvchilarni mustaqil bilim olishga o‘rgata olishi;
• muammoli o‘qitish metodikasining egallanganlik darajasi;
• o‘qitish jarayonida dunyoviy bilimlar asoslarini tatbiq qila olishi;
O‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlashida bilimning shakllanganligi:
• dars boshlanishida o‘quvchilarning kayfiyatini ko‘tarish va fanga qiziqtirish bo‘yicha qo‘llangan usullar. Dars maqsadi va vazifalarining, shakllarining bayon qilinishi;
• o‘qituvchining mavzu bayonida asosiy tushunchalar bilan ishlashi;
• muammoli tushuntirish jarayonining ilmiy asoslanganliligi;
• bilim berishda ilmiy g‘oyani yetkaza olishlilik darajasi;
• muammoli masalalarni hal qilishda samaradorlik (xulosalashning shakllanishi, ulardan asosiysini tanlash);
• dars jarayonida o‘quvchilarda axborot yig‘a olish tizimiga o‘tish ko‘nikmasini hosil qilish ( tayanch konspekt, tezislar, har xil jadvallar);
• dars jarayonining mohiyatiga kirib borish. Tahlil qilish jarayonining natijalari, fikrlashni o‘stirish (yangi mavzu, koorektsiya, tuzatish, yakuniy xulosalash);
• dars maqsadi asosida har xil muloqot shakllarining qo‘llanilishi (monolog, dialog, polilog);
• yangi mavzuni tushuntirish jarayonida gumon va farazlarni ajratib ko‘rsata olishi;
• xulosa chiqarishga o‘rgatilganligi (taqqoslash, muhokama qilish, umumiy xulosalash);
• xulosalash malakasi (axborotlarni tartibga solish, mantiqiy fikrlashning tahlili);
• ta'lim texnologiyasini xulosalash;
• darsda olgan bilimlarni maxsus kurs va fan to‘garaklarida olgan bilimlari bilan bog‘lay olishi;
• qo‘shimcha axborotlardan foydalanishi (darslik, ensiklopediya materiallari, lug‘atlar, ilmiy ommabop va qiziqarli adabiyotlar);
• xulosa chiqarish shakllarining qo‘llanilishi (o‘z-o‘zidan, ma'lumot asosida, faraz qilish, aniq bir yechimga kelish);
• dars jarayonida tarixiy-biografik materiallardan foydalanish;
O‘qituvchining tayyorgarlik darajasi:
1. O‘quvchilarni, shaxsini, ularning rivojlanishi va qobiliyatini hisobga olgan holda guruhlarga ajratish.
2. Ko‘p qirrali ta'lim jarayoniga didaktik materiallarni tayyorlash. Tayyorlangan ko‘rgazmalarning o‘quvchilarning mustaqil ijodiy ishlariga yordam berishi va dars mavzusini o‘zlashtirishdagi o‘rni.
3. O‘quvchilar guruhining mustaqil ijodiy faoliyatga tayyorgarlik darajasi.
4. O‘qituvchining o‘quv guruhlari bilan aloqasi va mas’uliyati.
5. Guruhdagi har bir o‘quvchining samaradorlikka qo‘shgan hissasi.
6. O‘quvchilarning o‘qituvchi bilan axloqiy va estetik munosabati.
7. O‘qituvchining o‘quvchi guruhi yutuqlariga munosabati.
8. Guruhlar bilan ishlashda o‘quvchi bilan muloqatda bo‘lish.
9. O‘quvchilarning dars jarayonidagi faoliyatini nazorat qilishi va baholashi (mavzunini hammasini so‘rash, qisman so‘rash, ma'lumotlar tarzida so‘rash, algoritmdan foydalanish, muammoni hal qilish, ijodiy topshiriqlarni bajarish).
10.Darsni yakunlash va guruh o‘quvchilari hamda yakka tartibda qatnashishni tahlil qilish.
O‘qituvchi faoliyatini aniqlash mezonlari:
• o‘qituvchining ta'limga tegishli yangiliklarni o‘qitish jarayoniga - tatbiq qilishi, uning «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» haqidagi bilimlari;
• o‘z fani bo‘yicha Davlat ta'lim standarti va o‘quv dasturini bilishi;
• o‘qitayotgan faniga oid bo‘lgan tarmoq bilimlar sohasining tarixi va rivojlanish istiqbollarini qay darajada bilishi;
• o‘qitayotgan fanining o‘quv jarayonidagi o‘rni va roli haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
• o‘z fanining ilmiy, amaliy va zamonaviy yutuqlarini bilishi;
• fani bo‘yicha tegishli mashg‘ulotlar olib borishda dalillash va inkor qilish usullarini qo‘llashi;
• ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘quv jarayonini hosil qilishni ta'minlovchi pedagogik usullarni qo‘llashi;
• o‘quvchilarning mustaqil bilim olishlarini tashkiliy va uslubiy ta'minlash.
“DARS – MUQADDAS” TADBIRINI AMALGA OShIRISh
O‘qituvchining darsga puxta tayyorgarligi ta'lim muvaffaqiyati va samarasi garovidir.
Dars bu, sinfda taqvim-mavzu reja asosida belgilangan vaqt davomida o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar uchun o‘quv-tarbiya jarayonining maqsadli tashkil etilishidir.
Shunday ekan, har bir o‘qituvchi darsga sifatli va puxta tayyorlanmasdan kirishni insoniylikka, pok vijdonga xiyonat ekanligini va ish xaqini halollab olish lozimligini his qilishi kerak. Chunki, har bir fan o‘qituvchisi faoliyati asosini sifatli dars o‘tish, o‘quvchilarga yaxshi ta'lim-tarbiya berish tashkil etadi.
O‘qituvchining darsga tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi ikki bosqichdan iborat:
· Oqituvchining o‘z fani yuzasidan umumiy tayyorgarligi.
· O‘qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi.
O‘qituvchining umumiy tayyorgarligi muntazam amalga oshirib boriladigan jarayon bo‘lib, o‘quv yili boshlanishi oldidan quyidagilarni qamrab oladi:
· Davlat ta'lim standarti (DTS), o‘quv dasturi, o‘quv reja hamda ularga berilgan tushuntirish xatlarini o‘rganib chiqish;
· o‘zi dars beradigan o‘quv faniga oid yangi ilmiy va metodik adabiyotlarning mazmuni bilan tanishish;
· tegishli ko‘rgazma materiallarni, o‘quv-jihozlarini o‘rganish, ularni qo‘llay bilish;
· ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, tahlil qilish orqali o‘z bilimini kengaytirish;
· kompyuter texnikasidan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirib, bu boradagi mahoratini oshirish, elektron darsliklar, matn muharrirlari, "ZiyoNet” axborot ta'lim portaliga joylangan ma'lumotlardan samarali foydalanish kabilardir.
O‘qituvchining darsga kundalik tayyorgarligi eng asosiy vazifa hisoblanadi. Darsga tayyorgarlik ko‘rish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim:
1-bosqich: taqvim-mavzu rejadagi yangi mavzu va unga ajratilgan vaqt (soat) aniqlashtirib olinadi.
2-bosqich: DTS va o‘quv dasturidan o‘tilayotgan mavzu yuzasidan o‘quvchida qanday tushunchalar (bilim, ko‘nikma va malakalar) shakllantirilishi lozimligi aniqlashtirilib, shu asosida dars maqsadlari belgilab olinadi.
3-bosqich: mavzu asosida darsda foydalaniladigan texnik vositalar, elektron manbalar, slaydlar, ko‘rgazmali va didaktik materiallar, adabiyotlar o‘rganib chiqiladi hamda dars ishlanmasi (konspekti) yoziladi.
Dars ishlanmasi (konspekt)ning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
· Sana, sinf (parallel sinflar uchun bitta mavzu bo‘yicha alohida-alohida dars ishlanmasi(konspekt)ni yozish shart emas, bitta mavzuga bitta dars ishlanmasi yozilsa kifoya. 5-«A», «B» sinflar deb ko‘rsatiladi), fan nomi yoziladi.
· Darsning mavzusi (taqvim-mavzu reja asosida).
· Dars maqsadi (darsga qo`yilgan maqsad 45 daqiqa davomida bajariladigan, aniq, hayotiy (real) va dars yakunida baholanadigan (o‘lchamli) bo‘lishi maqsadga muvofiq:
a) ta'limiy maqsad — dars jarayonida o‘quvchilarda
shakllantiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalar asosida belgilanadi;
b) tarbiyaviy maqsad — dars jarayonida o‘quvchilarda qaysi
axloqiy sifatlar shakllantirilishi asosida belgilanadi;
s) rivojlantiruvchi maqsad — dars natijasida o‘quvchilarda qaysi bilimlar va axloqiy fazilatlar rivojlantirilishi asosida belgilanadi.
· Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi; o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantiruvchi; umumlashtiruvchi; o‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni tahlil, nazorat qiluvchi kabi dars turlari bo‘lishi mumkin.
· Darsda foydalaniladigan metodlar: bunda an'anaviy, zamonaviy, interfaol metodlardan o‘tilayotgan mavzuning o‘quvchilar tomonidan samarali o‘zlashtirilishiga xizmat qiladiganini tanlash lozim;
· Darsda foydalaniladigan jihozlar: texnik vositalar, slaydlar, ko‘rgazmali va didaktik materiallar.
Darsni quyidagi qismlarga ajratish mumkin:
· tashkiliy qism;
· o‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash);
· yangi mavzuni tushuntirish;
· yangi mavzuni mustahkamlash;
· o‘quvchilarni baholash;
· uyga vazifa berish.
Dars ishlanmasini tayyorlashda o‘qituvchi darsning har bir qismini e'tiborga olishi maqsadga muvofiq.
Dars ishlanmasi (konspekt) hamma o‘qituvchida bo‘lishi shart. Lekin dars ishlanmasi qanday mazmunda, hajmda bo‘lishi o‘qituvchining dars o‘tishdagi o‘ziga xos yondashuviga bog`liq. Bunda hamma o‘qituvchi uchun bir xil andoza, cheklov o‘rnatib bo‘lmaydi.
Agarda o‘qituvchi dars berayotgan o‘quvchilarning o‘zlashtirish samaradorligi yuqori bo‘lsa, ular turli ko‘rik-tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan bo‘lsa, o‘qituvchining dars jarayoniga maktab ma'muriyati va hududiy xalq ta'limi boshqaruvi idoralari xodimlari tomonidan xalaqit berishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dars ishlanmasi (konspekti) qo‘lyozma shaklida yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Dars ishlanmasini kompyuterda yozish uchun esa o‘qituvchi albatta, o‘zi kompyuterda ishlashni bilishi lozim.
TABIIY GEOGRAFIYA BOSHLANG‘ICH KURSINI O‘RGANISH METODIKASI
Kursda olinadigan bilim, ko‘nikma va malakalar, materiklar va okeanlar, O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiya kurslarini o‘rganish uchun tayanch vazifalarni o‘taydi. Boshlang‘ich maktabdagi tabiatshunoslik kursida o‘quvchilar geografik qobiqning asosiy qonuniyatlari bilan qisman tanishadilar. Ularning bu bilimlari Yer yuzi ayrim hududlarining tabiiy xususiyatlarini o‘rganishda, ularni qiyoslashda, bir - biridan ajratishda katta ahamiyatga ega.
«Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi»da o‘quvchilar joyda mo‘ljal olish, xaritalar bilan ishlash, xaritalarning turlari, ularning shartli belgilarini o‘qish bo‘yicha yetarli bilimlarga ega bo‘ladilar. Kursda o‘rganiladigan aksariyat bilimlar, voqea va hodisalar bevosita o‘quvchini o‘rab turgan tabiiy muhitda mavjud. O‘quvchilar ularga har qadamda duch keladilar. Ular tabiatda bo‘layotgan o‘zgarishlarni, ularning sabab-oqibatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlari mumkin.
Kurs tarkibida topografik va xaritografik, ilmiy tadqiqot usullari, geografik bilimlarning amalda qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlar tizimi mavjud.
Kursdagi mavjud bilimlarni egallashda xilma - xil usullardan foydalaniladi. Bilimlarni egallash ma'lum reja asosida bajariladi. Rejaning har bir punkti bitta harakat qoidasini aks ettiradi. Bilimning egallanganlik darajasi esa uni yangicha o‘quv sharoitida qo‘llay olish bilan belgilanadi. Bilim mazmunini egallashning dast- labki bosqichlarida o‘qituvchining og‘zaki nutqi muhim rol o‘ynaydi.
Tabiiy geografiya fani uchun xos bo‘lgan xususiyatlardan biri shuki, fanning mazmuni darslik va dastur bilan cheklanib qolmaydi. O‘qituvchi o‘z ish faoliyati davomida o‘quv materiallari mazmunini muntazam boyitib boradi. Buning uchun o‘qituvchi qo‘shimcha materiallardan unumli foydalanadi. Kundalik matbuot xabarlari ham dars mazmunini boyitishda katta ahamiyatga ega. Ko‘rgazmali qurollar esa darsning qiziqarli, rang-barang bo‘lishini ta'minlaydi. Uning ahamiyatini yanada oshiradi.
O‘QUV PREDMETI TUZILISHIDAGI XUSUSIYATLAR
Geografik bilimlarni o‘quvchilar ongiga yetkazishda ikkita muhim yo‘nalish asosiy o‘rinni egallaydi. Bular induktiv va deduktiv yo‘llar. Induktiv yo‘lda alohida, ya'ni yakka tushunchalarni o‘rganish ustun bo‘ladi. Bu yo‘l bilan nazariy bilimlarni o‘rganish murakkablik qiladi. Deduktiv yo‘l orqali umumiydan yakkaga, ya'ni avval umumiy qonuniyatlar o‘rganilib, keyin mamlakatshunoslikka (rayonlarga) o‘tiladi. 5-sinf uchun yaratilgan «Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi» tuzilishi va o‘rganilishi induktiv va deduktiv yo‘l asosida amalga oshiriladi.
5-sinf tabiiy geografiya ta'limining dastlabki bosqichlarida tushuncha va aloqadorlikka xos bo‘lgan bilimlar konkret ob'yektlarni o‘rganish orqali ko‘proq shakllanadi.
Ma'lumki, har qanday geografik ob'yekt va hodisa kattaligi, hajmi, geografik o‘rni bilan bir-biridan farq qiladi. Shu sababli ham o‘quvchilar eng avvalo topografik va xaritografik tushunchalarni egallashlari kerak. Ob'yekt va hodisalarning plan va xaritadagi o‘rnini, ularning makonda egallagan o‘rni bilan qiyoslamasdan turib kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi.
Tabiiy geografiyani o‘rganishdan asosiy maqsad eng avvalo geografik qobiq va uning qismlari hamda tabiiy hududiy kompleks (THK)ga xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlarni bilib olishdan iborat. Buni bilish uchun avvalo uning qismlarini o‘rganish zarur. Geografik qobiq qonuniyatlarini anglash uchun esa avvalo, uning ayrim qismlari bo`lgan litosfera, atmosfera, gidrosfera va biosfera o‘rganiladi. Ular o‘rtasidagi bog‘liqlik, aloqadorlik tadqiq etiladi. Ma'lumki, alohida qobiqlarni boshqa qobiqlar bilan aloqalarisiz tasavvur qilish qiyin. Masalan, gidrosfera biosferasiz, biosfera atmosferasiz mavjud bo‘la olmaydi va hokazo.
O‘quvchilar «Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi»da o‘z joyining THK lari bilan tanishadilar. Ular dastlab shu joyning yer yuzasi, tog‘ jinslari va ularning yotish shakllari, o‘z joyidagi yer osti va yer usti suvlarining paydo bo‘lishi, ularning relyefga bog‘liqligi, tog‘ jinslari, ob-havo rejimi va iqlimini vujudga keltiradigan yetakchi omillarni bilib oladilar. Tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosining iqlimga bog‘liqligi, THKdagi o‘zaro aloqadorlik, tabiat komponentlarining inson xo‘jalik faoliyatidagi o‘rni, THK komponentlarining o‘zgarishi kabi masalalar bilan tanishadilar.
Kursda umumiy tabiiy geografik tushunchalarni o‘rganishning turli xil bosqichlarini ajratish mumkin. Birinchi bosqichda konkret geografik ob'yekt misolida tushunchaning belgi va turlari ajratiladi. Masalan, ko‘l tabiatda suv bilan to‘lgan berk tabiiy chuqurlik — havza. O‘zlashtirish ko‘rsatkichi tabiatda, rasmda, xaritada tashqi ko‘rinishiga ko‘ra ajratiladi. O‘quvchi uning yordamida qaysi ko‘l oqar yoki oqmas ekanligi, kattaligi, chuqurligini ajrata oladi. Buni bilimni egallashning I-bosqichi deb atash mumkin.
II-bosqichda o‘quvchilar bu tushuncha mazmunini birmuncha keng hajmda egallaydilar. Masalan, ko‘llarning kelib chiqishiga ko‘ra turlari, ularning litosfera, atmosfera bilan bog‘liqligi va h. k. O‘zlashtirish ko‘rsatkichi: o‘quvchilar muhim belgilarni ajratib, tabiat komponentlari bilan ko‘l aloqadorligini ochib bera oladilar.
III-bosqichda o`quvchilar tushuncha mazmunini to‘liq egallaydilar. Ular sabab-oqibat kelib chiqishidagi aloqadorlikni aniqlay oladilar. O‘zlashtirish ko‘rsatkichi: o‘quvchilar mustaqil ravishda notanish ob'yektning belgilarini ilgari egallagan geografik bilimlar va shunga doir qonuniyatlar asosida ochib berib, shu ob'yektning kelajakdagi o‘zgarishlari haqida ham fikr bildira oladilar.
Geografiya ta'limida amaliy ko‘nikma va malakalar o‘rni boshha fanlarga haraganda ko‘proq ahamiyatga ega. Amaliy ko‘nikma va malakalar shakllantirilmaganda olingan bilimlar samaradorligi pasayib, bilim quruq takrorlashdan iborat bo‘lib qoladi. Amaliy ko‘nikma va malakalar o‘quvchilarni kelgusi hayotga tayyorlashda, ishlab chiqarishda, bilimlarni mustaqil egallashda muhim ahamiyatga ega. Ko‘nikma va malakalar o‘huvchilarning dunyoqarashini ham shakllantiradi. Demak, o‘qituvchi oldidagi muhim vazifa dars jarayonida ko‘nikma va malakalarni shakllantirish jarayoniga alohida e'tibor qaratishdir. Har bir darsni rejalashtirishda shakllantirilishi lozim bo‘lgan ko‘nikma va malakalar o‘z aksini topishi va ularni o‘zlashtirish metodlari aniqlab olingan bo‘lishi lozim.
Eng asosiysi o‘quvchi o‘zi egallagan ko‘nikma va malakaning amaliy ahamiyatini va qaerda ishlata olishini tushunib yetsin, shundagina o‘qhuvchida ularni egallashga bo‘lgan qiziqish ortadi. Shuni unutmaslik lozimki, chuqur bilimlarsiz ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish mumkin emas va geografiya ta'limida ko‘nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni uzluksiz davom ettiriladi. Ya'ni biror ko‘nikma va malakani shakllantirish biror mavzu yoki sinfda tugamaydi, balki butun maktab geografiya kursida davom etadi.
KURSNI O‘RGANISHDA QO‘LLANILADIGAN ASOSIY USULLAR
Bu kurs mazmunida umumiy tushunchalar yetakchi rol o‘ynaydi. Umumiy tushunchalar ifodalangan aksariyat narsa va hodisalar bevosita o‘quvchilarni o‘rab turgan tabiiy muhitda mavjud. Masalan, Yer yuzasining xilma - xil shakllari, yer osti suvlari, daryolar, botqoqliklar, atmosfera hodisalari, tabiat komponentlari va boshqalar bunga yaqqol misol bo‘lishi mumkin.
«Tabiiy geogrfiya boshlang‘ich kursi»da kuzatish usuli asosiy o‘rinni egallaydi. O‘quvchilar keng qo‘llaniladigan ushbu usul orqali geografiya maydonchasida ko‘pgina topshiriqlarni bajaradilar. Ya'ni joyda oriyentir olish, plan chizish, ayrim geografik ob'yektlarni bevosita kuzatish, ekskursiya uyushtirish shular jumlasidandir. Bundan tashqari o‘quvchilar majburiy ravishda ob- havoni va har xil boshqa hodisalarni kundalik kuzatishlarga ham jalb qilinadi. Ular bu kuzatishlarda Quyoshning ufqdan balandligini, har kungi ob-havoning eng muhim o‘zgarishlarini bevosita tahlil qilib boradilar va to‘plangan ma`lumotlardan darslarda ham foydalanadilar.
Darslikdagi ko‘pgina materiallar o‘quvchi yashab turgan muhitda uchramasligi ham mumkin. Masalan, tog‘lar, tekisliklar, o‘rmonlar, dengiz va okeanlar. Bunday ob'yektlarni o‘rganish ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalanish bilan, ya'ni ko‘rgazmali usullar yordamida amalga oshiriladi.
O‘quvchi ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lmagan voqea, ob'yekt, hodisalar haqidagi tasavvur va tushunchalar kinofilmlar, diapozitivlar, kompyuter, turli xil rasmlar, darslikdagi rasm va xaritalar orqali shakllantiriladi. Geografiya o‘qituvchisi ayrim ob'yektlar haqidagi ma'lumotlarni faqat sinf doskasida chizib bersagina shu ob'yekt to‘g‘risida birmuncha to‘liq bilim va tasavvurlarga ega bo‘linadi. Demak, o‘qituvchi doskada rasm chiza olish malakasiga ham ega bo‘lishi shart. O‘quvchilar doskaga chizilgan rasmlar orqali tabiat ob'yektlari, predmetlari o‘rtasidagi murakkab aloqalar mavjudligini ko‘radilar va anglaydilar.
Geografik ob'yektlarni xarita va globusdan topish, xaritani o‘qish ko‘nikmasi turli xil mashq va amaliy topshiriqlarni izchil bajarish orqaligina shakllantiriladi. O‘quvchilar tabiiy geografiya boshlang‘ich kursida Yarimsharlar tabiiy xaritasi, Dunyo siyosiy xaritasi, "O‘zbekistonning tabiiy va siyosiy xaritalari" hamda o‘z viloyati xaritalari bilan tanishadilar.
Geografik nomlarni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlar yozuvsiz xaritada amaliy ishlarni bajarish jarayonida puxta egallanadi. Bundan tashqari, o‘quvchilar uchun maxsus amaliy va mustaqil ish daftarlari joriy etish ham zarur. O‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan materiallarni ushbu daftarlarida aks ettirib boradilar.
Yangi bilimlarni bayon qilishda asosan suhbat va og‘zaki tushuntirish usullari keng qo‘llaniladi.
Amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda ko‘rgazmalilik muhim o‘rin tutadi. Fahat bu ko‘rgazmalilik quruq bo‘lib qolmasdan, ba'zi talablarga javob berishi lozim. Ko‘rgazmalilik o‘quvchini mustaqil ijodiy faoliyatga undashi lozim. Bunda o‘quvchi mavjud bilimlari asosida yangilarini o‘zlashtirsin, ularni hayotda qo‘llay olsin.
Ko‘rgazmalilikda albatta muammoli vaziyatlar, izlanishga undaydigan topshiriqlar jamlangan bo‘lsin. Bu o‘quvchida ijodiy tafakkurni shakllantirib, mustaqil bilimlarni o‘zlashtirish ko‘nikmasini shakllantiradi.
Geografiya darslarida o‘lchov asboblari - kompas, astrolyabiya, planshet, nivelir, eklimetr, ruletka, termometr, fluger kabi asboblardan foydalanish o‘quvchilar tomonidan bilimlarning o‘zlashtirilishini osonlashtirib, egallangan bilimlarni ko‘nikma va malakalarga aylanishiga yordam beradi.
GEOGRAFIYA FANINI O‘QITISH JARAYONIDA YANGI TA`LIM TEXNOLOGIYALARI
Geografiya fanini o‘qitish jarayonida yangi ta`lim texnologiyalarini tatbiq etish fan mazmunini yangilash, o‘quvchilarga chuqur nazariy va amaliy bilimlarni berish va bu bilimlar asosida ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, mustahkamlash imkonini beradi.
Geografiya fanini o‘qitish jarayonida yangi ta`lim texnologiyalaridan foydalanish shaxs kamolotini ta`minlashga xizmat qiluvchi mustaqil fikr yuritish, o‘z ustida ishlash, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashish kabi xislatlarning ham shakllanishiga zamin yaratishi lozim.
Geografiya ta`limida pedagogik texnologiyalarning muvaffaqiyatli loyihalanishi va yakuniy natijaning kafolatlanishi o‘qituvchining didaktik masalalar mohiyatini anglab yetish darajasi va darsda ularni baholay olishiga bog‘liqdir.
Geografiya fani o‘zida katta hajmdagi bilimlarni jamlagan va har bir o‘qituvchi ta`lim jarayonida faqat zaruriy ma`lumoylarnigina tanlab olishi va o‘quvchining o‘zlashtirish qobiliyatlariga mos holda ular hajmini belgilab olishi zarur.
Geografiya ta`limida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish uzluksiz jarayon hisoblanadi. Shu sababli ta`lim texnologiyalarini tanlab olishda BKM (bilim, ko`nikma va malaka) elementlarini rivojlantirish bosqichlarini aniq belgilab olish lozim.
Hozirgi davr ta'liimda o‘quvchilarni mustaqil fikrlay olish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan evristik texnologiyalar va amaliy faoliyat sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan amaliy texnologiyalarning ahamiyati ortib bormoqda, chunki ta'lim samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri olingan bilimlarning amaliy jihatdan qo‘llay olishdir.
Yuqoridagi omillarni e`tiborga olgan holda geografiya ta`limida pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishda quyidagi shartlarga amal qilinishi shart:
- oquvchilarning oqituvchi tomonidan berilgan tayyor topshiriqlar mohiyatini tushunib yetishlari;
- oquvchilar tomonidan topshiriqlarni faol qabul qilinishi;
- o‘quvchilarning mustaqil ravishda topshiriqlarni bajara olishlari;
- o‘quvchilarning mustaqil ravishda yangi topshiriqlarni tuza olishlari;
- o‘quvchilar mustaqil o‘zaro axborot almashib, bir-birlariga o‘rgata olishlari.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, geografiya ta`limida pedagogik texnologiyalarni joriy etishda fanning o‘ziga xos xususiyatlarini e`tiborga olish muhim ahamiyatga ega.
TABIIY GEOGRAFIYA BOSHLANG’ICH KURSI FANINI O‘QITISH JARAYONIDA INTERFAOL USULLAR
Interfaol-lotincha «inter» so‘zidan olingan bo‘lib «orasida», «o‘rtasida» degan ma'noni anglatadi, ya'ni ikki narsa o‘rtasidagi faollik degan ma'noni bildiradi.
Ta'limda interfaol metod-bu o‘quvchi bilan o‘qituvchi o‘rtasida ta'limni o‘zlashtirish munosabatlarini kuchaytirish, faollashtirish demakdir. Mazkur metodlar hamkorlikda ishlash vositasida dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ular o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi.
Interfaol usullarning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
1. O‘quvchilarni mustaqil, ijodiy, tanqidiy, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish;
2. Muammoli vaziyatni amaliy va hayotiy topshiriqlar asosida yechish;
3. O‘z-o‘zini fikrlashga majbur etish;
4. Faollashtirish;
5. O‘quvchilarni tashkilotchilik va yo‘naltiruvchanlikka undash:
6. Do‘stona munosabatlarni shakllantirish.
Interfaol metodlarda o‘qitishning mohiyati quyidagicha:
- o‘rgatuvchi ham, o‘rganuvchi ham ma'lumotlar bilan faol ishlashi;
- o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undashi va o‘rgatishi;
- o‘qituvchiga «o‘quvchilarni fikrlashga o‘rgatish uchun» xizmat qilsa, o‘quvchilarga esa, «fikrlashni o‘rganishlari uchun» xizmat qilishi;
Interfaol usullardan foydalanish shakllari:
1. Individuallashtirish.
2. Kichik guruhlarga ajratish.
3. Tabaqalashtirish.
4. O‘rgatish va o‘rganish jarayonida demokratik, do‘stona muhitni yaratish.
5. O‘zaro muloqot, hamkorlikni tashkil etish.
Interfaol metodlarni qo‘llashda foydalaniladigan vositalar:
1. Darsliklar, qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari.
2. Texnika vositalari.
3. Tarqatma materiallar.
4. Multimediyalar.
INTERFAOL METODLARNI BA'ZI BIRLARIDAN FOYDALANISHGA OID TAVSIYALAR
Kichik guruhlarda ishlash.
Kichik guruhlarda ishlash an'anaviy darsdan nimasi bilan farq qiladi? O‘quvchilar faol ishlaydilar va topshiriqlarni bajarishga mas'uliyat bilan qaraydilar. O‘quvchilar jamoa bo‘lib fikr-mulohazalarini muhokama qiladilar. Tushunish uchun bir-birlarini tinglaydilar, savollar beradilar. Bir-birlariga yordam beradilar. Guruh ishlarida o‘quvchilar o‘zlarini erkin tutadilar. Bu jarayonda javob berishga hadiksiraydigan o‘quvchilar ham o‘zini erkin tutadilar, ularda o‘ziga nisbatan ishonch paydo bo‘ladi.
Guruhlardagi ishdan qanday foydalanish kerak? Guruhdagi samarali ish o‘quvchilarni yig‘ib, ularga topshiriqlar yozilgan kartochkalarni berish bilan belgilanmaydi. Buning uchun o‘qituvchi mavzu bilan tanishib chiqishi va uning mazmuniga oid muammolarni belgilashi, guruhda ishlashning eng samarali yo‘llarini belgilab olishi kerak. Masalan, sinfni 4 ta kichik guruhga bo‘lib, guruhlarga topshiriq beradi va vaqtni belgilaydi. Mustahkamlash darsi o‘tilsa, topshiriqlarni bajarish uchun 10 daqiqa vaqt beradi. O‘quvchilar guruhda ish boshlaganda bir-birlariga savollar beradilar, egallagan bilimlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashadilar.
O‘quvchilar guruhlarda ish bilan band bo‘lgan vaqtda o‘qituvchi sinf bo‘ylab yuradi, u barchani kuzatib topshiriqni izohlab beradi, yordamga muhtojlik sezayotganlarga yordam ko‘rsatadi hamda dars mavzusi bilan band bo‘lishini kuzatadi. Vaqt tugagandan so‘ng hammaning e'tiborini doskaga jalb qiladi. Har bir guruhdan bittadan vakil doskaga chiqib, guruh bajargan ishni butun sinf oldida taqdim etadi. Har bir guruh taqdimotidan so‘ng boshqa guruhdagilar savol beradilar. O‘qituvchi hamma guruh ishlarini yakunlab bo‘lgandan so‘ng, ularga izoh beradi, xatolari bo‘lsa, to‘g‘irlaydi va xulosalaydi, guruh ishini baholaydi. G‘uruh bilan ishlashni tashkil etishda qo‘yidagi tamoiyillarni yodingizda tutishingiz lozim:
1. Guruhlar tarkibi 3-7 o‘quvchidan iborat bo‘lishi kerak. O‘quvchilar sonini ko‘paytirish guruhlarda ishlash jarayonini qiyinlashtiradi va ba'zi o‘quvchilarning chetda qolib ketishiga sabab bo‘ladi.
2. Guruhlar tarkibini (har bir darsda) o‘zgartirib turish kerak. Bu hamma bolalarni bir-birlari bilan do‘stona munosabatda ishlashlariga imkon tug‘diradi.
3. Guruh tuzishda o‘g‘il va qiz bolalardan bir xil guruh bo‘lib qolmasligiga e'tibor berish lozim.
4. Guruh tarkibini o‘qituvchi belgilashi lozim. Har bir guruhga qobiliyatli o‘quvchilar bo‘lishiga, qobiliyatli o‘quvchilardan guruh tuzilib qolmasligiga e'tibor berish kerak.
5. Guruh ishining taqdimotini o‘tkazish, yakunlash va ularni rag‘batlantirib borish kerak.
Kichik guruhlarda ishlash o‘quvchining psixologik jihatdan rivojlanishiga ham qo‘yidagicha ta'sir ko‘rsatadi:
- avvalo o‘quvchilar notanish masalalarni ko‘rib chiqib, qaror qabul qilishda, har bir ishtirokchi guruh ishining yaxshi natijasi uchun ma'suliyatni sezgan holda ishga kirishadi;
- kichik guruhlarda ishlaganda kamgap o‘quvchilar o‘zlarini erkinroq his qiladilar;
- o‘quvchilarning o‘zlariga bo‘lgan ishonchlari oshadi va kelajakda boshqa masalani muhokama qilishda o‘z fikrlarini bildirib, faol ishtirok etadilar;
- shu uslub yordamida uyatchan barcha o‘quvchilar ham o‘z fikrlarini o‘rtaga tashlashni o‘rganadilar.
Kichik guruhlarda ishlash tartibi:
1. O‘qituvchi darsning mavzusi, mazmuni buyicha o‘quvchilarga qisqa tushuncha beradi (Bunda ularning avvalgi bilimlarini yangi bilim berish mazmuni bilan boglaydigan muammo qo‘yib, aqliy hujumdan foydalanish mumkin).
2. Sinf o‘quvchilari 3-7 tadan iborat 4-6 guruhga ajratiladi (guruhlar soni ko‘p bo‘lsa, taqdimot ham ko‘p vaqtni oladi). Har bir guruh alohida stolga joylashadi.
3. O‘qituvchi vazifani belgilab, guruh ishlarini taqdim qilishni, bajarilgan ishlarga beriladigan baholarni qay tarzida qo‘yilishini tushuntiradi.
4. O‘qituvchi o‘quvchilarni ishlash jarayonida faolligini belgilovchi vaqtni kuzatuvchini va taqdimotchini saylaydi yoki belgilaydi.
5. O‘qituvchi guruh ishlarini nazorat qiladi, savollarga javob beradi, kerak bo‘lsa qo‘shimcha ko‘rsatma beradi.
6. Belgilangan vaqtdan so‘ng o‘qituvchi guruhlardan ishlarni taqdim etishni talab qiladi.
7. Guruh ishlari natijalarini taqqoslaydi.
AQLIY HUJUM.
Aqliy hujum - muammolarni hal qilishda keng qo‘llaniladigan samarali metod shu bilan birga aqliy hujum-muammolarni hal qilishda keng qo‘llaniladigan va kichik guruhlarda olib boriladigan ishning shakli hamdir.
Aqliy hujum o‘quvchilarni o`z tasavvurlari, mustaqil fikr yuritishlari, izlanishlari va ijodlaridan samarali foydalanishga undaydi. Aqliy hujumdan mustahkamlash, yangi bilim berish, aralash dars turlarida foydalanilsa, muammoli vaziyatni yuzaga keltirish, topshiriq va vazifalarning yechimini topishga yordam beradi.
Aqliy hujumdan darsda foydalanishda o‘qituvchi o‘quvchilarning bergan g‘oyalari va fikrlari uchun baho qo‘ymasligi, faqat ularning faol ishtiroklarini hisobga olib borishi lozim. Hamma o‘quvchilarni g‘oyalar va fikrlar berishga undashi zarur.
O‘quvchilarning bergan g`oyalari va fikrlari o‘qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
Aqliy hujumdan quyidagi holatlarda foydalanish mumkin:
1. Muammolarni va masalalarni yechishda.
2. Qiyin vaziyatda muammoni yechishda.
3. Guruhni jipslashtirishda.
4. Alternativ variantlarni qidirishda.
5. Argumentlarni qidirishda.
6. Loyiha ishlab chiqishda.
7. Yangi mahsulot ishlab chiqishda.
8. G‘oyalarni tanlashda.
Aqliy hujumni o‘tkazish qoidalari:
1. O‘ylash jarayonida hech qanday baholashlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar o‘ylash jarayonida g‘oyalarni baholaydigan bo‘lsangiz, qatnashchilar e'tiborlarini o‘z fikr va g‘oyalarini himoya qilishga qaratib, ularning yangilari va yaxshilari ustidan boshqotirmay qo‘yadilar. Hammani o‘ta xilma-xil, kutilmagan g‘oyalar doirasini o‘ylashga undash kerak. Haqiqatdan ham aqliy hujumda kutilmagan g‘oyalar yuzaga kelmas ekan, ayrim qatnashchilar o‘z shaxsiy fikrlarini qayta ko‘rib chiqishlari aniq bo‘lib qoladi. Ular o‘z g‘oyalarini taqdim etishdan oldin, ushbu g‘oyalarning maqsadga muvofiq emasligi va kulgiga sabab bo‘lishidan cho‘chib uzoq o‘ylaydilar.
2. G‘oyalar miqdori rag‘batlantiriladi. Miqdor deyarli doimo sifatga aylantiriladi. Tezkor, izchillikda, katta miqdorda g‘oyalar paydo bo‘lganda, odatda istisno sifatida baholanadi. Qatnashchilar tasavvurini kengayishida erkin bo`ladi, buning natijasida yaxshi g‘oyalar yuzaga keladi.
3. Har bir kishi o‘zgalar g‘oyasiga asoslanishi va ularni o‘zgartirishi mumkin. Oldin taklif etilgan g‘oyalarni biriktirish yoki o‘zgartirish yaxshiroq; bular yangi g‘oyalarni keltirib chiqaradi.
Samarali aqliy hujum uchun quyidagilarga amal qiling:
1. Qatnashchilarni bemalol o‘tiradigan qilib joylashtiring.
2. Bolalar yozishi uchun doska yoki qog‘oz varaqlarini tayyorlab qo‘ying.
3. Muammoni aniqlang.
4. Ish qoidalarini belgilang. Bunda: g‘oyalar baholanmaydi; fikrlarga to‘liq erkinlik beriladi; g‘oyalar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi (miqdorga intilish) bo`ladi; «anglang», «ilib oling» va boshqalar g‘oyalariga asoslaning .
5. G‘oyalar haqida so‘rang va aytilishi bilan yozib oling.
6. Qog‘oz varaqlari to‘lganida, ularni devorlarga osib qo‘ying.
7. O‘zingizdan yangi g‘oyalarni qo‘shib rag‘batlantiring.
8. O‘zgalar g‘oyalari ustidan kulish, kinoyali sharhlar va mayna qilishga yo‘l qo‘ymang.
9. Bolalar taklif etayotgan ekan, ishni davom ettiravering.
FIKRLAR HUJUMI
Bevosita jamoa bulib «Fikrlar hujumi» olib borish. Bu metoddan maqsad mumkin qadar katta miqdordagi g‘oyalarni yig‘ish, o‘quvchilarni ayni bir xil fikrlashga intilishdan holi qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo bo‘lgan fikrlarni yengishdir. Bu metodning asosiy tamoyili va qoidasi bahs ishtirokchilari ishlab chiqqan g‘oyalar tanqidini mutloq taqiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoibani rag‘batlantirishdir. Bu metoddan foydalanishning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchiga- mashg‘ulot rahbariga bog‘liq. «Fikrlar hujumi»da ishtirokchilar miqdori 15 kishidan oshmasligi kerak.
Yalpi «Fikrlar hujumi». Bu metod katta guruhlarda (10 dan 20 tagacha) bo‘lgan yangi g‘oyalar ishlab chiqish samaradorligini sezilarli darajada oshirishni ta'minlaydi. Barcha ishtirokchilr kichik-kichik 5-6 kishidan iborat guruhlarga bo‘linadi va har bir kichik guruh hal qilinadigan ijodiy vazifa va muammo bo‘yicha 15 daqiqa davomida mustaqil ravishda o‘zaro «Fikrlar hujumi» o‘tkazadi. Shundan so‘ng har bir kichik guruh vakili o‘z guruhida ishlab chiqilgan fikr haqida axborot beradi va o`quvchilar o‘qituvchi rahbarligida jamoa bo‘lib, unga baho beradilar va ulardan eng yaxshilari, betakrorlari tanlab olinadi.
«Fikrlarning shiddatli hujumi»-destruktiv berilgan baho bilan dialog. Dialogning mohiyati shundaki, kollektiv bo‘lib g‘oyalar ishlab chiqishda ishtirokchilarning ijodiy imkoniyatlari faollashtiriladi va unga zid g‘oyalar qo‘yiladi. Mashg‘ulot bosqichma-bosqich qo‘yidagi tarzda o‘tkaziladi:
1- bosqich. Miqdor va psixologik muloqat jihatidan maqbul kichik guruhlarni shakllantirish;
2- bosqich. Vazifa, muammodan kelib chiqadigan maqsadlarni ifodalash;
3- bosqich. To‘g‘ridan-to‘g‘ri «Fikrlar hujumi» qoidasiga asosan har bir guruhda g‘oyalar ishlab chiqish;
4- bosqich. G‘oyalarni tartibga solish va tasniflash;
5- bosqich. G‘oyalarni destruktivlash, ya'ni amalga oshish imkoniyatiga qarab baholash;
6- bosqich. Avvalgi bosqichlarda bildirilgan tanqidiy mulohazalarga baho berish.
«Tarmoqlar» metodi (Klaster)
Fikrlarning tarmoqlanishi-bu pedagogik maqsad bo‘lib, u o‘quvchilarning biron bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam beradi, o‘quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘lagan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi.
Bu metod biron mavzuni chuqur o‘rganishdan avval o‘quvchilarning fikrlash
faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin.
Shuningdek, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda o‘quvchilarning shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
6x6x6 metodi
6x6x6 metodi shunday metodki, u tufayli 36 ta qatnashchi qisqa muddat mobaynida birorta masalani muhokama qilish va guruh a'zolaridan aksariyatining qarashlarini bilib olish imkoniyatlariga ega bo‘ladi.
6 ta guruhda (har birida 6 kishidan) qatnashchilar olib boruvchi (o`qituvchi) tomonidan o‘rtaga tashlangan muammoni 6 daqiqa mobaynida muhokama qiladilar. Shundan so‘ng, olib boruvchi 6 ta yangi guruhni shunday tuzadiki, unda oldingi munozara guruhida qatnashuvchilardan birortasi albatta bo‘ladi. Yangi guruhlarda qatnashuvchilar o‘z guruhlari ish natijalarini muhokama qiladilar.
6x6x6 metodi guruhning barcha a'zolarini faollashtiruvchi metoddir. Qatnashchilardan har biri qisqa davr mobaynida (20 daqiqada) ham munozara qatnashchisi, ham ma'ruzachi rolida chiqadi.
Mashqni 5, 6, 7 va hatto (undan ko`p o`quvchi qatnashadigan) katta guruhlarda ham qo‘llasa bo‘ladi. Katta guruhlarda vaqtni (munozara uchun ham, hisobot uchun ham) ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi. Guruhlar bitta muammoni yoki bir muammoning turli jihatlarini muhokama qilishlari mumkin. Ikkinchi variantda hisobotlar vaqti ko‘paytirilishi kerak.
6x6x6 metodi olib boruvchidan faollikni va guruhlarni hamjihat bo‘lishini talab qiladi. Mashq boshlarida guruhlarga ajratishga oid qiyinchiliklar mashqning muvafaqqiyatsiz chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
«Ajurli arra» metodi
«Ajurli arra» (ajur so‘zi fransuzcha «ajour» suzidan olingai bo‘lib, «bir yoqdan ikkinchi yoqqa o‘tgan, ikki tomoni ochiq» degan ma'noni anglatadi ) metodi tuzilish jihatidan quyidagi bosqichlardan iborat bo`ladi:
• Topshiriqni bo‘lish: topshiriq va matnli materiallar bir necha asosiy qismlarga (yoki mavzularga) ajratiladi (qirqiladi).
• Birlamchi guruhlar: har bir guruh a'zolari qirqilgan mavzuni oladi va ekspertga aylanadi.
• Ekspert guruhlar: bir mavzuga oid o‘quv topshiriqlari mavjud bo‘lgan o‘quvchilar mavzuni muhokama qilish, bolalarga o‘rgatish, rejasini egallash uchun ekspert guruhiga birlashadilar.
• Birlamchi guruhlar: o‘quvchilar o‘zlarining birlamchi guruhlariga qaytadilar va ekspert guruhlarida o‘rganganlarini o`z guruhi a`zolariga o`rgatishadi.
Shuningdek, bu metod qo`llanilganda:
1. O‘qitish jarayoniga bu tarzda yondashilganda o‘quvchilarni hamkorlikda ishlashga va qisqa vaqt ichida katta hajmdagi axborotlarni o‘zlashtirishlariga imkon tug‘iladi.
2. U yoki bu faoliyatni darsda amalga oshirish uchun o‘quvchilarga boshlang‘ich axborotlarni uzatish zarurati tug‘ilsa, ma'ruza o‘rnini bosa oladigan samarali qurol hisoblanadi.
3. O‘qituvchi murakkab mavzular bo‘yicha o‘quvchilarni darsga tayyorlash uchun oldindan ularning har biriga mo‘ljallangan alohida axborot tayyorlaydi. Unda darslikdan qo‘shimcha tarzda gazeta, jurnal, maqolalardan materiallar bo‘lishi kerak.
4. Har bir o‘quvchi ikki guruh tarkibida ishtirok etadi: Dastlab «o`z uyi» (birlamchi) guruhiga, keyin esa, (ekspert) guruhiga birlashib, o‘quv elementlarini mustaqil ravishda o‘rganadi.
Geografiya ta’limida o`qitishning modulli texnologiyasi
Modulli ta’lim texnologiyasi geografiya o`qitish metodikasida keng qo‘llaniladi. Darslik, bo`lim, mavzu ayrim modullarga bo`linadi. Har bir modulda o`quvchilar albatta egallashi lozim bo`lgan bilimlar tizimi aniqlanadi. Masalan, geografik koordinatalar mavzusini quyidagi modullarga bo`lish mumkin; ekvator, bosh meridian, daraja to`ri, geografik kenglik, geografik uzunlik, geografik koordinatalar. Bunda o`quvchilar albatta bilishi lozim bo`lgan bilimlarga parallel, meridian, kenglik, uzunlik, geografik koordinatalar kiradi.
Umumiy ta’lim maktablarida geografiya fani kurslari oddiydan murakkablikka tomon bir-birini to`ldiradigan holda joylashtirilgan. Har bir geografiya predmetida o`zaro bog`langan voqea va hodisalar hususiyatlari va qonunyatlari ochib berilgan. Shuning uchun bir-biri bilan bog`liq bo`lgan borliq, voqea va hodisalar haqidagi bilimlar tizimi geografik modullar deb ataladi.
Modulli ta’lim texnologiyasida o`quv materialini yirik qismlar orqali o`rganish uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim:
a) butun o`quv jarayonini aniq tashkillashtirish;
b) berilgan mavzu qismlarining maqsad va vazifalarini aniqlab olish;
v) ko`rgazmali va og`zaki o`qitish usullarini o`zaro bog`lash;
g) o`quvchilarni mustaqil faoliyatining turli shakllariga yetaklash;
d) nazoratning turli usullarini qo`llash (og`zaki, yozma, o`zaro nazorat, test va h.k.)
Umumiy ta’lim maktab geografiyasini yirik modul sifatida qaraydigan bo`sak, har bir sinf geografiya kursi alohida modul hisoblanadi. Har bir sinf geografiya predmeti bo`lim va mavzular bo`yicha modullarga bo`linib ketadi.
Demak, geografiya predmetlarini ma’lum bir kurs, bo`lim va mavzular bo`yicha mantiqiy modullarga bo`lish mumkin. Har bir modulning maqsadi o`quvchilar egallashi mumkin bo`lgan ko`nikma va malakalar tizimi aniqlanadi. Mazkur holni beshinchi sinf geografiya kursi misolida ko`rib chiqamiz.
Ushbu kursni bitta yirik modul deb oladigan bo`lsak, uning maqsadi o`quvchilarga geografiya fani, plan va xarita, Yer qobiqlari haqida bilimlar berish va tegishli ko`nikmalarni shakllantirishdir. Ushbu kursni quyidagi modullarga bo`lishimiz mumkin.
1-Modul. Kirish. Uning maqsadi geografiya fani va uning tarmoqlari hamda rivojlanishi va amaliy ahamiyati haqida bilimlar berishdir. Unda geografiya fani, uning tarmoqlari va ularning vazifalari haqida ko`nikma va malakalar shakllantiriladi.
Mazkur modulni yanada maydaroq modullarga bo`lib ko`rib chiqamiz.
1.1. –Modul. Geografiya fani nimani o`rganadi va u qanday tarmoqlarga bo`linadi? Demak, bu yerda geografiya fani haqida umumiy tasavvur va bilimlar beriladi. Shundan so`ng geografiya fanini ikkita yirik tarmoqqa, ya’ni tabiat va tabiiy sharoitni o`rganadigan tabiiy geografiyaga va aholi hamda uning xo`jalik faoliyatini o`rganadigan iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga bo`linishi haqida o`quvchilarga bilimlar beriladi.
1.2. –Modul. Geografik bilimlarning rivojlanishi. Mazkur modulning maqsadi geografik bilimlarning ilk bor, o`rta asrlarda, buyuk geografik kashfiyotlar, ilmiy tadqiqotlar davrlarida rivojlanishi haqida bilimlar beriladi.
1.3. –Modul. Zamonaviy geografiya. Maqsadi hozirgi davrda geografiya fanining asosiy vazifalari haqida bilimlar berish.
2. – Modul. Plan. Maqsadi plan olish usullari, masshtab, shartli belgilar, azimut, nisbiy va mutlaq balandlik haqida o`quvchilarga bilimlar berish.
2.1- Modul. Joy plani haqida tushuncha. Rasm, aerosurat, kosmosurat va plan. Ularning bir-biridan farqi.
2.2 - Modul. Masshtab. Sonli, chiziqli va nomli masshtab. Masshtablarni bir turdan ikkinchi turga o`tkazish. Masshtab bilan mashqlarni amalga oshirish.
2.3 - Modul. Shartli belgilar, ularning turlari. Masshtabli va masshtabsiz shartli belgilar.
2.4 - modul. Azimut. Ufq tomonlari. Kompas va u bilan ishlash.
2.5 - Modul. Mutlaq va nisbiy balandliklar. Joyda masofani o`lchash. Gorizontallar va ular bilan ishlash.
2.6 - Plan olish. Qutbiy va azimutli yo`nalish usulda plan olish.
3. Modul. Geografik xaritalar. Maqsadi geografik xaritalar va ularning o`lchamlari haqida bilimlar berish. Geografik xaritalar va ular bilan ishlash ko`nikma va malakalarini shakllantirish.
3.1-Modul. Xaritalar haqida tushuncha. Globus. Dunyo xaritasi. Yarim sharlar xaritasi. O`zbekiston xaritalari. Yozuvsiz xaritalar, atlaslar.
3.2-Modul. Daraja to`ri. Ekvator, meridian, parallellar. Qutblar.
3.3.-Modul. Geografik koordinatalar. Geografik uzunlik. Geografik kenglik. Geografik koordinatalarni aniqlash.
Qolgan mavzular ham xuddi shu tartibda modullarga bo`lib chiqiladi.
(4-modul. – Yer quyosh sistemasidagi sayyora, 5-modul - Yer qobiqlari. Yer qobiqlari o`z navbatida 7-ta modulga bo`linadi.)
Modulli ta’lim texnologiyasi yordamida dars o`tilganda bilimlar bosqichma-bosqich beriladi va o`zlashtiriladi. Mazkur texnologiya o`qituvchi uchun ham juda qulay.
GEOGRAFIYA TA`LIMIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
O‘qitishning bu vositasi o`tgan asrning 70-yillarida shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqilishi bilan paydo bo‘ldi. O‘quv dasturi vositasi deb shunday vositaga aytiladiki, unda ma'lum o‘quv predmeti o‘z aksini topib, uni o‘rganish texnologiyasi ko‘rsatiladi va har xil o‘quv amaliyotlarni amalga oshirish uchun sharoit ta'minlanadi. Bunaqa dastur vositalari odatda an'anaviy ta'lim-tarbiya jarayonida, o‘qitish samarasini oshirish va boshqalarda qo‘llashga mo‘ljallangan. Kompyuterda matn, chizma, audeo va video ma’lumotlarning birlashtirilishi o`quv ma’lumotlari sifatini keskin oshirdi.
O‘quv dasturi vositalarining o‘quv jarayonida bajaradigan funksiyalari quyidagilar:
• o‘quv jarayonini differensialash va individuallashtirish;
• teskari aloqa va xatolar diagnostikasi bilan bir vaqtda nazorat olib borish;
• o‘z-o‘zini nazorat qilish va o‘z faoliyatini boshqarish;
• murakkab hisob-kitoblarni kompyuterda bajarish hisobiga vaqtni tejash;
• o‘quv axborotini vizuallash (ko`rib turish);
• o‘rganilayotgan jarayon va hodisalarni modellash yoki immitatsiya qilish;
• real tajribani kompyuterda immitatsiya qilish sharoitida laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borish;
• har xil vaziyatlarda masalaning optimal yechimini topish ko‘nikmalarini shakllantirish;
• muayyan fikrlash turini rivojlantirish (masalan, nazariy, obrazli....);
• motivlarni kuchaytirish (o‘yinlar...);
• o‘quv faoliyati madaniyatini shakllantirish va boshqalar.
Hozirgi vaqtda o‘quv dasturi vositalari ro‘yxatiga quyidagilar kiritiladi:
• elektron darsliklar;
• elektron ma'ruzalar;
• ma'lumotnoma va axborot manbalari;
• masalalar to‘plami va masalalar generatorlari;
• predmetli muhitlar;
• elektron rasmlar.
Geografiya ta’limida axborot texnologiyalardan foydalanishni quyidagi shart-sharoitlarini ta’kidlab o‘tish lozim:
-geografiya o‘qituvchisi axborot texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak;
- maktab o‘quvchilari kompyuterlardan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak;
- maktabda kompyuter sinflari bo‘lishi zarur.
Geografiya ta’limida axborot texnologiyalarni qo‘llash quyidagi sohalarda olib borilmoqda: elektron darsliklardan foydalanish; elektron xaritalardan foydalanish; internet imkoniyatlaridan foydalanish; video filmlardan foydalanish; masofaviy o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish.
Hozirgi davrda juda ko‘p darsliklarning elektron versiyalari yaratilmoqda. Shu munosabat bilan o‘quvchilar berilgan mavzuni elektron darslikdan topib uni o‘qituvchi yordamida, yoki mustaqil o‘rganishi mumkin. Darsning o‘qituvchi boshqarib turishi mumkin. Bunda o‘qituvchi matnni o‘rganishda izohlar berib boradi. Matndagi chizmalar, rasmlar, xaritalar, jadvallar alohida tushuntiriladi. Darsni oxirida o‘qituvchi kompyuter orqali o‘quvchilarga savollar berishi mumkin. O‘quvchilar esa kompyuter orqali javob berishadi. Ularning bergan javoblari o‘qituvchi tomonidan baholanadi.
Geografiya ta’limida xaritalar asosiy o‘quv vositasi hisoblanadi. Shuning uchun xaritalar bilan mustaqil ish bajarayotganda elektron xaritalardan foydalanish mumkin. Elektron xaritalar orqali quyidagi ishlarni bajarish mumkin:
- elektron xaritalar orqali tabiiy va iqtisodiy geografik tavsiyalar tuzish; masalan, iqlim xaritalaridan foydalanib ma’lum bir materik yoki hudud iqlimi tavsifini tuzish, yoki iqtisodiy geografik xaritalardan foydalanib, ayrim mamlakatlarga yoki hududlarga iqtisodiy ta’rif berish va h. k.;
- internet imkoniyatlaridan foydalanib geografiyaning turli sohalari
bo‘yicha yangi-yangi ma’lumotlar olish mumkin. Masalan, kundalik ob-havo haqida, aholi haqida, xo‘jalik va geosiyosiy sharoit haqida va h.k;
- geografiya ta’limida videofilmlar juda katta ahamiyatga ega.
Geografiya o‘qituvchisi Microsoft Office dasturlaridan foydalanib sodda,elektron nazorat materiallari tuzishi mumkin. Ayniqsa, Microsoft Excel jadval protsessori bunday kichik nazorat topshiriqlari tuzish uchun juda qulay. Masalan, quyida “Ufq tomonlarini toping “ grafik nazorat ishining elektron varianti berilgan. O‘quvchi bu topshiriqni kompyuter yordamida bajarish jarayonida katakchalarga( ) jadvaldagi ufq tomonlariga mos keluvchi raqamlarni kiritadi. Javoblar kiritilish jarayonida yashirigan ustuncha(L)dagi =ЕСЛИ(D5=6;1;0) ko‘rinishidagi formulalar qatori o‘quvchi kiritgan javobni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini hisoblab boradi. So‘ngra natijani ko‘rish
tugmasi bosilganda, gipermurojaat orqali bog‘langan Microsoft Excel kitobining keyingi varog‘i ochiladi. Microsoft Excel kitobining bu varog‘i “Sizning natijalaringiz deb nomlanib, unda o‘quvchi tomonidan to‘g‘ri topilgan javoblar soni, o‘quvchining bu topshiriqni bajarishda olgan bahosi, ”O‘zingizni yana sinab ko‘rasizmi?” va “To‘g‘ri javoblarni bilishni hohlaysizmi?” katakchalari mavjud.
“To‘g‘ri javoblar soni” katakchasiga kiritilgan CУММ (Лист3!L6:L15) formulasi to‘g‘ri javoblar sonini hisoblaydi. O‘zingizni yana sinab ko‘rasizmi katakchasi gipermurojat orqali Microsoft Excel kitobining avvalgi varog‘i ochiladi.Makroslar yordamida avvalgi varoqqa o‘tishda to‘ldirilgan natijalarni tozalash mumkin.
Sizning bahongiz katakchasiga kiritilgan formula =ЕСЛИ(I7=10;5;ЕСЛИ(I7=9;5;ЕСЛИ(I7=8;4;ЕСЛИ(I7=7;4;ЕСЛИ(I7=6;3;ЕСЛИ(I7=5;3;2))))))) to‘g‘ri javoblar sonidan kelib chiqib o‘quvchi bahosini hisoblaydi. “To‘g‘ri javoblarni bilishni hohlaysizmi?” katakchasi bosilganda gipermurojat orqali bog‘langan Microsoft Excel kitobining navbatdagi varog‘i ochiladi. Bu varoqda to‘g‘ri javoblar belgilab qo‘yilgan.
Umuman olganda kompyuter asoslarini yaxshi bilgan har bir o‘qituvchi darsning istalgan qismida, mavzuga mos usulda kompyuterdan foydalana oladi.
AYRIM MAVZULARNI O‘RGANISH METODIKASI
KIRISH DARSI
Kirish darsi o‘quvchilarda shu kursning maqsadi, vazifalari, uning amaliy ahamiyati va hayotdagi roli haqida tasavvurlar hosil qiladi. O‘quvchilar tabiiy geografiyani birinchi bor o‘rganishga kirishayotganlari uchun ham bu darsni tashkiliy jihatdan nihoyatda puxta uyushtirish maqsadga muvofiqdir. Bu darsda eng avvalo o‘quvchilarga darslik bilan ishlash, geografiyaga oid daftarlarni qanday yuritish, ob-havoni qanday kuzatish, ma'lumotlarni daftarlarga qay holatda qayd qilib borish kabi masalalarni erinmasdan tushuntirish zarur. Dars davomida geografiya fani, uning tarmoqlari haqida, tabiatni bilish, undan foydalanish, uni muhofaza qilishning ahamiyati, boshlang‘ich tabiiy geografiya kursida o‘rganiladigan ob'yekt va hodisalarga oid ma'lumotlar beriladi.
Tabiiy geografiyaning vazifalari sodda misollar asosida tushuntiriladi. O‘quvchilar kirish darsini qanchalik yaxshi egallasa kelgusi darslarni shunch lik puxta o‘zlashtirishlari uchun zamin yaratiladi. Demak, o‘qituvchi o‘quvchilarning esida qoladigan qiziqarli materiallarni, faktlarni to‘plashi zarur. Ushbu ma'lumotlar, albatta dars mazmuni bilan puxta bog‘langan bo‘lishi kerak. O‘qituvchi bu darsda geografiyaning faqat tasvirlovchi fan emasligini, balki, uning har bir joyning o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi sabablarini ochib berishdagi rolini atroflicha o‘quvchilarga yetkazishi zarur. Hozirgi geograf faqat "qayerda nima bor" degan savolga javob topmasdan balki, uning nima sababdan shu yerda joylashganligini isbot qilishga qaratilgan, “Tabiat boyliklaridan qanday foydalanish kerak”, “Tabiatni qanday muhofaza qilish zarur” degan savollarga ham javob berishi lozim.
Darsda Muhammad al-Xorazmiyning Afrika, Osiyo qit'alari haqidagi ta'riflarini hamda Yer shar shaklda degan fikrlarini uning "Suvrat ul arz" (Yer tasviri) asaridan o‘qib eshittirsa, o‘quvchilarning qiziqishlari ortib boradi. Ungacha bironta olimning Sirdaryo va Amudaryodan tashqari bu yerda boshqa geografik ob'yektlar haqida mufassal yozib qoldirmaganligini alohida uqtirish zarur. Ayniqsa, Abu Rayhon Beruniyning diametri 5 m bo‘lgan globusni yaratgani, uning okean ortida quruqlik mavjud bo‘lishi kerak, degan fikrlari o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Bu yerda O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning she'ridagi "Kolumbda bor alamim manim" misrasini tantana bilan aytib berish juda o‘rinli bo‘ladi. Magellan, Vasko da Gama sayohatlarini darslikdan boshqa manbalardan tayyorlash, ularning ekspeditsiyalarga qanday tayyorlanganligi, unda qatnashgan kishilarning qahramonliklari haqida, qanday sarguzashtlarga to‘g‘ri kelganliklarini aytish ham dars samaradorligini yanada oshiradi. O‘qituvchining sayyohlar haqidagi hikoyalari qiziqarli chiqadi. Hikoya jarayoni tabiiy ob'yektlarning rasmlari va olimlarning portretlarini ko‘rsatish bilan olib borilishi zarur.
Yuqoridagi misollar o‘quvchilarda geografiya fanining vazifalarini tushunarli bo‘lishini ta'minlaydi. O‘quvchilar geografiyani umuman butun Yer yuzi tabiati, aholisi va xo‘jaligi haqidagi fan ekanligini anglab yetadilar. Uni ikki yirik, tarmoqqa: tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaga bo‘linishini bilib oladilar.
JOY PLANI VA GEOGRAFIK XARITALAR
Bu mavzuda plan va xaritaga xos bo‘lgan xususiyatlar, ularning tuzilishiga oid bilimlar yoritiladi. Mavzularda o‘quvchilar ko‘pgina amaliy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar. Masalan, joyda mo‘ljal olish, masshtablarni o‘qiy olish, joy planini olishdagi usullar, geografik va topografik xaritalarga qarab tomonlarni va masofalarini aniqlash shular jumlasidandir.
Xarita va plandagi shartli belgilarni o‘rganadilar, kompasdan foydalanib azimutlarni aniqlash yo‘li bilan plan olish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. O‘quvchilar nisbiy va mutlaq balandliklarni, xaritalarda gorizontallar yordam- ida tepaliklarning balandliklarini aniqlash kabi bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar. «Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi»da topografik - xaritografik bilimlar tarixan shakllangan ikkita yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi.
1. Joy plani - kichik hudud xaritasi - mayda masshtabli xarita -yarimsharlar xaritasi.
2. Globus - yarimsharlar xaritasi - materiklar (qit'alar) xaritasi - mamlakatlar xaritasi - joy plani.
Darslikda esa ikki guruh bilimlar ajratiladi.
1. Joyning yirik masshtabli chizmasi (joy plani).
2. Mayda masshtabli chizma (xarita, globus, Yer shari modeli).
Mavzuni o‘rganishning asosiy maqsadlaridan biri o‘quvchilarda xaritografik
ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Bu ko‘nikma va malakalarning aksariyati darsda, qolgan qismi esa sinfdan tashqari paytlarda va geografiya maydonchasida shakllantiriladi. O‘qituvchi avvalo o‘quvchilarga bunday ko‘nikmalarning hayotda tutgan o‘rnini, ahamiyatini ochib berishi kerak. Ana shundagina o‘quvchilar plan va geografik xaritaning mazmuni va mohiyatini puxta egallaydilar. Joyda bajariladigan amaliy ishlarning aksariyati maxsus asbob va uskunalar bilan ishlashni talab qiladi. Shu tufayli o‘quvchilar zarur bo‘ladigan asbob-uskunalar bilan avvaldan tanishtirilsa yaxshi bo‘ladi. Buning uchun o‘quvchilarni dastlab sinfda va geografik maydonchada maxsus mashqlar bajartirib, shundan keyingina plan olish ishlarini joyda uyushtirishni tashkil qilish lozim. Joyda qo‘llaniladigan ayrim asboblarni, masalan: ruletka, planshet, kompas va boshqalarni o‘quvchilar kuchi bilan ham yasash mumkin.
Amaliy ishlarni uyushtirishda imkon bo‘lsa mashg‘ulot o‘tkazilayotgan joyning topografik planidan foydalanish kerak. Qachonki, o‘quvchilar bu joy topografik planini o‘zlari tuzayotgan plan bilan qiyoslab borsalar, ularning qiziqishlari yanada oshadi.
Mavzuning yana bir eng muhim vazifasi o‘quvchilarni topografik belgilar bilan tanishtirishdan iborat.
Topografik shartli belgilardan foydalanib o‘quvchilarga o‘z sinfidagi o‘rtoqlariga maktub yozish topshiriladi. Maktublarda so‘zlar o‘rniga shartli belgilar ishlatiladi. Bu ishlar o‘quvchilarga uyga vazifa tarzida yoki sinfdan tashqari paytlarda bajarish uchun berilishi ham mumkin. Keyin o‘qituvchi topografik xarita asosida bironta marshrutni ko‘rsatadi. O‘quvchilar esa xarita shartli belgilariga qarab bu marshrutdagi hamma narsalarni aytib berishlari kerak. Bunday topografik topshiriqlar mazmunan quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. Fermer xo‘jaligi garajiga boradigan yo‘l qaysi tomonga yo‘nalgan?
2. Plandagi joyning qaysi qismlarida bog‘ va paxtazor berilgan?
Topografik xaritani o‘rganishda eng muhim jarayonlardan biri topografik
diktantlar hisoblanadi. O‘qituvchi doskaga matnni yozadi va sekin aytadi.
O‘quvchilar doskadagi matnga qarab va o‘qituvchi so‘zi asosida matnga to‘g‘ri keladigan topografik plan chizadilar. Matn qiziqarli ma'lumotlarni o‘zida aks ettirishi lozim. Shundagina o‘quvchilar diktantga faol qatnashadilar.
YER QOBIQLARI
LITOSFERA (TOSH QOBIQ) MAVZUSINI O‘RGANISH
O‘quvchilar bu bobda Yer po‘stining qalinligi, zilzila va vulqonlarning otilishi, litosfera plitalarining siljishi kabi bilimlarni o‘rganadilar va ularni tadqiq qilish usullari bilan tanishadilar.
Litosferani vertikal holatda o‘rganib bo‘lingach, uni gorizontal yo‘nalishda ко'rib chiqiladi va tog‘ jinslarining joylashishi o‘rganiladi. Tog‘lar va tekisliklar relyefi ko`rib chiqiladi, tog‘lar balandligiga ko‘ra turlarga ajratiladi.
Tog‘lar va tekisliklar haqidagi bilimlar yakka ob'yektlarni o‘rganish orqali to‘planadi. Bunday ob'yektlar yarimsharlar tabiiy xaritasi, O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy xaritalari misolida bo‘lishi mumkin. Mavzuda bilimlarni egallash usullari tabiat ob'yektiga ta'rif berishdan boshlanadi. Har bir mavzuda o‘lka materiallari keng qo‘llaniladi. Masalan, o‘quvchi yashab turgan joyda litosfera qalinligi (taxminiy), Yer po‘sti harakatlari qandayligi, qanday jinslardan tashkil topganligi, Yer yuzi qanaqa kuchlar ta'sirida o‘zgarayotganligi bunga misol bo‘la oladi.
Litosfera mavzusining maqsadi Yerning ichki tuzilishini o‘rganish, ya'ni o‘quvchilarda yadro, mantiya, Yer po‘sti tushunchalarini shakllantirishdir.
Litosfera mavzusini o‘rganishda, Yer po‘stini hosil qilgan jinslar, ularning magmatik, cho‘kindi va metamorfik tog‘ jinslariga bo‘linishi aniq misollar yordamida ko‘rib chiqiladi. Amaliy mashqlar paytida esa tog‘ jinslarini bir-biridan farqlanishi o‘rgatiladi.
Relyef haqidagi bilimlar o‘quvchini o‘rab to‘rgan atrof muhitda mavjud. O‘quvchilar ularning aksariyatini mustaqil ishlar orqali ham o‘rganishlari mumkin.
Endogen va ekzogen kuchlarga oid bilimlarni bevosita o‘lkashunoslik nuqtai nazaridan o‘rganib bo‘lmaydi. Bunday bilimlarni egallashda rasmlar, kinofilmlar va boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Masalan: zilzila, vulqonlar, burmali tog‘lar, palaxsali tog‘lar relyefi shakllari, geyzerlar, ayrim tog‘ jisnlari, okean osti relyefi shular jumlasidandir.
Yer relyefining xilma - xilligini, ya'ni tog‘lar, tekisliklar va ularning turlarini o‘rganishda tabiiy xaritadan unumli foydalanish lozim. Xarita asosida amaliy mashqlar uyushtirish dars samardorligini oshirishga yordam beradi.
Bob mavzulari yakunlangach amaliy ishlar bajariladi.
GIDROSFERA MAVZUSINI O‘RGANISH
Gidrosfera mavzusini o‘rganishda xaritaning o‘rnini hech qanday ko‘rgazmali qurol bosa olmaydi. Xarita asosida amaliy ishlar uyushtirish orqali bu bobdagi ko‘pgina ob'yektlar haqida o‘quvchilarga ma'lumot yetkazish imkoniyati tug‘iladi. O‘quvchilar tasavvur qilishi qiyin bo‘lgan geografik ob'yektlarni faqat ko‘rgazmali qo‘llanmalar yordamidagina o‘rganishi mumkin. Masalan: Yapon dengizini xaritadan toping, uning eng chuqur joylarini, qirg‘oqlarini xarita asosida ta'riflang. Bu savollarga xarita orqaligina javob topiladi. O‘quvchilar bu tarzdagi savollarning bir nechtasini yechishlari tufayli ularda bunday ob'yektlarga xarita asosida ta'rif berish ko‘nikmasi shakllanadi. Amaliy ishlarning keyingi bosqichida o‘rganilgan ob'yektlar yozuvsiz xaritalarga tushiriladi. Ma'lum rejalar asosida gidrosfera ob'yektlariga ta'rif berish mashqlarini izchil bajarish yaxshi natijalar beradi.
Sinf doskasiga ta'rif berish rejasi yoziladi. Rejaga daryoning qayerdan boshlanishi, qayerga quyishi, daryoning oqish xususiyatlari, oqib o‘tayotgan hududlari relyefi va daryoning boshqa xususiyatlari kiritiladi. Keyin o`quvchiga Yer sharining boshqa daryolariga xuddi shu reja asosida ta'rif yozish topshiriladi.
O‘quvchilar diqqatiga qiyoslovchi topshiriqlarni havola etish ham yaxshi n'atijalar beradi. Bunda quyidagi jadvalni to‘ldirish topshiriladi.
Daryolar nomi
Qaysi hududda joylashgan
Uzunli- gi, km
Qayerdan boshlanadi
Qayerga quyiladi
Xo‘jalikda foydala- nishi
Boshqa xususi-yatlari
Amudaryo
Sirdaryo
Nil
ATMOSFERA MAVZUSINI O‘RGANISH
Bu mavzuda atmosferada bo‘ladigan hodisalar va jarayonlar atroflicha o‘rganiladi. Ob-havo, iqlim, ularning xilma-xilligi sabablari, ob-havoni o‘rganishga oid bilimlar negizida meteorologik asbob-uskunalar bilan ishlash, ob-havoni kuzatishga oid ko‘nikmalarning o‘quvchilar ongida shakllantirilishi mavzu asosini tashkil qiladi.
Atmosferaga oid bilim, ko‘nikma va malakalarning shakllanishi ob-havoni doimiy kuzatish orqaligina amalga oshadi. Bu jarayon butun kurs davomida va o‘qituvchi rahbarligida bajariladi. O‘quvchilar "Ob-havo", "Iqlim" tushunchalarini egallashlari uchun eng avvalo ular atmosferada sodir bo‘ladigan jarayonlar bilan puxta tanish bo‘lishlari zarur.
O‘quvchilar termometr, barometr, flyuger, anemometr kabi asboblar bilan tanishadilar. Ular bilan mustaqil ishlay olish ko‘nikmalariga ham ega bo‘ladilar.
Iqlim xaritalari orqali izoterma, izobaralar va izogiyeta chiziqlarini topadilar va ularni xaritadan mustaqil o‘qiy olish bilimini egallaydilar.
Ob-havoni kuzatish orqaligina o‘quvchilarda iqlim, ob-havo, havo massalari tushunchalari puxta shakllanishi mumkin. O‘quvchilarda Yerning Quyosh atrofida aylanishi, issiqlik mintaqalari to‘g‘risida bilimlar mavjudligini e'tiborga olib, iqlimning ko‘pgina omillarga bog‘liq ekanligi atroflicha tushuntiriladi. Jumladan, geografik kenglik, okeanlarning uzoq-yaqinligi, relyef xususiyatlari har bir hudud iqlimiga ta'sir etuvchi omillar ekanligi misollar bilan yoritaladi. Eng muhimi ob-havoni kuzatishga o‘rganish ularning atmosfera va Yer iqlimi mavzusini puxta egallashlariga zamin tayyorlaydi. Ob-havo¬ni kuzatishni tashkil qilish asta-sekin murakkablashib boradi:
1) mavzuni o‘rgangunga qadar kuzatish; umumiy tarzda kuzatish;
2) mavzuni o‘rganish jarayonidagi kuzatish; ob-havo elementlari bo`yicha kuzatish;
3) mavzuni o‘rganib bo‘lingandan keyingi kuzatish.mukammal kuzatish.
Ob-havoni kuzatishdan asosiy maqsad, mavzuni o‘rganish uchun aniq material va faktlarni yig‘ishdan iborat.
Mavzuning asosiy ob'yektlaridan biri o‘quvchi yashayotgan joy iqlimi hisoblanadi. Joyning ko‘p yillik iqlimiy ma'lumotlarini tahlil qilish orqali mavzuning ko‘pgina bilim va tushunchalari mag‘zini chaqib olish mumkin. Jumladan, o`quvchilar o‘z joyida haroratning sutka davomida o‘zgarishi qonuniyatlaridan tortib, ko‘p yillik o‘rtacha haroratlarni topishgacha, shamolning tezligi sabablarini, uning fasllar bo‘yicha o‘zgarishi kabilarni faqat mahalliy materiallar orqali puxta o‘zlashtirib oladilar.
Mavzuni o‘rganish yakunida o‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari kerak:
— o‘z joyi iqlimining xususiyatlarini, uning qanday iqlim tipiga man- subligi (keskin kontinental yoki mo‘tadil kontinental), qaysi mintaqada joylashganligi;
— ko‘p yillik ma'lumotlar asosidagi o‘rtacha yillik haroratning eng issiq va sovuq haroratlarini, yoz va qishning o‘rtacha haroratlarini;
— yog‘inlar miqdorini, uning fasllar bo‘yicha taqsimlanishini, yogin turlarini, o‘rtacha yillik yog‘in miqdorini;
— yil davomida esadigan asosiy shamollarni, mavsumiy shamollarni, ularning qaysi tomondan ko‘proq esishini (oylar va yil bo‘yicha);
— fenologik ma'lumotlar bo‘yicha birinchi sovuq tushishini, o‘simliklar gullash davrlarini, birinchi va oxirgi uchib kelgan va ketgan qushlarni va hokazolarni.
TABIAT KOMPLEKSLAR1 MAVZUSINI O‘RGANISH
Tabiat kompleksi mavzusi geografik qobiqni o‘rganish bilan bog‘liqdir. Geografik qobiqning tarkibi, xususiyati, kattaligi haqidagi ma'lumotlarga ega bo‘lingach, geografik mintaqalar, ular o‘rtasidagi aloqadorlik qonuniyatlarini o‘zlashtirish birmuncha oson bo‘ladi. Litosfera, gidrosfera, atmosfera, biosferaning o‘zaro bog‘liqligini, ularning bu bog‘liqligi va o‘zaro ta'siri natijasida geografik qobiq vujudga kelishini o‘quvchilar tushunib oladilar. Geografik qobiqda moddalarning hamma shakllari mavjudligini biladilar.
Geografik qobiqda insoniyat jamiyati tashkil topgan va tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi murakkab aloqadorlik sodir bo‘ladi. Yagona geografik qobiqning komponentlari — relyef, tog‘ jinslari, iqlim, suv, tuproq, o‘simlik va hayvonlar Yer sharining turli qismlarida har xil bo‘lib, o‘ziga xos tabiiy komplekslarni vujudga keltiradi.
O‘z joyi tabiat kompleksi komponentlarini, Yer sharining boshqa tabiat komplekslari komponentalari bilan qiyoslash orqali bu tushuncha mohiyati va mazmuni yanada oydinlashadi. Shu yo‘l bilan cho‘l, dasht hamda ekvatorial va Arktika muz sahrolari tabiat zonalari qiyoslanadi va ularning turli landshaftlarga bo‘linishi sabablari misollar yordamida o‘quvchilar ongiga yetkaziladi. O‘quvchilar o‘z joyi tabiat kompleksini Yer sharining boshqa tabiat komplekslari bilan qiyoslash orqali ularda quyidagi g‘oyalar shakllanadi.
Geografik qobiqning xilma-xilligining asosiy sababi joyning geografik o‘rni ekanligi, relyef va iqlimning ham sezilarli ta'sir qilishi, tabiat komplekslarida bitta kompo- nentining o‘zgarishi boshqa komponentlarning ham o‘zgarishiga sabab bo‘lishi qonunini o‘quvchilar anglab yetishlari kerak. Bularni o‘quvchilarga mahalliy materiallar misolida yetkazish maqsadga muvofiq. Tabiatdan oqilona foydalanish uchun albatta, tabiat kompleksini chuqur o‘rganish zarur.
O‘quvchilar ongiga shu narsani yetkazish kerakki, geografik qobiq nihoyatda xilma-xil bo‘lib, oddiy va murakkab komplekslardan tashkil topadi.
1-dars. Geografiya nimani o‘rganadi
Darsning maqsadi va vazifalari. O‘quvchilarni geografiyaning inson hayoti va faoliyatidagi o‘rni hamda qadim zamonlarda yashagan odamlarning Yer haqidagi fikrlari bilan tanishtirish; Eratosfen, Ahmad Farg‘oniy, Al-Xorazmiy,Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘beklarning geografiya sohasidagi tadqiqotlari haqidagi ma'lumotlarni o‘quvchilarga yetkazish; geografiyaning boshqa fanlar orasidagi o‘rnini ochib berish; hozirgi zamon geografiyasi mohiyati to‘g‘risida tasavvurlar hosil qilish; o‘quvchilarni ob-havo kalendari va uni to`ldirib boorish bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog‘lay olishni, estetik did, axloqiy sifatlarni, kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarni tarkib toptirish.Tabiatga mehr va muhabbat uyg‘otish asosida ekologik tushunchalarni kengaytirish.
Darsning rivojlanliruvchi maqsadi: mustaqil ishlash va u orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o‘rgatish,ilmiy dunyoqarashlarni shakillantirish, nutqni o‘stirish, fanga qiziqishni orttirish.
O‘quv ko‘rgazmalar: Yarimsharlar xaritasi, globus, Yerning kosmosdan olingan aerofotosuratlari, ob-havo kalendari, buyuk alloma va sayyohlarning rasmlari, Ulug‘bek rasadxonasining surati.
Darsni uyushtirish shakllari. Geografik bilimlarning dastlabki to‘planishi haqida hikoya qilish; buyuk vatandoshlarimizning Yer ilmiga oid tadqiqotlarini qisqacha hikoya, savol-javob asosida tushuntirish; amaliy ish "Geografiya va uning tarmoqlari" deb nomlanuvchi chizma tayyorlash; o‘quvchilarni ob-havo kalendari bilan tanishtirish; "Tabiat o‘zgarishlari" kundalik daftarini tutish qoidalari bilan o‘quvchilarni tanishtirish; kursni o‘rganishda zarur bo‘ladigan jihozlar haqida hikoya va savol-javob qilish, o‘quvchilarda darslik bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga kirishish.
Termin va tushunchalar. Geografiya, tabiiy geografiya, iqtisodiy geografiya, geograf, g‘arbiy yarimshar, sharqiy yarimshar, geografik tadqiqot, ob-havo kalendari, geografik bashorat.
Nomlar: Eratosfen, Ptolemey, Ahmad Farg‘oniy, Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, F.Magellan, X.Kolumb.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Geografiya fani qaysi kasb egalarining ish faoliyatida kerak bo‘lishi mumkin?
2. Kundalik hayotingiz davomida qanday geografik bilimlardan foydalanasiz?
Nimalarga e’tibor berish zarur:
· o‘quvchilarda darslik bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga kirishish,darslikni varaqlab ko‘rish; rasmlarini tomosha qilish; mundarija bilan tanishish.
Darslikdagi biror betni, mavzuni topish, mavzudagi ajratilgan so‘zlar bilan ishlash;
Mavzuning muhim joylarini ajratib olish, tayanch so‘z va tushunchalar bilan ishlash, mavzuga oid savol va topshiriqlar bilan ishlash.
· Geografiya faniga qiziqtirish, fanning ahamiyatini tushuntirib berish.
Darsdan so‘ng:
1. Darsning o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun nazorat materiallari tuzaman.
2. Ob-havoni kuzatish qanday amalga oshirilganligini tekshirib ko‘rish uchun namunaviy ko‘rgazma tayyorlayman.
2-dars. Qadim zamonda odamlar Yerni qanday tasavvur qilishgan?
Darsning maqsadi va vazifalari. O‘quvchilarni Yer haqidagi geografik bilimlaming to‘planishi va rivojlanishi tarixi bilan tanishtirish; vaqt o‘tishi bilan geografik bilimlaming takomillashib borishi, insoniyat hayotida bu bilimlarning ahamiyati oshib borganligini aniq misollarda yoritish; o‘quvchilarni mashhur sayohatchi va geograf olimlar nomlari bilan tanishtirish; hozirgi zamon geografik tadqiqotlarining maqsadi va vazifalarining ahamiyatini ochib berish.
O‘quv ko‘rgazmalar: Yarimsharlar tabiiy xaritasi, sayohatchilarning rasmlari, kishilarning Yer haqidagi tasavvurlari rasmlari, globus, atlas, yozuvsiz xaritalar, Yerning kosmosdan olingan suratlari.
Darsni uyushtirish shakllari. Sayohatchilar haqida o‘qituvchi hikoyasi, amaliy ish tarzida "Buyuk sayyohlar va geograf olimlar" jadvalini to‘ldirish, yozuvsiz xaritaga mashhur ekspeditsiyalar o‘tgan yo‘llarni tushirish, o‘quvchilarning mashhur geograf va sayyohlar haqidagi ma'lumotlarini eshitish.
DARSNING TEXNOLOGIK KARTASI
MAVZU
Qadim zamonda odamlar Yerni qanday tasavvur qilishgan?
Maqsad va vazifalar
O‘quvchilarni Yer haqidagi geografik bilimlarning to‘planishi va rivojlanishi tarixi bilan tanishtirish; vaqt o‘tishi bilan geografik bilimlarning takomillashib borishi, insoniyat hayotida bu bilimlaming ahamiyati oshib borganligini aniq misollarda yoritish; o‘quvchilarni mashhur sayohatchi va geograf olimlar nomlari bilan tanishtirish; hozirgi zamon geografik tadqiqotlarining maqsadi va vazifalarining ahamiyatini ochib berish.
Mavzuga oid berilgan savollarni o‘quvchilar tomonidan guruh holatida o‘zlashtirib olishlari hamda berilgan topshiriqlar qay darajada o‘zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini baholash.
O‘quv jarayonining mazmuni
Yer haqidagi geografik bilimlarning to‘planishi va rivojlanishi tarixini, hozirgi zamon geografik tadqiqotlarining maqsadi va vazifalarining ahamiyatini ochib berish.
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Metod: suhbat, tushunchalar tahlili, ta'limiy o‘yin, suhbat. Shakl: Xarita bilan ishlash (Atlas asosida). Usul: induktiv ( mashq va topshiriqlar asosida). Vosita: darslik, jadvallar, kompyuter, globus va atlas.
Nazorat: og‘zaki nazorat. Baholash: 5 balli tizim asosida
Kutiladigan natijalar
O‘qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishiga erishadi. O‘quvchi faolligini oshiradi. O‘quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg‘otadi. Bir darsda barcha o‘quvchi baholanadi. O‘quvchilar tomonidan darsni mustaqil o‘rganish va uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va savollarga javob berishga o‘rgatadi. O‘quvchi: Yangi bilimlarni egallaydi. Mustaqil ijodiy ishlashni o‘rganadi. Qisqa vaqt ichida ko‘p ma'lumotga ega bo‘ladi.
Kelgusi rejalar
O‘qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish va darsda tatbiq etish, takomillashtirish, o‘z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.
O‘quvchi: Mustaqil ishlashni o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzu asosida qo‘shimcha ma`lumotlar izlaydi, ularni o‘rganadi. Do‘stona muhitda, hamkorlikda ishlash ko‘nikmasi shakllanadi.
Izoh.Texnologik kartalar turli shaklda bo‘lishi mumkin.
Termin va tushunchalar: sayohat, sayyoh, qit'a, materik, xarita, globus, ekspeditsiya, qayiq, yelkanli kema.
Nomlar: Aristotel, Eratosfen, Beruniy, Ptolemey, Ahmad Farg‘oniy, Mahmud Koshg‘ariy, Marko Polo, X.Kolumb, F.Magellan, Vasko da Gama, J.Kuk, F.F.Bellinsgauzen, M.P.Lazarev, H.Hasanov, Z.Akramov, H.Abdullayev.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Eng dastlabki globusni kim yasagan?
a) Bexaym; b) Beruniy; d) Krates; e) Xorazmiy.
2. Bexaymdan 500 yil oldin globus yasagan olim:
a) Beruniy; b) Aristotel; d) X.Kolumb; e) Farg‘oniy.
3. Yerning eng dastlabki aniq o‘lchamlarini aniqlagan olim:
a) Aristotel; vb) Eratosfen; d) Ptolemey; e) Beruniy.
4. Xitoyga dastlab borgan yevropalik sayyoh?
a) M.Polo; b)A.Nikitin; d) Yusuf Hos-Hojib; e) F.Magellan.
5. Dunyo aylanasi bo‘ylab birinchi sayohatchi:
a) J.Kuk; b) A.Vespuchchi; d) F.Magellan; e) Prijevalskiy.
6. Antarktidani dastlab kimlar kashf etgan?
a) inglizlar; b) norveglar; d) ruslar; e) portugallar.
7. X.Kolumb sharafiga nimaning nomi qo‘yilgan?
a) mamlakat; b) materik; d) okean; e) dengiz.
8. O‘rta Osiyo geografiyasining asoschisi kim?
a)Xorazmiy; b) Beruniy; d) Farg‘oniy; Q) Prjevalskiy
Nimalarga e’tibor berish zarur:
1.Yerning sharsimonligini dalillarini o‘quvchilar mustaqil izohlay olishsin.
2.Yerning shakli qanday tabiat hodisalarini yuzaga keltirishi mumkinligiga izoh bering.
Darsdan so‘ng:
1. Darsning o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun nazorat materiallari tuzaman.
2. 1-mavzudagi aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan tadbirlar belgilab olaman.
DARSGA OID QO‘SHIMCHA MA'LUMOTLAR
Qadimgi misrliklar quyoshning yozgi turish davrida Siyena(hozirgi Asvon)shahridagi quduqlarni tubigacha yoritishini,Iskandariyada esa bu holat kuzatilmasligini bilishgach. Eratosfen Yerning dastlabki o‘lchamlarini aniqlashda shu ma`lumotdan foydalangan. Eramizdan avvalgi 240 yil,19 iyun yozgi quyosh turish kuni Eratosfen skafis yordamida Iskandariyada quyoshning ko‘rinma burchagini aniqladi.
O‘lchash natijalari 7˚12`ga, ya`ni aylananing qismiga teng bo‘ldi. O‘sha kuni Siyenada quyosh zenitda bo‘lgan, demak Siyena va Iskandariya orasidagi masofani Yer aylanasining qismiga teng deb olish mumkin. Bu ikki shahar orasidagi masofa 5000 stadiy ekanligini aniq bilgan Eratosfen Yer aylanasini 50x5000=250000stadiy, Yer radiusini esa 39790 stadiy deb hisoblaydi.
Eratosfen o‘shanda qaysi stadiydan foydalangani ma`lum emas.Agar u yunon stadiysidan foydalahgan bo‘lsa (1 yunon stadiysi = 178 m) Yer radiusi 7082620m ≈ 7083km, misr stadiysidan foydalangan bo‘lsa (1 misr stadiysi=158 m), Yer radiusi 6286820m≈6287kmga teng deb hisoblaydi (hozirgi qiymati 6378,137 km). Bu o‘sha davr uchun juda katta aniqlik edi.
Vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy ham sayyoramizning o‘lchamlarini aniqlagan.Uning usuli biroz murakkabroq bo‘lsada,natijalar juda katta aniqlikda chiqqan.
Buyuk nomlar va buyuk kashfiyotlar
Yiilar
Nomlar
Qilgan kashfiyotlari
Eramizgacha IV-asr
Aristotel
Yerning sharsimonligi haqida fikr yuritgan
Eramizgacha III—II asr
Eratosfen
Yerning dastlabki o‘lchamlari va xaritalarini yaratgan
IX-asr
Muhammad Xorazmiy
Geodezik o‘lchovlar bajargan. O‘rta Osiyo geografiyasining asoschisi
995 yil
Abu Rayhon Beruniy
Yerning o‘lchamlari haqida tadqiqotlar qilgan. Globus yasagan
X asr
Ahmad Fargoniy
Yer o‘lchamlari, kanallar qazish borasida tadqiqotlar qilgan
1271-1295
Marko-Polo
Xitoyga sayohat qilgan birinchi yevropalik
1492
Martin Bexaym
Bizning davrimizgacha yetib kelgan globusni yasagan
1492
X.Kolumb
Amerikani kashf etgan
1497-1499
Vasko da Gama
Afrikani aylanib Hindistonga borgan
1519-1521
F.Magellan
Dunyo aylanasi bo‘yicha birinchi sayohat qilgan
1606
Villem Yanszon
Avstraliyani kashf etgan
1648
Semyon Dejnev
Shimoliy Muz va Tinch okeanlari o‘rtasidagi bo‘g‘izni kashf etgan
1768-1779
Jeyms Kuk
Dunyo bo‘ylab uch marta sayohat uyushtiradi
1820
Bellinsgauzen va Lazarev
Antarktidani kashf qilgan
1871-1883
N.N.Mikluxo- Maklay
Yangi Gvineyada etnografik tadqiqotlar qilgan
1870-1885
N.Prjevalskiy
Markaziy Osiyoni tekshirgan
1909
Robert Piri
Shimoliy qutbga birinchi bo‘lib borgan
1911
Rual Amundsen
Janubiy qutbga birinchi bo‘lib borgan
1957
"Vityaz" ilmiy tadqiqot kemasi
Okeanda eng chuqur botiqni aniqlagan
× Эту лекция ещё не готова к просмотру.
Перейти на...
Eguru
Ўзбекистон Миллий университети Масофавий таълим платформаси
Быстрые ссылки
О нас
Условия использования
ЧаВО
Помощь
Контакты
Подписывайтесь на нас
Контакт
100174 Тошкент шаҳар Олмазор тумани Университет кўчаси 4-уй
Телефон: (+998)-71-246-54-17
Эл. почта: devonxona@nuu.uz
Copyright © 2020. Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон миллий университети
Сводка хранения данных
Скачать мобильное приложение
Переключить на тему, рекомендованную для Вашего устройства
Перейти к основному содержанию
Eguru
Innovatsion pedagogik texnologiyalar
Личный кабинет
Мои курсы
Bakalavriat
Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti
5140600 – Geografiya
3-kurs (sirtqi) [5140600]
Innovatsion pedagogik texnologiyalar
6-ma’ruza: JAHON GEOGRAFIYASINI ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISH. DARSDAN TASHQARI TA'LIMDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
6-ma’ruza: JAHON GEOGRAFIYASINI ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISH. DARSDAN TASHQARI TA'LIMDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
6-ma’ruza: JAHON GEOGRAFIYASINI ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISH. DARSDAN TASHQARI TA'LIMDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
6-ma’ruza: JAHON GEOGRAFIYASINI ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISH
Ma’lumki, amaldagi DTS va o’quv dasturiga muvofiq, jahon geografiyasiga oid bilimlar 2 ta kursda – 6-sinf “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” kursi hamda 9-sinf “Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” kursida beriladi. Ushbu kurslarning birida Yer shari, undagi materik va okeanlar, ularning tabiatidagi o’ziga xosliklar o‘rganilsa, ikkinchisida esa jahondagi mamlakatlar va ularning xo’jalik yuritishidagi, aholisi joylashuvidagi geografik omillarning ahamiyati tahlil qilinadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, biz ham ushu mavzuni ikkita qismda ko’rib chiqamiz.
1-QISM. “MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIIY GEOGRAFIYASI” KURSINI ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISH
Kursning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati va maqsadi. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi maktab geografiyasi kurslari ichida Yerimiz tabiiy geografiyasini o‘rganishni boshlab beruvchi birinchi regional geografiya hisoblanadi. Bu kurs o‘quvchilarda materiklar va ularning yirik qismlari haqida tasavur va tushunchalar tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.
5-sinfda egallangan qator yakka va umumiy tabiiy geografik tushunchalarni mustahkamlashda, ularga tayangan holda qator yangi tushunchalar tizimini hosil qilishda kursning ahamiyati katta. O‘quvchilarning 5-sinfda iqlim, relyef haqida olgan umumiy tushunchalari kurs misolida yanada oydinlashib, yangi tushunchalar bilan boyitib boriladi.
O‘quvchilar materiklarni o‘rganish jarayonida qator yangi tushunchalarni egallaydilar. Jumladan, Afrika iqlimi mavzusida passatlar, izotermalar, iqlim hosil qiluvchi omillar, iqlim mintaqalari, iqlimning vaqt o‘tishi bilan qator yangi tushunchalari tizimi va h.k. O‘quvchilar kurs misolida tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi mnrakkab aloqadorlik masalalarini ham chuqurroq o‘rganishga kirishadilar.
Tabiatning rivojlanish qonuniyatlarini, tabiiy muhitning bevosita ichki va tashqi kuchlar ta’sirida o‘zgarishini materiklar misolidii bilib oladilar.
Barcha materiklarni o‘rganish tartibi quyidagi reja asosida amalga oshirilishi talab etiladi.
1. Geografik o‘rni. 2. Kattaligi. 3. Chegaralari. 4. Qirg‘oqlari. 5. O‘rab turgan dengiz va okeanlari. 6. Kashf etilishi, qisqacha tarixi. 7- Geologik tuzilishi, relyefi va foydali qazilmalari. 8. Iqlimi. 9. Ichki suvlari. 10. Tuproqlari. 11. O‘simliklari. 12. Hayvonot dunyosi. 13. Aholisi va siyosiy xaritasi. 14. Materikning yirik tabiiy geografik o‘lkalari (dasturda berilgan bo‘lsa).
Kufsni o‘rganish quyidagi maqsadlarni o‘z ichiga oladi:
— o‘quvchilarda mavjud tabiiy-geografik bilimlarga tayangan holda geografik qobiqning yagona TTK ekanligini, umumiy geografik qonuniyatlarni, sayyoramiz aholisi va ularning xo‘jalik faoliyati, inson bilan tabiat o‘rtasidagi muhim aloqadorlik jarayonlarini, materiklardagi yirik davlatlarni;
— materiklarni kashf etgan, tadqiq qilgan sayyoh va olimlar faoliyatini o‘rganishni, o‘z vataniga muhabbat, dunyodagi barcha xalq va millatlar bilan hamdo‘stlik, tabiatga nisbatan mehr-muhabbat, nafosat tuyg‘ularini singdirishni;
— kursni o‘zlashtirish uchun zarur boigan tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish kabi fikrlash usullarini o‘quvchilarda shakllantirishni;
— kurs mazmunini o‘zlashtirishda qo‘l keladigan inovasiyon usullarni qo‘llashni va h.k.
“Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” kursining
mazmuni va tuzilishi
Kurs mazmuni xilma-xil bilimlardan tashkil topgan. Bular: umumiy Yer bilimiga oid boilgan tushuncha va atamalar, TTK komponentlari, tabiiy jarayon va hodisalar, Yer shari hududlarining tabiiy-geografik ta’rifi, aholi va uning xo‘jalik faoliyati, siyosiy xarita haqidagi ma’lumotlar va boshqalar.
5- sinfdagi aksariyat tushunchalar mazmunan 6- sinfda yanada chuqurlashadi va takomillashadi. Bular shamol, aimosfera bosimi, havo massalari, iqlim va boshqa tushunchalardir. Bu tushunchalar negizida iqlim mintaqalari, izotermalar, ekvatorial, subekvatorial, tropik iqlim mintaqalari kabi tushunchalar shakllanadi va h.k.
„Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi" kursida umumgeografik qonuniyatlar bilan bog‘liq boigan va alohida tabiat komponentlari xususiyatlarini o‘zida aks ettiradigan bilimlar ham mavjud. Bularga: materiklar va okeanlar relyef shakllari, joylashishi va rivojlanishi, foydali qazilmalar, yog‘inlar, harorat hamda geografik qobiqqa xos sayyoraviy ahamiyatga ega boigan umumgeografik qonuniyatlar kiradi. Maktab geografiya kursida bu qonuniyatlarning 4 tasi ishtirok etadi:
1. Geografik qonunning bir butunligi.
2. Moddalarning aylanma harakati.
3. Ritmlilik.
4. Geografik zonallik.
Kurs mazmunining aksariyat qismini yakka tushunchalar tashkil qiladi.
Yakka tushunchalar, odatda, u yoki bu hududlarning, obyekt va hodisalarning xususiyatlarini ajratishda ishlatiladi.
Maktab materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi oliy maktab materiklar geografiyasidan birmuncha farq qiladi. Maktabda avval Afrika materigi, keyinchalik Janubiy yarimshar materiklari va nihoyat Shimoliy yarimshardagi materiklar o‘rganiladi. Kurs yakunida tuzilishiga ko‘ra ancha murakkab va xilma-xil tabiiy sharoitlarga ega boigan Yevrosiyo materigi o‘rganiladi. Materiklarni bu tartibda o‘rganish didaktikaning izchillik va ilmiylik tamoyiliga to‘g‘ri keladi.
Kursni o‘rganishda qo‘llaniladigan ayrim metodlar
Kursni o‘rganish tabiatshunoslik, tabiiy geografiyaning boshlang‘ich kurslarida egallangan bilim va ko‘nikmalarga tayangan holda amalga oshiriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning o‘sha kurslarda egallagan umumiy tushunchalaridan tayanch bilim sifatida foydalanadi.
Bu kursda qo‘llaniladigan kartografik qo‘llanmalardan foydalanish dars jarayonida eng yetakchi metodlardan biri sanaladi. Chunki o‘quvchilar istalgan geografik obyekt yoki hududga ta’rif berish uchun xaritaga murojaat qiladilar.
Bevosita darslikning o‘zida barcha materiklarning tabiiy va boshqa mavzuli xaritalari ham keltirilgan. Materiklar bo‘yicha alohida maxsus xaritalar ham mavjud. Darslik matnini to‘ldiaivchi maxsus xarita-sxemalar ham bilimlarni boyitishda katta ahamiyat kasb etadi.
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi juda ko‘plab miqdorda xilma-xil ko‘rgazmali qurollarni qo‘llashga muhtoj. Shuningdek, dars jarayonida mavzuga doir xaritalar, o‘quv atlaslari, rasmlar, tarqatma materiallar, o‘quv filmlar, elektron darsliklardan foydalanish yaxshi natijalar beradi.
Kursni o‘qitishda o‘qituvchilarga ko‘proq ilg‘or pedagogik texnologiyalarning “Suhbat” (savol-javob), “Aqliy hujum”,“Kichik guruhlada ishlash”, “Klaster”, “B.B.B”, “T chizma”, “Baliq ckelet”, “Blits so‘rov”, “Venn diagramma” usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bu usullar ko‘proq o‘quvchilarni o‘z ustida ishlashlariga, xaritalar va ko‘rgazmali qoilanmalar bilan ishlashni yo‘lga qo‘yishlarida qo‘l keladi. Masalan, murakkab mavzularni o‘tishda ”Kichik guruhlarda ishlash”, “B.B.B”, “Venn diagramma” usullari qo‘llanilganda o‘quvchilar tomonidan belgilangan vaqt ichida barcha mavzuga oid atama va tushunchalar o‘zlashtiriladi, mavzu yuzasidan yangi bilimga ega bo‘ladilar, guruhlar bilan ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘ladilar. O‘quvchilarning darsda faolligi oshadi. Ularda fanga nisbatan qiziqish o‘yg`onadi.
Shuningdek materiklar geografiyasini o‘qitishda reproduktiv uslub, ya’ni bilimlarni tayyor rejalar asosida o‘quvchilarning mustaqil egallashi keng qo‘llaniladi. Ma’lumki barcha materiklarga tabiiy-geografik tavsif berish yagona reja asosida amalga oshiriladi. O‘quvchilarning geografik obyektlarni o‘rganishlarida tayyor rejalarni bilishi va ularni amalda qo‘llashi bilimlarni mustaqil egallashda keng imkoniyatlar yaratadi. Eng muhimi egallangan bilimlarning sistemali bo‘lishini ta’minlaydi.
Dasturda materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasini o‘qitishda amaliy ishlarni uyushtirish ham ko‘zda tutilgan. Kursdagi aksariyat bunday ishlar xaritani o‘qish va geografik nomlarni, obyektlarni esda saqlab qolish bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlardan iborat. Amaliy ishlar o‘z mazmuniga ko‘ra xilma-xil. Mavzuga tegishli ma’lumotlarni atlas, maxsus xaritalar, diagrammalar, rasmlar, yozuvsiz xaritalar bilan mustaqil amaliy ishlarni bajarish o‘quvchilar bilimini mustahkamlash omillaridan hisoblanadi va hokazo.
Kursni o‘qitishda geografik ko‘nikmalarni
shakllantirish metodikasi
„Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi" kursi bilimlar hajmining ko‘pligi va xilma-xilligi bilan boshqa kurslardan ajralib turadi.
Geografik ko‘nikmalarni shakllantirish ham tushunchalarni shakllantirishga o‘xshab, bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda - bilim manbalari bilan ishlash usullari ko‘rsatiladi va ishning maqsadi o‘qtiriladi. Materiklar geografiyasida, bu bosqich kursning birinchi mavzularidayoq amalga oshiriladi. Bunda o‘quvchilarga ko‘nikma hosil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar tizimi tushuntiriladi. Masalan, atlasdagi, darslikdagi iqlim diagrammalarining ahamiyati tushuntiriladi va o‘quvchilar oldiga diagrammalar asosida iqlim tiplarini ajratish vazifasini qo‘yadi. Keyin o‘qituvchi o‘quvchilarni vazifani qanday bajarish kerakligi (harakatlar tizimi) bilan tanishtiradi.
Ko‘nikmani shakllantirishning ikkinchi bosqichida o‘quvchilarning reproduktiv faoliyati ustun turadi. Bunda o‘quvchilar tanish o‘quv vaziyatlarida o‘zlaridagi mavjud bilimlarga tayanib ish tutadilar. Masalan, Avstraliya iqlimini o‘tishda o‘quvchilarga iqlim diagrammalari bo‘yicha iqlim tipini aniqlash vazifasi topshiriladi.
Ko‘nikmani shakllantirishda o‘qituvchining yordami va aralashuvi deyarli bo‘lmaydi. Ko‘nikmalarni shakllantirishning uchinchi bosqichida o‘quvchilarning ijodiy faoliyati birmuncha oshadi. Ular diagrammalarni mustaqil tahlil qiladilar. O‘z javoblarini isbotlaydilar va asoslab beradilar. Ko‘nikma shakllantirishning bu bosqichida ikkita va undan ortiq diagrammalarni qiyoslay olish orqali iqlim tiplarini belgilash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasining mazmuni materiklar va ularning obyektlari hamda hududlaridagi tabiiy komponentlarga ta’rif berishdan iboratligini e’tiborga olib, o‘quvchilarni obyektlarga ta’rif berish rejalarini tuzishga o‘rgatish maqsadga muvofiq.
Amaldagi DTS va o‘quv dasturiga muvofiq “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” kursining mazmuni va mavzular taqsimoti quyidagilarni o’z ichiga oladi:
6-sinf
GEOGRAFIYA
(Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi)
(68 soat, haftasiga 2 soat, A2+: 102 soat haftasiga 3 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
A2
mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, guruhlarda ijodiy tarzda ishlay olish, geografik atama va tayanch so‘zlarni xorijiy tilda aytilishi va yozilishini bilish.
A2+
materiklar va okeanlar tabiatiga doir turli manbalardan foydalanib ma’lumotlar topish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A2
geografik adabiyotlardan samarali foydalana olish, ular asosida mavzuli axborotlarni tayyorlay olish, ommaviy axborot vositalari hamda Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topish va ularni tahlil qila olish, media-madaniyatga rioya qilish.
A2+
Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topish va mavzularga doir qizikarli referatlar tayyorlash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A2
bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish; halol va to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘z xatti-harakatini nazorat qilish, do‘stona tanqidni to‘g‘ri qabul qilish, atrofidagi tabiat manzaralari va madaniy landshaftlarni estetik his etish.
A2+
tabiat manzaralari va madaniy landshaftlari o‘zgartirilgan hududlarni manbalardan topa olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2
maktab, mahallasida olib borilayotgan tadbirlarda maqsad yo‘lida faol ishtirok etish, muomala madaniyatga ega bo‘lish.
A2+
Tabiatni muhofaza qilishga oid tadbirlarda o‘z fikrini dadil bayon etish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, geografik sayohat va kashfiyotlar tarixini insoniyat tarixining ajralmas qismi sifatida anglash, o‘zgalarning milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish.
A2+
Yer yuzining kashf etilishida o‘z hissasini qo‘shgan geograf sayohatchi va kashfiyotchilar haqida ma’lumotlar to‘plash.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A2
Yer yuzi tabiati, aholisining hayoti va ishlab chiqarish faoliyatini tadqiq etishning zamonaviy usul va texnik vositalari haqida tasavvurga ega bo‘lish; aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarini tuza olish, hisob-kitob bilan ish yuritish.
A2+
Globus va xaritalardan materiklar va okeanlarning joylashgan o‘rnini, geografik koordinatalarini aniqlab topish.
1-mavzu:“Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” nimani o‘rganadi? (1 soat, A2+: 1 soat)
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasining maqsadi va vazifalari, tarkibiy tuzilishi. Yer yuzining quruqlik va okeanlarga bo‘linishi, materiklar va qit’alar, okeanlar haqida tushuncha, ularning tarkibiy qismlari. Qirg‘oq chizig‘i.
2-mavzu: Geografik xaritalar va ularning turlari. Atlaslar va globuslar. (1 soat, A2+: 2 soat)
Globus, uning yaratilish tarixi, globuslarning masshtablari. Geografik xaritalar, hududning katta-kichikligi, masshtabi, mazmuni, maqsadiga ko‘ra turlari. Geografik atlaslar va ularning turlari.
Amaliy topshiriq: Atlasdagi dunyoning tabiiy xaritasidan materik, qit’a va okeanlarni topish, ularni geografiya daftariga yozish.
1-BOB. GEOGRAFIK QOBIQ
(10 soat, A2+: 12 soat)
3-mavzu: Geografik qobiqning chegaralari, xususiyatlari. (1 soat, A2+: 1 soat)
Geografik qobiqning tavsifi, yuqori va quyi chegaralari. Ozon qatlami. Geografik qobiqning xususiyatlari, tuzilishi, tarkibiy qismlari.
4-5-mavzu: Geografik qobiqning rivojlanish bosqichlari va umumiy qonuniyatlari. (2soat, A2+: 3 soat)
Geografik qobiqning rivojlanish bosqichlari: nobiogen, biogen, antropogen bosqichlar. Geoxronologik jadval. Eralar va burmalanishlar haqida dastlabki tushuncha.
Geografik qobiqning umumiy qonuniyatlari: bir butunlik, modda va energiyaning tabiatda aylanishi, davriy yoki ritmik hodisalar, geografik zonallik va balandlik mintaqalanishi.
6-mavzu: Litosfera va Yer relyefi. (1 soat, A2+: 1 soat)
Litosfera va Yer po‘sti tushunchalari, qalinligi. Yer po‘stining kontinental (materik) va okean tiplari. Litosfera plitalari va ularning harakatlari. Platforma va geosinklinallar. Yer po‘stining tektonik xaritasi. Yer yuzasi relyefi, asosiy relyef shakllari, tog‘ va tekisliklar.
7-mavzu: Materik va okeanlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi.
(1 soat, A2+: 1 soat)
Yer va litosferaning paydo bo‘lishi. Dekart-Kant-Laplas gipotezasi. Materiklar va okean botiqlarining paydo bo‘lishi. Mobilizm. A.Vegener ta’limoti, litosfera plitalari tektonikasi gipotezasi. Litosfera plitalarining harakat mexanizmi.
8-mavzu: Gidrosfera va uning tarkibiy qismlari. Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Gidrosfera. Uning tarkibiy qismlari, tavsifi, bir butunligi va tarkibiy qismlari. Quruqlik suvlari. Daryo, ko‘l, botqoqlik, muzlik va yer osti suvlari, ko‘p yillik muzloq yerlar.
9-10-mavzu: Atmosfera. Yerning iqlim mintaqalari. (2 soat, A2+: 3 soat)
Atmosfera tavsifi, tarkibi, qalinligi, qatlamlari. Troposferaning o‘ziga xos jihatlari. Iqlim va iqlimni hosil qiluvchi omillar: geografik kenglik, havo massalari (ekvatorial, tropik, mo‘tadil va qutbiy), relyef, yer yuzasi holati, okean oqimlari. Iqlim xaritalari va iqlim diagrammalari.
Iqlim mintaqalari, ularning shakllanish sabablari: issiqlikning Yer yuzida notekis taqsimlanishi va havo massalarining xilma-xilligi. Asosiy va oraliq iqlim mintaqalarining xususiyatlari.
11-mavzu: Tabiat komplekslari , ularning almashinishi va zonalligi. (1 soat, A2+: 1 soat)
Tabiat komponentlari, tabiat komplekslari (landshaftlar), tabiiy va antropogen landshaftlar. Kenglik va uzunlik bo‘yicha tabiat komplekslarining almashinishi. Tog‘ va okeanlarda tabiat komplekslarining almashinishi.
12-mavzu: Yer yuzi aholisi, irqlar. (1 soat, A2+: 1 soat)
Yer yuzi aholisi, irqlar. Aholining joylanish xususiyatlari, tabiat bilan aloqadorligi, antropogen landshaftlar.
2-BOB. DUNYO OKEANI
(5 soat, A2+: 8 soat)
13-mavzu: Dunyo okeani va uning qismlari. (1 soat, A2+: 2 soat)
Dunyo okeani, uni o‘rganish tarixi va qismlari. Buyuk geografik kashfiyotlar davri. Mashhur dengizchilar kashfiyoti. Dunyo okeani va uning qismlari haqidagi fikrlar. Uchta - Tinch, Atlantika, Hind okeanlari; to‘rtta - Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz okeanlari; beshta - Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz, Janubiy okeanlar. Dunyo okeanida 67 ta dengiz mavjudligi.
14-mavzu: Dunyo okeani tubining geologik tuzilishi va relyefi. (1 soat, A2+: 1 soat)
Dunyo okeani tubining geologik tuzilishi, okean tubi relyefi. Materik sayozligi (shelf), materik yonbag‘ri (batial), okean tubi (abissal), cho‘kmalar.
15-mavzu: Okean suvining xususiyatlari. (1 soat, A2+: 2 soat)
Okean suvlarining harorati, sho‘rligi va oqimlari. Okean suvining harorati. Haroratning kenglik va chuqurlik bo‘yicha o‘zgarishi. Okean suvlarining sho‘rligi, o‘rtacha sho‘rligi, eng sho‘r va chuchuk dengizlar. Eng sho‘r mintaqalar. Okean oqimlari. Sovuq va iliq oqimlar. Qalqish, to‘lqinlar.
16-mavzu: Dunyo okeanining atmosfera va quruqlikka ta’siri. (1 soat, A2+: 1 soat)
Dunyo okeani issiqlik “akkumulatori”, “okean – atmosfera – quruqlik – okean” tizimi va uning tahlili. Dengiz va kontinental havo massalarining “okean-quruqlik” tizimidagi holati. Musson oqimlari, passat oqimlari, oqimlarning hosil bo‘lishida shamollar va Koriolis kuchining o‘rni. Oqimlarning materiklar tabiatiga ta’siri.
17-mavzu: Okean boyliklari, ulardan foydalanish va muhofaza qilish.
Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Dunyo okeanining boyliklari va ulardan foydalanish. Okeanning biologik, kimyoviy, ma’danli va yoqilg‘i-energetika resurslari, ularning tarqalishi va foydalanish. Dengiz transporti, yirik portlar va shaharlar. Dengiz turizmi. Dunyo okeanining ifloslanishi, uni muhofaza qilish.
Amaliy topshiriq: Yozuvsiz xaritaga Dunyo okeani qismlarini, oqimlarini tushirish. Atlasdagi xaritalar yordamida okean suvining harorati, sho‘rligi, muzlash xususiyatlarini tavsiflash.
3-BOB. MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIATI.
(51 soat, A2+: 79 soat)
Afrika materigi
18-mavzu: Afrika materigining geografik o‘rni, o‘rganilish tarixi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Asosiy xususiyatlari, geografik o‘rni, chekka nuqtalari, tabiatini o‘rganish tarixi. Afrika qadimgi sivilizatsiya markazi. Ibn Battuta, B. Dias, Vasko da Gama, D. Livingston, G.M. Stenli, V.Yunker, N.I. Vavilov tadqiqotlari va sayohat yo‘nalishlari.
19-mavzu: Geologik tuzilishi, relyefi va foydali qazilmalari. (1 soat, A2+: 2 soat)
Geologik tuzilishi, platforma va quruqlik yuzasidagi eng yirik yer yorig‘i. Relyefi. “Past” va “Baland” Afrika. Foydali qazilmalarning tog‘ jinslari va tektonik tuzilmalar bilan bog‘liqligi.
20-mavzu: Materik iqlimining xususiyatlari. (1 soat, A2+: 2 soat)
Iqlimi: tarkib topishi va xususiyatlari. Iqlimining tarkib topishi. Iqlim hosil qiluvchi omillar. Iqlim xususiyatlari. Eng issiq materik.
21-mavzu: Afrikaning iqlim mintaqalari. (1 soat, A2+: 1 soat)
Iqlim mintaqalari. Iqlim mintaqalarining geografik joylashish qonuniyatlari. Asosiy va oraliq iqlim mintaqalari; bitta ekvatorial va ikkitadan subekvatorial, tropik, subtropik iqlim mintaqalarining mavjudligi.
22-mavzu: Ichki suvlari. Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Ichki suvlari. Daryo va ko‘llari. Nil, Kongo, Niger, Zambezi, Senegal, Oranj daryolari. Afrika ko‘llari: Viktoriya, Tanganika, Nyasa, Chad. Ichki suvlarining havzalar bo‘yicha taqsimoti: Atlantika, Hind va berk havza suvlari.
23-mavzu: Ekvatorial o‘rmonlar va savannalar. (1 soat, A2+: 2 soat)
Ekvatorial o‘rmonlar va savannalar tabiati. Tabiat zonalarining geografik tarqalishi, xususiyatlari, tuproq, o‘simlik va hayvonot olami.
24-mavzu: Tropik cho‘llar va subtropiklar. (1 soat, A2+: 1 soat)
Tropik cho‘llar va subtropiklar tabiati. Tabiat zonalarining geografik tarqalishi, xususiyatlari, tuproq, o‘simlik va hayvonot olami.
25-mavzu: Tabiiy geografik o‘lkalari. (1 soat, A2+: 1soat)
Afrikaning tabiiy sharoitiga ko‘ra tabiiy geografik o‘lkalarga bo‘linishi. Shimoliy, Markaziy, Sharqiy va Janubiy Afrika. O‘lkalar tabiati va ularning o‘ziga xosligi.
26-mavzu: Materik aholisi va uning tabiatga ta’siri. (1 soat, A2+: 1soat)
Aholisi soni, irqlari, joylashishi. Tabiatiga insonning ta’siri, antropogen landshaftlar, ekologik muammolari, tabiatini muhofaza qilish. Milliy bog‘lari, qo‘riqxonalari.
Amaliy topshiriq:
1. Yozuvsiz xaritaga materikning iqlim va tabiat zonalari xaritasini tushirish.
2. Tabiat zonalaridagi o‘simlik va hayvon turlariga oid jadvalni atlasdagi xaritadan foydalanib to‘ldirish.
27-mavzu: Atlantika okeani. (1 soat, A2+: 2 soat)
Asosiy xususiyatlari, geografik o‘rni, o‘rganish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, okean tubi relyefi, suvining harorati va sho‘rligi, oqimlari, organik dunyosi, iqlim mintaqalari, insonning xo‘jalik faoliyati, ekologik muammolari va tabiatini muhofaza qilish.
28-mavzu: Hind okeani. (1 soat, A2+: 2 soat)
Asosiy xususiyatlari, geografik o‘rni, o‘rganish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, okean tubi relyefi, suvining harorati va sho‘rligi, oqimlari, organik dunyosi, iqlim mintaqalari, insonning xo‘jalik faoliyati, ekologik muammolari va tabiatini muhofaza qilish.
Avstraliya va Okeaniya
29-mavzu: Avstraliyaning geografik o‘rni, o‘rganilish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari va relyefi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Avstraliyaning asosiy xususiyatlari, geografik o‘rni, o‘rganlishi tarixi, materikning paydo bo‘lishi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari. Relyefi, tog‘ va tekisliklari, eng baland va past joylari.
30-mavzu: Iqlimi, ichki suvlari va tabiat zonalari. (1 soat, A2+: 2 soat)
Iqlimi, ichki suvlari, tabiat zonalari. Iqlimi, iqlim hosil qiluvchi omillar, iqlim mintaqalari. Ichki suvlari, yer usti va yer osti suvlari. Tabiat zonalari, tabiiy geografik o‘lkalari.
31-mavzu: Materik aholisi va uning tabiatga ta’siri. (1 soat, A2+: 2 soat)
Avstraliya aholisi va uning hududiy tarqalishi. Aholisi soni, irqlari, aborigenlar, joylashishi. Tabiatiga insonning ta’siri, antropogen landshaftlar, ekologik muammolari, tabiatini muhofaza qilish.
Amaliy topshiriq: Yozuvsiz xaritaga Avstraliyaning tabiiy, iqlim, tabiat zonalari xaritalarini tushirish, o‘simlik va hayvonlarning tabiat zonalari bo‘yicha tarqalishini aks ettiradigan jadval tuzish.
32-mavzu: Takrorlash. Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 1 soat)
O‘quv yilining birinchi yarmidagi mavzular yuzasidan takrorlash darsi.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
A2
tabiatdagi modda va energiya almashinuvi, davriylik, tabiat komplekslarining bir butunligi, geografik zonallik va balandlik mintaqalanishi kabi qonuniyatlarni, tabiatda doimo o‘zgarish va rivojlanish jarayonlari ro‘y berishini; tektonik tuzilish va jarayonlarining Yer yuzasi tabiatining xilma-xilligiga ta’sirini; iqlim mintaqalarining o‘zaro farqini va ularni vujudga keltiradigan omillarni; tabiat zonalari, balandik mintaqalarining vujudga kelish sabablarni kuzatadi, tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzida aholining tarqalishi, irqlarning vujudga kelishiga tabiiy omillarning ta’sirini, tabiiy landshaftlar antropogen landshaftlarga aylanib borish jarayonini kuzatadi va tushunadi.
A2+
dunyo okeani tubining relyefi tektonik tuzilish bilan bog‘liqligini; Yer yuzasida relyef, foydali qazilmalar va geologik tuzilish orasidagi o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi tushunadi va misollar bilan izohlay oladi.
Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:
A2
materiklar, qit’alar, okeanlar, litosfera plitalari, iqlim mintaqalari, tabiat zonalari, orol, yarimorollar, dengizlar, daryolar, ko‘llarning nomlarini, Afrika va Avstraliya materigiga tegishli geografik obyektlarni, atrofidagi suv havzalari va oqimlar, yirik relyef shakllari (tog‘ va tekisliklari), qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
A2+
materiklardagi ayrim joy nomlarini toponimini ayta oladi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:
A2
globus va tabiiy xaritalardan foydalanib materik, qit’a va okeanlarni geografik o‘rnini aniqlaydi va ko‘rsata oladi. Xaritalardan obyektlar oralig‘idagi masofalarni (masshtab asosida), o‘quv atlasi xaritalaridan (shartli belgilar yordamida) obyektlarning mutlaq balandligi, suv havzalarining chuqurligini, obyektlarni geografik koordinatalarini aniqlay oladi, tektonik xarita orqali hududlarning seysmik faolligi, zilzila va vulqonlar, foydali qazilma konlarining joylashuvini aniqlaydi va yozuvsiz xaritaga tushira oladi, iqlim va tabiat mintaqalari xaritalarini, materiklarning tabiiy, iqlim va tabiat zonalari xaritalarini o‘qiy oladi, yozuvsiz xaritaga tushira oladi.
A2+
mavzuga doir amaliy topshiriqlarni bajara oladi.
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:
A2
tabiat komplekslarining inson tomonidan o‘zgartirilishini, ko‘plab yovvoyi o‘simlik va hayvonlarning turlari inson xo‘jalik faoliyati tufayli muhofazaga muhtojligini; dunyo okeanining tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish yo‘llarini, materiklardagi ekologik muammolar va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini tushunadi va misollar bilan izohlay oladi. Tabiatni muhofaza qilishga doir o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadi.
A2+
o‘z o‘lkasi noyob tabiat obyektlarini muhofaza qilish va tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish tadbirlarida o‘z fikrini bayon eta oladi.
33-mavzu: Tinch okean. (1 soat, A2+: 2 soat)
Asosiy xususiyatlari, geografik o‘rni, o‘rganish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, okean tubi relyefi, suvining harorati va sho‘rligi, oqimlari, organik dunyosi, iqlim mintaqalari, insonning xo‘jalik faoliyati, ekologik muammolari va tabiatini muhofaza qilish.
34-mavzu: Okeaniya. (1 soat, A2+: 2 soat)
Okeaniyaning asosiy xususiyatlari, geografik o‘rni, Melaneziya, Mikroneziya va Polineziyaga bo‘linishi, orollarning kelib chiqishiga ko‘ra turlari, o‘rganish tarixi, geologik tuzilishi, vulqonlari, foydali qazilmalari, relyefi.
35-mavzu: Okeaniya iqlimi, tabiat zonalari va aholisi. (1 soat, A2+: 1 soat)
Iqlim mintaqalari, o‘simlik va hayvonot dunyosi. Aholisi va uning yashash tarzi.
Antarktida materigi
36-mavzu: Geografik o‘rni, o‘rganilish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari va relyefi. (1 soat, A2+: 1soat)
Antarktidaning asosiy xususiyatlari, geografik o‘rni. Antarktida va Antarktika atamalari, ularning farqlari, o‘rganilish tarixi, materikning paydo bo‘lishi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari. Muz osti relyefi.
37-mavzu: Iqlimi va tabiat komplekslari. (1 soat, A2+: 2 soat)
Iqlimi, organik dunyosi. Antarktida iqlimi, “Shamollar oqimi”, sayyoramizning “sovuqlik qutbi”. Muz qoplami. “Antarktida vohalari”. Organik dunyosi. Antarktida - pingvinlar vatani. Materikka tutash dengizlardagi organizmlar. Ekologik muammolari.
Amaliy topshiriq:
1. Atlasdan foydalanib, qoplama muzliklar qalinligini va iqlim xaritasini yozuvsiz xaritalarga tushirish.
2. Mavzularga tegishli atama, tayanch tushuncha va nomlarni geografiya lug‘at daftariga yozish;
3. Antarktidada yashovchi hayvonlarni geografiya daftariga yozish.
Janubiy Amerika materigi
38-mavzu: Geografik o‘rni, o‘rganilish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Materikning asosiy xususiyatlari, geografik o‘rni, Amerikaning kashf etilishi, o‘rganilish tarixi (A.Gumboldt sayohatlari). Materikning paydo bo‘lishi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi: tog‘lar va tekisliklar, ularning geografik tarqalishi.
39-mavzu: Iqlimi va ichki suvlari. (1 soat, A2+: 2 soat)
Iqlimi va ichki suvlari. Janubiy Amerikaning iqlimi, iqlim hosil qiluvchi omillar, iqlim mintaqalari, havo harorati, yog‘in-sochinlar. Ichki suvlari, yer usti va yer osti suvlari. Asosiy daryolari: Amazonka, Parana, Orinoko va ko‘llari: Marakaybo, Titikaka.
40-mavzu: Janubiy Amerika tabiat zonalari va balandlik mintaqalari. (1 soat, A2+: 1 soat)
Tekislikdagi tabiat zonalarining va And tog‘larining o‘simlik va hayvonot olami.
41-mavzu: Tabiiy geografik o‘lkalari. Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Tabiiy geografik o‘lkalari. Relyefiga ko‘ra tabiiy geografik o‘lkalarga bo‘linishi: tog‘li g‘arb va tekislikli sharq.
42-mavzu: Janubiy Amerika aholisi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Aholisi, soni, joylashishi, irqlari, metislar, mulatlar, sambolar. Tabiatiga insonning ta’siri, antropogen landshaftlar, ekologik muammolari, tabiatini muhofaza qilish. Milliy bog‘ va qo‘riqxonalari.
Amaliy topshiriq:
1. Yozuvsiz xaritaga Janubiy Amerikaning asosiy relyef shakllari va foydali qazilmalarini tushirish.
2. Yozuvsiz xaritaga materikning iqlim va tabiat zonalari xaritasini tushirish.
Shimoliy Amerika materigi
43-mavzu: Geografik o‘rni, o‘rganilish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Materikning asosiy xususiyatlari, geografik o‘rni, o‘rganilish tarixi (vikinglar, Kabot, Gudzon sayohatlari). Materikning paydo bo‘lishi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi: tog‘lar va tekisliklar, ularning geografik tarqalishi.
44-mavzu: Shimoliy Amerika iqlimi va ichki suvlari. (1soat, A2+: 2 soat)
Iqlimi, iqlim hosil qiluvchi omillar, iqlim mintaqalari, havo harorati, yog‘in-sochinlar. Ichki suvlari. Daryolarning okean havzalariga tegishliligi. Missisipi, Makkenzi daryolari. Buyuk ko‘llar tizimi va boshqa yirik ko‘llar. Niagara sharsharasi.
45-mavzu: Shimoliy Amerika tabiat zonalari va balandlik mintaqalari. (1 soat, A2+: 1 soat)
Tabiat zonalari va balandlik mintaqalari. Tabiat zonalarining va Kordilera tog‘larining o‘simlik va hayvonot olami.
46-mavzu: Shimoliy Amerika tabiiy geografik o‘lkalari. (1 soat, A2+: 1 soat)
Tabiiy geografik o‘lkalari. Tabiiy geografik o‘lkalarni ajratishga asos bo‘lgan sabablar (omillar). Sharq - tekislik o‘lkasi va g‘arb tog‘li o‘lka, ularning tabiati.
47-mavzu: Shimoliy Amerika aholisi. (1 soat, A2+: 1 soat)
Aholisi, soni, joylashishi, irqlari, materikka yevropaliklar va Afrikadan qullarning kelishi. Metis va mulatlar. Tabiatiga insonning ta’siri, antropogen landshaftlar, ekologik muammolari, tabiatini muhofaza qilish. Milliy bog‘ va qo‘riqxonalari.
Amaliy topshiriq:
1. Atlasdan foydalanib, yozuvsiz xaritaga materikning relyefi, foydali qazilmalari, milliy bog‘ va qo‘riqxonalarini tushirish.
2. Iqlim mintaqalari va tabiat zonalarini yozuvsiz xaritaga tushirish.
3. O‘z tanloviga ko‘ra birorta tabiiy geografik o‘lkaga yoki tabiat zonalariga tavsif yozish.
48-mavzu: Shimoliy Muz okeani. Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Asosiy xususiyatlari, geografik o‘rni, o‘rganish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, okean tubi relyefi, suvining harorati va sho‘rligi, oqimlari, organik dunyosi, iqlim mintaqalari, insonning xo‘jalik faoliyati, ekologik muammolari va tabiatini muhofaza qilish.
Yevrosiyo
49-mavzu: Yevrosiyoning geografik o‘rni, o‘rganilish tarixi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Yevrosiyoning asosiy xususiyatlari, tabiiy geografik o‘rni, chekka nuqtalari. Yevropa va Osiyo qit’alari. O‘rganilish tarixi. Marko Polo, Afanasiy Nikitin, Nikolay Prjevalskiy sayohatlari.
50-mavzu: Geologik tuzilishi, foydali qazilmalari. Relyefi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Geologik tuzilish va foydali qazilmalari. Relyefi. Materikning paydo bo‘lishi, Yevrosiyoning geologik tuzilishi, platformalar va geosinklinal mintaqalar. Relyefi, tog‘lar, Alp-Himolay va Tinch okean tog‘li mintaqalar. Tekisliklar va ularning platformalarga mos kelishi. Foydali qazilmalari, yoqilg‘i va rudali qazilmalarning yirik zahiralari.
51-mavzu: Yevrosiyo iqlimi. (1 soat, A2+: 1 soat)
Iqlimi. Materik iqlimining o‘ziga xos xususiyatlari. Iqlimini hosil qiluvchi omillar.
52-mavzu: Sovuq va mo‘tadil iqlim mintaqalari. (1 soat, A2+: 1 soat)
Iqlim mintaqalari va ularning xususiyatlari. Arktika, subarktika va mo‘tadil iqlim
53-mavzu: Issiq iqlim mintaqalari. (1 soat, A2+: 1 soat)
Issiq iqlim mintaqalari. Subtropik, tropik, subekvatorial va ekvatorial mintaqalari.
54-mavzu: Ichki suvlari. (1 soat, A2+: 2 soat)
Ichki suvlari. Ichki suvlarining tarqalishi, daryolari, ko‘llari, ko‘p yillik muzloq yerlar.
55-mavzu: Sovuq va mo‘tadil mintaqalaridagi tabiat zonalari. (1 soat, A2+: 2 soat)
Sovuq va mo‘tadil iqlim mintaqalaridagi tabiat zonalari. Arktika mintaqasining tabiat zonalari. Subarktika mintaqasining tabiat zonalari. Mo‘tadil mintaqaning tabiat zonalari.
56-mavzu: Issiq iqlim mintaqalaridagi tabiat zonalari. (1 soat, A2+: 2 soat)
Subtropik mintaqaning tabiat zonalari. Subtropik sernam musson o‘rmonlar zonasi. Subtropik chalacho‘l va cho‘l zonasi. Tropik mintaqa tabiat zonalari. Tropik savannalar zonasi. Subekvatoril mintaqaning tabiat zonalari. Subekvatorial fasliy nam o‘rmonlar zonasi. Ekvatorial mintaqaning tabiat zonalari.
57-mavzu: Balandlik mintaqalari. Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Balandlik mintaqalari. Alp va Himolay tog‘lardagi balandlik mintaqalanishining o‘ziga xos jihatlari. Qor chizig‘i va uning tabiiy geografik omillarga bog‘liqligi.
58-mavzu: Yevrosiyo aholisi va siyosiy xaritasi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Aholi soni va uning hududiy tarqalishi, irqlari, xalqlari. Hududi jihatidan yirik va kichik davlatlari. Aholi soni jihatidan yetakchi davlatlari.
59-mavzu: Antropogen tabiat komplekslari. (1 soat, A2+: 1 soat)
Materik tabiatiga insonning ta’siri. Antropogen landshaftlar, ekologik muammolari, tabiatini muhofaza qilish, milliy bog‘lar va qo‘riqxonalar.
60-mavzu: Materik hududining tabiiy geografik o‘lkalarga bo‘linishi.
(1 soat, A2+: 1 soat)
Yevrosiyo hududining yirik tabiiy geografik o‘lkalarga bo‘linishi, buning mezonlari. Yevrosiyo tabiiy geografik o‘lkalarga bo‘linishining sxematik xaritasi.
61-mavzu: O‘rta Yevropa. (1 soat, A2+: 1 soat)
O‘rta Yevropaning geografik o‘rni, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tabiat zonalari.
62-mavzu: Sharqiy Yevropa. (1 soat, A2+: 1 soat)
Sharqiy Yevropaning geografik o‘rni, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tabiat zonalari.
63-mavzu: G‘arbiy va Sharqiy Sibir. (1 soat, A2+: 1 soat)
G‘arbiy va Sharqiy Sibirning geografik o‘rni, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tabiat zonalari.
64-mavzu: Markaziy Osiyo. (1 soat, A2+: 1 soat)
Markaziy Osiyo tabiiy geografik hudud va nom sifatida. Markaziy Osiyoning geografik o‘rni, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tabiat zonalari.
65-mavzu: Sharqiy Osiyo. (1 soat, A2+: 1 soat)
Sharqiy Osiyoning geografik o‘rni, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tabiat zonalari.
66-mavzu: Janubiy Osiyo. (1 soat, A2+: 1 soat)
Janubiy Osiyoning geografik o‘rni, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tabiat zonalari.
67-mavzu: Old Osiyo. Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Old Osiyoning geografik o‘rni, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tabiat zonalari.
68-mavzu: Takrorlash. (1 soat A2+: 1 soat)
Yil davomida o‘tilgan mavzular yuzasidan takrorlash
Mavzularni o‘rganish uchun- (66 soat, A2+: 92 soat)
Nazorat ishi uchun- (A2+: 8 soat)
Takrorlash uchun- (2 soat, A2+: 2 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
A2
o‘rganilgan materik va okeanlarning geografik o‘rni va tabiiy sharoiti (Antarktida va Antarktika orasidagi farqi) haqidagi ma’lumotlarni tushunadi va tushuntira oladi. Qutbiy iqlim va qoplama muzliklarning vujudga kelish sabablarini, qutbiy muz sahrolarining xususiyatlarini tushunadi va izohlay oladi. Daryolarning to‘yinishi iqlim bilan bog‘liqligini, materiklar ichki suvlarining havzalar bo‘yicha taqsimlanishini, tabiat zonalarining vujudga kelishini, o‘simlik va hayvonlar, tuproq turlarining geografik tarqalishini, qor chizig‘ining tabiiy geografik omillariga bog‘liqligini, aholining geografik joylashuvini, tabiiy geografik o‘lkalarning o‘ziga xos xususiyatlari va ularning vujudga kelish sabablarini tushunadi va tushuntira oladi.
A2+
Relyef va dengiz oqimlarining materiklar iqlimga ta’sirini anglaydi va misollar orqali tushuntira oladi.
Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:
A2
materiklardagi geografik obyektlarning (davlat, poytaxt va shahar) nomlarini; qo‘riqxona va milliy bog‘lar, yirik tabiiy geografik o‘lkalarning nomlarini to‘g‘ri aytadi va yoza oladi.
A2+
materiklardagi ayrim geografik joy nomlarini toponimini ayta oladi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:
A2
tabiiy, siyosiy, aholi, tektonik, iqlim, tabiat zonalari xaritalaridan manba sifatida foydalana oladi va yozuvsiz xarita bilan ishlay oladi.
A2+
xarita va atlaslardan foydalanib, materiklar, davlatlarga tavsif bera oladi.
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:
A2
Materiklarda tabiatni muhofaza qilish uchun tashkil etilgan milliy bog‘lar va qo‘riqxonalarni, qutbiy muzliklarning geografik qobiqdagi ahamiyati va ularni saqlash borasida o‘tkazilayotgan tadbirlarni, materiklar ichki suvlarining ifloslanishi, o‘simlik va hayvonot dunyosining, tabiat zonalarining o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi omillarni anglay oladi.
A2+
maktabda, mahallasida tabiatni asrash va ekologiyaga doir o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadi.
2-QISM. “JAHON IQTISODIY-IJTIMOIY GEOGRAFIYASI” KURSINI ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISH
Umumiy o’rta ta'lim maktablari o’quv predmetlari orasida o’quvchi-larni jahon mamlakatlari bilan atroflicha yaqindan tanishtiruvchi yagona fan ,,Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi" fanidir. Bu fanni o’rganish davomida o’quvchilar quyidagi bilim va tushunchalarni, ya'ni:
- dunyoning siyosiy xaritasini, undagi davlatlar, mamlakatlar gu-
ruhini, suverenitet, davlat tuzumlarini, siyosiy xaritaning shakllanishi-
dagi tarixiy jarayonlarni;
- dunyo aholisi, uning soni, joylashishi, tarkibini, aholining
migratsiyasi, aglomeratsiyasi, megapolisini;
- jahon xo’jaligi geografiyasini, geografik mehnat taqsimotini,
fan-texnika revolutsiyasi va jahon xo’jaligini;
- jahonning tabiiy resurslarini, tabiat va jamiyat o’rtasidagi aloqalarni;
- xalqaro iqtisodiy munosabatlarni, yirik korxonalar, kompaniya-
lar, firmalarni;
- turli ijtimoiy-iqtisodiy tipda rivojlangan, rivojlanayotgan davlat-
larni, qo’shni davlatlar va MDH davlatlarida ishlab chiqarishning iqtisodiy-
geografik xususiyatlarini, ulardan aholi va boshqalarni bilib oladilar.
,,Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi" kursi 8-sinfda o’rganilgan ,,O'zbeklston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi" bilan chambarchas bog’langan. o’quvchilarning o’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi kursida olgan bi-lim va tushunchalari jahon geografiyasini o’iganish jarayonida yanada mustah-kamlanadi. Bular hudud yoki rayonning iqtisodiy-geografik o’rni, mehnat resurslari, sanoati, qishloq xo’jaligi, transporti, bozor iqtisodiyotiga oid bilimlar, ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari, mehnat unumdorligi, tannarx, xalqaro iqtisodiy aloqalar va boshqalardan iboratdir. Shuningdek, o’quvchilar awalgi sinflarda egallagan bilim, ko’nikma va malakalari asosida jahon miqyosida o’rganilayotgan malumotlarni tahlil etadilar, xaritalar va raqamli materiallar asosida ishlab chiqarish tarmoqlariga, iqtisodiy rayonlar-ga, hududlarga ta'rif beradilar, sabab-oqibatlari, aloqalarini o’rganadilar.
,,Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi" kursini o’qitishda o’qituvchi asosiy tashkilotchi sifatida ta'lim berishning turli samarali usullaridan, axborot texno-logiyalaridan, xilma-xil ko’rgazmali qurollardan keng foydalanishi kerak.
“Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” kursining maqsad va vazifalari
,,Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi" maktab geografiya kurs-lari ichida o’zining ham iqtisodiyotga, ham siyosatga, ham mada-niyat-ma'naviyatga, ham tabiiy muhitga aloqador bo’lgan keng qamrovli bilim berishga asoslanganligi bilan ajralib tura'di. Bu kursning asosiy vazifasi o’quvchilarga jahonning hozirgi siyosiy xari-tasi, davlatlar, mamlakatlar, ularning iqtisodiy, ijtimoiy taraqqiyo-tini ifodalovchi xususiyatlari, qonuniyatlari, o’zaro aloqadorligi ha-qida puxta bilim berish, voqea va hodisalarni tahlil qilishga o’rgatish, o’quvchilarda geografik madaniyatni shakllantirishdan iboratdir.
,,Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi" ikki asosiy qism -,,Umumiy" va ,,Regional" qismlardan iborat.
Umutniy qismning vazifasi ,,Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi"ga oid bo’lgan eng muhim tushunchalarning mantiqiy tizimini tashkil etishdir. Fanning nazariy masalalarga aloqador bo’lgan birinchi guruh tushunchalar umumiy qismda ham, regional qismda ham tahlil etiladi. Boshqa guruhga oid masalalar jahon xo’jaligi, aholisi va siyosiy xaritasida uzoq vaqt davomida bo’lib o’tgan o’zgarishlar va rivojlanishlar fan-texnika taraqqiyoti, jamiyatda yuz bergan siyosiy voqea va hodisalar bilan uzviy aloqadorlikda o’rganiladi.
Regional, ya'ni mamlakatshunoslik qismi ,,Jahon iqtisodiy-ijti-moiy geografiyasi"ga oid tushunchalar, qonuniyatlar va xususiyat-larni ayrim region yoki yirik tayanch mamlakat misolida ko’rib chiqish asosida ma'lum tasawurga ega bo’lish, umumiy qismda olgan bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash vazifasini nazarda tutadi. Ayrim mamlakatlarning iqtisodiy-geografik tavsifi amaldagi reja asosida tabiiy sharoit, shu mamlakatlarning aholisi va mehnat resurs-lari, iqtisodiy salohiyatda tutgan o’rni kabi tarzda o’rganiladi.
“Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” darsligi bilan ishlashda shu fan asosida chop etilgan geografik atlas hamda yozuvsiz xaritalar to’plamidan foydal’anish maqsadga muvofiqdir.
,,Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” o’quv fani tabiat va ja-miyatni o’zaro aloqadorligicha, xalqaro iqtisodiy va boshqa munosa-batlar, insoniyatning olamshumul muammolarini yaxlit holda ta'riflab, geografik jihatlarini tahlil etadi. Ushbu kursni o’zbekiston Respublika-sining shakllanishi va mustahkamlanishi davridan boshlab o’rganilishi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, xalqaro munosabatlar, boshqa regionlar va butun dunyoning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti qonunla-rini bilish, yosh avlodda geografik madaniyatni shakllantirish, o’z mamlakatining haqiqiy egalari bo’lish, jahonning ilg’or tajribasi va bili-midan foydalanish, global miqyosdagi tafakkurni, shakllantirib regio-nal muammolami chuqurroq bilish va ularni hal etishga imkon beradi.
Amaldagi DTS va o‘quv dasturiga muvofiq “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” kursining mazmuni va mavzular taqsimoti quyidagilarni o’z ichiga oladi:
9- SINF
GEOGRAFIYA
JAHON IQTISODIY-IJTIMOIY GEOGRAFIYASI
(68 soat, haftasiga 2 soat, A2+: 102 soat, haftasiga 3 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
A2
o‘zining mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, o‘z g‘oyalarini taqdim va himoya qila olish, guruhlarda ijodiy tarzda ishlay olish. Dunyoning yirik shaharlari va ular haqida xorijiy tillarda ma’lumot bera olish.
A2+
fanga doir loyihalarni tuzish va himoya qila olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: :
A2
geografik adabiyotlardan samarali foydalana olish, ular asosida mavzuli axborotlarni tayyorlay olish, ommaviy axborot vositalari hamda Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topa olish va ularni tahlil qila olish.
A2+
kundalik hayotda duch keladigan geografik mazmunga ega bo‘lgan, jumladan, jahon va mamlakat ichidagi yangiliklar haqidagi lavhalarning mohiyatini anglay olish va tushuntirib bera olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A2
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda, geografik manbalar bilan mustaqil tarzda ishlay olish, o‘zining iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ekologik dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o‘stirib borish.
A2+
maktabda, mahallasida iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ekologik mavzularda o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish va o‘z fikrini bildira olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2
dolzarb global, regional va mahalliy muammolarni tahlil qilish, ularning yechimiga oid ijodiy takliflarni ishlab chiqish, zamon va jamiyat talabidagi iqtisodiy, siyosiy va ekologik faollikka intilish va ahamiyatini anglash.
A2+
tabiat va jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun shaxsiy mas’uliyatni his qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish.
A2+
geografik dunyoqarash va tafakkur asosida atrofimizdagi olamni obyektiv holda baholay olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A2
jadval, diagramma va grafiklarni tuzish, ularning mazmunini tahlil qila olish, kompyuter texnologiyalari, geografik axborot tizimlari haqidagi tasavvurga ega bo‘lish, fan-texnika yutuqlari muhimligini anglash.
A2+
mutlaq va nisbiy statistik ko‘rsatkichlar bilan ishlay olish, ularni to‘g‘ri solishtira olish, proporsiyalar tuzish orqali nisbiy ulushlarni aniqlay olish.
I BO‘LIM. JAHONNING UMUMIY TAVSIFI
1-BOB. JAHONNING SIYOSIY XARITASI
(4 soat, A2+: 6 soat)
1-mavzu: Jahonning siyosiy xaritasi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Jahon siyosiy xaritasi tushunchasi. Hozirgi vaqtdagi jahon siyosiy xaritasidagi davlatlar soni, ularning maydoni bo‘yicha eng yirik va eng kichiklari. Davlatlarning geografik o‘rni jihatidan tasniflanishi – orol, yarimorol, dengizbo‘yi, ichki kontinental mamlakatlar. Jahon siyosiy xaritasidan oxirgi 25-30 yildagi o‘zgarishlar - Sobiq Ittifoq va Yugoslaviyaning parchalanishi, Chexoslovakiyaning bo‘linishi, Germaniyaning birlashishi, Eritreya, Sharqiy Timor, Janubiy Sudanning mustaqillikka erishishi.
2-mavzu: Mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligi bo‘yicha tasnifi. (1 soat, A2+: 1 soat)
Mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi jihatidan tasniflash mezonlari. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar, ularning asosiy guruhlari. O‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar.
3-mavzu: Mamlakatlarning boshqaruv shakli va davlat tuzilishi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Mamlakatlarning boshqaruv shakli va davlat tuzilishi bo‘yicha tasniflanishi. Respublika va monarxiya davlatlari, ularning tiplari. Unitar va federativ davlatlar.
4-mavzu: Ijtimoiy-iqtisodiy va geoekologik xaritalar. (1soat, A2+: 1 soat)
Ijtimoiy-iqtisodiy va geoekologik xaritalar. Ularning turlari va ulardan foydalanish. Geografik axborot tizimlari haqida umumiy tushuncha. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya, kosmik texnologiyalar va geografiya.
2-BOB. JAMIYAT VA TABIATNING O‘ZARO ALOQADORLIGI
(6 soat, A2+: 7 soat)
5-mavzu: Dunyo tabiiy resurslari. (1 soat, A2+: 1 soat)
Tabiiy resurslar tushunchasi va ularning tasniflanishi. Tabiiy resurslarni iqtisodiy baholash haqida tushuncha. Tabiiy resurslarning hududiy majmuasi tushunchasi. Tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik tushunchasi va uni hisoblash. Jahon mamlakatlarining tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi jihatidan guruhlashtirilishi.
6-mavzu: Mineral resurslar geografiyasi. (1 soat, A2+: 1 soat)
Dunyoning yirik yoqilg‘i havzalari. Qora va rangli (ayniqsa, qimmatbaho) metallar eng ko‘p tarqalgan hududlar. Asosiy foydali qazilmalar (neft, tabiiy gaz, ko‘mir, temir ruda)ning eng katta zaxiralariga ega bo‘lgan davlatlar.
7-mavzu: Tugamaydigan va tiklanadigan tabiiy resurslar geografiyasi. (1 soat, A2+: 1 soat)
Agroiqlim, yer, suv, o‘rmon, biologik, geotermal resurslarning geografiyasi.
8-mavzu: Jamiyat bilan tabiatning o‘zaro aloqadorligi. (1 soat, A2+: 1 soat)
Atrof-muhit va geografik muhit tushunchalari. Geografik muhitning kengayishi, yangi yerlarning o‘zlashtirilishi. Insoniyatning sayyoramiz tabiatiga ko‘rsatadigan ta’siri, landshaftlarning antropogenlashuvi va madaniylashuvi, antropogen, madaniy va buzilgan landshaftlar. Tabiatdan foydalanish tushunchasi. Ekstensiv va intensiv tabiatdan foydalanish.
9-mavzu: Zamonaviy ekologik muammolar. (1 soat, A2+: 1 soat)
Ekologik muammo tushunchasi. Ekologik muammolarning 3 pog‘onasi: global, mintaqaviy va mahalliy. Eng dolzarb global ekologik muammolar: “issiqxona effekti”, ozon “tuynuklari”, cho‘llanish, o‘rmonsizlanish, ichimlik suvi tanqisligi, bioxilma-xillikni saqlash. Ekologik siyosat.
10-mavzu: Ekologik muammolar va geografiya fani. Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Ekologik muammolar kelib chiqishida geografik muhitdagi muvozanat buzilishining roli. Ekologik muammolarni hal qilishda geografik bilimlarning ahamiyati, geografiya fanining bu boradagi salohiyati.
3-BOB. JAHON AHOLISI
(5 soat, A2+: 7 soat)
11-mavzu: Dunyo aholisining soni va o‘sishi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Dunyo aholisining soni va o‘sishi. Tug‘ilish, o‘lim va tabiiy o‘sish ko‘rsatkichlari. Aholi ko‘payishining turlari. Demografik o‘tish, demografik “portlash” va demografik siyosat tushunchalari.
12-mavzu: Dunyo aholisining jinsiy, yosh bo‘yicha, irqiy tarkibi. (1 soat, A2+: 1 soat)
Dunyo aholisining jinsiy tarkibi. Dunyo aholisining yosh bo‘yicha tarkibi. Yosh-jins piramidalari. Dunyo aholisining irqiy tarkibi. Asosiy va aralash irqlar.
13-mavzu: Dunyo aholisining etnik va diniy tarkibi. (1 soat, A2+: 1 soat)
Til oilalari va guruhlari, ularning geografiyasi. Jahondagi eng yirik til oilalari, guruhlari va millatlar. Jahondagi yirik dinlar va ularning geografiyasi.
14-mavzu: Aholining joylanishi va migratsiyalar. (1 soat, A2+: 1 soat)
Aholining notekis joylanishi va zichligi. Jahon aholisining qit’alar kesimida joylanishi. Aholisi eng ko‘p davlatlar. Jahondagi aholi eng zich joylashgan areallar. Jahondagi zamonaviy migratsiya jarayonlari.
15-mavzu: Jahon urbanizatsiyasi. Nazorat ishi (1 soat, A2+: 2 soat)
Shahar aholisi va uning o‘sishi. Urbanizatsiya tushunchasi, xususiyatlari, urbanizatsiya darajasiga ko‘ra mamlakatlarning toifalarga bo‘linishi. Aglomeratsiya va megalopolislar.
4-BOB. JAHON XO‘JALIGI
(10 soat, A2+: 15 soat)
16-mavzu: Jahon xo‘jaligi va xalqaro mehnat taqsimoti. (1 soat, A2+: 1 soat)
Jahon xo‘jaligi tushunchasi. Xalqaro mehnat taqsimoti haqida tushuncha. Xalqaro ixtisoslashuv va uning omillari. Jahon xo‘jaligi birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi sektorlardan iborat ekanligi. Jahon iqtisodiyoti sektorlar tarkibi, uning rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlardagi farqlanishi.
17-mavzu: Jahon iqtisodiyoti markazlari va xalqaro integratsiya jarayonlari. (1 soat, A2+: 1 soat)
Jahon xo‘jaligining geografik “modeli”ning ko‘p markazlilik xususiyati. Hozirgi zamonda tez o‘sib borayotgan iqtisodiy markaz va qutblar. Xalqaro va regional iqtisodiy integratsiya jarayonlari. Transmilliy korporatsiyalar.
18-mavzu: Fan-texnika inqilobi (1 soat, A2+: 1 soat)
Fan-texnika inqilobi haqida tushuncha. Asosiy xususiyatlari: ko‘p qirraliligi, qayta qurishni nihoyatda tezlashtirib yuborishi, insonning ishlab chiqarishdagi o‘rnining tubdan o‘zgarishi. Fanga oid tarmoqlar. Ishlab chiqarish taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari: elektronlashtirish, kompleks avtomatlashtirish, energetika xo‘jaligini qayta qurish, yangi materiallar ishlab chiqarish, biotexnologiya, koinotni o‘zlashtirish, nanotexnologiyalar.
19-mavzu: Jahon energetikasi geografiyasi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Yoqilg‘i-energetika sanoatining tarkibi. Jahon yoqilg‘i-energetika balansi. Neft va gaz zahiralari joylashgan asosiy hududlar. Neft va gazni qazib oladigan va eksport qiladigan asosiy davlatlar. Neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlar ittifoqi – OPEK. Ko‘mir sanoati. Ko‘mir qazib oladigan yirik davlatlar. Elektroenergetika va uning asosiy tarmoqlari: issiqlik energetikasi, gidroenergetika, atom energetikasi, noan’anaviy energiya resurslari (geotermal, shamol, to‘lqin, quyosh, qalqish energetikasi).
20-mavzu: Jahon metallurgiya va kimyo sanoati geografiyasi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Metallurgiya sanoati: qora metallurgiya. Joylanish turlari: toshko‘mir havzalari, temir ma’dani havzalari, kokslanadigan ko‘mir va temir ma’dani keltirishga, iste’molchiga tayanish. Qora metallurgiya rivojlangan davlatlar. Rangli metallurgiya. Rivojlanayotgan mamlakatlarda metallurgiya sanoatining rivojlanishi. Kimyo sanoati: to‘rt eng asosiy hudud: AQSH, G‘arbiy Yevropa, MDH, Yaponiya. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda kimyo sanoatining shakllanishi va rivojlanishidagi asosiy xususiyatlari. Metallurgiya va kimyo sanoatining ekologik omillar ta’sirida rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘chib o‘tishi.
21-mavzu: Jahon mashinasozlik va yengil sanoati geografiyasi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Mashinasozlik. Uning 4 eng asosiy hududi: a) Shimoliy Amerika; b) G‘arbiy Yevropa; v) Sharqiy va Janubiy-sharqiy Osiyo; g) Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi. Mashinasozlik bo‘yicha jahonda yetakchi davlatlar. Osiyo va Lotin Amerikada mashinasozlikning yuksalib borishi. To‘qimachilik korxonalari rivojlangan regionlar. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda yengil sanoatining rivojlanishidagi o‘zgarishlari. Rivojlanayotgan davlatlarning yengil sanoat mahsulotlarni eksport qiladigan davlatlarga aylanishi.
22-mavzu: Jahon dehqonchiligi geografiyasi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Moddiy ishlab chiqarishning yetakchi ikkinchi tarmog‘i. Iqtisodiy jihatdan turlicha rivojlangan davlatlarda qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos rivojlanishi. Tovar va iste’mol qishloq xo‘jaligi. Don ekinlari. Bug‘doy, sholi va makkajo‘xori ekiladigan asosiy rayonlar. G‘alla eksport qiladigan asosiy mamlakatlar: AQSH, Kanada, Avstraliya, Fransiya, Argentina. Moyli ekinlar, ildizmevali ekinlar. Quvvat beruvchi, tolali o‘simliklar.
23-mavzu: Jahon chorvachilik va baliqchiligi. (1 soat, A2+: 1 soat)
Chorvachilik, asosiy tarmoqlari: qoramolchilik, cho‘chqachilik, qo‘ychilik. Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhit. Baliqchilik. Dengizlarda, okeanlarda va daryolarda baliq tutish.
24-mavzu: Transport geografiyasi. Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Transport moddiy ishlab chiqarishning uchinchi yetakchi tarmog‘i. Jahon transport geografiyasi sistemasidagi geografik tafovutlar. Mamlakatlarning ikki guruhi: iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar va rivojlanayotgan mamlakatlar transporti. Avtomobil va temir yo‘llarning uzunligi va zichligi. Temir yo‘l uzunligiga ko‘ra yetakchi davlatlar. Suv transporti: dengiz transporti, dengiz savdo floti. Jahon portlari. Dengiz kanallari, bo‘gizlari. Ichki suv transporti. Havo transporti. Havo transporti eng rivojlangan davlatlar. Aeroportlar. Transport va atrof-muhit.
25-mavzu: Xalqaro iqtisodiy aloqalar (1 soat, A2+:1 soat)
Xalqaro savdo. Tovarlar tarkibi. Jahon savdosining geografik taqsimlanishidagi notekislik. Savdo balansi (muvozanati). Kredit-moliya munosabatlari. Xalqaro ishlab chiqarish hamkorligi. Xalqaro xizmat ko‘rsatish sohasi. Xalqaro turizm.
II BO‘LIM. JAHONNING REGIONAL TAVSIFI
5-BOB. YEVROPA MAMLAKATLARI (11 SOAT, A2+: 15 SOAT)
26-mavzu: Yevropaning geografik o‘rni, chegaralari va siyosiy xaritasi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Hududi, chegaralari, geografik o‘rni. Siyosiy xaritasi va undagi so‘nggi o‘zgarishlar. Subregionlarga bo‘linishi (Shimoliy Yevropa, G‘arbiy, yoki O‘rta Yevropa, Janubiy Yevropa va Sharqiy Yevropa).
27-mavzu: Yevropaning tabiiy sharoiti va resurslari. (1 soat, A2+: 1 soat)
Yevropa tabiiy sharoiti. Yoqilg‘i, mineral, agroiqlim, suv, o‘rmon resurslari.
28-mavzu: Yevropa mamlakatlarining aholisi. (1 soat, A2+: 1 soat)
Aholisi va uning asosiy ko‘rsatkichlari. Urbanizatsiya darajasi va shaharlari.
29-mavzu: Yevropa mamlakatlarining xo‘jaligi. (1 soat, A2+: 1 soat)
Xo‘jaligining umumiy ta’rifi, integratsion jarayonlar. Yevropa Ittifoqi.
30-mavzu: Yevropa sanoati va qishloq xo‘jaligi. Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Sanoatning asosiy tarmoqlari: yoqilg‘i-energetika, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, o‘rmon, yengil sanoat. Qishloq xo‘jaligi. Qishloq xo‘jaligining (Shimoliy Yevropa, O‘rta Yevropa va Janubiy Yevropa) turlari. Baliqchilik.
31-mavzu: Yevropa iqtisodiy rayonlari tiplari. (1 soat, A2+: 1 soat)
Iqtisodiy rayonlari tiplari. Rivojlanishning “markaziy o‘qi”. Yuksak rivojlangan, eski sanoat, port-sanoat, intensiv agrar, qoloq agrar va yangi o‘zlashtirilayotgan rayonlar.
32-mavzu: Transport, turizm va ekologik muammolari. (1 soat, A2+: 1 soat)
Transporti: temir yo‘l, avtomobil yo‘llari, daryo, dengiz, havo, quvur transporti. Dam olish va turizm hududlari. Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolar.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
A2
jahon siyosiy xaritasining hozirgi zamondagi holatini va eng yangi tarixiy davrda o‘zgarganligini; rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning asosiy guruhlari, o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlarni; boshqaruv va davlat tuzilish shakllarini, tabiiy resurslar, davlatlarning resurslar bilan ta’minlanganligini; tabiiy resurslarning geografik tarqalish qonuniyatlariga oid ma’lumotlarni tushunadi va tushuntira oladi. Jahon xo‘jaligi va xalqaro mehnat taqsimoti jarayoni mohiyatini, fan-texnika inqilobi ta’sirida qanday o‘zgarganligini ma’lumotlar asosida izohlay oladi; jahon sanoat tarmoqlarining hududiy tarkibi, eng asosiy markazlarini; jahon qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining hududiy tarkibi, markazlarini, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi, transport tarmoqlarining o‘ziga xos xususiyatlarini; Yevropa qit’asining geografik o‘rni, siyosiy xaritasi, tabiiy resurslari, aholisi, xo‘jaligining umumiy xususiyatlariga oid ma’lumotlarni tushunadi va tushuntira oladi.
A2+
geografik tarqalish qonuniyatlariga oid ma’lumotlarni tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muhitning kengayishi, yangi yerlarning o‘zlashtirilishi, landshaft qobig‘ining antropogenlashuvini; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ro‘y berayotgan demografik va migratsion, urbanizatsiya jarayonlarni kuzatadi va ma’lumotlar asosida tushunadi va tushuntira oladi.
Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:
A2
jahonning yirik mamlakatlari va ularning poytaxtlarini, xalqaro iqtisodiy va siyosiy tashkilotlarni; yirik aglomeratsiya va megalopolislarni; yirik sanoat rayonlarini, yirik portlar, kanallar, bo‘g‘izlar nomlarini to‘g‘ri aytadi va yoza oladi.
A2+
geografik obyektlar nomlarining o‘ziga xos ma’no-mazmunini tushuntira oladi, (hudud)ning toponimikasini ayta oladi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:
A2
globus, geografik atlas va xaritalardan davlatlar ularning poytaxtlarini geografik o‘rnini aniqlaydi. Dunyoning siyosiy xaritasini, aholi, sanoat, qishloq xo‘jalik, transport xaritalarini yozuvsiz xaritada aks ettira oladi.
A2+
geografik atlas va xaritalardan davlatlar, ularning poytaxtlarini, geografik o‘rnini aniqlaydi va geografik tadqiqotlarda, turizm, sayohatlarda foydalana oladi.
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:
A2
insoniyatning global miqyosidagi tabiiy muhitga ta’sirini, dolzarb global ekologik muammolar, ularning kelib chiqishi, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va yechimini topishda geografiya fanining o‘rnini, zamonaviy sanoat ishlab chiqarishining tabiiy muhitga ko‘rsatadigan ta’sirini tahlil qila oladi.
A2+
tabiatni muhofaza qilish va ekologiya mavzusida o‘tkazilayotgan tadbirlarda ishtirok etadi va o‘z fikrini bayon eta oladi.
33-mavzu: Germaniya Federativ Respublikasi. (1 soat, A2+: 1 soat)
Hududi, chegaralari, geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi.
34-mavzu: GFR xo‘jaligi va iqtisodiy rayonlari. (1 soat, A2+: 2 soat)
Xo‘jaligi, sanoati, qishloq xo‘jaligi, transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari, iqtisodiy rayonlari.
35-mavzu: Rossiya Federatsiyasi. (1 soat, A2+: 1 soat)
Hududi, chegaralari, geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi.
36-mavzu: Rossiya Federatsiyasi xo‘jaligi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Xo‘jaligi, sanoati, qishloq xo‘jaligi, transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari, iqtisodiy rayonlari.
6-BOB. OSIYO MAMLAKATLARI
(19 soat, A2+: 34 soat)
37-mavzu: Osiyo geografik o‘rni, chegaralari va siyosiy xaritasi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Hududi, chegaralari, geografik o‘rni. Siyosiy xaritasining shakllanishidagi asosiy bosqichlari. Subregionlarga bo‘linishi (Janubi-G‘arbiy Osiyo, Markaziy Osiyo, Janubiy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo).
38-mavzu: Osiyo mamlakatlari tabiiy sharoiti va resurslari. (1 soat, A2+: 1 soat)
Osiyo tabiiy sharoiti. Yoqilg‘i, mineral, agroiqlim, suv, o‘rmon resurslari.
39-mavzu: Osiyo mamlakatlari aholisi. (1 soat, A2+: 1 soat)
Osiyo aholisining joylashuvi, tarkibi, demografik jarayonlari, urbanizatsiyasi.
40-mavzu: Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanganligi. (1 soat, A2+: 1 soat)
Osiyo mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va jahon iqtisodiyotidagi o‘rni jihatidan guruhlashtirish.
41-mavzu: Markaziy Osiyo mamlakatlari. (1 soat, A2+: 2 soat)
Markaziy Osiyo tushunchasining siyosiy-geografik mazmuni, tabiiy geografiyada ishlatiladigan “Markaziy Osiyo” tushunchasidan farqlanishi. Mintaqa mamlakatlariga umumiy iqtisodiy geografik tavsif. Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro hamkorligining asosiy yo‘nalishlari.
42-mavzu: Qozog‘iston Respublikasi. (1 soat, A2+: 1 soat)
Qozog‘istonning hududiy chegaralari, aholisi, tabiiy sharoitiga, tabiiy resurslariga xo‘jalik va siyosiy jihatdan baho berish. Xo‘jaligiga umumiy tavsif, sanoati, qishloq xo‘jaligi, transporti, siyosiy va iqtisodiy aloqalari, O‘zbekiston bilan har tomonlama aloqalari.
43-mavzu: Qirg‘iziston Respublikasi. Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Qirg‘izistonning hududiy chegaralari, aholisi, tabiiy sharoitiga, tabiiy resurslariga xo‘jalik va siyosiy jihatdan baho berish. Xo‘jaligiga umumiy tavsif, sanoati, qishloq xo‘jaligi, transporti, siyosiy va iqtisodiy aloqalari, O‘zbekiston bilan har tomonlama aloqalari.
44-mavzu: Turkmaniston va Tojikiston Respublikalari. (1 soat, A2+: 2 soat)
Ikki mamlakatning geografik o‘rni, hududiy chegaralari haqida ma’lumotlar. Tabiiy resurs salohiyati, aholi joylashuvi, xo‘jaligining tarkibi va ixtisoslashuvi, bu jihatdan o‘zaro farqlanishi va bunga mamlakatlar tekislik yoki tog‘larda joylashganligining ta’siri. O‘zbekiston bilan har tomonlama aloqalari.
45-mavzu: Amaliy mashg‘ulot (1 soat, A2+: 1 soat)
Mintaqa mamlakatlarining qiyosiy-geografik tavsifi.
46-mavzu: Turkiya. (1 soat, A2+: 2 soat)
Hududi, tabiiy sharoiti va resurslariga xo‘jalik jihatdan tavsif. Aholisi, xo‘jaligi. Tashqi iqtisodiy aloqalari.
47-mavzu: Eron, Afg‘oniston, Pokiston. (1 soat, A2+: 2 soat)
Hududi, tabiiy sharoiti va resurslariga xo‘jalik jihatdan tavsif. Aholisi, xo‘jaligi. Tashqi iqtisodiy aloqalari.
48-mavzu: Xitoy Xalq Respublikasi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Maydoni, chegaralari, geografik o‘rni. Tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi, demografik siyosati.
49-mavzu: Xitoy iqtisodiyoti va iqtisodiy rayonlari. (1 soat, A2+: 2 soat)
Xo‘jaligi, sanoati va qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari. Iqtisodiy zonalari (sharqiy, markaziy, g‘arbiy).
50-mavzu: Koreya Respublikasi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Maydoni, chegaralari, geografik o‘rni. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi va uning ko‘rsatkichlari. Xo‘jaligi. Sanoatining asosiy tarmoqlari. Qishloq xo‘jaligi. Transporti.
51-mavzu: Yaponiya. Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Maydoni, chegaralari, geografik o‘rni. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi va uning ko‘rsatkichlari.
52-mavzu: Yaponiya iqtisodiyoti va iqtisodiy rayonlari. (1 soat, A2+: 2 soat)
Xo‘jaligi. Sanoatining asosiy tarmoqlari. Qishloq xo‘jaligi. Transporti. Iqtisodiyotidagi ichki tafovutlari.
53-mavzu: Hindiston. (1 soat, A2+:1 soat)
Maydoni, chegaralari, geografik o‘rni. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi.
54-mavzu: Hindiston iqtisodiyoti va iqtisodiy rayonlari. (1 soat, A2+: 2 soat)
Xo‘jaligi, sanoati, qishloq xo‘jaligi, transporti, iqtisodiyotidagi ichki tafovutlari.
55-mavzu: Fors qo‘ltig‘i Arab davlatlari. (1 soat, A2+: 2 soat)
Hududi, chegaralari, geografik o‘rni. Siyosiy tuzumining o’ziga xosligi. Tabiiy sharoiti va resurslari. Yoqilg‘i-energetika resurslari va ularning mintaqa davlatlari xo‘jaligi rivojlanishidagi ahamiyati. Aholisi. Sanoati va qishloq xo‘jaligining xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlari.
56-mavzu: Indoneziya, Malayziya, Singapur. (1 soat, A2+: 2 soat)
Hududi, chegaralari, geografik o‘rni. Davlat tuzumi. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. Aholisi. Xo‘jaligining xalqaro ixtisoslashgan sohalari.
7-BOB. AFRIKA, AVSTRALIYA VA OKEANIYA, AMERIKA MAMLAKATLARI (12 soat, A2+: 18 soat)
57-mavzu: Afrika geografik o‘rni va siyosiy xaritasi. (1 soat, A2+:1 soat)
Maydoni, chegaralari, geografik o‘rni. Siyosiy xaritasi shakllanishidagi asosiy bosqichlar va o‘ziga xos xususiyatlari. Afrikaning hozirgi siyosiy xaritasi. Afrika subregionlari.
58-mavzu: Tabiiy resurslari va aholisi. (1 soat, A2+: 1soat) Tabiiy sharoitining o‘ziga xos xususiyatlari, tabiiy boyliklari: mineral, yer, suv, biologik, rekreatsiya. Aholisining joylanishi, takror barpo bo‘lishining xususiyatlari. Aholi madaniy tarkibi jihatidan Shimoliy (Arab) Afrika va Tropik Afrikaga bo‘linishi. Urbanizatsiya darajasi va shaharlari.
59-mavzu: Xo‘jaligining ixtisoslashuvi, joylashuvi va hududiy tafovutlari. Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Afrikaning dunyo xo‘jaligida tutgan o‘rni. Afrikaning jahon tog‘-kon sanoati va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishdagi ahamiyati. Afrika mamlakatlarida ishlab chiqarish joylashuvining o‘ziga xosligi. Afrika mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligi jihatidan 3 ta iqtisodiy mintaqaga bo‘linishi: JAR, O‘rta dengizbo‘yi mamlakatlar va Tropik Afrika.
60-mavzu: Janubiy Afrika Respublikasi. (1 soat, A2+: 1 soat)
Hududi, chegaralari, geografik o‘rni. Davlat tuzumi. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. Aholisi. Xo‘jaligining xalqaro ixtisoslashgan sohalari.
61-mavzu: Avstraliya Ittifoqi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Avstraliya Ittifoqi. Hududi, chegaralari, geografik o‘rni. Siyosiy tizimi. Tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari. Aholisi. Xo‘jalik rivojlanishining asosiy xususiyatlari. Sanoatining asosiy tarmoqlari. Qishloq xo‘jaligi. Chorvachilik.
62-mavzu: Okeaniya mamlakatlari. Yangi Zelandiya. (1 soat, A2+: 2 soat)
Okeaniya mintaqalari va mamlakatlari. Yangi Zelandiyaga kompleks iqtisodiy geografik tavsif.
63-mavzu: Amerika davlatlari. (1 soat, A2+: 1 soat)
Hududi, chegaralari, geografik o‘rni. Siyosiy xaritasining shakllanishidagi asosiy geografik bosqichlar, Shimoliy va Lotin Amerika mintaqalari, ularning subregionlari (Markaziy Amerika, Karib xavzasi, Janubiy Amerika).
64-mavzu: Amerika Qo‘shma Shtatlari. (1 soat, A2+: 1 soat)
Maydoni, chegaralari, geografik joylanishining o‘ziga xos xususiyatlari. Tabiiy sharoiti va resurslari. Urbanizatsiya darajasi, shaharlari.
65-mavzu: AQSH xo‘jaligi va iqtisodiy rayonlari. (1 soat, A2+: 2 soat)
Sanoatining asosiy tarmoqlari. Qishloq xo‘jaligi. Transporti va transport magistrallari. AQSH regionlari.
66-mavzu: Kanada. Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Maydoni, chegaralari, geografik joylanishi. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi joylanishidagi tafovutlar. Sanoati va qishloq xo‘jaligi. Ichki tafovutlar
67-mavzu: Braziliya. (1 soat, A2+: 2 soat)
Maydoni, chegaralari, geografik joylanishi. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi joylanishidagi tafovutlar. Sanoati va qishloq xo‘jaligi. Ichki tafovutlar.
68-mavzu: Takrorlash. (1 soat)
Mavzularni o‘rganish uchun- (65 soat, A2+: 89 soat)
Amaliy mashg‘ulot uchun- (2 soat, A2+: 4 soat)
Nazorat ishi uchun- (A2+: 8 soat)
Takrorlash uchun - (1 soat, A2+: 1 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
A2
Jahonning yirik mintaqalari, Osiyo va dunyodagi yirik davlatlarning tabiiy sharoiti va resurslari, aholisini (aholining tabiiy o‘sishi, migratsiyasi, urbanizatsiya darajasini kuzatadi, aniqlaydi), jahon iqtisodiyotida o‘ziga xos o‘rin va jihatlari haqida tushunadi va tushuntira oladi.
A2+
aholining tabiiy o‘sishi, migratsiyasi, urbanizatsiya darajasini aniqlashga doir amaliy topshiriqlarni mustaqil yecha oladi.
Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:
A2
mintaqa, subregionlar va ulardagi davlatlarning, ularning poytaxtlari, eng yirik shaharlari, muhim suv obyektlari, sanoat rayonlari va boshqa geografik obyektlarning nomlarini to‘g‘ri aytib, yoza oladi.
A2+
davlatlardagi ayrim joy nomlari toponimi haqida ayta oladi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:
A2
dunyoning siyosiy xaritasidan mamlakatlar, shaharlarning geografik o‘rnini aniqlaydi va unga doir amaliy topshiriqlarni bajara oladi.
A2+
umumiqtisodiy xaritalar yordamida mintaqalar va davlatlar xo‘jaligining tarkibi va joylashuvi haqida ma’lumotlar to‘playdi va tahlil qila oladi.
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:
A2
o‘quvchi mintaqa va dunyo mamlakatlaridagi tabiatni muhofaza qilish va dolzarb ekologik muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha xorijiy tajribalar haqida ma’lumotlarni tahlil qiladi va maktab, mahallasida o‘tkaziladigan tabiatni muhofaza qilish va ekologiya mavzularidagi tadbirlarda ishtirok etadi va o‘z takliflarini bera oladi.
A2+
Respublika miqyosida o‘tkaziladigan tabiatni muhofaza qilish va ekologiya mavzularidagi tadbirlarda ishtirok etadi va o‘z takliflarini bera oladi.
O‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
A2
o‘zining mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta oladi, o‘z fkirlarini guruhlarda ijodiy tarzda ifoda eta oladi.
A2+
mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta oladi, guruhlarda liderlik qila odadi, geografik atama va tayanch so‘zlarni xorijiy tilda ayta oladi va yozadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A2
turli geografik adabiyotlardan, xarita va atlaslardan samarali foydalanib, ular asosida axborotlarni tayyorlaydi, Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topib, ularni tahlil qiladi, kundalik ma’lumotlardan, jumladan, jahon va mamlakat ichidagi yangiliklar haqidagi lavhalarning mohiyatini anglay oladi.
A2+
Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlar asosida jahon va mamlakat ichidagi yangiliklar haqidagi lavhalarni topib ko‘rsata oladi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A2
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda, geografik manbalar bilan mustaqil tarzda ishlay oladi, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ekologik dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o‘stirib boradi.
A2+
maktabda, mahallada siyosiy, madaniy, ekologiya mavzulari bo‘ladigan tadbirlarda ishtirok etib o‘z fikrini ayta oladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2
dolzarb global, regional va mahalliy muammolarni tahlil qila oladi, ularning yechimiga oid ijodiy takliflarni bera oladi, zamon va jamiyat talabidagi iqtisodiy, siyosiy va ekologik faollikka intiladi, tabiat va jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun shaxsiy mas’uliyatni his qila oladi.
A2+
dolzarb global, regional va mahalliy muammolarda o‘z fikri bilan qatnasha oladi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2
Vatani, oilasi, mahallasining tarixini biladi, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘ladi.
A2+
Vatani, oilasi, mahallasining tarixini biladi va bugungi kun bilan taqqoslay oladi; tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab-asrash, jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qiladi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A2
statistik ko‘rsatkichlar asosida jadval, diagramma va grafiklarni tuza oladi, kompyuter texnologiyalari, geografik axborot tizimlari haqidagi tasavvurga ega bo‘ladi va ayta oladi.
A2+
fan-texnika yutuqlarini muhimligini tushunib yetadi va tahlil qila oladi, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarini tuza oladi.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar elementlari:
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
A2
Geografik qobiq va uning tarkibiy qismlari — litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferada kechadigan tabiiy hodisa hamda jarayonlarning mohiyatini anglaydi, tushunadi va tushuntira oladi;
tabiiy hodisa va jarayonlarni kundalik hayotda turli asboblar (kompas, termometr, barometr, flyuger va b.) yordamida o‘lchash va aniqlashni bajara oladi;
materiklar, okeanlar, O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslariga tavsif bera oladi, ularning hududiy xususiyatlarini tahlil qiladi va o‘zaro taqqoslay oladi;
Yer yuzi tabiatining xilma-xilligini keltirib chiqaruvchi asosiy geografik omil va qonuniyatlarni biladi, anglaydi, misollar bilan izohlay oladi;
jahon xo‘jaligi, dunyoning yirik mintaqa va davlatlari, O‘zbekistonning iqtisodiy geografik rayonlari va viloyatlari, O‘zbekistonga yaqin joylashgan mamlakatlarga kompleks iqtisodiy-geografik tavsif bera oladi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taqqoslay oladi;
aholi va ishlab chiqarishning joylashuviga ta’sir etuvchi geografik omillarni ayta oladi va misollar bilan izohlay oladi;
aholi dinamikasi va tarkibi, zamonaviy demografik jarayonlar, urbanizatsiya va aholi migratsiyasining mohiyatini tushunadi va tahlil qila oladi;
dunyoning siyosiy xaritasi, uning tuzilishini tushunadi va tushuntira oladi;
geografik bilimlar asosida tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va hodisalarga doir amaliy topshiriqlarni yecha oladi.
A2+
Geografik qobiq va uning tarkibiy qismlarida kechadigan tabiiy hodisa hamda jarayonlarning mohiyatini biladi, tushunadi, tushuntira oladi va misollar bilan o‘z o‘lkasi tabiatida namoyon bo‘lish holatlarini tavsiflay oladi;
tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy hodisa va jarayonlarning turli o‘lcham va kattaliklarini (harorat, yog‘in miqdori, aholi soni va h.k.) tasvirlovchi grafiklarni tuza oladi;
statistik ma’lumotlardan foydalanib, jadval va diagrammalarni tuza oladi va ularni tahlil qila oladi;
turli ma’lumot manbalaridan foydalangan holda hududlarning kompleks tavsifini mustaqil ravishda tuza oladi;
ishlab chiqarish tarmoq va korxonalarini hududiy tashkil etish omil va qonuniyatlarini ayta oladi, alohida tarmoq yoki korxonalar misolida ularni izohlay oladi.
Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:
A2
materiklar, qit’alar va okeanlarning o‘rganilish tarixi va uning geografik obyektlar nomlarida aks etganligini ayta oladi;
tabiiy geografik o‘lkalar, davlatlar, poytaxt va yirik shaharlarning nomlarini ayta oladi va to‘g‘ri yoza oladi;
geografik xaritalarda shahar, shaharcha va qishloqlarning yozilish qoidalaridagi farqini ayta oladi va amaliyotda qo‘llaydi.
A2+
davlatlar, ularning poytaxti va yirik shaharlari, O‘zbekistondagi ayrim tuman va shaharlar, tabiiy geografik obyektlarning tarixda turli nomlanganligini, geografik obyektlarning qayta nomlanish holatlarini misollar bilan izohlay oladi;
geografik obyektlar nomlarining o‘ziga xos ma’no-mazmunini tushuntira oladi, o‘zi yashaydigan joy (hudud)ning toponimikasini ayta oladi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:
A2
globus va geografik xaritalar, o‘quv atlaslari masshtabi, daraja to‘ri (meridian va parallellar) yordamida geografik obyektlarning joylashgan o‘rni va geografik koordinatalarini hamda o‘lchamlarini aniqlay oladi;
joy tuzilishi va topografik xaritalardan milliy iqtisodiyotning turli sohalarida, joylarda yo‘nalish olish, relyefni o‘rganish maqsadlarida foydalana oladi;
mavzuli tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy xaritalar yordamida hududlarning tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi va xo‘jaligini tavsiflay oladi;
o‘quv atlasi yordamida yozuvsiz xaritalarga materiklar va okeanlar, davlatlarning siyosiy, tabiiy (iqlim, tabiat zonalari va b.), iqtisodiy-ijtimoiy (sanoat, qishloq xo‘jaligi va b.) xaritalarini tushira oladi.
A2+
xaritalarda qo‘shimcha ma’lumot sifatida berilgan jadval, diagramma va grafiklar bilan ishlay oladi;
kartografik andozalarni meridian va parallellarning ko‘rinishidan ajrata oladi;
geografik xaritalardan foydalanib, hududlarning kompleks geografik profillarini tuza oladi.
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:
A2
tabiatdan oqilona foydalanish, insonning tabiatga ta’siri, global va mintaqaviy ekologik muammolarning kelib chiqish sabablarini biladi va misollar bilan tushuntira oladi;
tabiiy resurslarning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida ayta oladi;
materiklar, turli mamlakatlar, O‘zbekiston Respublikasidagi muhofaza etiladigan hududlar, ularning turlari, hududiy joylashuvi va amaliy ahamiyatini ayta oladi va misollar bilan izohlay oladi.
A2+
turli tabiiy resurslarning hududiy tarqalish qonuniyatlari haqida ayta oladi va ularni misollar bilan izohlay oladi.
× Эту лекция ещё не готова к просмотру.
Перейти на...
Eguru
Ўзбекистон Миллий университети Масофавий таълим платформаси
Быстрые ссылки
О нас
Условия использования
ЧаВО
Помощь
Контакты
Подписывайтесь на нас
Контакт
100174 Тошкент шаҳар Олмазор тумани Университет кўчаси 4-уй
Телефон: (+998)-71-246-54-17
Эл. почта: devonxona@nuu.uz
Copyright © 2020. Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон миллий университети
Сводка хранения данных
Скачать мобильное приложение
Переключить на тему, рекомендованную для Вашего устройства
Do'stlaringiz bilan baham: |