FIZIK ANALIZ USULLARI
Miqdoriy analizda fizik analiz usullaridan radiometrik va mass-spektrometrik analiz usullari ko’p qo’llaniladi. Radiometrik analiz–tekshirilayotgan modda tarkibidagi radioaktiv elementdan chiqayotgan nurlanishni o’lchashga asoslangan. Unda aralashma tarkibidagi radiaktivlik xususiyatiga ega bo’lgan izotoplar miqdori aniqlanadi. Miqdoriy analizda mass-spektrometriya usuli ham keng qo’llaniladi. Elementlarning izotoplaridan iborat aralashma tarkibini o’rganishda bu usuldan foydalanish mumkin. Mass-spektrometriya usuli elektr yoki magnit maydoni ta‘sirida hosil bo’lgan ionlangan atom va molekula yoki radikal oqimlarning massasini aniqlashga asoslangan
Do'stlaringiz bilan baham: |