Foydalanilgan internet saytlari:
1. www.ziyonet.uz
2. www.google.co.uz
3. www.colos.uz
4. www.lex.uz
5. www.gov.uz
Omixta yemga suyuq komponentlarni kiritish
^ Omixta yem ishlab chiqarishning texnologik jarayoni to‘ki- luvchan massalarga aylanishiga asoslanadi. Xom-ashyoni tozalash, saralash, maydalash, granulalash jarayonlari aynan oquvchan massalar bilan kechadi. Biroq shunday mahsulotlar borki, ular qimmatli ozuqa qiymatiga ega, yaxshi hazm boNadi, ammo umuman boshqacha fizik-mexanikaviy xossaga ega, bular suyuqliklar hisoblanadi. Ularga melassa, gidrot, ozuqa moyiari, fosfatid konsentrati va boshqalar kiradi. Bu kompo- nentlarning boshqalaridan flzik-mexanikaviy xossalari keskin farq qilishi maxsus texnologik usullami qo'llashni, ulami omixta yem tarkibiga qo‘shish va tayyorlash uchun alohida texnologik liniyalarni qurishni talab qiladi. Bu mahsulotlarni suyuq komponetlar deb atash qabul qilingan, shuningdek, ular aynan shu holda omixta yemga kiritiladi. Suyuq komponentlar yemning ozuqaviylik qiymatini oshiradi, ular ishlab chiqarish va tashish paytidagi chang ajralishini kamaytirib, uning mazali sifatini oshiradi.
Suyuq komponentlar omixta yemga 2—5 % miqdorida kiritiladi. Bu boradagi qiyinchilik shundan iboratki, dozalash aniqligi va to‘kiluvchan massa bilan katta bo‘lmagan miqdordagi suyuq- likni bir tekisda taqsimlanishini ta’minlash zarur. Harorat yuqori bo‘lishi bilan suyuq qo‘shimchalaming qovushqoqligi kamayadi, bu esa ulami asosiy massa bilan yaxshi aralashuviga imkon beradi. Shuning uchun ular omixta yemga kiritishdan oldin qizdiriladi. Gidrol bundan mustasno, chunki u qizdirilmasa ham yetarlicha oquvchanlikka ega.
Melassani kiritish. Omixta yem zavodlariga melassa temiryo‘1 sistemalarida kelib tushadi. Uni quyib olish uchun berk temir- yo‘l izida joylashtiriladigan maxsus qurilma o‘matiladi. Melassali sisterna estakadga tushadi. Sovuq paytlari yuqoridagi tuynuk orqali sisternaga burama trubka (zmeyevik) tushirilib, orqali melassani qizdirish uchun bug’ uzatiladi. Jtfelassa quyiladi yoki zanjirli nasos bilan sig‘imi 50—60 m3 bolgan yer osti rezervuariga tortiladi, so'ngra nasos bilan tashqi baklarga saqlashga tortiladi. >Sig‘imi 200 m3. dan bo‘lgan ikkita bak yarim yillik melassa zaxira- sini ta’minlaydi. Melassa yetkazib berishni shunday amalga oshirish kerakki, mavsum oxirida rezervuarlarning qand pishirishi butunlay to‘liq bo‘lsin. Melassa ehtiyojga qarab, ombordan ishlab chiqarish korpusida joylashgan chiqim sigNmig^ (3—5 m3) nasos bilan tortib chiqariladi.
Oqlagich — baklarning ham melassa chiqadigan joyga, shuningdek, uni qizdirish uchun burama quvur montaj qilinadi, melassani ishlab chiqarish korpusiga haydovchi quvurni tashqi tomondan saqlagich-baklariga qiya qilib tirkab qurgan ma’qul. Bu uning ta’miri va almashtirilishini yengillashtiradi, shuningdek, quvurlardagi melassa qoldiqlarini quyib olishga imkon beradi.
Melassa saqlanadigan rezervuarlar davriy ravishda (kamida yiliga bir marta) issiq suv bilan yuvilishi, metall devorlar cho‘tka bilan tozalanishi va dezinfikatsiyalanishi, melassa o‘tkazgichlar esa vaqti-vaqti bilan bug4 bilan puflab tozalanishi kerak. Dezin- feksiya uchun ohakli sut qollaniladi. Melassa omixta yemga quyidagi usulda kiritiladi: ularni press-granulatorga burish yoli bilan; dozalashning asosiy liniyasidagi davriy yoki uzluksiz harakatlanuvchi aralashtirgichda; bu maqsa(l uchun maxsus mo‘ljallangan uzluksiz ishlovchi aralashtirgich, melassiralash uchun agregatlar ishlatiladi.
Melassa granulalali omixta yem uchun bevosita DG press aralashtiiigichiga kiritiladi. Shu vaqtda melassaning ma’lum miqdorini uzatish uchun nasos-dozator o‘rnatilib, tasodifiy aralashmalami ajratuvchi filtr, melassa sarfini nazorat qiluvchi sarfo‘lchagich o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |