Saqlanib qolgan tarixiy hujjatlarga ko‘ra, Xorazm sug‘oriladigan eng qadimiy va o‘z davridagi murakkab gidrotexnik inshootlar tizimiga ega bo‘lgan hudud hisoblanadi. Fikrimizning dalili sifatida Amudaryodan Xorazmning o‘ng qirg‘oq yerlarini Sultoniztog‘ balandligigacha bo‘lgan joylarni sug‘orish uchun eramizgacha bo‘lgan birinchi ming yillikning o‘rtalarida qurilgan Gauxvar (Gavhar) kanalini keltirish mumkin.

XII–XIII asrlarga kelib, Xorazmda irrigatsiya ishlarining biroz jonlanganligini guvohi bo‘lamiz: G‘aznaobod (g‘azavot) kanali Chermen – Yab arig‘i orqali Shohsanamgacha, Girya kanali Qavatqal’a tumanigacha yetkaziladi.
Qadimiy kanallardan hozirgi paytda Markaziy Osiyoda eng yirik kanal hisoblangan Toshsaqa kanalining tarmoqlari bo‘lgan va Shovot, Polvon va G‘azovot kanallarini ayni kunlarda ham faoliyat ko‘rsatayotganligini aytib o‘tish mumkin.
Toshkent vohasidagi sug‘orish tizimlari, asosan, Chirchiq va Angren daryolarida qurilgan. Grek tarixchilarining ta’kidlashicha, Toshkent atrofidagi yirik kanallar eramizdan avvalgi III–II asrlarda ham mavjud bo‘lgan.
3. Gidrotexnika inshootlari qurilishning qisqacha tarixi va mamlakatimiz rivojlanishi bilan bog‘liq kelajagi
Farg‘ona vodiysida dehqonchilik qilish madaniyati, asosan, Chotqol va Farg‘ona tog‘ tizmalaridan oqib tushadigan hamda Norin, Qoradaryo daryolariga quyiladigan kichik-kichik daryolar bo‘ylarida rivojlanib kelgan. Tog‘ daryolarining suvlari eramizgacha bo‘lgan X asrlarda yerlarni sug‘orish uchun to‘liq foydalanilgan. Daryolar bo‘ylarida yirik qishloq va shaharlar, masalan, Kosonsoyda Kosonsoy va Axsikent, Marg‘ilonsoyda Marg‘ilon, Isfarasoyda Isfara, Xo‘jabaqirgansoyda Xo‘jand, Oqbura daryosida O‘sh kabi shaharlar bunyodga kelgan.

Keyinroq barpo etilgan davrga So‘x daryo bo‘yida yuzaga kelgan Qo‘qon (200 yil avval), Namangansoyda esa Namangan (350 yil avval) shaharlarini aytib o‘tish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |