1-Ma’ruza. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ILMIY ASOSLARI.
Reja. 1. Pedagogik texnologiyaning maqsadi, vazifalari va mohiyati. 2. Pedagogik texnologiyaga xorijiy va o’zbek olimlari tomonidan berilgan ta’riflar. 3. Pedagogik texnologiya tamoyillari. 4. Pedagogik texnologiyaning umumiy tuzilmasi.
1. Pedagogik texnologiyaning maqsadi, vazifalari va mohiyati. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’lim tizimiga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o’zlashtirish zarurligi ko’p karra takrorlanadi.
Pedagogik texnologiyaning maqsadi – ta’lim jarayonining yetarli samaradorligini ta’minlash va talabalar tomonidan o’qitishning ko’zlangan natijalariga erishish kafolatidan iboratdir. Pedagogik texnologiyaning vazifasi: Pedagogik texnologiyalarni qo’llash bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish hamda pedagogik texnologiyalarni loyihalash bo’yicha bilimlar va ko’nikmalarni shakllantirish.
Pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish psixologiya, pedagogika, kasbiy ta’lim uslubiyoti va pedagogik mahorat fanlaridan olingan bilimlarga asoslanadi.
Pedagogik texnologiyaning bosh vazifasi ommaviy ta’lim sharoitida oddiy «o’rtacha» pedagoglarga o’qitishning samaradorligiga erishishini ta’minlash hisoblanadi. Pedagogik texnologiyaning o’rganish sohasi predmeti o’qitish tizimi hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalarida, o’qitish – o’quv materialining to’la o’zlashtirilish prinsipiga tayanmog’i lozim, ya’ni fanning o’quv dasturiga asoslangan o’quv materiali, guruhning barcha talabalari tomonidan to’la o’zlashtirilishi zarur.
«O’quv materialining to’la o’zlashtirilishi» tushunchasi nimani anglatadi? Har qaysi mavzu bo’yicha o’rnatilgan darajadagi bilim olishga erishilishi, o’quv materialini to’la o’zlashtirish prinsipini anglatadi.Chet elda o’tkazilgan ko’p sonli tadqiqotlarga ko’ra «talabalarning to’la o’zlashtrilishi» tushunchasi o’quv materialining guruhdagi har bir talaba tomonidan 80-90% ga o’zlashtirilishi tushuniladi, ya’ni har bir talaba o’quv fanini o’rtacha 85% ga o’zlashtirishi zarur. Bunday natija faqat juda katta tajribali ajoyib professor-o’qituvchilarda esa o’quv materialining bunday o’zlashtirilishini faqat iqtidorli talabalar berishi mumkin.
Bu sharoitda, qanday qilib talabalarning to’la o’zlashtirishiga erishish mumkin? Bunga erishishning uch yo’li bor: