1-ma’ruza Mavzu



Download 310,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana29.12.2021
Hajmi310,57 Kb.
#77414
  1   2
Bog'liq
1-Ma'ruza



1-ma’ruza 

Mavzu: Informatsion o’zaro ta’sir. Inson va mashina o’zaro ta’siri. Fanning maqsad 

va vazifalari. 

Reja: 

1.  Informatsion o’zaro ta’sir. 



2.  Inson va mashina o’zaro ta’siri 

3.  Fanning maqsad va vazifalari 



 

Kalit  so’zlar:  axborot,  inson  va  mashina,  o’zaro  ta’sir,  axborotlarni  kiritish, 

axborotlarni qayta ishlash, interfeys. 

Zamonaviy  kompyuterlar  bilan  ishlovchilar  hozirgi  davrda  uning  tuzilishi  va 

ishlashini  nazorat  qilib  borishlari  zarur  bo’ladi.  Sezilarli  darajadagi  o’zgarishlarni 

o’zlari tuzatib olishlari hamda ishonchli ma’lumotlarni ko’paytirishni bilishlari kerak. 

EHM  bilan  muloqot  qiluvchi  dasturlarni  yozishi,  informatsiyalarni  kiritish  va  qayta 

ishlash usullarini o’zlashtirishlari lozim. Foydalanuvchi kerakli ma’lumotlarni yozish, 

saqlash va nusxasini olishni mukammal bilish kerak.  

 

Inson va kompyuter o’zaro ta’siri fani  shaxsiy kompyuter qurilmalarini ishlashi, 



ishidagi nuqsonlarni bartaraf etish usullari, sistemalarni o’rnatish va tarmoqlar tashkil 

etishning  xususiyatlarini  o’rganadi.  Jamiyat  rivojlanib  borishi  bilan  shaxsiy 

kompyuterlar  qo’llanilayotgan  soxalar  keskin  ko’payib  bormokda.  Ular    tobora    xar  

bir  soxadagi  oddiy  xisob  ishlarini  bajarishdan  tortib  murakkab    jarayonlarni 

boshqarish kabi ishlarni bajarishga kirishib bormoqda. 

Bunga 


mos 

xolda 


kompyuterdan  foydalanuvchilarni  ham  saviyalari  yil  sayin  ortib  bormoqda.  Hozirgi 

vaqtda  inson  xayotiga  kompyuterlar    jadal    kirib  kelmokda.  Kompyuterlar,  shu 

jumladan IBM RC komp’yuteri ish yuritishni, ya’ni xujjat va osonlashtirishda xar xil  

tekslarni  tez tayyorlash va taxlil qilishda, xattoki telefon orqali axborot almashishda 

murakkab xisoblarni tez bajarishda, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishda keng 

qo’llanila boshladi. Yaqin kelajakda xayotni kompyutersiz tasavvur qilib  bo’lmaydi. 

SHuning  uchun  xar  bir  kishiga  tushunarli  bo’lgan  kichik  hajmdagi  qo’llanmalarga 

extiyoj juda kuchaydi. 

Operatsion sistema  kompyuter  ishga  tushirilishi  bilan  yuklanuvchi   shunday  bir 

dasturki, bu dastur foydalanuvchiga EXM bilan muloqot qilish vositasi bo’lib xizmat 

qiladi, uning barcha qurilmalari ishni boshqarish  imkonini beradi. Operatsion sistema 

yordamida  tezkor  xotiradan  foydalanish,  disklardagi  axborotlarni  o’qish  yoki 

axborotlarni  disklarga    yig’ish,    amaliy  dasturlarni  ishga  tushirish  va  shu  kabi  turli  

ishlarni  amalga  oshirish mumkin.  

Operatsion sistemaga extiyoj borligining  asosiy  sababi  undagi dasturlarsiz bu 

kabi  ishlarni  bajarish  uchun  quyi  bosqichidagi  yuzlab  yoki  minglab  elementlar 




amallarini  bajarishga  to’g’ri  keladi.    MS-  DOS  operatsion  tizimi.    Kiritish-chiqarish 

sistemasi  

(VIOS):    EHMning    doimiy    xotirasiga  «joylashtirilgan»  bo’lib,  operatsion 

sistemaning axborotni kiritish va chiqarish amallari bilan bog’lik xizmatlarni bajaradi. 

Operatsion sistemani yuklovchi (IRL): diskning maxsus birinchi sektoriga joylashgan 

bo’lib, asosiy vazifasi DOS ni EHM tezkor xotirasiga yuklash. 

IO.SYS  va  MS-DOS.SYS  dasturlari  diskda  joylashgan    bo’lib,    murakkab 

kiritish-chiqarish  amallarini  bajaradi.  Disk  fayllari    ro’yxatini  oddiy  ko’rishda 

ularning ikkisi ham  ko’rinmaydi. Foydalanuvchining bir qancha buyruqlarini (break, 

sd,  cls,  copy...,  ver,verify,  vol)  buyruq  protsessorining  o’zi  bajaradi.  Bunday 

buyruqlar  SOMMAND.SOMning  o’zida  joylashganligi  uchun  ichki  buyruqlar  deb 

ataladi.  MS-DOS  tashqi  buyruqlari  operatsion  sistema  bilan    birgalikda  tavsiya 

etiladigan  alohida-alohida  fayl  ko’rinishidagi dasturlardir.   Mazkur  dasturlarning har 

biri  foydalanuvchi  uchun  zarur  bo’lgan  DOS  ning  qo’shimcha  amallarini  bajaradi. 

Foydalanuvchining tashqi buyrug’iga  mos  bo’lgan dasturni SOMMAND.SOM izlab 

topgach,    tezkor    xotiraga    yuklaydi    va  boshqaruvni  unga  uzatadi.  Dastur  ishi 

tugagach, 

buyruq 


protsessori 

 

dasturini 



tezkor  xotiradan 

o’chiradi  va 

foydalanuvchining navbatdagi  buyrug’ini kutib turadi (A> yoki S:\>). 

Qurilmalar drayverlari diskda joylashgan bo’lib SHEHM va  tashqi qurilmalar 

o’rtasida  «muloqot»    vositasini    o’taydi.    Masalan,    drayverlar  yordamida  «elektron 

disk» bilan ishlash mumkin. 

SHEXM xotirasining biror qismi hisobiga hosil qilingan bunday  diskdan oddiy 

disk  kabi  foydalanish  mumkin.  MS-DOS  buyruqlari  ichki  va  tashqi  buyruqlarga 

bo’linadi. 

Ko’pchilik foydalanuvchilar oldin maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan xodimlar 

bajara  oladigan  operatsiyalar;    shaxsiy  kompyuterlarni;  BIOS  ni  sozlash;  operatsion 

sistemani o’rnatish, yangi amaliy dasturni o’rnatish, kompyuterni moderenizatsiyalash 

kabi  ishlarni  o’zlari  bajarmoqdalar.  Keltirilgan  operatsiyalarni  foydalanuvchilarning 

o’zlari bajarishi ham vaqtni, ham mablag’ni tejashni imkoniyatini beradi.  

    SHuning uchun foydalanuvchilarga  qisqa  va sodda ko’rinishda  BIOS (Basic Inrut 

Outrut System) ni sozlashni yoritishni lozim. 

 

Har bir kompyuter asosiy  (materinskaya)  platasi  dokumentida konkret BIROS 



ni sozlashni aniq usullari beriladi. Lekin ular  hamma platalar BIOS lari uchun deyarli 

bir xil. 

 

Foydalanuvchi  shaxsiy  kompyuterni  yangi  ishga  tushirmoqchi  bo’lganda, 



kompyuterga  yangi  qurilma  qo’yganda  va  boshqa  holatlarda  BIOS  ni  sozlashga 

majbur  bo’linadi.  Sozlashni  amalga  oshirish  katta  malaka  va  tayyorgarlik  talab 

qilmaydi. 



   SHaxsiy  kompyuterni  elektr    tarmog’iga    ulangandan    keyinoq  klaviaturadagi 

“Delete”  klavishi  bosib  turilsa,    monitor    ekraniga  BIOS  sistemasining  asosiy 

menyusi  chikadi.  Uni  bir necha  formadagilari  mavjud.   Lekin menyu  bo’limi  tarkibi 

deyarli bir xildir.  

 

BIOS ni ekraniga quyidagi asosiy menyu chiqadi.  Kursor  menyu  punktlaridan 

birida  bo’ladi.  Kursorni  ixtiyoriy  bo’limga  kursorni  boshqarish  klavishlari  bilan  olib 

borish  mumkin.  Jadvalning  quyi  qismida  bu  haqida  informatsiya  bo’ladi.  Menyudan 

chiqish  uchun  «Esc»  bosilishi  kerakligi  ko’rsatilgan.  Lekin  «Esc»  bilan 

foydalanuvchidan  BIOS  dan  o’zgarishni  saqlagan  holatda  yoki  saqlamagan  holda 

chiqish  kerakligi  ko’rsatib,  variantlardan  birini  tanlash  shartligini  ko’rsatadi.  Barcha 

ma’lumotlar tanlangandan keyin yozib qo’yish bilan ishni tugallash mumkin. 

     SHaxsiy kompyuterlar rivojlanishiga qarab bir necha modifi-katsiyalarga ega. IBM 

088,  IBM-286,  IBM-386,  IBM-486,  IBM-586,  IBM-686,  Rentium  I,  Rentium  II, 

Rentium III, Rentium IV va xokazo. 


Download 310,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish