1 ma’ruza mexanika asoslari


-rasm. Yorug’likning tekis qaytishi 4.2-rasm



Download 1,31 Mb.
bet37/43
Sana01.06.2022
Hajmi1,31 Mb.
#627642
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43
Bog'liq
1 ma’ruza mexanika asoslari

4.1-rasm. Yorug’likning tekis qaytishi

4.2-rasm. Yorug’likning tarqoq (diffuz) qaytishi

Agar sirtdagi notekisliklarning o`lchami yorug`lik to`lqini uzunligidan katta bo`lsa, ingichka shu`la chegarada sochiladi. Yorug`lik nurlari qaytgandan keyin turli yo`nalishlarda tarqaladi. Bunday qaytish tarqoq qaytish yoki diffuz qaytish deb ataladi (4.2-rasm).
O`zi yorug`lik tarqatmaydigan buyumlarni ulardan yorug`likning xuddi shu tarqoq qaytishi tufayligina ko`ramiz. Tushayotgan AS nur bilan MM1 sirtning nur tushayotgan S nuqtasiga o`tkazilgan SN perpendikulyar (normal) orasidagi burchak  ga yorug`likning tushish burchagi deyiladi. Qaytgan SV nur bilan SN perpendikulyar orasidagi  burchak yorug`likning qaytish burchagi deyiladi (4.3-rasm).


4.3-rasm. Yorug’likning ikki muhit chegarasida sinishi va qaytishi
Singan SD nur bilan SN perpendikulyar orasidagi  burchak sinish burchagi deyiladi. Bordi-yu ikkinchi muhitning sirti to`la qaytaruvchi (ko`zgu) bo`lsa, tushgan yorug`likning hammasi qaytadi. Yorug`likning qaytishi quyidagi qqonunga asosan sodir bo`ladi:
1. Tushuvchi AS nur va ikki muhit chegarasida nurning tushish nuqtasidan chiqarilgan SN perpendikulyar qaysi tekislikda yotsa, qaytgan nur SV ham shu tekislikda yotadi;
2. Qaytish burchagi tushish burchagiga teng: .
Yorug`lik nuri bir shaffof muhitdan ikkinchi shaffof muhitga o`tish chegarasida o`zining yo`nalishini o`zgartiradi. Bu hodisa yorug`likning sinishi deb ataladi. Yorug`likning sinishiga sabab turli muhitlarda yorug`lik tezligining turlicha bo`lishidir. Yorug`lik nurlari ikki muhit chegarasidan o`tayotganda o`z yo`nalishini o`zgartiradi.
Birinchi muhitdan tarqaluvchi va chegaragacha borib etuvchi nur tushuvchi nur deb ataladi. Bu chegaraga tushish nuqtasi orqali o`tkazilgan perpendikulyar (N - normal) bilan biror burchak hosil qiladi, bu burchak tushish burchagi deb ataladi. Ikkinchi muhitga o`tgan nur singan nur deyiladi. Singan nurning o`sha perpendikulyar (N-normal) bilan hosil qilgan  burchagi sinish burchagi deb ataladi (4.3-rasm).
Ikki muhit chegarasida yorug`likning sinishi quyidagi qonunga bo`ysinadi:
1. Tushuvchi AS nur va ikki muhit chegarasida nurning tushish nuqtasiga o`tkazilgan SN normal qaysi tekislikda yotsa, singan nur SD nur ham shu tekislikda yotadi.
2. Tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati berilgan ikki muhit uchun o`zgarmas kattalik bo`lib, ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan nisbiy sindirish ko`rsatkichi deyiladi:
, (4.2)
bunda  - tushish burchagi,  – sinish burchagi.
Biror muhitning vakuumga nisbatan sindirish ko`rsatkichi shu muhitning absolyut sindirish ko`rsatkichi deyiladi. Odatda vakuumning absolyut sindirish ko`rsatkichi birga teng deb olinadi.
Nisbiy sindirish ko`rsatkichi n21 bilan ikkinchi muhitning absolyut sindirish ko`rsatkichi n2 va birinchi muhitning absolyut sindirish ko`rsatkichi n1 quyidagicha bog`langan:
. (4. 3)
Demak, ikki muhitning nisbiy sindirish ko`rsatkichi ularning absolyut sindirish ko`rsatkichlari nisbatiga teng еkan.
Absolyut sindirish ko`rsatkichi muhitning muhim optik xarakteristikasidir: u yorug`likning vakuumda tarqalish tezligi s ni muhitda tarqalish tezligi dan necha marta katta еkanligini ko`rsatadi:
.
Bu munosabatdan foydalanib, yorug`likning sinish qqonuni quyidagicha yozish mumkin:
. (4. 4)
Demak, ikki muhit sindirish ko`rsatkichlarining nisbati yorug`likning shu muxitlarda tarqalish tezliklarining nisbatiga teskari еkan.
Absolyut sindirish ko`rsatkichi kichik bo`lgan muhitni optik zichligi kichikroq, sindirish ko`rsatkichi katta bo`lganini еsa optik zichligi kattaroq muhit deyiladi.
(4. 4) formulaga asoslanib quyidagi munosabatni yozamiz.
. (4. 5)
Agar yorug`lik nuri optik zichligi kattaroq muhitdan optik zichligi kichikroq muhitga o`tsa , u holda (4) munosabatdan ko`rinadiki, tushish burchagi  sinish burchagi  dan kichik bo`lar еkan. Tushish burchaklari kattalashgan sari sinish burchaklari ham kattalashadi
Shu vaqtgacha biz yorug`lik ikki muhitning tekis chegarasida sinishini ko`rib chiqdik. Amalda yorug`lik nurining sferik sirtlarda sinishidan keng ko`lamda foydalaniladi. Ikkala tomoni sferik sirtlar bilan chegaralangan shaffof jismlar linzalar deb ataladi. Odatda linzalar shishadan qilinadi. Linza ikki qavariq sferik sirt bilan chegaralangan bo`lishi mumkin. Masalan, ikki yoqlama qavariq linza (4.4-a rasm). Qavariq sferik sirt va tekislik bilan chegaralangan linza, masalan, yassi-qavariq linza (4.4-b rasm), botiq-qavariq linza (4.4-v rasm). Ularning simvollari 4.4-g rasmda ko`rsatilgan. Bu linzalarning o`rtasi chekkasiga nisbatan yo`g`onroq bo`ladi va ularning hammasi qavariq linzalar deb ataladi.








Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish