piramida tuzilishiga egadir. Har bir keyingi sath oldingi sathlar dasturiy ta’minotiga tayanadi. Bunday
ajratish, hisoblash tizimining dasturlarni о‘rnatishdan boshlab, to amalda ekspluatatsiya qilish va
texnik xizmat kо‘rsatishgacha bо‘lgan ish faoliyatining hamma bosqichlari uchun qulaydir. Shunga
alohida etibor berish kerakki, har bir yuqoridagi sath butun tizimning funksionalligini oshiradi.
Masalan, asos dasturiy ta’minoti sathiga ega bо‘lgan hisoblash tizimi kо‘p funksiyalarni bajara
olmaydi, ammo u tizimli dasturiy ta’minotni о‘rnatishga imkon beradi, ya’ni sharoit yaratadi.
Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo‘lib, u ma’lumotlarga
ishlov
beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni o‘z ichiga
oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday zamonaviy kompyuterda biror amal bajarib bo‘lmaydi.
Kompyuterning texnikaviy va dasturiy ta’minoti orasida bog‘lanish qanday amalga oshiriladi?
Avvalo ular orasidagi boglanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning
turli texnik qismlari orasidagi o‘zaro bog‘lanish — bu, texnikaviy interfeysi, dasturlar orasidagi o‘zaro
bog‘lanish esa — dasturiy interfeys, texnikaviy qismlari va dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish —
texnikaviy — dasturiy interfeys deyiladi.
Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi
ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim.
Inson kompyuterning ham
texnikaviy, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo‘ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson
bilan o‘zaro muloqoti — foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Interfeys (interface — Kompyuterra tegishli adabiyotda ba’zida «interfeys» atamasi o‘rniga
«nazoratchi» yoki «adapter» atamalari ishlatiladi. qatiy aytganda, bu to‘g‘ri emas, chunki «nazoratchi»
(controller) interfeysni boshqaradi va uning ishlashini ta’minlaydi, «adapter» (adapter)
interfeyslarning to‘g‘ri (mos) kelishini ta’minlaydi) — ulanish va aloqa vositalari to‘plami bo‘lib, u
tizimlarning yoki ular qismlarining o‘zaro samarali harakatini ta’minlaydi. Interfeysda odatda ulanish
masalalarining mexanik (simlar soni, aloqa elementlari, ulanish tiplari, kontaktlar nomerlari va sh. o‘.
) va mantiqiy (tushunarli
signallar, ularning uzunligi, kutbliligi, chastotasi va amplitudasi, o‘zaro
harakat bayonnomalari ) darajalari ko‘zda tutilgan.
Mashina ichidagi interfeys — EHM tarmoqlari va bloklarining o‘zaro
aloqa va ulanish
tizimidir. U elektr aloqa liniyalari (simlar), kompyuter komponentalari bilan ulanish sxemalari,
signallarni uzatish va o‘zgartirish bayonnomalari (algoritmlar) yig‘indisi ko‘rinishiga egadir.
Mashina ichidagi interfeysni tashkil etishning 2 varianti mavjud.
Ko‘p aloqali interfeys.
SHK ning har bir bloki boshqa bloklar bilan o‘zining lokal
simlari orqali bog‘langan; ko‘p aloqali interfeys ba’zida tizimli interfeysni to‘ldiruvchi periferiyali
interfeysi sifatida (SHK ning tashqi qurilmalari bilan aloqa qilish uchun ) qo‘llaniladi,
sistemali
interfeys sifatida esa faqat ba’zi xonadon kompyuterlarida ishlatiladi.
Bir aloqali interfeys.
SHK ning barcha bloklari bir-biri bilan umumiy yoki tizimli shina
orqali bog‘langan.
Nisbatan ko‘pchilik zamonaviy SHK larda tizimli interfeys sifatida tizimli shina
ishlatiladi. Tizimli shinaning muhim funkconal tavsiflari quyidagilardir: u xizmat ko‘rsatadigan
qurilmalar soni va uning o‘tkazish qobiliyati, ya’ni axborotni uzatishning eng yuqori mumkin bo‘lgan
tezligi. SHinaning o‘tkazish qobiliyati uning razryadliligiga (8, 16, 32 va 64 razryadli shinalar bor ) va
shina ishlaydigan taktli chastotaga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: