4. Tovush to’lqinlari. Biror tovushni eshitib, bizga u qandaydir manbadan kelayotganini aniqlab olishimiz mumkin. Bu manbani sinchiklab qarab, unda nimadir tebranyotganini ko’ramiz. Masalan tovush reproduktordan chiqayotgan bo’lsa, uning membranasi tebranayotganini ko’ramiz.
Tovush cholg’u asbobdan taralayotgan bo’lsa, undan tovush manbai-uning tebranayotgan tori, tebranayotgan havo ustunidir. Ravshanki, tovush qulog’imiz bilan tovush manbai orasidagi havo orqali o’tib keladi. Biroq taralayotgan tebranishlar-to’lqindir. Demak, tovush to’lqin shaklida tarqaladi. Shu yerda biz tovush to’lqinlari haqida biror narsa aytib o’tishimiz mumkin. Agar tovush to’lqinlari havoda tarqaladigan bo’lsa, bu to’lqin bo’ylanma to’lqin hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |