1-ma’ruza nutq o‘stirish metodikasi predmeti va uning metodologik asosi


-MA’RUZA Maktabgacha yoshdagi nutq kamchiligiga ega bolalarda nutq o‘stirish bo‘yicha ishlar tizimi



Download 78,33 Kb.
bet2/2
Sana20.03.2022
Hajmi78,33 Kb.
#502141
1   2
Bog'liq
1 ва 2 нутқ ўстириш

2-MA’RUZA Maktabgacha yoshdagi nutq kamchiligiga ega bolalarda nutq o‘stirish bo‘yicha ishlar tizimi
REJA:
1. “Etiologiya” so`zi mazmuni va mohiyati.
2. Nutq funktsiyasining rivojlanishida 3 ta keskin davr.
3. Organik xarakterdagi nutq buzilishlari.
4. Funksional harakterdagi nutq buzilishlari.
Tayanch so‘zlar: etiologiya, pereferik, markaziy, organik, funksional, nerv faoliyati, bosh miya, nutq, sabab, anatomiya, fiziologiya, perseveratsiY.
«Etiologiya» termini grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, (etio-sabab, logos-fan, o‘rganish) sabablarni o‘rganuvchi fan ma’nosini bildiradi. Sababiyat muammosi qadim qadimdan insoniyat e’tiborini o‘ziga qaratib kelgan. Sabablar haqidagi fan sifatida etiologiyaning rivojlanishi tibbiy va tabiiy fanlar qatorida umumiy ilmiy taraqqiyot bilan uzviy bog‘liqdir. Bundan tashqari «etiologiya» tushunchasining o‘zi falsafiy kategoriyalardan biri bo‘lib hisoblangani sababli, falsafaning rivojlanishiga uning ham aloqasi bordir.
Yirik patafiziolog I.V.Davidovskiyning tadqiqotlari bu muammoni hal qilishga katta hissa qo‘shdi. Uning yozishicha: «Har qanday asl mazmun sabablardan boshlanib keladi, ya’ni kauzallik va determenizm tushunchalaridan boshlanadi. Bu ikki bir-biriga bog‘liq, biroq har xil tushunchalar ikki tomonlama talqin etiladi. Birinchi tomondan sababiyat haqida, ya’ni sabab-oqibat munosabatlari sifatida sharxlansa (aslida «etiologiya» tushunchasining mazmuni shunday bo‘lishi kerak), ikkinchi tomondan hodisalar mohiyatini bilish haqida, ya’ni uning asosida yotgan qonuniyatlarni bilish sifatida sharxlanadi».
Nutq buzilishlari etiologiyasi muammosi kasalliklarni keltirib chiqaruvchi sabablar haqidagi umumiy ta’limotlar singari uzoq tarixiy rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi.
Qadimgi grek faylasufi va shifokori Gippokrat (er.av. 460-377 y.) bir qator nutq buzilishlarining sababini ko‘rsatib o‘tgan.
Boshqa grek faylasufi Aristotel (er.av. 384-322 y.) nutq hosil bo‘lish jarayonini periferik nutq apparatining anatomik tuzilishi bilan bog‘lab, anatomik tuzilishdagi kamchiliklarni nutq buzilishiga sabab qilib ko‘rsatgan. Yuqoridagilardan shuni aytish mumkinki, antik davr olimlarining tadqiqotlaridayoq nutq buzilishlari sabablarini tushunishda ikki yo‘nalish ko‘rsatilgan. Birinchi yo‘nalish Gippokrat nuqtai nazari bo‘lib, bosh miyaning jarohatlanishi nutq buzilishlarini kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi bosh omil ekanligi ta’kidlangan. Ikkinchisi Aristotelga tegishli bo‘lib, periferik nutq apparatining buzilishlari aynan nutq buzilishlarining sababi etib ko‘rsatilgan. Nutq buzilishlari sababini o‘rganishning keyingi davrlarida ham bu ikki nutqai nazar saqlanib qolgan.
Nutq buzilishlari etiologiyasi haqidagi tasavvurlar, shu muammoni o‘rganishning barcha davrlarida, ular mohiyatini tushunishni ifodalaydi. Shuningdek, ma’lum davr va mualliflarning umumiy metodologik yo‘nalishini ifodalaydi.
Nutq buzilishlari etiologiyasida bosh miya jarohatlanishining «o‘z o‘rni» borligi eramizdan avvalgi 400 ming yil ilgari Gippokrat tomonidan aytib o‘tilgan bo‘lsa ham, bunga haqiqiy ilmiy tasdiq 1861 yilda, fransuz shifokori Pol Broko tomonidan bosh miyada nutq markazi mavjudligi va bu markaz jarohatlanishi nutq buzilishini keltirib chiqarishi mumkinligi ko‘rsatib berilgandan so‘nggina berilgandir. Xuddi shunga o‘xshash kashfiyot 1874 yilda Vernike tomonidan ham amalga oshirilgan: nutqni tushunishda bosh miya qobig‘ining orqa bo‘lagi katta rol o‘ynaydi. Bu qismda begona nutqni qabul qilish jarayoni ro‘y beradi.
Nutq buzilishlari etiologiyasi masalasi XX asrning 20 yillaridan jadal ishlana boshlandi. Bu yillarda tadqiqotchilar ilk bor, kelib chiqish sabablariga qarab nutq buzilishlarini tasniflashga urindilar. S.M.Dobrogayev (1922) nutq buzilishlari sabablari orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatgan:
1. Oliy nerv faoliyati kasalliklari.
2. Anatomik nutq apparatida patologik o‘zgarishlar.
3. Bolalikdan tarbiyaning yetishmaganligi.
4. Organizmning umumiy nevropatik holati.
M.YE.Xvatsev ilk bor nutq buzilishlari sabablarini ichki va tashqi omillarga ajratdi. Shu bilan birga u organik (anatomo-fiziologik, morfologik), funksional (psixogen), ijtimoiy-psixologik va psixo-nevrologik sabablarni ajratib ko‘rsatdi.
Organik sabablarga homiladorlik davrida, tug‘ruq paytida va tug‘ruqdan so‘ng bosh miyaning yaxshi rivojlanmasligi va jarohatlanishi, shuningdek nutq periferik organlaridagi turli xil organik buzilishlar kiritilgan. Organik buzilishlar markaziy (miyaning jarohatlanishi) va periferik sabablarga (eshituv organi jarohatlanishi, tanglay yoriqligi va arti-kulyatsion apparatning boshqa marfologik o‘zgarishlari) ajratilgan.
Funksional sabablarni M.YE.Xvatsev, I.P.Pavlovning ta’limoti orqali tushuntiradi. Bu ta’limot M.N.S. da qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining o‘zaro munosabatini buzilishi haqida bo‘lib, M.YE.Xvatsev bu orqali organik va funksional, markaziy va periferik sabablarning o‘zaro munosabati mavjudligini ta’kidlaydi.
Psixonevrologik sabablarga u aqli zaiflikni, xotira, diqqat buzilishini va boshqa psixik jarayonlar buzilishini kiritgan.
M.YE.Xvatsev ijtimoiy-psixologik sabablarga ham katta e’tiborni qaratgan va buning ostida atrof muxitdagi turli xil yomon ta’sirlar yotganini tushuntiradi.
Biologiya, embriologiya, nazariy tibbiyot sohalarida so‘nggi 10 yillikda qo‘lga kiritilgan katta yutuqlar, tibbiy genetika, immunologiya va boshqa fanlarning erishgan yutuqlari nutq buzilishlari etiologiyasi haqida chuqurroq tasavvurga ega bo‘lish imkonini berdi va ularning kelib chiqishida ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) zararlarning ahamiyatini ko‘rsatdi. Nutq buzilishlarining faqat organik (markaziy va periferik) sabablarini ajratmasdan, balki funksional sabablarni ham ajratish, nutq buzilishi mexanizmini bola organizmiga ko‘rsatadigan ta’sirini tushunish ham kerak. Bu nutq buzilishlarini korreksiyalash uchun to‘g‘ri yo‘l va metodlar tanlash, ularni oldindan aytib berish va oldini olish uchun ham muhimdir.
Nutq buzilishlari sababi deganda – organizmga tashqi yoki ichki zararli omilning ta’sir etishi yoki ularning o‘zaro aloqasini tushunish mumkin, qaysiki bu, nutq buzilishi xususiyatini aniqlaydi.
Etiologiyada tashqi va ichki omillarning roli masalasi umumiy sababiyat muammosining bir bo‘limi hisoblanadi. Nutq kamchiligining kelib chiqishi va uning klinik ko‘rinishini shakllanishida bu ikki omil orasida bevosita, o‘zaro aloqadorlik o‘rnatilgan.
Nutq buzilishlarining kelib chiqishida maxsus sharoitlar katta rol o‘ynaydi, ya’ni nutq kamchiliklarini kelib chiqishiga yordam beruvchi yoki to‘sqinlik qiluvchi omillar. Masalan, psixik travma ta’siri ostida bolada duduqlanish yuzaga kelsa, u tashqi sabab sifatida ko‘riladi. Quyidagilar esa duduqlanishning kelib chiqishi uchun qulay sharoit bo‘lib xizmat qiladi: bolaning somatik zaifligi, uning nevropatik organizmi (nerv-psixik qo‘zg‘aluvchanlikning oshganligi), M.N.S. ning erta organik jarohatlanishi asorati va h.k.
Evolyusion-dinamik yondoshuv va psixikaning shakllanishi jarayonida biologik va ijtimoiy dialektik birlik tamoyili, nutq buzilish etiologiyasini o‘rganish uchun asos bo‘ladi. Bu aspektda bola nutqiy faoliyatining rivojlanishi uning M.N.S. ning yetuklik darajasiga qarab belgilanadi va ma’lum darajada bolaning tashqi olam bilan o‘zaro munosabati xususiyatlariga ham bog‘liqdir.
L.S.Vigotskiy ishlab chiqqan psixik rivojlanishining konsepsiyasi, bolalik davrida nutq rivojlanishi buzilishining sababini o‘rganishda metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Psixika rivojlanishining atrof muhit ta’siri bilan bog‘liqligini tushuntira turib, u «rivojlanishning ijtimoiy vaziyati» tushunchasini kiritdi. Bu o‘z navbatida rivojlanishning ichki jarayonlari va tashqi sharoitlarni o‘zida namoyon etadi.
Funksional nutqiy tizimning yetilishi asosida afferentatsiya yotadi, ya’ni turli analizatorlar orqali tashqi olamdan signal olish. Birinchi navbatda eshituv analizatori turli xil signallarni va eng avvalo nutqiy signallarni qabul qiladi. Eshituv afferentatsiyasining manbasi bo‘lib, bola bilan muloqot qiluvchi katta odam hisoblanadi. Shunga bog‘liq ravishda nutqiy muhit va nutqiy muloqotning roli juda kattadir va ularning yetishmovchiligi nutq shakllanishini buzuvchi asosiy sabablardan biri bo‘lishi mumkin.
Demak, nutq kamchiligiga ega kishilar orasida yoki nutqiy chegaralangan muxitda tarbiyalanuvchi ilk yoshdagi bolalar nutqi rivojlanishidan orqada qoladi (kar-soqov ota-onalar yoki yaqqol nutq kamchiligiga ega ota-onalar, uzoq muddat kasalxonada yotish, turli xil og‘ir kasalliklar tufayli ijtimoiy kontaktga kirishishning chegaralanganligi).
Bola nutqining normal rivojlanishi uchun muloqot ma’lum ahamiyatga ega bo‘lishi, ijobiy-emotsional tusda kechishi kerak. Unga tovushlarni shun-daygina eshitish kamlik qiladi (radiomagnitafon, televizor). Dastlab ma’lum yosh davri uchun xarakterli asosda kattalar bilan muloqot qilish lozim. Bolani kattalar bilan muloqoti shaklining o‘zgarishi nutq rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Demak, hayotining birinchi yili uchun xarakterli bo‘lgan emotsional muloqotni 2-3 yoshlarda predmetli-xarakatga almashtirishi uning nutqi rivojlanishiga yaxshigina turtki bo‘lib xizmat qiladi. Agarki, bunday o‘zgarish yuz bermasa u holda nutq rivojlanishida orqada qolish yuzaga keladi.
Bolada predmetli-o‘yin faoliyati jarayonida to‘plangan taassurotlar nutq rivojlanishiga dastlabki zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Bola nutg‘ining rivojlanishi tashqi noqulay sharoitlar natijasida kechikadi va buziladi: ijobiy emotsional muxitning yo‘qligi, haddan tashqari shovqin-suronli muxit.
Nutq taqlid asosida rivojlanadi. Shu sababli ayrim nutqiy kamchiliklar (talaffuzning aniq emasligi, duduqlanish, nutq tempining buzilishi va boshqalar) asosida taqlid yotadi.
Nutq kamchiliklari ko‘pincha turli xil psixik travmalardan yuzaga keladi (qo‘rquv, yaqin odamini yo‘qotganda hayajonlanish, oiladagi uzoq davom etayotgan psixik travmalovchi vaziyat va h.k.).
Bu nutq rivojlanishini kechiktiradi, ayniqsa kuchli psixik travmalarda bolalarda psixogen nutqiy buzilishlarni keltirib chiqaradi: mutizm, nevrotik duduqlanish. Bu nutqiy buzilishlar M.YE.Xvatsev tasnifi bo‘yicha shartli ravishda funksional buzilishga kiritiladi.
Shuningdek, nutqning funksional buzilishlariga quyidagilarni ham kiritish mumkin:
1. Bola organizmiga zararli ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq buzilishlar.
2. Umumiy, jismoniy zaiflik, chala tug‘ilish yoki to‘la shakllanmagan homilalik bilan shartlangan yetishmaganlik.
3. Ichki organlarning turli kasalliklari, raxit, moddalar almashinuvining buzilishi.
Bolalardagi nutq buzilishlarini baholashda keskin davrlarni hisobga olish shartdir, qaysiki bunda nutq tizimining u yoki bu tarkibiy qismini birmuncha jadal rivojlanishi qachon sodir bo‘ladi, nutqiy faoliyatning, nerv mexanizmi jarohatlanishining yuqori darajadagi havfi nima bilandir bog‘liq ravishda paydo bo‘lishini o‘rganish osonroq kechadi.
Nutq funksiyasining rivojlanishida 3 ta keskin davr ajratiladi:
Birinchi davr (hayotining 1-2 yili). Bu davrda nutqning dastlabki urinishi shakllanadi va nutqiy rivojlanish boshlanadi, aloqaga kirishishga asos solinadi va uning xarakatlanuvchi kuchi bilan muloqotga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bu yoshda po‘stloq nutq zonalarining birmuncha jadal rivojlanishi sodir bo‘ladi, xususan Broka zonasi. Uning rivojlanishida bola hayotining 14-18 oylari keskin davr hisoblanadi. Bu davrda hattoki sezilarsiz tuyulgan noqulay omillar bola nutqining rivojlanishida o‘z aksini ko‘rsatishi mumkin.
Ikkinchi davr (3 yosh) bog‘langan nutq jadal rivojlanadi. Vaziyatli nutqdan kontekstli nutqqa o‘tiladi. Bu M.N.S. ishida katta muvofiqlikni talab etadi (nutq-xarakat mexanizmini, diqqatni, xotirani va h.k.). M.N.S. ishida vujudga keluvchi ayrim nomuvofiqlik xulqdagi o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi, qaysarlik, negativizm va h.k. lar kuzatiladi. Bularning hammasi nerv tizimining zararlanishiga bo‘lgan havfni belgilaydi. Duduqlanish, mutizm yuzaga kelishi mumkin, nutq rivojlanishining orqada qolishi kuzatiladi. Bola nutqiy muloqotga kirishishdan bosh tortadi, kattalar qo‘ygan talablariga qarshi qat’iy norozilik bildiradi.
Bu davrda yuzaga keluvchi duduqlanish nutq funksional tizimining va turli xil psixik funksiyalarning notekis shakllanishidan bo‘lishi mumkin. Gohida adabiyotlarda bu holat «evolyutiv» termini bilan yuritiladi, ya’ni yosh davrlari bilan bog‘liq rivojlanish. Masalan: «evolyutiv duduqlanish».
Uchinchi davr (6-7 yosh) yozma nutq rivojlanishining boshlanishi. Bolaning M.N.S. ga tushuvchi yuklama oshib boradi. Bolaga kattaroq talablar qo‘yilganda duduqlanish hosil bo‘lishi bilan nerv faoliyatida «portlash» yuz beradi.
Bolada bor bo‘lgan nutq funksiyasining har qanday buzilishi bu keskin davrlarda birmuncha kuchli namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari yangi nutq kamchiliklari ham paydo bo‘lishi mumkin. Logoped bola nutqining rivojlanishida keskin davrlarni yaxshi bilishi va o‘zining kundalik ishida shuni hisobga olishi kerak.
Nutq rivojlanishida keskin davrlar moyillik vazifasini bajaradi. Bu davrlar mustaqil ahamiyatga ega bo‘lgani singari boshqa zararli omillar bilan-genetik, bolaning umumiy zaiflashuvi va hokazolar bilan uyg‘unlashadi.
Nutqning yoshga qarab rivojlanish dinamikasi hayotining birinchi yillarida organizm genotipiga va unga ta’sir qiluvchi atrof muhitga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi: nutq funksional tizimining rivojlanishi uchun M.N.S. ning normal yetukligi va ishlab turishi muhim.
Nutq buzilishlarining kelib chiqishida ekzogen va organik omillar ko‘proq rol o‘ynaydi. Bu sabablar guruhi M.YE.Xvatsev tasnifi bo‘yicha jarohat joyiga qarab organik markaziy va organik periferik guruhlarga kiritiladi.
Ekzogen-organik omillar deganda bola M.N.S. ga va bola organizmiga yaxlit ta’sir etuvchi turli xil zararli ta’sirlarni tushunamiz. Bu omillarning ta’sir etish vaqtiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
1. Homilalik ya’ni (perinatal) bolaning ona qornidaligi vaqtidagi ta’sirlar.
2. Tug‘ruq vaqtidagi jarohatlar (natal).
3. Turli xil zararli omillarning tug‘ruqdan keyingi davrda ta’siri (postnatal).
Ko‘pincha homilalik patalogiyasi tug‘ruq paytida bola nerv tizimining jarohatlanishi bilan qo‘shilib yuzaga keladi. Bunday uyg‘unlashuv zamonaviy tibbiy adabiyotlarda «perinatal patalogiya» termini bilan belgilanadi. Nerv tizimining bunday jarohatlanishi turli xil patologik holatlarni, homiladorlik davrida turli xil zararli omillarning homilaga ta’sir etishi, tug‘ruq paytida va tug‘ruqdan so‘ng dastlabki davrlarda zararli omillarning ta’sir etishini birlashtiradi. Perinatal patalogiya onaning homiladorlik vaqtidagi kasalliklari, infeksiyalar, intoksikatsiyalar, homiladorlik toksikozlari, shuningdek, turli ko‘rinishdagi akusherlik patalogiyalari (tos suyagining torligi, cho‘zilgan yoki tezlashgan tug‘ruq, muddatdan ilgari suv ketishi, kindikka o‘ralish, homilaning noto‘g‘ri yotishi va h.k.) asosida yuzaga keladi.
Nerv tizimining perinatal patalogiyasida dastlabki o‘rinlarni asfiksiya va tug‘ruq travmasi egallaydi.
Homiladorlik davrida homila rivojlanishidagi buzilishlar tug‘ruq travmasi va asfiksiyani (tug‘ruq paytida homilaga kislorod yetishmasligi) keltirib chiqaradi. Bu esa homilaning himoya va adaptatsiya mexanizmini pasaytiradi. Tug‘ruq travmasi va asfiksiya homila miyasining noto‘g‘ri rivojlanishini kuchaytiradi.
Tug‘ruq travmasi kalla suyagi ichiga qon quyilishi va nerv hujayralarining o‘lishiga olib keladi. Kalla suyagi ichiga qon quyilishi bosh miya po‘stlog‘ining nutq zonalariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin. Buning oqibatida bosh miya po‘stlog‘i taraqqiyoti jarayonida turli xil nutq buzilishlari kelib chiqadi (alaliya). Chala tug‘ilgan bolalarda kalla suyagi ichiga qon quyilishi xavfi ko‘proq bo‘ladi. Bunga ularning tomir devorlarining zaifligi sabab bo‘ladi.
Nutq harakat mexanizmini ta’minlovchi miyaning ma’lum bir sohasidagi jarohat o‘chog‘i natijasida asosan nutqning tovush talaffuz tomonida buzilishlar vujudga keladi-dizartriY.
Nutq buzilishlari etiologiyasida ona va homila qonining immunologik jihatdan mos kelmasligi ham muhim rol o‘ynaydi (rezus-omil, eritrotsit antigenlari bo‘yicha). Rezus yoki antitelo guruhlari yo‘ldosh orqali o‘tib homila eritrotsitlarining bo‘linishini keltirib chiqaradi.
Buning natijasida eritrotsitlardan M.N.S. uchun zaharli bo‘lgan modda-bilirubin ajraladi. Uning ta’siri ostida miyaning po‘stloq osti bo‘limlari, eshituv yadrolari jarohatlanadi. Bu esa eshituvning buzilishi bilan birgalikda nutqning tovush talaffuz tomonining buzilishiga olib keladi.
Ona qornidaligida miyaning jarohatlanishi natijasida birmuncha og‘ir nutq buzilishlari vujudga keladi. Bu nutq buzilishlari qoidaga ko‘ra boshqa polimorf nuqsonlar bilan qo‘shilib keladi (eshituv, ko‘ruv, tayanch xarakat apparati, intellekt). Bular homilador ayolning qizilcha, toksoplazmoz va boshqa yuqumli kasalliklar bilan kasallanganida kuzatiladi. Bu holda nutq buzilishlari va boshqa nuqsonlarning og‘irlik darajasi homilaning ona qornidaligi davrida ko‘proq miyaning jarohatlanishi vaqtiga bog‘liq bo‘ladi. Homiladorlikning dastlabki uchinchi oyida, shuningdek, embriogenez davrida, ya’ni 4 haftalikdan 4 oylikkacha birmuncha og‘ir jarohatlanishlar kuzatiladi. Homiladorlikning kech stadiyalaridagi patalogik ta’sirlar odatda og‘ir nuqsonlarni keltirib chiqarmasa ham, nerv tizimining shakllanishini kechikishiga, uning strukturasi miyelinizatsiyasining buzilishiga olib keladi.
Miya rivojlanishida anomaliyalari bor bolalarda ko‘pgina dizembriogenetik stigmlar tez-tez kuzatiladi; kalla suyagi assimetriyasi, tanglay anomaliyalari, yuqoridagi jag‘ rivojlanishidagi kamchiliklar, pastki jag‘ aploziyasi; miyekrognatiya, prognatiya va boshqalar. Homilaga ta’sir etuvchi zararli omillar ta’siri ostida vujudga keluvchi nutq buzilishlariga ochiq rinolaliyani misol qilish mumkin.
Homiladorlik davrida onaning yuqumli va somatik kasalliklari, bachadon-yo‘ldosh qon aylanishining buzilishiga, homila oziqlanishining buzilishi va kislorod yetishmasligiga olib kelishi mumkin. Agar homilaga surunkali kislorod yetishmasligi o‘tkir kechmasa, u hech qanday buzilishni keltirib chiqarmasligi mumkin, biroq homila shakllanish tempini birmuncha sekinlashtiradi. Buning natijasida homila muddatiga yetib tug‘ilishiga qaramay bola to‘la shakllanmagan, nerv tizimi zaif tug‘iladi. Nerv tizimining miyelinizatsiya jarayoni sekinlashadi, nerv hujayrasi va uning aksonlari differensatsiyasi izdan chiqadi, miyaning neyronlararo aloqasining shakllanishi qiyinlashadi. Bu omillar o‘z navbatida nutq faoliyatining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ona qornida homila rivojlanishining buzilishi – embriopatiyalar-yuqumli kasalliklar, dori-darmonlar ichish, ionlashgan radiatsiya vibratsiya, homiladorlik vaqtida ichish va chekish bilan bog‘liq hollarda vujudga keladi. Alkagol va nikotinning naslga zararli ta’siri ancha yil ilgari aniqlangan.
Ayni vaqtda nutq buzilishlari bilan uyg‘unlashgan alkagolli-embriopatik genezli oligofreniyaning klinik ko‘rinishi o‘rganildi. Turli xil nutq nuqsonlarining kelib chiqishiga surunkali alkogolizmning ta’siri ko‘rsatildi, jismoniy, nutqiy va aqliy rivojlanishning orqada qolishini o‘z ichiga olgan alkagolli-embriopatik sindrom ta’riflab berildi. Alkagolli-embriopatik sindromda bola nutqining rivojlanishiga noqulay ta’sir etuvchi yaqqol ifodalanmagan eshituvning buzilishi holati aniqlangan.
Alkogolizmga chalingan ota-onalarda homila o‘limining havfi ona qornidaligi va perinatal davrlarda juda yuqoridir. Bundan tashqari, chala tug‘ilishi, homilalik va intranatal asfiksiya, shuningdek kasalliklarga moyillik va bola hayotining birinchi yilida o‘lim holatining yuqori darajadaligi ham alkogolizmga bog‘liqdir.
Bu bolalar maktabgacha va maktab yoshida o‘zining jismoniy zaifligi, nutqning to‘liq rivojlanmaganligi bilan uyg‘unlashgan psixik rivojlanishning orqada qolganligi, xarakatchanlikning tormozlanganligi, faol diqqati, ko‘ruv va eshituv idroki funksiyalarining buzilganligi bilan ajralib turadi. Ular diqqatining tarqoqligi bilish faoliyatining kamligi, ta’lim jarayonidagi qiyinchiliklar bilan uyg‘unlashadi. Ayni vaqtda ko‘pgina ishlar chekishning ayol sog‘lig‘i, homiladorlik va tug‘ruqning kechishiga yomon ta’sir etishiga bag‘ishlangan. Bolaning chala tug‘ilishi, psixik va jismoniy rivojlanishdan orqada qolishi bilan chekishning aloqasi borligi isbotlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra ota yoki onaning surunkali chekishi irsiy moddaning patologik o‘zgarishiga-mutatsiyalarga olib kelishi mumkin. Homilaga bir qator zararli omillarning birgalikda ta’sir etishi ayniqsa havfliroqdir (alkogolizm va chekishning homiladorlik toksikozlari bilan birga kelishi va hokazolar).
Homiladorlik toksikozlariga chala tug‘ilish, tug‘ruqdagi qisqa muddatli asfiksiya, yengil ko‘rinishdagi miyaning minimal organik jarohatlanishini keltirib chtqaradi (minimal miya disfunksiyasi (M.M.D.) M.M.D. ga ega bolalar uchun diqqatning tarqoqligi, xotira pastligi, motor buzilishlar, tormozlanganlik, turli xil nutq buzilishlari xarakterlidir.
Ayni vaqtda yengil miya yetishmovchiligida psixik dizontogenezning alohida bir ko‘rinishi ajratilgan. Bu ko‘rinish asosida alohida oliy po‘stloq funksiyalarining yoshga oid vaqtinchalik yetishmaganligi yotadi. Bu nutq rivojlanishida o‘ziga xos orqada qolish va psixik rivojlanishning notekisligini keltirib chiqaradi.
Minimal miya disfunksiyasida miya funksional tizimi rivojlanishi tempining sekinlashuvi alohida o‘ringa ega.
Nutq buzilishlarining kelib chiqishi bo‘yicha moyilligi bor bolalar guruhini M.M.D. ga ega bolalar tashkil qiladi. Nutq buzilishlarini o‘z vaqtida aniqlash va psixik rivojlanishni barvaqt rag‘batlantirish, bu toifa bolalar nutqiy va aqliy rivojlanishining kechikishini ma’lum darajada yaxshilashi mumkin. Logoped va pedagog-defektolog M.M.D. sindromining dastlabki belgilarini bilishi muhim. Hayotining birinchi yilida bu sindromning asosiy belgilari «kichik nevrologik belgilar» nomi bilan yuzaga keladi: emadigan bolalarda odatda faol xarakatlarga halaqit bermaydigan, biroq turg‘unligi bilan farqlanuvchi mushak tonusining yengil buzilishi, tremor ko‘rinishidagi yaqqol ifodalanmagan ixtiyorsiz xarakatlar, umumiy titroq sensomotor rivojlanishning kechikishi (ayniqsa ko‘ruv-motor koordinatsiyasi), mayda qo‘l motorikasi differensirlashgan xarakatlarining rivojlanishining orqada qolishi, predmet-manipulyativ faoliyat shakllanishini sekinlashuvi. Yuqoridagi barcha belgilar yengil nevrologik simptomatikada ko‘rish mumkin.
Nutq buzilishlari ko‘pincha erkak jinsiga mansub shaxslarda yuzaga keladi. So‘nggi yillar tadqiqotlarida odam jinsiga qarab o‘ng va chap (nutqiy) gemisferalar (yarimsharlar) rivojlanishida farq borligi ko‘rsatib berildi. Chap yarim shar asosan nutqiy funksiyani amalga oshiradi, o‘ng yarim shar esa ko‘ruv-fazoviy gnozisni amalga oshiradi. O‘g‘il bolalarda qizlarga nisbatan o‘ng yarim shar tezroq shakllanadi. Qiz bolalarda esa aksincha chap yarim sharlar tezroq shakllanadi va shunga bog‘liq birmuncha erta muddatlarda ularda nutq rivojlanishi aniqlanadi. Bundan tashqari qiz bolalarda birmuncha yaqqol ifodalangan yarimsharlararo o‘zaro ta’sir erta shakllanadi. Bu ularda miya jarohatlanishini kompensatsiyalashda yaxshi yordam beradi.
Bundan tashqari o‘g‘il bolalarda nutq buzilishlarining ko‘p uchrashiga xromasoma tuzilishidagi o‘ziga xos o‘zgarishlarga bog‘liq ravishda intelektual va nutq buzilishlari sabab bo‘lishi mumkin.
Bolalarda nutq buzilishlarining kelib chiqishida miyaning erta organik jarohatlanishlari katta rol o‘ynaydi.
Emotsional-deprivatsiya katta axamiyatga egadir (kattalar bilan emotsional ijobiy aloqani yetishmasligi).
Hayotining birinchi yillarida bola va onaning o‘zaro aloqasi buzilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Ma’lumki, nutq funksiyasi shakllanishi uchun hayotning birinchi yilida normal rivojlanish muhim ahamiyatga ega. Bu esa bolaning ona bilan yoki o‘ziga yaqin bo‘lgan boshqa kishilar bilan to‘g‘ri o‘zaro munosabat bo‘lishini talab etadi.
Nutq buzilishlari turli xil noqulay omillarning bola miyasiga va uning keyingi rivojlanishiga ta’sir etishi natijasida ham kelib chiqadi. Bunday nutq buzilishlarining tuzilishi zararli omilning ta’sir etish vaqti va miya jarohatlanishi o‘chog‘iga bog‘liq ravishda farqlanadi.
Miya jarohatlanishida lokolizatsiya jarohatlanish darajasi va nutq buzilishlari aspekti bo‘yicha va keyingi asoratlari orasida to‘la bir-biriga bog‘liqlik bo‘lmaydi. Bolalardagi chap gemisferalarning tug‘ma yoki erta orttirilgan jarohati ko‘pincha nutq buzilishlariga olib kelmaydi (jarohatlanish nutqqacha bo‘lgan davrda hosil bo‘ladimi yoki shakllanib bo‘lgan nutq davridami, bundan qat’iy nazar). Bu fikr 100 yil avval ko‘rsatilgan va so‘ng tadqiqotlarda tasdiqlangan.
Kattalarda shunga o‘xshash jarohatlar ma’lum o‘ringa ega bo‘ladilar. Ma’lumki, yaxshi rivojlangan nutqqa ega bolaning kalla suyagi travmasi kattalarga qaraganda afaziyani ancha kam keltirib chiqaradi. Miya plastikligi ma’lum darajada miya tuzilishining yetilmaganligi bilan belgilanadi. Bu bilan bola miyasining jarohatlanish o‘chog‘i va og‘irligi orasida va nutq buzilishlarining kelib chiqishi chastotasi orasida aniq bir-biriga bog‘liqlikning yo‘qligi tushuntiriladi.
Adabiyotlarda shunday nazariya keltirilgan, erta yoshlarda bolaning chap gemisferalarining hatto butunlay olib tashlaganda ham maxsus nutq buzilishlari kelib chiqmasligi mumkin. Bu holat bola miyasining plastikligi bilan, qolaversa bolaning yetilmagan miyasida biroz bir-biriga aralashganroq nutq zonalarining borligi bilan izohlanadi. Nerv tizimi plastikligi va nevronlar miyelinizatsiyalanishi darajasi orasida teskari bog‘liqlik mavjud: miyelinizatsiya qancha kam bo‘lsa, ya’ni ular qancha kam yetilsa plastikligi shuncha oshadi.
Bu shunda namoyon bo‘ladiki, o‘zining jarohatlangan tomonida sinapsni (nerv hujayralari orasidagi aloqani amalga oshiruvchi) shakllantira olmaydigan nerv hujayrasining aksoni, uni sog‘lom yarim sharda shakllantirishi mumkin. Biroq bu faqat bir holatda amalga oshadi, agar miya po‘stloq bo‘limlari miyelinizatsiyasi hali tugamagan bo‘lsa va sog‘lom yarim sharda barcha sinaptik hosilalar shakllanib bo‘lmagan bo‘lsa.
Erta yoshlarda bola bosh miyasi po‘stlog‘ining bir tomonlama jarohatlanishi kattalarga qaraganda o‘zgacha sifatli buzilishlarni keltirib chiqaradi. Agar kattalarda afaziya odatda dominant chap yarim shar jarohatlanishi natijasida yuzaga kelsa, bolalarda ular ko‘pincha ikkala yarim shar jarohatlanishi natijasida yuzaga keladi. Bundan tashqari, hatto o‘ng yarim sharlarning (odatda subdominant) jarohatlanishi nutq rivojlanishida ma’lum miqdordagi buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Bu holda, maktabgacha yoshda nutq buzilishlarini keltirib chiqaruvchi ekzogen-organik omillarning rolini baholashda quyidagilarni hisobga olish muhim: vaqt, jarohat xarakteri va lokolizatsiyasi, bola nerv tizimining plastik xususiyati, shuningdek, miya jarohatlanish vaqtida nutq funksiyasining shakllanganlik darajasi.
Nutq buzilishlari etiologiyasida nasliy omillar ham ma’lum ahamiyatga ega. Ko‘pincha ular hatto ahamiyatsiz omillar ta’siri ostida nutq patalogiyalarini yuzaga keltiruvchi «moyillik» vazifasini bajaradilar.
Ayrim holatlarda nasliy omillar boshlovchi sabab sifatida ishtirok etadi. Masalan, adabiyotlarda shunday ma’lumotlar keltiriladi: tanglay yoriqligi bilan shartlangan rinolaliya 10%-30% hollarda nasliy omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. (P.G.Svetlov, 1962 yillar A.Y.Piskunov, 1960 va boshqalar). A.E.Gusan (1980) ma’lumotiga ko‘ra rinolaliyaning nisbiy shakllari chastotasi bor-yo‘g‘i 1,31% ni tashkil etar ekan.
A.Gridnev (1976) ma’lumotiga ko‘ra, duduqlanuvchilar orasida nasliy og‘irlik 17,5% ni tashkil qiladi. Yozma nutq buzilishlarining kelib chiqishida (disgrafiya, disleksiya) nasliy omillarning roli aniqlangan. nutq buzilishlarining kelib chiqishida nasliy omillar odatda ekzogen-organik va ijtimoiy omillar bilan birgalikda keladi. Shuningdek ular ayrim nutq buzilishlarning keltirib chiqarishda boshlovchi omil bo‘lib xizmat qiladilar. Bularga xromosoma sindromi va nerv tizimining nasliy-degenerativ kasalliklarida kuzatiluvchi nutq buzilishlari nomi bilan alohida guruhni tashkil qiladi. Ularning xususiyati kasallikning o‘zidan kelib chiqadi.
Xromosoma sindromlari (yoki xromosoma kasalligi) tug‘ma hisoblanadi va odatda progridiyent oqimga ega bo‘lmaydi. Deyarli barcha xromosoma sindromlarida bolaning jismoniy, nerv-psixik rivojlanishida orqada qolish kuzatiladi, shuningdek u yoki bu darajada nutq rivojlanishi ham buziladi.
Xromosoma sindromi ikki guruhga bo‘linadi:
Birinchi guruh-autosoma strukturasi yoki sonining o‘zgarishi bilan bog‘liq sindromlar.
Ikkinchi guruh-jinsiy xromosomalarning o‘zgarishi bilan bog‘liq sindromlar.
Birmuncha yaqqolroq ifodalangan nutq rivojlanishidagi buzilishlar va nutq kamchiliklari birinchi guruh sindromlarida kuzatiladi. Ular odatda intellekt yetishmovchiligi aniq nuqsonlar va rivojlanish anomaliyalari bilan birga qo‘shilib keladi. Bunga Daun kasalligidagi nutq buzilishi misol bo‘la oladi.
So‘nggi yillarda butun dunyoda alohida e’tiborni o‘ziga jalb qilib kelayotgan muammo bu- x-xromosomasida o‘ziga xos o‘zgarishlari bo‘lgan bolalarning nutq buzilishlari masalasidir (fragil yoki mo‘rt xromosomalar sindromi). Bu sindromda nutq buzilishlari polimorfdir: nutqning to‘liq rivojlanmaganligi, dizartriya, gohida duduqlanish. Perseveratsiyalar bilan birga qo‘shilib keluvchi nutq tempining tezlashuvi, shuningdek xarakatning tormozlanganligi, affektiv buzilishlar bu sindromga xarakterlidir.
Nerv tizimining nasliy-degenerativ kasalliklari genetik ma’lumotning o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ladi. Ularning asosida gen mutatsiyalari yotadi. Bu gen mutatsiyalari ayrim oqsil strukturalari yoki fermentlar sintezini izdan chiqaradi. Bu turli xil buzilishlarni keltirib chiqaradi.
O‘ziga xos nutq buzilishlari fenilketonuriyada ham kuzatiladi. Fenilketonuriya nasliy kasallik bo‘lib, fenilalanin moddasi almashinuvi buzilishidan kelib chiqadi. Bu nutq buzilishlarining barchasi nerv tizimi nasliy almashinuv kasalliklari strukturasidagi sindromlar sifatida qabul qilingan. Erta boshlangan davolov ishlari ma’lum darajada kasallikning og‘ir kechishini, intellektning keyinchalik pasayishini va nutqning to‘la rivojlanmaganligini oldinroq ogohlantirish mumkin.
Logoped shunday kasalliklarning mavjudligini, ularni erta aniqlash va davolash muhimligini, shu singari patalogiyalarga shubhalanilgan bolalarni maqsadga muvofiq tibbiy-genetik konsultatsiyaga yo‘naltirishni yodda tutishi muhim.
Demak, nutq buzilishlarini keltirib chiqaruvchi etiologik omillar murakkab va polimorfdir. Nasliy moyillik, noqulay muhit va jarohatlar yoki turli xil noqulay omillar ta’siri ostida miya shakllanishining buzilishi qo‘shilib kelishi birmuncha ko‘proqdir.
Nutq buzilishlari etiologiyasining muhim muammolari quyidagilardir:
1. Miya jarohatlanishi vaqti, xarakteri va o‘chog‘ini hisobga olgan holda po‘stloq genezi (alaliya, afaziya) sistemali nutq buzilishlari sababini o‘rganish.
2. Turli xil ko‘rinishdagi nutq buzilishlarining kelib chiqishida nasliy omillar rolini aniqlash.
3. Duduqlanishning turli xil shakllarini keltirib chiqarishga moyil sharoitlar va sabablarni batafsil o‘rganish.
4. Nutq buzilishlarining tarqalganligi va uning sabablari haqida statistik ma’lumotlarni o‘rganish.
Nazoart savollari
1. Nutq buzilishlarining asosiy sabablarini ayting.
2. Nutq buzilishlarini keltirib chiqaruvchi sharoitni tavsiflab bering.
3. Ekzogen-organik omillarni nutq buzilishlarining sababi sifatida tavsiflab bering.
4. Nutq buzilishlarini paydo bo‘lishida nasliy omillarni rolini ochib bering.
5. Nutq buzilishlarini paydo bo‘lishida ijtimoiy omillarning rolini ochib bering.
6. Rivojlanish tushunchasi.
7. Bosqich va davrlar.
8. Senzitiv davr hususiyatlari.
9. Yosh krizislari va ularning hususiyatlari.
Download 78,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish